Tarix va yuridik fakulteti «arxeologiya va buxoro tarixi» kafedrasi


Qо‗qon xonligining ma‘muriy-hududiy tuzilishi va boshqaruv tizimi


Download 272.48 Kb.
bet36/47
Sana13.02.2023
Hajmi272.48 Kb.
#1192813
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   47
Bog'liq
2 kurs o\'zb tarx majmua

Qо‗qon xonligining ma‘muriy-hududiy tuzilishi va boshqaruv tizimi.
Qо‗qon xonligi tarixiga oid manbalarda xonlikning boshqaruv tizimi
haqida, boshqaruvdagi unvon va mansablar va ularning boshqaruvdagi
vazifalari haqida kо‗plab ma‘lumotlar yozib qoldirilgan. Muhammad
Xakimxon tо‗ra, Mirzo Raxim Toshkandiy, Mullo Olim
Maxdumhojalarning asarlarida bu kabi ma‘lumotlarni aniq tahliliy jihatdan
kо‗rsatib berilganligini kо‗rish mumkin374.
Qо‗qon honligida Qо‗qon, Toshkent, Andijon, Namangan,
Marg‗ilon, Chimkent, Jizzax, О‗sh, Xо‗jand, О‗ratepa kabi aholisining
soni jihatidan katta, hunarmandchilik va savdo rivojlangan, mamlakat
ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotida muhim ahamiyatga ega
374 Қаранг: Воҳидов Ш.Ҳ. Қўқон хонлиги ва Бухоро амирлигида унвон ва мансаблар. – Т.: 1996;
Воҳидов Ш., Холиқова Р. Марказий Осиѐдаги давлат бошқаруви тарихидан. –Т.: Янги аср авлоди,
2006; Турсунов Б. Мансабнинг моҳияти ва маъсулияти (Қўқон хонлигидаги ҳарбий бошқарув
тизимининг айрим жиҳатлари) // Таълим ватафаккур. – Тошкент, 2005. – №1. – Б. 30-31; Махмудов
Ш.Ю. Қўқон хонлигининг маъмурий-бошқарув тизими (1709-1876 йй.). Тарих фан. ном .... дисс.
Тошкент. 2007.
178
bо‗lgan о‗nlab shaharlar mavjud bо‗lgan. Xonlikning poytaxti Qо‗qon
shahri bо‗lib, u mamlakatning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy
markazi edi. Bekliklarning ayrimlari turli davrlarda xonlik tarkibiga kirib
chiqib turgan. Asosiy bekliklar sifatida Namangan, Marg‗ilon, Andijon,
Tо‗raqо‗rg‗on, О‗sh, О‗ratepa, Xо‗jand, Toshkent, Turkiston, Chimkent
va boshqalar bо‗lgan. Bekliklar xon tomonidan tayinlanadigan hokim –
qо‗shbegi tomonidan boshqarilgan, kichik ma‘muriy birliklar amin va
oqsoqoliklarga bо‗lingan. XVIII asr oxirlari - XIX asr manbalarida
Qо‗qon xonligi beklik, ba‘zan viloyat va sarkorlik sifatida tilga olingan
ma‘muriy – hududiy qismlarga bо‗lingan hamda ularni xon tomonidan
tayinlanadigan beklar, hokimlar va sarkorlar boshqargan. Ayrim
manbalarda Qо‗qon xonligidagi dastlab quyidagi 15 ta beklikning nomini
keltirb о‗tiladi - Qо‗qon va uning atrofi, Marg‗ilon, Shahrixon, Andijon,
Namangan, Sо‗x, Mahram, Buloqboshi, Aravon, Baliqchi, Chortoq,
Navkat, Koson, Chust va Bobo darhon, keyinchalik esa ularga qо‗shimcha
tarzda Asaka, Marg‗ilon, Baliqchi О‗sh, Sо‗x, Koson va О‗zgan ham
sarkorlik sifatida kо‗rsatiladi375.
Hokimlar va hududiy bо‗linma boshliqlari xon oilasi a‘zolari, unga
yaqin guruhlar, yuqori tabaqa vakillari hamda yetakchi qabilalar sardorlari
orasidan tayinlangan. Misol uchun, Xudoyorxon davrida yettita beklik
xonning о‗g‗illari va yaqin qarishdoshlari tomonidan boshqarilgan. О‗z
navbatida hokimlar viloyat hududlarini о‗zlarining farzandlari va
qarindoshlariga bо‗lib berganlar. Qо‗qon xonligining ma‘muriy-hududiy
boshqaruv tizimida bek (hokim, voliy) va uning о‗rdasi alohida о‗rin
egallagan. Xon tomonidan tayinlangan hokim va qozi kо‗plab vakolatlarga
ega bо‗lgan. Bek о‗rdasida ham xon saroyidagidek yuzlab amal va
unvonlar joriy etilgan bо‗lib, ular mahalliy aholidan yig‗iladigan soliq
hamda tо‗lovlar hisobidan kun kechirishgan. Beklar xonning itoatkor
vassallari bо‗lib, mamlakatni idora etishida uni qо‗llab-quvvatlashlari,
zarur bо‗lganda unga yordam berishlari, uning hurmat-izzatini joyiga
qо‗yishlari, kerakli vaqtda о‗z qо‗shinlari bilan harbiy yurishlarda ishtiroq
etishlari va sovg‗a-salomlar yuborib turishlari lozim bо‗lgan.
375 Қаранг: Зиѐев Ҳ.З. Қўқон хонлиги (катта мақола). http://shosh.uz; Эшов Б. Ўзбекистонда давлат ва
маҳаллий бошқарув тарихи. Тошкент, ―Янги аср авлоди‖, 2012. 314-315-бб.
179
XIX asrda xonlikning chegara hududlarini bir necha qal‘a va
istehkomlar muhofaza qilgan. Ular jumlasiga Oqmasjid, Avliyoota,
Pishpak, Tо‗qmoq, Qurtka, Niyozbek, Mahram kabilarni kiritish mumkin.
Chu vodiysi bо‗ylab bunyod etilgan istehkomlar esa nafaqat chegara
muhofazasi uchun, balki ularning atrofidagi shahar va qishloqlarni itoatda
ushlab turish uchun ham hizmat qilgan. Ushbu shahar va qal‘alarda harbiy
qism hamda ularga boshliq bо‗lgan botirboshilar bо‗lgan. Mudofaa
maqsadlari uchun qurol va aslahalar saqlangan.
Qо‗qon xonligi davlat shakli mutlaq monarxiya bо‗lib, davlat xon
tomonidan boshqarilgan. Boshqaruv tizimi shariat qonun-qoidalari asosida
о‗rnatilgan bо‗lib, markaziy va maxalliy boshqaruvni amalga oshiruvchi
idoralar о‗z vazifalariga ega bо‗lgan. Xon huzurida Oliy maslaxat
kengashi faoliyat yuritgan bо‗lib, unda davlat miqyosidagi ishlar kо‗rilgan
edi. Shayxulislom Oliy kengashning doimiy a‘zosi bо‗lib, kengashda
qipchoqlardan xam tо‗rt nafar a‘zo ishtirok etishlari shart hisoblangan376.
―Tarixi Turkiston‖ asarida keltirilgan ma‘lumotlarga oid tadqiqotlar
olib borgan tarixchi SH.Vohidov о‗z tadqiqotlaridan birida xonlikning
amaldagi mansab va unvonlarini harbiy va harbiy-ma‘muriy unvon va
mansablar, saroy unvon va mansablari, diniy mansab va unvonlar,
qozixona va mahkamalardagi unvon va amallarga bо‗lib kо‗rsatib
beradi.377
-―Xonlikda eng oliy va markaziy unvon «xon» unvoni bо‗lib, uning
hukumati cheklanmagan. Farmon berish va uning bajarilishini nazorat
etish sapohiyatlari uning qо‗lida edi. Ming qabilasidan bо‗lmish hokimlar
Shahrisabz, Urgut, Mog‗iyon, Urmetan viloyatlari va bekliklarida ham
hukm surganlar. Olimxon davrigacha (1798 y.) Ming‗ qabilasi
rahbarlarining unvoni «biy» edi. Olimxon 1805 yili birinchi bо‗lib о‗zini
«xon» deb e‘lon qildi. Umarxon (1810-1822 y.) о‗zini 1818 yili «amir almо‗minin» deb e‘lon qilib, diniy boshliq ham bо‗lib oldi. Uning vorisi
Muhammad Alixon esa yana «xon» taxtiga kо‗tarildi. Xon avlodlarini
xonzoda, amirzoda, mirzoda, shahzoda, tо‗ra deb aytardilar. Xonlikdagi
davlat nizomi mutlaq yakkahokimlik bо‗lib, faqat ma‘lum tarixiy
376 Ахмедова М. Қўқон хонлигининг марказий ва маҳаллий бошқаруви // Фалсафа ва хуқуқ. -
Тошкент, 2009. - № 2. - Б. 46-48.
377 Воҳид Ш. Қўқон хонлиги ва Бухоро амирлигида унвон ва мансаблар. -Т.: Фан, 1996. -49 б
180
davrlarda uning salohiyati va qudrati cheklab qо‗yilgan edi. Bunday hol
Musulmonqulining mingboshi va otaliq bо‗lgan davrida (Xudoyorxon
zamonida 1844-1852 yillar), Alimqulining amirlashkarlik va vazirlik
davrida (Sulton Saidxon xon bо‗lgan vaqti 1863-1865 yillar) rо‗y bergan.
Xonning kuchi va qudrati ma‘lum iqtisodiy asoslarga va ijtimoiy
guruhlarga tayanardi. Xon eng katta mulkdor sifatida xonlikdagi hamma
yer, suv, quruqliklar, kо‗lu anhorlarga egalik qilib, ulardan zakot va xiroj
shaklida daromad olib, xazinasini tо‗ldirardi. Shuning hisobidan hamda
boshqa soliqlardan u о‗zining saroyi, qо‗shini va ma‘muriyat amaldorlarini
tutardi.‖378
Xonlikda eng oliy va markaziy unvon «Xon» unvoni bо‗lib, uning
hukumati cheklanmagan. Farmon berish va uning bajarilishini nazorat
etish sapohiyatlari uning qо‗lida edi. Ming qabilasidan bо‗lmish hokimlar
Shahrisabz, Urgut, Mog‗iyon, Urmetan viloyatlari va bekliklarida ham
hukm surganlar. Olimxon davrigacha (1798 y.) Ming‗ qabilasi
rahbarlarining unvoni «biy» edi. Olimxon 1805 yili birinchi bо‗lib о‗zini
«xon» deb e‘lon qildi. Umarxon (1810-1822 y.) о‗zini 1818 yili «amir almо‗minin» deb e‘lon qilib, diniy boshliq ham bо‗lib oldi. Uning vorisi
Muhammad Alixon esa yana «xon» taxtiga kо‗tarildi. Xon avlodlarini
xonzoda, amirzoda, mirzoda, shahzoda, tо‗ra deb aytardilar. Xonlikdagi
davlat nizomi mutlaq yakkahokimlik bо‗lib, faqat ma‘lum tarixiy
davrlarda uning salohiyati va qudrati cheklab qо‗yilgan edi. Bunday hol
Musulmonqulining mingboshi va otaliq bо‗lgan davrida (Xudoyorxon
zamonida 1844-1852 yillar), Alimqulining amirlashkarlik va vazirlik
davrida (Sulton Saidxon xon bо‗lgan vaqti 1863-1865 yillar) rо‗y bergan.
Xonning kuchi va qudrati ma‘lum iqtisodiy asoslarga va ijtimoiy
guruhlarga tayanardi. Xon eng katta mulkdor sifatida xonlikdagi hamma
yer, suv, quruqliklar, kо‗lu anhorlarga egalik qilib, ulardan zakot va xiroj
shaklida daromad olib, xazinasini tо‗ldirardi. Shuning hisobidan hamda
boshqa soliqlardan u о‗zining saroyi, qо‗shini va ma‘muriyat amaldorlarini
tutardi. Qо‗qon xonligida unvon va mansablar ularning ijrochilarining
vaeifalari va martabalariga qarab harbiy, harbiy-ma‘muriy, saroyning
unvon va mansablari, saroy ma‘muriyati vazifalariga hamda diniy va
378 Ўша жойда.
181
diniy-qozixona amallarga taqsim bо‗lardi. Qо‗qon xonligidagi barcha
mansablar uch toifaga oliy, о‗rta va past darajalarga ajratilgan.
Muhammad Hakimxon tо‗ra о‗z asarida xonlik markaziy
boshqaruvida beshta vazir bо‗lganligini, bu vazirlar XIX asrning о‗ninchi
yillariga qadar xonlikning boshqaruv tizimida faoliyat kо‗rsatib,
davlatning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayotida islohatlarni amalga
oshirishga ma‘sul bо‗lganligini, vazirlardan biri devonbegi edi, deb qayd
etadi379. Bunday ma‘lumot boshqa manbalarda uchramaydi. Mazkur
ma‘lumotdan davlatning markaziy boshqaruv tizimida beshta asosiy vazir
bо‗lganligi va ulardan biri devonbegi mansabini egallaganligi ma‘lum
bо‗ladi. Xonlik markaziy boshqaruv tizimidagi besh vazirdan yana biri
qо‗shbegi380 bо‗lib, bu xususida ham ―Muntaxab ut-tavorix‖ asarida
ma‘lumot beriladi381. Shu о‗rinda xonlik tarixida о‗rta asrlarga xos bо‗lgan
jihatlardan biri, ayniqsa uning siyosiy hayoti va davlat boshqaruvida
ma‘lum darajada ta‘sirga ega bо‗lgan ayrim xonadon vakillari haqida ham
―Muntaxab ut-tavorix‖ sо‗z yuritiladi. Bunga misol tariqasida Qо‗qon
xonligining tashkil topishi jarayonida Chodak xojalarining о‗rni,
Olimxonning Chust va Tо‗raqо‗rg‗onni egallashida uni qо‗llab
quvvatlagan Lutfulloh Chustiy avlodi bо‗lgan Buzrukxoja, Umarxonning
О‗ratepani egallashida Xо‗ja Axror avlodlaridan bо‗lgan Maxmudxon
tо‗ra, 1842 yilda amir Nasurolloning Qо‗qonga harbiy yurishi oldidan
qо‗zg‗olon kо‗targan Muhammad Hakimxon tо‗ralarning faoliyati
kо‗rsatib о‗tiladi382.

Download 272.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling