Tarix o’tmishning ko’zgusi


-yilgi saylovlarda Milliy ittifoqdan chiqqan  so'l burjua partiyalari, eng avvalo Eduard Errio


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/114
Sana14.05.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1461093
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   114
1924-yilgi saylovlarda Milliy ittifoqdan chiqqan 
so'l burjua partiyalari, eng avvalo Eduard Errio 
boshchiligidagi radikallar partiyasi Sotsialist 
partiya bilan saylov bitimi tuzdi va So'l ittifoqni tashkil etdi. So'l lttifoq o'z dasturida 
ijtimoiy sohada ijobiy o'zgarishlar qi-lish, Milliy ittifoqning xalqqa qarshi qaratilgan 
tadbirlarini bekor qilish, Sovet Ittifoqi bilan diplomatik munosabatlar o matish, 
Germaniyadan qo'shinlarni olib chiqish va u bilan yarashish, Angliya va AQSH bilan 
mustahkam aloqalarni tiklashni va'da qilgan edi. So'l ittifoq saylovlarda g'olib chiqdi. 
So'l ittifoq hukumatini Eduard Errio boshqardi. U Rossiya bilan yaqinlashish, 
xalqaro muammolarni tinch yol bilan hal qilish tarafdori demokrat va tinchliksevar edi. 
1924-yil oktabrda o'ng partiyalarning ashaddiy hamlalariga qaramay Fransiya bilan 
Rossiya o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatildi. 
So'l ittifoq tashqi siyosatining asosini G'arb davlatlarini yarashtirish va 
Yevropani birlashtirish tashkil etar edi Bunday tashqi siyosat olib borilishida o'n to'rt 
yil hukumatda uzluksiz tashqi ishlar vaziri bo'lgan Aristid Brianning (1862-1932) 
xizmati katta bo'ldi. U muzokaralar va arbitraj vositasida Yevropani birlashtirish yo'lini 
tutdi Uni hozirgacha «Yevropaning otasi» deb atashadi, uning g oyalan Ikkinchi jahon 
urushidan keyin birlashgan Yevropani tashkil etish yo'lida ilk qadam bo'lganligini 
e'tirof etishadi. 
Brian Aristid-(1862-1932) Fransiya bosh vaziri. 1862-yil 28-martda Nantda 
dunyoga keladi. Parijda huquqni o‟rganadi. Yoshligida sindikalistlar oqimiga 
qo‟shiladi. Uning Bretanda siyosiyatdagi muvaffaqiyatlari keyinchalik Parijda ham 
sotsialistlar bilan, shu jumladan R.Vivian va J.Jores bilan bog‟lanishga olib keladi. 
1904-yil Jores bilan birgalikda «Yumanite» (L‟Humanite) gazetasiga asos soladi. 
1901-yil sotsialistlar partiyasining bosh kotibi, 1902-yil esa Luara tomonidan 
deputatlar palatasiga saylanadi. 1906-yil u ta‟lim va 
madaniyat vaziri etib tayinlanadi. 1909-yil u birinchi marta 
bosh vazirlik lavozimini egallaydi. 
1914-yilgacha 
Brian 
o‟nglarga 
yaqinlashib 
R.Puankareni «Yangi natsionalizm»ini qo‟llab-quvvatlaydi. 
1914-1917-yillarda bosh vazir o‟rinbosari, keyinchalik bosh 
vazir lavozimini egallaydi. U soliqlarni ko‟paytirishga qarshi 
va katoliklar talabini qo‟llab-quvvatlab, Vatikanda Fransiya 
elchixonasini qayta tiklashni ma‟qullar, Germaniya bilan 
tinchlik shartnomasini tuzishga intilar edi. Millatlar Ligasida 
va 
shu 
kabi 
xalqaro 
konferensiyalarda 
hamda 
deklaratsiyalarda (Lokarno, 1925-y oktyabr; Toyri, 1926-yil 
sentyabr; Brian Kellog pakti, 1928) Fransiya-Germaniya 
do‟stlik va hamkorligini mustahkamlash uchun kurashar edi. Shuningdek Evropa 
Federal Ittifoqini tuzish taklifini ilgari suradi. U 1932-yil 7-mart Parijda vafot etadi. 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling