Tаrix tа’limidа kurslаrаro uzviylikni tа’minlаshning pedаgogik shаrt-shаroitlаri


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/13
Sana24.12.2022
Hajmi0.61 Mb.
#1051103
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
tarix-ta-limida-kurslararo-uzviylikni-ta-minlashning-pedagogik-shart-sharoitlari

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2020 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804 
Academic Research, Uzbekistan 609  www.ares.uz 
11. Milliy va umuminsoniy qadriyatlar uygʼunligini shakllantirish tamoyili 
tarixiy voqea va hodisalarga milliy va umumbashariy gʼoyalarning umumiy 
uygʼunligidan kelib chiqib baho berishga oʼrgatadi. Zero, oʼzbek xalqining koʼpgina 
milliy xususiyatlari umuminsoniy qadriyatlar bilan bogʼlanib, uning shakllanishiga 
sezilarli taʼsir koʼrsatgan. Jumladan, ajdodlarimizning aql zakovati va qalb qoʼri bilan 
yaratilgan dunyo madanyatining noyob durdonasi boʼlmish “Аvesto”da bayon etilgan 
ilmiy va hayotiy tushunchalar nafaqat Markaziy Osiyo, balki butun dunyo ilmu fan va 
falsafasi rivojiga salmoqli hissa boʼlib qoʼshilgan. Shuninndek, Oʼrta Osiyoda IX-XII 
va XIV-XV asrlardagi madaniy yuksalish Yevropa Renessansining asosiy shart-
sharoitlarini vujudga keltirgan. Milliy istiqlol gʼoyasi, milliy mafkuraning asosiy 
manbai - bu haqqoniy yoritilgan tarix boʼlib, ikkala tarixni uzviy bogʼlab oʼrganish 
oʼquvchilar ongida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirishning qudratli 
omilidir.
12. Taʼlim beruvchi, tarbiyalovchi, rivojlantiruvchi taʼlim tamoyili – tarix 
kurslariaro aloqalardan maqsadga muvofiq, muntazam foydalanish, oʼqitishning taʼlim 
beruvchi, tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi vazifalarini chambarchas bogʼliq holda olib 
borishga xizmat qiladi. Oʼqitishning taʼlim beruvchi vazifalari oʼquvchilar qanday 
bilim, fakt, hodisa, tushuncha va xulosalarni oʼzlashtirshlari zarurligini belgilasa
tarbiyalovchi vazifalar oʼquvchi shaxsining maʼlum eʼtiqod va axloqiy sifatlarini 
shakllantirishga qaratilgandir. Rivojlantiruvchi taʼlim esa tarixiy materialni oʼrganish 
munosabati bilan oʼquvchilarda qanday koʼnikma va malakalar shakllanishi hamda 
umumiy va tarixiy tafakkurning qaysi jihatlarini rivojlantirishga eʼtibor beradi. 
Shuningdek, bilimlarni egallash va oʼquvchilarni har tomonlama kamol toptirish 
jarayonlari orasida uzluksiz aloqalar oʼrnatilishini talab qiladi. Oʼzlashtiriladigan 
bilimlar hosil qilinadigan koʼnikma va malakalar uchun asos boʼlib xizmat qiladi. U 
yuqorida qayd qilingan integrativ darslarda oʼquvchilarda mustaqil fikr yuritish, tarixiy 
materialni zamon va makonda tahlil qilish, tarixiy hodisa va faktlarning oʼxshashlik va 
farq qiluvchi xususiyatlariga qarab taqqoslash, tarixiy faktlar oʼrtasida mavjud boʼlgan 
sabab– natijali bogʼlanishlarni aniqlash kabi koʼnikma va malakalarni hosil qilishga 
koʼmaklashadi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling