Tarix o’tmishning ko’zgusi


Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/114
Sana14.05.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1461093
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   114
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar. 
1. Versal-Vashington tizimining xalqaro munosabatlarga ta’siri qanday bo’ldi?
2. ‖Katta uchlik‖ davlatlari va ularning Parij Tinchlik konferensiyasidagi roli 
haqida so’zlab bering. 
3. AQSHning Versal shartnomasini ratifikatsiya qilishdan bosh tortishining 
sababi nima edi?
4. Versal-Vashington tizimi mustahkam tinchlikning qaror topishiga asos bo’la 
olmaganligini misollar bilan asoslab bering. 
5. ‖Antikomintern pakti‖ qaysi davlatlar o’rtasida imzolandi? 
6. Nima uchun ikkinchi jahon urushining oldini olib bo’lmadi? Bu haqda fikr 
yuriting. 
7. ―Millatlar Ligasining xalqaro munosabatlardagi roli‖ mavzusida mustaqil 
ishlang. 
 
 
 
 


- 22 - 
1918-1939-YILLARDA ROSSIYA 
 
1920-yil oktyabrda Sovet-Polsha urushi 
yakunlandi. 1920 yil noyabrda general 
Vrangel qo'mondonligidagi so'nggi oq 
gvardiya qismlari Qrimni tark etdilar. 
Rossiyadagi fuqarolar urushining uch yillik 
tarixiga 
yakun 
yasaldi. 
Antanta 
mamlakatlari va AQSH qo'mondonligi o'z qo'shinlarini olib chiqib ketdilar va qamal 
holatining bekor qilinganini bildirdilar. Bolsheviklar g'alaba qozonib, hokimiyatni o'z 
qo'llarida saqlab qoldilar. Ular oldida endi yana ham murakkabroq vazifa - tinch davrda 
faoliyat yurituvchi davlat va ijtimoiy-siyosiy tuzumning yangi siyosiy va ijtimoiy-
iqtisodiy tizimini barpo etish vazifasi turardi. 
Yangi iqtisodiy siyosatga (НЭП) o'tish bolsheviklarning mamlakat iqtisodiy 
rivojlanishiga munosabatlari jiddiy o'zgarganini anglatardi, va balki, u muvaffaqiyat 
qozongan yoki uzoq vaqt davom etgan taqdirda, mamlakatda samarali iqtisodiy 
tizimning yaratilishiga olib kelishi ham mumkin edi. 
Yangi iqtisodiy siyosat xo'jalikni rivojlantirish muammosini yarim-yorti hal 
qilardi. Sovet hokimiyati barcha yirik sanoat, transport, banklar, tashqi savdo, yerni o'z 
qo'liga olib, xususiy sarmoyani chekladi va tartibga soldi, jamoaviy sektorni o'stirish va 
mustahkamlashga zo'r berdi. Qishloqda ham o'zgarishlar sodir bo'ldi. Bu yerda «oziq-
ovqat razvyorstkasi», ya'ni ortiqcha oziq-ovqatlarning kuch bilan tortib olinishi oziq-
ovqat solig'i bilan almashtirildi. Endi dehqon davlat solig'ini bajarganidan so'ng 
ortiqcha mahsulotini bozorda erkin narxlarda sotishi mumkin edi. Savdoga xususiy 
sarmoya qo'yildi. Davlat eng avvalo sanoat mahsulotlarini taklif qiluvchi yirik ulgurji 
savdoning tashkilotchisiga aylandi. 
Yangi iqtisodiy siyosat bilan bir vaqtda sovet davlati iqtisodiyotni boshqarishni 
imkon qadar markazlashtirish choratadbirlarini faol amalga oshirdi. 1920-yil dekabrda 
GOELRO rejasi -mamlakatni davlat miqyosida elektrlashtirish rejasi (10-15 yilga 
mo'ljallangan birinchi istiqbolli reja) qabul qilindi. U sanoat sohasidagi ishlab 
chiqarishni urushdan oldingi darajaga yetkazish, butun iqtisodiyotni yangi texnik baza 
va yirik sanoat asosida qayta qurishni ko'zda tutardi. Xususiy sanoat, qishloq mehnatini 
jamoalashtirish, xalqning farovonligi va madaniyatini oshirish rejalashtirildi. 
Mamlakat xalq xo'jaligini byurokratik markazlashtirishda 1921-yilda tashkil 
etilgan Rossiya Davlat banki muhim ahamiyatga ega edi. U barcha pul va kredit 
operatsiyalarini boshqarardi. Hukumat ko'rsatmalari asosida Davlat banki mamlakatda 
pul massasining aylanishini tartibga solardi. 
Xalq xo'jaligining alohida sohalarini boshqarish maqsadida sohalar bo'yicha 
xalq komissarliklari tashkil etildi. Ular xo'jalikni boshqarishning qat'iy 
markazlashtirilishiga, hokimiyat tizginining markaziy davlat apparati qo'liga o'tishiga 
erishdilar. 
Shunday qilib, mamlakatda bir vaqtning o'zida ikki bir-biriga zid jarayon kechdi. 
Iqtisodiyotning tabiiy rivojlanishi bolsheviklarni xususiy tadbirkorlik, erkin bozor 
munosabatlari bilan hisoblashishga majbur qildi, biroq g'oyaviy va siyosiy mulohazalar 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling