Tаrix tа’limidа kurslаrаro uzviylikni tа’minlаshning pedаgogik shаrt-shаroitlаri


Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/13
Sana24.12.2022
Hajmi0.61 Mb.
#1051103
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
tarix-ta-limida-kurslararo-uzviylikni-ta-minlashning-pedagogik-shart-sharoitlari

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804 
Academic Research, Uzbekistan 606  www.ares.uz 
3. Ilmiylik va xolislik tamoyili. Jahon tarixi va Oʼzbekiston tarixini oʼqitishda 
integratsion yondashishning eng muhim tamoyillaridan biri ilmiylik, xolislik, tarix 
haqiqatining ustivorligi tamoyilidir. Bu tamoyilga amal qilinmasa tarixiy voqea va 
hodisalarni toʼgʼri idrok qilib boʼlmaydi. Natijada oʼquvchilarning tarixiy bilimi 
soxtalashadi. Maʼlumki, sovet tarixshunosligi hukmron kommunistik mafkura bilan 
qurollanib butun oʼtmishimizni soxtalashtirib yuborgan. Moziyni asosan urush va 
xunrezlikdan iborat qilib koʼrsatish bilan tarixiy ilmiy haqiqat ataylab buzib tashlangan 
edi. Shuning uchun oʼrganiladigan tarixiy material ilmiy asoslangan, ishonchli va aniq 
boʼlishi, voqea-hodisalar oʼzaro bogʼlanish va rivojlanishda yoritilishi zarur. 
Binobarin, tarix haqiqati bu aniq voqealar, hodisalar va munosabatlar majmuidan iborat 
boʼlib, tarixda roʼy bergan voqea qanday yuz bergan boʼlsa, uni shunday yoritish kerak. 
Bu tamoyil haqqoniy tarixni bilish asosida oʼzlikni anglashga undaydi. 
4. Ilmiy dunyoqarashni shakllantirish tamoyili. Dunyoqarash insoning 
dunyoni maʼlum darajada tushinishi, anglashi, bilishi, baholashi va shular asosida 
amaliy oʼzlashtirishi boʼlib, u insonni dunyoni bir butun yoki turli-tuman holda 
koʼrishi, idrok etishi, tasavvur qilishi, insonning dunyodagi oʼz oʼrin va rolini 
belgilashidir. Jamiyatning rivojlanib borishi bilan insonning amaliy bilish faoliyati 
ham rivojlanib boradi. Dunyoqarash butun insoniyat hayoti sharoitini anglab olishini, 
butun qadriyatlar tizimini, oʼtmish obrazlari, hozirgi realliklarni, kelajakning 
moʼljallarini ham oʼz ichiga oladi. Har bir insonning oʼz hayotiy faoliyati va 
taraqqiyotida maʼlum dunyoqarash shakllanib, toʼliq tashkil topgan paytdagina u shaxs 
boʼla oladi. Oʼzbekistonning yangilangan taʼlimi mustaqil fikrlaydigan, yetuk shaxs, 
komil insonni shakllantirishga qaratilgan. Zotan, oʼzlikni anglash tarixni bilishdan 
boshlanar ekan, oʼquvchilarda dunyoni, insoniyat jamiyati taraqqiyotini tushunish, 
yaʼni yaxlit ilmiy dunyoqarash jahon va Oʼzbekiston tarixini qiyoslab, bir-biriga 
bogʼlagan holda, oʼzaro aloqadorlikda oʼrganish orqali shakllanadi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling