Tarix o’tmishning ko’zgusi
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshqaruvning parlament shakli
Urushning mamlakat
iqtisodiga ta’siri. Tashqi siyosat. - 41 - tuzilganligi e'lon qilindi. U 20-30-yillarda so'l kuchlarning demokratiya, tinchlik va ijtimoiy adolat uchun kurashiga boshchilik qildi. Fransuz burjuaziyasi jamiyatni barqarorlashtirish uchun kurash olib bordi. 1919- yil noyabr oyida Fransiyada urushdan keyingi birinchi parlament saylovlari bo'lib o'tdi. Burjua partiyalari Milliy ittifoq deb nomlangan saylovoldi uyushmasini tuzdilar. Milliy ittifoq bolshevizmga va ijtimoiy tartibsizliklarga qarshi kurash, Versal shartnomasiga qat'iy rioya qilish, ya'ni Germaniyani tovon to'lashga majbur etishni o'z vazifasi deb e'lon qildi. Boshqaruvning parlament shakli (parlament - fr. parler - gapirmoq) - qonun chiqaruvchi va ijroiya organlarning vazifalari aniq taqsimlanganda parlamentning imtiyozli mavqega ega bo'lishi. Parlament deputatlari hukumatni shakliantiradilar, bosh vazirni va konstitutsiyaviy nazorat organlarini saylaydilar. Aholining katta qismi tomonidan qo'llab-quvvatlangan Milliy ittifoq katta g'alabaga erishib, Milliy majlisda deputatlik o'rinlarining uchdan ikki qismini qo'lga kiritdi. Burjua partiyalari demokratik va ishchi harakatlariga qarshi kurashda qudratli qurolga ega bo'ldilar. Natija tez orada namoyon bo'ldi. Milliy ittifoqning birinchi hukumati bo'lgan Mileran hukumati ishchilar harakatiga qarshi ayovsiz kurash boshladi. 1920-yil may oyida temiryo'lchilar ish tashlashi bostirildi, unga qatnashganlardan 20 kishi ishdan bo'shatildi. Urush davrida qabul qilingan ijtimoiy islohotlar dasturi birin-ketin yo'q qilindi. Ishchilarga qarshi kurash milliy miqyosdagi surunkali va tinka qurituvchi nizoga aylandi. Bu esa mamlakatda siyosiy beqarorlikka sabab bo'ldi. 14 yil (1919-1933) mobaynida Fransiyada 27 marta hukumat o'zgardi. Milliy ittifoq hukumati paytida Fransiya tashqi siyosatining asosiy yo'nalishi mamlakatning Yevropa qit'asidagi ustivor mavqeini mustahkamlash edi. Ana shu maqsadda Fransiya bir qator tadbirlarni amalga oshirdi va ular mamlakatning Yevropadagi mavqeini ancha mustahkamladi. Kichik Antanta deb nomlangan va Chexoslovakiya, Ruminiya hamda Yugoslaviyani o'z ichiga olgan «Sharqiy alyans» tashkil etilgan edi. Fransiya ular bilan harbiy ittifoq tuzdi. Polsha bilan ham shunday ittifoq tuzildi. Bu ittifoqlar ochiqdan-ochiq Germaniya va Rossiyaga qaratilgan edi. Bunga javoban Germaniya bilan Rossiya 1922-yilda, Genuya konferensiyasi paytida diplomatik munosabatlar o'rnatish haqida shartnoma tuzdi. Bu ahdlashuv keng miqyosli iqtisodiy munosabatlar o'rnatish yo'lini ochar edi. Shunday qilib, Germanjya birinchi bo'lib Rossiyani iqtisodiy jihatdan qamal qilish haqidagi kelishuvni buzdi. Germaniya va Rossiya o'rtasidagi shartnoma Genuya yaqinidagi Rapallo degan joyda imzolangani uchun shu nom bilan ataldi. U ikkala mamlakatning ham xalqaro mavqeini mustahkamladi. 1922-yil yozida Buyuk Britaniya va AQSH tomonidan qo'llab-quvvatlangan hamda Rapallo shartnomasidan ruhlangan Germaniya har yilgi tovonni to'lashdan bosh tortdi. Bunga javoban fransuz qo'shinlari 1923-yilning yanvarida nemis iqtisodiyoti ustidan nazorat o'rnatish va Rur viloyatini Germaniyadan ajratib olish maqsadida bu viloyat hududiga kirdilar. Ammo Fransiya hukmron doiralarining rejasi amalga oshmadi. Germaniya hukumati da'vati bilan Rur aholisi ishdan bosh tortdi. Fransiyaga Rur ko'miri butunlay bormay qoldi. Natijada cho'yan va po'lat quyish keskin qisqardi. Fransuz franki kursi tushib ketdi. Rurning bosib olinishi ichki siyosiy inqiroz va - 42 - xalqaro munosabatlardagi chigalliklar bilan yakunlandi. Fransiyaning Yevropa qit'asida gegemonlik o'rnatish xayollarini butunlay chippakka chiqarish maqsadida AQSH va Buyuk Britaniya Germaniya iqtisodiyotini tiklash va Daues rejasi asosida uning Yevropa siyosiy hayotidagi rolini oshirishga ahd gilqildilar. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling