Tаrix tа’limidа kurslаrаro uzviylikni tа’minlаshning pedаgogik shаrt-shаroitlаri


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/13
Sana24.12.2022
Hajmi0.61 Mb.
#1051103
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
tarix-ta-limida-kurslararo-uzviylikni-ta-minlashning-pedagogik-shart-sharoitlari

13. Koʼrsatmalilik tamoyili. Oʼqitishning ogʼzaki, amaliy, koʼrsatmali 
metodlari nafaqat tarix faniga balki barcha fanlar uchun barobar xizmat qiladi. Shu 
bilan birga tarix taʼlimida koʼrgazmali idrok ancha katta imkoniyatlarga egadir. Eslab 
qolishda koʼrgazmalilikning oʼzi emas, balki ularning nutq va amaliy faoliyat bilan 
biriktirilishi eng yuqori samaradorlikka ega boʼladi. Koʼpincha koʼrsatmalilik 
tamoyilini oʼquv-bilish faoliyatidagi jonli mushohada va mavhum tafakkurning 
organik bogʼliqligini taʼkidlab, aniq va mavhumning birligi sifatida, yaʼni xususiydan-


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2020 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804 
Academic Research, Uzbekistan 610  www.ares.uz 
umumiyga, aniqdan mavhumga oʼtishni; boshqa hollarda esa mavhumdan muayyan 
tushuncha va faktlarga oʼtish tarzida talqin qilinadi. Tarix taʼlimida asosan 
illyustratsiya metodi: plakatlar, xarita, stend, chizmalar, tarixiy mazmundagi rasmlar, 
fotosuratlar, jadvallar, muzey eksponatlari kabilarni koʼrsatishni oʼz ichiga olsa; 
namoyish etish metodlariga: asl holidagi tabiiy obʼektlarni koʼrsatish, dars jarayonida 
esa texnik namoyish, yaʼni yangi pedagogik texnologiyaga muvofiq zamonaviy 
kompyuter va axborot kommunikatsiya tarmoqlari yordamida kompakt diskda elektron 
kitoblardagi mavzularni ekranda yoritish, mavzuga oid kino va diafilьmlar, audio va 
videomateriallar kiradi. Mazkur tamoyil koʼrsatmali metodni tanlashda uning ilmiy-
didaktik vazifalarini nazarda tutib, maqsadga muvofiq foydalanishga diqqatni qaratadi. 
Umuman, yuqorida qayd etilgan tamoyillar Jahon va Oʼzbekiston tarixidan kurslararo 
aloqalarni oʼrnatib taʼlim uzviyligini taʼminlash va uni amalga joriy qilishning metodik 
sharoitlarini ishlab chiqishda tayanch boʼldi. Bundan tashqari turli tajriba-sinov 
materiallari: metodik tavsiyalar, dars ishlanmalari, chizma, jadvallar, xronologik 
boshqotirmalar, nazorat va boshqa didaktik materiallar va qoʼllanmalarni tayyorlashda 
ham ushbu tamoyillarga suyanildi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling