ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2020
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804
Academic Research, Uzbekistan 605 www.ares.uz
bilan birga mustaqil mantiqiy xulosalar chiqarish qobiliyatlari cheklangan boʼlishini
hisobga olib, tarixiy materialini bogʼlab oʼrganishda ular saviyasini yuksaltirib
borishning didaktik tamoyillariga amal qilishni taqozo etadi.
Binobarin, ikkala tarix
kursidagi tarixiy shaxslar va dalillarni yorqin obrazlar bilan bogʼlab olib borish, tarixiy
bilimlarni ongli va puxta oʼzlashtirish, oʼquvchilarda ijobiy hissiyotlar uygʼotish
shartlaridan biridir. Bu esa oʼz navbatida tahlilning abstrakt mushohadaga oʼtib borishi
uchun shart-sharoit yaratadi.
Аbstraktsiyalash orqali, yaʼni hodisalarning umumiy belgilarini fikran ajratilib,
shu hodisaning muhim boʼlmagan xususiyatlari va belgilaridan ayrim holda tasavvur
etish yoʼli bilan sintezlashning oliy shakli– umumlashtirish sari boriladi.
Belgilar va xususiyatlarni umumlashtirish asosida
tarixiy tushunchalar tarkib
topadi. Tushunchalar esa tarixiy hodisalarning umumiy,
muhim xususiyatlari,
bogʼlanish va munosabatlarning inson ongida aks etishidir. Bular darsda foydalanish
zarur boʼlgan tarixiy manba, atama, tushunchalarni tanlashda
muhim ahamiyat kasb
etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: