Tarix o’tmishning ko’zgusi
Xalq frontining dasturi va
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- P. Laval
Xalq frontining dasturi va
uning parchalanishi. “Milliy xiyonat” hukumatining hokimiyatga kelishi - 46 - Xalq fronti hukumati Sotsialistik partiya yetakchisi Leon Blyum (1872-1950) rahbarligida Fransiyada inqirozning yangi bosqichi boshlanayotgan bir paytda ish boshladi. Shunga qaramay, u o'z dasturini amalga oshirish va bergan va'dalarini bajarish borasida juda katta ishlarni amalga oshirdi. 1936-yil yozi davomida parlament Xalq fronti dasturiga mos keluvchi 100 dan ortiq qonunlarni qabul qildi. Fashistlarning tashkilotlari taqiqlandi. O'z va'dalariga muvofiq, hukumat parlament orqali uchta qonunni o'tkazdi: 40 soatlik ish haftasi to'g'risidagi qonun, ikki haftalik haq to'lanuvchi ta'tillar to'g'risidagi qonun va jamoaviy shartnomalar to'g'risidagi qonun. Xizmatchilarning maoshlari va nafaqalar oshirildi. Ishsizlik bo'yicha nafaqaga soliq solinishiga barham berildi. Ishsizlar uchun jamoat ishlari tashkil qilina boshlandi. Aholining o'rta tabaqalari ahvoli ham yaxshilandi. Hukumat sanoat, savdo va qishloq xo'jaligi sohasidagi korxonalarning qarz to'lash muhlatlarini kechiktirdi va bu bilan minglab mayda ishlab chiqaruvchilarni kasodga uchrashdan asrab qoldi. Mayda korxonalardan olinuvchi soliqlar miqdori kamaytirildi, yirik korxonalardan olinuvchi soliqlar esa oshirildi. Fransiya banki va qator harbiy zavodlar davlat tasarrufiga o'tdi. 1937-yilda Temir yo'llar milliy jamiyati tuzilib, uning qo'l ostiga mamlakatdagi barcha temir yo'llar o'tkazildi. Yevropaning boshqa mamlakatlarida bo'lgani kabi, Fransiyada ham iqtisodryotni davlat tomonidan tartibga solish joriy qilina boshlandi Xalq fronti hukumati o'z qonunlarim amalga tatbiq etishda juda katta qiyinchiliklarga to qnash keldi. Davlatda pul yo'q, demakki, tadbirkorlarni qabul qilmgan qonunlarni bajarishga majbur qilish uchun mablag ham yo'q edi. Hukumat nisbatan yengil yo lm tanladi - u Fransiya valyutasi bo'lgan frankni fransuz xalqining barcha ijtimoiy yutuqlarini yo'qqa chiqargan holda 30% ga devalvatsiya (davlat tamonidan milliy valyutaning qadrini pasaytirish yo’li bilan qayta baholash) qildi. 1937-yil fevralida L. Blyum mamlakatning og'ir moddiy ahvolini bahona qilib, Xalq fronti dasturini bajarishda tanaffus e'lon qilish taklifini kiritdi. U kuch to'plab, so'ng yutuqlarni mustahkamlash uchun «nafas rostlash» lozimligini uqtirdi. Bu aholining noroziligiga sabab bo'ldi. 1937-yil iyunida Blyum iste'fo berdi. Xalq fronti obro'sizlandi. Uning saflarida parchalanish yuz berdi. Eduard Daladye boshchiligidagi guruh Xalq fronti partiyalari bilan orani uzish va o'ng reaksion partiyalarga tayangan holda bir partiyali hukumatini tuzishni talab qildi. Eduard Errio boshchiligidagi ikkinchi guruh esa Xalq fronti dasturiga sodiq qoldi. Radikal- sotsialistlarning 1938-yil oktabrida Marselda bo'lib o'tgan syezdida Xalq frontidan ajralish to'g'risida qaror qabul qilindi. Fransiyaning xalq fronti parchalandi. Xalq frontining parchalanishi reaksion kuchlarga yo'l ochdi. 1938-yil 10- apreldan 1940-yil 18-maygacha hokimiyatni boshqargan E. Daladye hukumati davridayoq Fransiya mehnatkashlari uchun Xalq fronti hukumati joriy qilgan imtiyozlarga barham berila boshlandi. Barcha mahsulot va xizmat turlariga soliqlar oshirildi. Tadbirkorlar oz miqdorda haq to'lagan holda xizmat vaqtidan tashqari ishlarni joriy qilish huquqini qo'lga kiritdilar. Ish haftasi 5 kundan 6 kunga uzaytirildi. Ijtimoiy himoya xarajatlari qisqardi. Mayda korxonalarga solinuvchi soliqlar miqdori 13 baravar oshirildi, yirik korxonalarga solinuvchi soliqlar esa kamaytirildi. Mamlakat mehnatkashlari bunga ommaviy namoyishlar bilan javob berdilar. 1938-yil 30-noyabrda Fransiyada umumiy ish tashlash boshlandi. Hukumat qo'shinlarni - 47 - safarbar qildi, askarlarga jangovar o'qlar tarqatildi. Hukumat va tadbirkorlar birgalikdagi harakatlari bilan ish tashlovchilardan shafqatsiz o'ch oldilar. Ko'plab zavodlar yopildi, 1,5 mln. kishi ishdan bo'shatildi, minglab ishchilar qamoqqa olindilar. E. Daladye hukumati «milliy xiyonat» hukumatiga aylandi. Ostonada esa dushman - birinchi imkoniyat tug'ilgandayoq Fransiyani bosib olish niyatini hech kimdan yashirmagan fashistlar Germaniyasi turardi. Xiyonat, xo'rlanish va mag'lubiyatlar yo'li Fransiya tashqi siyosatini bu davrda Fransiya yirik sarmoyasi bilan yaqin aloqada bo'lgan, reaksion va fashistlarga tarafdor qarashlarini hech kimdan yashirmagan davlat va siyosat arboblari belgiladilar. Bular 1931-yil yanvardan 1932-yil fevralgacha, 1935-yil iyundan 1936-yil yanvargacha Fransiya Bosh vaziri bo'lgan P. Laval, 1934-yil oktabrdan 1936-yil yanvargacha tashqi ishlar vaziri lavozimida ishla-gan P. Tardye, E. Daladye, J. Bone, A. Sarro va boshqalar edilar. Fransiyaning Yevropada gegemonligi qaror topishiga ishonchi yo'qolgan bu davlat va siyosat arboblari Germaniya va Italiya fashistlari bilan til biriktirish yo'liga tushdilar, shu taxlit ular bilan to'qnashishdan qutulib qolishga umid qildilar. Ular mudofaaga asoslangan urush g'oyasini ilgari surdilar. Germaniyada fashistlarning hokimiyatga kelishi, 1934-yil fevral voqealari va Xalq frontining 1936-yildagi muvaffaqiyatlari reaksion qarashlarni yanada mustahkamladi va fashistlarni faol harakatlar boshlashga daVat etdi. Ularning millatga qarshi qarashlari davlatning rasmiy siyosati darajasiga ko'tarildi. Fransiya tashqi siyosatining asosiy konsepsiyasi Gitler bilan Sovet Ittifoqiga qarshi til biriktirishdan iborat bo'ldi. Gitler ekspansiyasi faolligini Sharqqa yo'naltirish Fransiya diplomatiyasining bosh maqsadiga aylandi. 1940-yilda Fransiya bu siyosati uchun harbiy mag'lubiyat va milliy mustaqillikni boy berish bilan haq to'ladi. Fransiya hukmron doiralarining bir qismi fashistlar Germaniyasini Fransiyadagi mavjud tuzumni saqlab qolishning kafolati deb hisobladilar. Bunday siyosatchilarni Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling