Tarix o’tmishning ko’zgusi


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/114
Sana14.05.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1461093
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   114
Dominion (ingl. dominion - mulk, hokimiyat) - Britaniya imperiyasi tarkibida 
bo'lgan, ingliz qirolini o'z rahbari deb e'tirof etuvchi davlat (1867-yildan Kanada, 
1901-yildan Avstraliya ittifoqi, 1907-yildan Yangi Zelandiya va boshqa). 
Bitim imzolanganidan so'ng ko'p o'tmay yana fuqarolar urushi boshlandi. Bu 
safar Irlandiyaning o'zida, bitimni qo'llab-quvvatlagan mo’tadil partiyalar bilan 
Irlandiyaning Britaniya qiroliga qasamyod etishini bekor qilish va tola mustaqil davlat 
tuzish tarafdori bo'lgan ekstremistik partiyalar o'rtasida qurolli kurash boshlandi. 
Faqatgina 1933-yilga kelib Irlandiya parlamenti Britaniya qiroliga qasamyod etish 
marosimini bekor qildi. Ikkinchi jahon urushi davrida Irlandiya betaraflik e'lon qildi va 
1949-yilda o'z mustaqilligiga erishdi. 


- 53 - 
Stenli Bolduin 1924-yilda hukumatga qaytib keldi va 1929-yilgacha Bosh vazir 
bo'lib turdi. Iqtisodiyotdagi turg'unlik hamon bosh muammo bo'lib qolmoqda edi. 
Ishbilarmonlar va siyosiy arboblar. qachonlardrr jahon bozorida Britaniya 
hukmronligining asosi bo'lgan hamda Britaniya sanoatining yuksak foyda olishini 
ta'minlagan tijorat erkinligini tiklashni talab eta boshladilar. Ammo buning uchun, eng 
avvalo, ingliz valyutasining (funt sterling) oltin asosini yaratish lozim edi. Faqat 
shunday tadbirgina ingliz pul tizimining oldingi barqarorligini tiklashi mumkin edi. 
Ammo hukumat boshqa mamlakatlarning pul birliklariga nisbatan funtning qiymatini 
yuksak darajada belgilaganligi tufayli ingliz mahsulotlarining narxlari keskin oshib 
ketdi, natijada ingliz mahsulotlari raqobatga bardosh berolmaydigan bo'lib qoldi. Bu 
esa turg'unlikni yanada kuchaytirdi va ishsizlikni keskinlashtirdi. 
Ingliz sanoatchilari ko'pgina salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo'lgan eng 
so'nggi choraga qo'l urdilar - ishchilarning usiz ham past darajada bo'lgan ish haqini 
qisqartirishga qaror qildilar. Dastlab ko'mir sanoatidan boshlashga ahd qilindi. Chunki 
u ingliz sanoatining energetik asosini tashkil etardi. Ko'mir tannarxining pasaytirilishi 
boshqa sohalarda ish haqini kamaytirmasdan tannarxni pasaytirishga olib kelishi 
mumkin edi. Ammo konchilarning ish haqini qisqartirishga urinishi barcha 
ishchilarning keskin noroziligini uyg'otdi. Hukumat konchilarning ish haqi darajasini 
saqlab turish uchun tog'-kon sanoatiga moddiy yordam berishga qaror qildi. Ammo 
berilgan moddiy yordam bor-yo'g'i bir yilga yetdi. 1926-yil mayida kon egalari ish haqi 
pasaytirilishini e'lon qildi. Bunga javoban Tred-yunionlar Bosh kengashi (ingliz kasaba 
uyushmalarining rahbar organi) barcha ishchilarni yalpi ish tashlashga chaqirdi. 1926-
yil 4-mayda Angliyada ishchilarning yalpi ish tashlashi boshlandi. Sanoatning ish 
tashlagan sohalarida faoliyat tamomila to'xtadi. 
Joylarda harakat kengashlari tuzilib, ular amalda hokimiyat organlariga 
aylandilar. Davlat muassasalari yonidagi namoyishlar ularning ishini qiyinlashtirib 
qo'ydi. Ish tashlashlar iqtisodiy doiradan chiqib, siyosiy nizoga aylanishi xavfi tug'ildi. 
O'sha kunlari turli mamlakatlarning ishchilari ingliz ishchilari bilan birdam 
ekanliklarini namoyish etdilar. Angliyaga jo'natilishi mo'ljallangan yuklarni ortish 
to'xtatib qo'yildi. Ish tashlagan ingliz ishchilari jamg'armasiga mablag'lar to'plandi. 
Ishchilar o'z harakatlarini g'alabaga qadar davom ettirishga rozi edilar. Ammo 
ularning yetakchilari- Leyborist partiyasi ijroiya qo'mitasi va Tred-yunionlar Bosh 
kengashi kurash eng qizigan paytda - 1926-yil 12-mayda uni to'xtatishga qaror qildilar. 
Konchilar 1926-yil dekabr oyigacha chidadilar, faqatgina barcha imkoniyatlari 
tugagach, ishga qaytdilar. Angliyaning eng qudratli kasaba uyushmasi- Konchilar 
federatsiyasi kurashni davom ettirish imkoni yo'qligiga ishonch hosil qilgach, 
ishchilarni o'z ish joylariga qaytishga da'vat etdi. 
Ishchi tashkilotlarining rahbarlari ishchilarning mag'lub bo'lishidan ko'ra, 
ularning g'alaba qozonishidan ko'proq qo'rqardilar. Chunki bunday kurashning siyosiy 
nizoga aylanib ketishidan nihoyatda cho'chirdilar. Kasaba uyushmalari rahbarlari 
Britaniya ijtimoiy-siyosiy tizimining tar-kibiy qismiga aylangan va bu tizimni saqlash, 
Britaniya iqtisodiyotining barqarorligini ta'minlash borasida ko'proq tashvishlanardilar.
Iqtisodiy inqiroz Angliyada 1930-yilda ro'y berdi, ammo uning cho'qqisi 1932-
yilga to'g'ri keladi. Sanoat sohasidagi ishlab chiqarish 1932-yilda 1929-yildagiga 


- 54 - 
nisbatan 82%ga tushib ketdi, 1933-yilda esa pasayish 93% m tashkil qildi. Sanoat 
sohasidagi ishlab chiqarish darajasining Angliyada nisbatan oz pasayishi mahsulotlarni 
rezerv bozorlar sifatida saqlab turilgan mustamlaka va qaram mamlakatlarda sotish 
hamda u yerlardan arzon xom ashyo va ishchi kuchini keltirish imkoniyatlari 
mavjudligi bilan izohlanadi. Inqiroz Angliya iqtisodiyotining an'anaviy sohalari - 
Angliya ishchilar sinfining asosiy qismi jalb etilgan ko'mir qazib chiqarish
metallurgiya, kemasozlik sohalarini ayniqsa qattiq larzaga soldi. 
Inqiroz davrida qishloq xo'jaligi sohasidagi ishlab chiqarish darajasi keskin 
qisqardi. Ahohda qishloq xo'jaligi mahsulotlarini sotib olish uchun mablag' yo'q edi. 
Ishsizlik darajasining yuqoriligi mamlakatning shundoq ham tor ichki bozorining battar 
torayishiga olib keldi. 
Angliya iqtisodiyotining tayanchi tashqi savdo hisoblanardi. Inqiroz davrida 
Angliya mahsulotlari eksporti ikki baravar kamaydi, ularning raqobatbardoshligi 
yo'qoldi. Angliyani an'anaviy bozorlardan siqib chiqarish jarayoni avj oldi. Inqiroz 
natijasida juda ko'p mamlakatlar kasodga uchrab, Angliya mahsulotlarini rad etdilar. 
Bir vaqtning o'zida xorijiy raqiblar Angliyani hatto uning ichki bozoridan ham siqib 
chiqarishga urindilar. Yevropa va AQSHda ro'y bergan moliyaviy inqiroz, Markaziy 
Yevropadagi banklarning kasodga uchrashi Angliya pulining qadrsizlanishiga olib 
keldi va uning oltin bilan ta'minlanishiga barham berdi. 
Angliya iqtisodiyotining eng zaif joyi ishsizlik bo'ldi. Ishsizlik yildan-yilga o’sib 
bordi va 1932 yilga kelib 25% ga etdi. Bu degani har to’rtta ishchidan bittasi ishsiz edi. 
Angliya sanoatining alohida hududlardagi an'anaviy sohalarida ro'y bergan inqiroz 
―shikastlangan hududlar‖ yoki ―depressiyaga uchragan hududlar‖ning paydo bo'lishiga 
olib keldi. Bu hududlarda iqtisodiy hayot deyarli to'xtagan edi. Korxonalar o'z 
faoliyatlarini to'xtatdilar, odamlar bu hududlarni tashlab, chet ellarga ko'chib keta 
boshladilar, chunki Angliyada hayot istiqbolsiz bo'lib borardi. 
Inqiroz konservatorlar hukumati siyosatining barbod bo'lganini anglatdi. 
Mamlakat aholisi iqtisodiy qiyinchiliklarning muttasil o'sishidan norozi bo'ldi va 
o'zgarishlarni talab qildi. 
1929-yil may oyidagi parlamentga saylovlarda 
leyboristlar partiyasi ko'pchilik ovoz oldi va partiya 
rahbari Ramsey Makdonald (1866-1937) Bosh vazir 
qilib tayinlandi. R. Makdonald XX asr Angliya 
siyosiy hayotidagi eng murakkab taqdirli shaxslardan biri bo'ldi. U kichkina baliqchilar 
qishlog'ida qashshoq shotlandlar oilasida tug'ildi va 1894-yilda 28 yoshida leyboristlar 
partiyasiga a'zo bo'ldi. 1900-yildayoq u partiyaning faxriy kotibi lavozimiga saylanib, 
bu lavozimda ozgina tanafrus bilan 1931-yilgacha faoliyat 
ko'rsatdi. U 27 yil davomida parlament deputati, uch marta 
mamlakat Bosh vaziri bo'ldi. 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling