Tаrix tа’limidа kurslаrаro uzviylikni tа’minlаshning pedаgogik shаrt-shаroitlаri


 Tarixni oʼrganishda oʼquv materialining taʼlim-tarbiyaviy jihatdan eng


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/13
Sana24.12.2022
Hajmi0.61 Mb.
#1051103
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
tarix-ta-limida-kurslararo-uzviylikni-ta-minlashning-pedagogik-shart-sharoitlari

7. Tarixni oʼrganishda oʼquv materialining taʼlim-tarbiyaviy jihatdan eng 
muhimlarini ajratish tamoyili. Oʼquvchilarning bilish faoliyatini rivojlantiruvchi 
hamda tarbiyaviy jihatdan eng muhim hisoblangan tarixiy dalil, tushuncha, voqea, 
jarayon, yetakchi gʼoyalarnigina ajratib olish koʼnikmasini shakllantirish ularda tarix 
faniga boʼlgan qiziqishlarini kuchaytirib, tarixiy bilimlarni integratsion tarzda puxta 
oʼrganishlariga yordam beradi. Oʼquvchilardan muhim fikrni muhim boʼlmagan 
fikrdan ajratish koʼnikmasini shakllantirish bir qator didaktik sharoitlar: 
- oʼqituvchining ushbu faoliyat tarzi, mohiyati, tuzilishi va mezonlari boʼyicha 
mavjud bilimlari;
- oʼquv materiali va dars maqsadining xususiyatlari;
- oʼquvchilarning oʼquv-biluv imkoniyatlari bilan bogʼliqdir. 
Bu tamoyil oʼquvchilarni insoniyatning hozirgi ulkan bilimlar ummonida 
oqilona toʼgʼri yoʼl tutishga tayyorlashda muhim oʼrin tutadi. Chunki, bunday oʼqitish 
oʼquvchilarni ortiqcha oʼquv yukidan holi qilish bilan birga tegishli maʼlumotni ular 
xotirasida uzoq saqlash qobiliyati hamda darslik matni boʼyicha oddiy reja tuzish 
malakasini rivojlantiradi.
8. Tarix oʼqitishning milliy asosga qurish (milliy yoʼnaltirilganligi) tamoyili 
tarix fanini Oʼzbekistonning koʼhna tarixini oʼrganishdan boshlash, oʼquvchilarning 
jahon xalqlari oʼtmish taraqqyotini oʼrganishda Vatan tarixidan olgan bilimlari asos 
boʼlib xizmat qilishi, ikkala tarixni qiyoslab oʼrganish asosida xalqlar tarixidagi 
mushtarakliklar, oʼziga xos xususiyatlar, umuminsoniy qadriyatlar, har bir xalqning 
unga qoʼshgan hissasini chuqur anglab, boshqa xalqlarning tarixi va madaniyatini 
hurmatlash, taʼlimni milliy tarix, madaniy meros, xalq anʼanalari bilan uzviy 
uygʼunligini, tariximizni milliy taraqqiyotning muhim omili, millat murabbiysi sifatida 
eʼtirof etishdan iboratdir. Zero, “oʼzini bilmagan, oʼz oʼtmishini bilmagan hech kimni 



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling