Tarix o’tmishning ko’zgusi


Konsorsium (lotincha consortium -qatnashuv, uyushma) -bir necha bank


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/114
Sana14.05.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1461093
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   114
Konsorsium (lotincha consortium -qatnashuv, uyushma) -bir necha bank 
yoki sanoat kompaniyalarining qarzni birgalikda joylashtirish yoki umumiy 
qimmat turuvchi loyihani birgalikda amalga oshirish maqsadida vaqtinchalik 
kelishuvi. 
Bu monopolistik guruhlar fashistlarning rahbarlari bilan qalin munosabatlarda 
bo'lib, ularning vakillarini mablag' bilan ta'minlardi. Deputatlar senatorlar va katta 
fashistlar kengashi a'zolarining aksariyat qismi yirik hissadorlik kompaniyalarida 
maosh to'lanuvchi lavozimlarni egallagan edi. Fashizm Italiyada yirik sarmoya va yirik 
yer egalari o'rtasida siyosiy va iqtisodiy ittifoq o'rnatish yo'li bilan yirik yer egalarining 
ham qo'llab-quvvatlashishiga erishishni ko'zlar-di. O'ttizinchi yillarda yirik sanoat 
kompaniyalari egalari orasida 516 nafar yirik yer egalari ham bor edi. Ular bank 
operatsiyalari, yer olib sotish bilan shug'ullanib, moliyaviy oligarxiyaga qo'shildilar. 
Monopolistik guruhlar va yirik yer egalari Italiyadagi fashistlar davlatining ijtimoiy-
iqtisodiy tayanchi bo'ldilar. 


- 70 - 
Moliya oligarxiyasi -mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishiga, yirik 
sarmoya yig'ilgan taqdirda esa jahon iqtisodiyotiga bevosita ta'sir ko'rsatuvchi 
eng boy sarmoyadorlarning kichkina guruhi. 
O'z milliy monopoliyalariga ichki bozorda hukmronlik qilish uchun qulay 
imkoniyatlar yaratish maqsadida Italiya davlati iqtisodiyotning avtarkik tizimini 
yaratish bo'yicha faol harakatlarni boshladi. U mamlakatning o'zini o'zi ta'minlashi va 
strategik xom ashyoning olib kelinishiga qaramligining qisqartirilishidan iborat edi. 
Avtarkik tizim uch asosiy maqsadni ko'zlardi:

avtarkik fikrlash tarzini yaratish, ya'ni Italiyaliklarni import tovarlarini sotib 
olishdan voz kechishga majbur qihsh;

iqtisodiyotni 
takomillashtirish, 
ilmiy-texnik 
o'sishni 
rag'batlantirish, 
sanoatning raqobatbardosh sohalarini yaratish;

importni qisqartirish va Italiya mahsulotlari eksportini oshirish yo'li bilan 
iqtisodiy mustaqillikka erishish. Ushbu munosabat bilan davlat 1934—1935-
yillarda tashqi savdo monopoliyasini joriy qildi va bu xorijiy tovarlar 
importini keskin qisqartirdi. 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling