Tarix o’tmishning ko’zgusi
Partiyaning oliy boshqaruv idorasi nisoblangan s'ezdlar 1939-yildan 1952-yilgacha
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rappalo bitimi
Partiyaning oliy boshqaruv idorasi nisoblangan s'ezdlar 1939-yildan 1952-yilgacha biror marta ham chaqirilmadi. Diktator hokimiyatni hech kim bilan bo'lishishni istamadi. Lenin tomonidan yaratilgan davlat sotsializmi Stalin hukmronligi davrida puxta yo'lga qo'yilgan terror va qatag'on mashinasiga aylandi. Davlatni boshqarish idoralari tizimining o'zi shunday qurilgan ediki, u mamlakatning butun aholisini qarshilik ko'rsatish befoydahgiga, hokimiyatga qarshi bo'lgan har bir inson yo'q qilinishiga ishontirishga urinardi. 1936-yilda davlat sotsializmi totalitar tizimi mamlakatning yangi konstitutsiyasi bilan mustahkamlandi. Bu hujjatda fuqarolarning huquqlari, demokratiya va qonuniylik, adolat va insonparvarlik to'g'risida ko'p gapirilardi. Aslida esa konstitutsiya ham proletariat diktaturasi, ham demokratiya o'rniga kelgan kommunistik partiya oliy idorasining diktaturasini mustahkamlardi. Partiya qarorlari endi bajarilishi shart bo'lgan qonunlar bilan tenglashtirildi. Partiya apparati davlat apparati o'rnini egalladi. U bir vaqtning o'zida qonun chiqaruvchi va ijrochi hokimiyatga aylandi. Hukumat idoralari endi faqat partiya apparati irodasini so'zsiz bajarish bilangina shug'ullanuvchi itoatgo'y idoralarga aylandilar. - 29 - Biroq, yangi konstitutsiyaning qabul qilinishi natijasida yuzaga kelgan siyosiy tizim samarasiz bo'lib chiqdi. U iqtisodiyotning real qonun-qoidalari bilan to'qnashuvda mag'lubiyatga uchradi. Ma'muriy xo'jalik tizimi iqtisodiy nuqtai nazardan bema'ni sanalgan qarorlar ham so'zsiz bajarilishi lozimligi tufayli samaradorlik, sifat va raqobatbardoshlik masalalarini hal qila olmadi. Mehnatning past samaradorligini qoplash maqsadida korxonalar juda ko'p ortiqcha ishchi kuchlarni saqlab turdilar. Rahbarlikning boshqaruv usullari qattiqlashishi natijasida boshqaruv apparati jadal sur'atlarda o'sib bordi. Harbiy xavfning kuchayishi, armiya soni va mudofaa uchun xarajatlarning jiddiy oshishi bu muammolarni yanada keskinlashtirdi. Ushbu munosabat bilan davlat idoralari intizomni tartibga solish va kadrlarning qo'nimsizligiga barham berish maqsadida shafqatsiz repressiv choralarni keng qo'llay boshladilar. Sababsiz ishga kelmaganlik, kech qolganlik, ishdan ruxsatsiz ketganlikni qattiq jazolovchi qator choralar qabul qilindi. Ishdan qolganlik yoki ruxsatsiz ketganlik uchun to'rt oy muddatgacha qamoq jazosi ko'zda tutildi. Farmon qabul qilinganidan keyingi bir oyning ichida yuz mingdan ortiq bunday jinoiy ishlar qo'zg'atildi. Ishchilar shu taxlit ish joylariga ipsiz bog'landilar, o'z ixtiyorlari bilan ular ish joylarini o'zgartira olmasdilar. Mavjud iqtisodiy tizimning samaradorligini oshirish maqsadida xalq xo'jaligida mahbuslar mehnatidan keng foydalanila boshlandi. OGPU davlat buyurtmalarining eng yirik ijrochisiga aylandi. Yangi qurilishlarning 15%idan ortig'i OGPUga topshirilib, ularda GULAG mahbuslarining mehnatidan foydalanildi. Mahbuslar o'z mehnatlari uchun haq olmasdilar, buning evaziga ularga tegishli daraja va sifatli maxsus lager kiyimi va ovqat berilishi ko'zda tutilardi. Shunday qilib qashshoq dehqonlar va mahbuslar butun dunyoga ishchi va dehqonlarni ekspluatatsiyadan ozod qilgani to'g'risida jar solgan mamlakatni moliyaviy halokatdan saqlab qoldilar. 30-yillarda sobiq SSSR tashqi dunyo bilan aloqalarda ko’plab qiyinchiliklarga duch keldi. Ular eng avvalo podsho hukumatining qarzlarini to'lash, xorijiy mulkni ularning eski egalariga qaytarish, xalqaro aloqalardagi teng huquqlilik, mustaqillik muammolari bilan bog'liq bo'ldi. Ammo bu qiyinchiliklarga qaramay, sovet diplomatiyasi tashqi munosabatlarni sekin-asta o'zgartirishga erishdi. 20-yillarning boshida Angliya, Germaniya, Avstriya, Norvegiya, Italiya va boshqa mamlakatlar bilan ilk savdo aloqalari o'rnatildi. Yevropa mamlakatlari va AQSH bilan iqtisodiy aloqalarning bir maromda rivojlanishiga tashqi savdoning davlat tomonidan monopoliyalashtirilgani to'g'anoq bo'ldi. Bu tufayli AQSH SSSR bilan savdo aloqalari o'rnatishni qat'iyan rad etdi. Sovet diplomatiyasi SSSRda kolonializmga qarshi kurashda o'z ittifoqchisini ko'rgan Osiyo mamlakatlari bilan do'stona munosabatlarni o'rnatishda ma'lum muvaffaqiyatlarni qo'lga kiritdi. 1921-yilda Eron, Afg'oniston, Turkiya va Mongoliya bilan do'stlik va hamkorlik to'g'risida bitimlar tuzildi. Rossiya va Germaniya taqdirida 1922-yili Genuyada imzolangan Rappalo bitimi katta ahamiyatga ega bo'ldi. U ikki mamlakat o'rtasida diplomatik aloqalar o'rnatdi. Ushbu bitim G'arb davlatlarining SSSRga nisbatan siyosiy qamalini barbod qildi. Rappalo bitimidan so'ng boshqa davlatlar ham SSSRni tan ola boshladilar. 1924-yilda Angliya va Fransiya bilan diplomatik aloqalar o'rnatildi. Xuddi shu yili Yevropadagi Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling