Tarix o’tmishning ko’zgusi
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bolduin Stenli
Bolduin Stenli (1867-1947) Buyuk Biritaniya davlat arbobi. 1867-yil 3-
avgustda Byudli (Vuster grafligi )da yirik sanoatchi oilasida dunyoga keladi. Bolduin Kembrij universitetida ( 1885- 1888) va Xarrouda (1881-1885) tahsil oladi. 1908-yilda Bolduinning otasi vafot etadi. Bolduinga otasidan bir qancha po‟lat quyish zavodlari meros bo‟lib qoladi. Shuningdek Bolduin konservatorlar partiyasi tomonidan otasining o‟rniga parlamentga saylanadi. Keyinchalik esa moliya ishlari bo‟yicha kotib va shuningdek Lloyd Jorj kaolitsion hukumatining vazirlar mahkamasiga savdo ishlari bo‟yicha vazir lavozimida kirib keladi. 1922-yil dekabr oyidagi saylovlarda B. Lou g‟alaba qozonib, bosh vazir lavozimini egallaydi, Bolduin esa moliya vaziri etib tayinlanadi. Bolduin B. Lou kasalligi tufayli bir necha oy hukumatni boshqaradi. Navbatdagi saylovlarda Bolduin muvaffaqiyatsizlikga uchraydi va davlat boshqaruvini R. Makdonoldning birinchi leyborist hukumati egallaydi. 1924-yilgi saylovlarda S. Bolduin muvaffaqiyatga erishadi va hukumatni 1929-yilgacha boshqaradi. Biroq 1926- Bolduin Stenli - 57 - yilda boshlangan ish tashlashlar tufayli 1929-yilda iste‟foga chiqadi. 1931-yil Makdonold boshchiligidagi kaolitsion hukumat tuziladi. 1935-yilda Makdonold iste‟foga chiqadi va Bolduin bosh vazir lavozimini egallaydi. Bolduin tashqi siyosatda gitlerni “tinchitish” siyosatini qo‟llaydi. 1937-yilda qirol Eduard VIIIning talabi bilan siyosatdan ketadi. Bolduin 1947-yil 14-dekabrda Estli-Xolli (Stourport-on-Severn)da vafot etadi. Milliy koalitsiya hukumati Britaniya iqtisodiyotini oyoqqa turg'izish bo'yicha qizg'in ishga kirishdi. 1931- 1932-yillarda parlament Angliyaga olib kiriluvchi barcha turdagi mahsulotlarga narxining kamida 10%i miqdorida bojxona solig'i belgiladi. Angliya tarixda birinchi marta erkin savdo tamoyillariga qarshi borib, milliy iqtisodiyotni himoya qilish (proteksionizm) yo'lini tutdi. Ko'hna Angliya yo'1-yo'lakay qayta qurishni amalga oshirdi. Funt sterlingning oltin asosi va erkin savdo Britaniya imperiyasining poydevori bo'lib kelgandi. Endi ular yo'q edi va Angliya yuz yildan ortiq vaqt davomida o'tkazib kelingan iqtisodiy siyosatdan qat'iy farq qiluvchi yangi iqtisodiyot yo'liga tushdi. Milliy iqtisodiyotni himoya qilish siyosati eng avvalo sanoatning yangi sohalari - avtomobil, aviatsiya, elektro-texnika va kimyo sanoatlarining rivojlanishiga jiddiy ta'sir qildi. Bu siyosatning joriy etilishi ular uchun ichki bozorda va Britaniya imperiyasining bozorlarida juda qulay sharoit yaratdi. Boshqa tomondan, iqtisodiyotni himoya qilish to'siqlari ichki bozorga joylashtirilgan sarmoyalar o'rnining almashtirilishiga olib keldi. Oltin standartdan voz kechilishi oqibatida Angliyadan sarmoya olib chiqish foydasiz bo'lib qoldi, olib borilgan siyosat sanoatning yangi sohalari jadal rivojlanishi natijasida ichki bozordagi vaziyatning keskin o'zgarishiga olib keldi. Investitsiyalarning asosiy oqimi endi turar joy va avto mobil yo'llari qurilishiga, 30-yillar o'rtalaridan boshlab esi harbiy sanoat, aviatsiya va avtomobilsozlikka yo'naltirildi. 1936-yilda Angliyaning chet ellarga joylashtirilgan sarmoyalari 61 mln. f. st. ni, ichki sarmoyalari esa 217 mln. f. st.ni tashkil qildi. Xususiy sarmoyalarning ichki bozorga yo'naltirilishiga hukumat olib borgan moliyaviy siyosat ham ko'maklashdi. Hukumat arzon kredit joriy qildi - banklar xususiy tadbirkorlarga 2 foiz evaziga kreditlar bera boshladi, holbuki, oldin kreditlar 10-12 foiz evaziga berilardi. Bu Angliya tarixidagi eng yirik turar joy qurilishining avj olishiga olib keldi. Qurilish sanoati va mebel ishlab chiqarish bilan bog'liq sanoat sohalari gullab-yashnadi. Yangi sanoat sohalarining o'sishi va qurilishning avj ohshi inqirozning zarbasini birmuncha yumshatdi va 1934-yilda sanoat sohasidagi ishlab chiqarish 1929-yilgi darajadan ko'tarildi. Angliya iqtisodiy inqiroz changalidan qutulish choralarini izladi va 1937-yilda undan juda qiyinchilik bilan chiqa boshladi. Ammo shu yili ishsizlar soni 1,5 mln. kishini tashkil qildi. Angliya tarixida birinchi marta 7 yil davomida ishsizlikning bu qadar yuqori darajasi saqlandi. Biroq, 1938-yilda ishsizlar soni ikki milliondan ham oshdi. Angliya tashqi siyosati 30-yillarda ikki asosiy muammo - fashistlar Germaniyasining Yevropadagi tashqi siyosati va mustamlakalardagi milliy-ozodlik harakatlari muammolariga duch keldi. Yevropada Angliya hukmron doiralari o'zlarining asosiy dushmanlari hisoblangan Sovet Ittifoqiga qarshi kurashda va Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling