Tarix o’tmishning ko’zgusi


Urushdan keyingi yillarda


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/114
Sana14.05.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1461093
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   114
Urushdan keyingi yillarda
mamlakat iqtisodiyoti.
 
 


- 50 - 
kasb kasalliklarining yuksak darajada bo'lishiga olib keldi. Ayni paytda bo'lib o'tgan 
urush ingliz mehnatkashlari ijtimoiy ongining yuksalishida katta ahamiyatga ega bo'ldi. 
Urush mamlakat yetakchi siyosiy 
partiyalari 
mavqeida 
katta 
o'zgarishlarga sabab bo'ldi. Liberal 
partiya o'z mavqeini boy bergan 
bo'lsa, Konservativ va Leyborist 
partiyalar 
o'z 
mavqelarini 
mustahkamladilar. Garchi ichki va tashqi siyosat borasidagi qarashlari bir-biridan 
unchahk farq qilmasada, leyboristlar mehnatkashlar ommasining yetakchisiga, 
konservatorlar esa burjuaziya manfaatlari ifodachisiga aylandi. 1918-yil dekabrida 
Liberal partiya yetakchisi D. Lloyd-Jorj (1863- 1945) harbiy zafar to'lqinida tezkor 
saylovlar o'tkazdi. U xalqqa tinchlik, ijtimoiy islohotlar, urush aybdorlarini jazolash 
va'dalarini berdi. Saylov huquqi berilgan harbiylarning ovozi evaziga g'alaba qozondi. 
Bu Liberal partiyaning so'nggi muvaffaqiyati edi. D. Lloyd-Jorj hukumati 1922 
yilgacha davom etgan bo'lsada, ichki va tashqi siyosatda mag'lubiyatga uchradi. 
Bundan keyin Liberal partiya hech qachon hukumatni boshqarish imkoniyatini qo'lga 
kiritolmadi. 
Irlandiyadagi voqealar Lloyd-Jorjning hokimiyat tepasida qolish umidlarini 
tamomila puchga chiqardi. 1922-yil 19-oktabrda hukumat koalitsiyasiga kirgan 
Konservativ partiya yig'ilishida mazkur koalitsiyadan chiqish haqida qaror qabul 
qilindi. Shu kuni Lloyd-Jorj qirol Georg Beshinchiga (1865-1936) iste'fonomasini 
topshirdi va u darhol qabul qilindi. 
Hukumat o'zgarmadi, faqatgina Bosh vazir lavozimiga Konservativ partiya 
rahbari Bonar Lou (1858 - 1923) tayinlandi. Ko'p o'tmay u vafot etdi va uning o'rnini 
Stenli Bolduin egalladi. Bolduin Buyuk Britaniya sanoatini surunkali xastalik - 
ishsizlik va korxonalarning to'la quv-vat bilan ishlamasligidan xalos etmoqchi bo'ldi. 
Shu maqsadda erkin tijoratni bekor qildi va milliy iqtisodiyotni himoya qilish 
maqsadida bir qator boj soliqlari joriy etdi. Ammo bu choralar foyda bermadi va ingliz 
iqtisodiyotidagi turg'unlik 1929-yilgacha davom etdi. Buning ustiga Angliya 1923-yil 
oxiriga kelib yana iqtisodiy jihatdan boshi berk ko'chaga kirib qoldi. Birorta ham 
Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling