Tarix o’tmishning ko’zgusi
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- OGPU faoliyati. Terror va qatag’on Sotsiyalistik demokratiya” va mamlakat iqtisodiyoti
- (Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi-SSSR Xalq Komissarlar Kengashi huzurida 1923-1934-yillarda faoliyat korsatgan davlat xavfsizligini
- 1936-1938-yillarda
1932-1933-yillarda Volgabo'yi, Shimoliy Kavkaz, G'arbiy Sibir hududlarida
ro'y bergan qurg'oqchilik natijasida SSSRda ocharchilik boshlandi. Biroq, shunga qaramay, g'alla tayyorlash rejalari oshirildi, bunga ko'ra g'allani eksport qilish ham oshdi. 1932-yil 7-avgustdagi qonunga muvofiq «sotsialistik mulkni qo'riqlash» bo'yicha o'ta keskin choralar ko'rila boshlandi. Xalq orasida «boshoqlar to'g'risidagi qonun» nomi bilan mashhur bu qonunga muvofiq kolxoz mulkini o'g'irlaganlik (dalada boshoq terganlik) uchun butun mulkini musodara qilgan holda o'lim jazosi yoki 10 yil muddatga surgun ko'zda tutildi. Ocharchilik oqibatida yuz minglab dehqonlar halok bo'ldilar, ayniqsa, Ukraina aholisi ocharchilikdan qattiq talafot ko'rdi. Mamlakatda o'zgacha fikrlovchilar va hukumat olib borayotgan siyosatga qarshi OGPU faoliyati. Terror va qatag’on Sotsiyalistik demokratiya” va mamlakat iqtisodiyoti - 28 - chiqishlarni bostirish maqsadida «Davlat ahamiyatiga molik jinoyatlar to'g'risida»gi nizom e'lon qilinib, u terrorni qonunlashtirdi va huquqiy jihatdan asosladi. Stalin o'z siyosiy raqiblari va mavjud tuzum dushmanlarini yo'q qilish huquqini beruvchi qonunga ega bo'ldi. Shu vaqtdan boshlab ishdagi har qanday kamchilik, Stalinning buyruq va ko'rsatmalaridan har qanday chekinish davlat jinoyati xususiyatiga ega bo'la boshladi. OGPU (Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi-SSSR Xalq Komissarlar Kengashi huzurida 1923-1934-yillarda faoliyat ko'rsatgan davlat xavfsizligini qo'riqlash idorasi. Keyin NKVD tarkibiga kiritilib, Davlat xavfsiztigi Bosh boshqarmasi deb o'zgartirilgan). terror va qatag'onni amalga oshiruvchi idoraga aylandi. 1934-yilda OGPU qayta tuzilib, NKVD (Ichki ishlar xalq komissarligi)ga aylantirildi. 1936-yildan boshlab Moskvada qator ko'rgazmali jarayonlar o'tkazildi. Eng yuqori lavozimlarda ishlagan sovet rahbarlari bo'ynilariga qo'yilgan barcha siyosiy ayblarni sodir etganliklariga iqror bo'ldilar. Ularning ko'pchiligi uzoq muddatlarga qamoq jazosiga hukm etildi, aksariyati esa qatl qilindi. Arxivlardagi hujjatlarni o'rganish, zamondoshlarning guvohliklari «jinoyatlar» qiynoq va qo'rqitish yo'li bilan ularning bo'yniga qo'yilganini ko'rsatdi. Ular oilalarining kelajagidan qo'rqib, ochiq- oydin yolg'on ko'rsatmalar berdilar va o'zlariga o'zlari tuhmat qildilar. Terror harbiy rahbarlarni ham chetlab o'tmadi. Yirik harbiy qo'mondonlar, hatto fuqarolar urushi qahramonlari ham josuslikda ayblanib, qatl qilindilar. Jazolovchi idoralar va ularning qurbonlari soni yil sayin oshib bordi. 1936-1938-yillarda Moskvada bolsheviklar partiyasining sobiq rahbarlari ustidan sud jarayonlari bo'lib o'tdi. N. I. Buxarin, G. Ye. Zinovev, L. B. Kamenev, A. I. Rikov, M. P. Tomskiy va boshqalar fitna, diversiyalar uyushtirganlik, josuslikda ayblanib, o'lim jazosiga hukm qilindilar. Shundan so'ng Stalin yakka diktatorga aylandi. Ommaviy axborot vositalari uning qo'lida Stalin shaxsiga sig'inishni, tuzumning amaldagi va ehtimoliy dushmanlarini ma'naviy va ruhiy terror qilishni targ'ib qiluvchi vositaga aylanib qoldi. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling