Tarix va yuridik fakulteti «arxeologiya va buxoro tarixi» kafedrasi


XIX asr ikkinchi yarmida Qо‗qon xonligida siyosiy jarayonlar


Download 272.48 Kb.
bet32/47
Sana13.02.2023
Hajmi272.48 Kb.
#1192813
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   47
Bog'liq
2 kurs o\'zb tarx majmua

XIX asr ikkinchi yarmida Qо‗qon xonligida siyosiy jarayonlar.
XVIII asr oxiri – XIX asr boshlarida Olimxon (1798-1810), Umarxon
(1810-1822) va qisman Muhammad Alixon hukmronligi yillarida (1822-
1841) birmuncha kuchli va markazlashgan davlatga aylangan Qо‗qon
xonligi XIX asr о‗rtalariga kelib, siyosiy va harbiy jihatdan inqirozga
uchray boshlagan bо‗lsada, о‗zining kuch - qudratini saqlab turardi. 1842
yilda Buxoro amiri Nasrullo tomonidan xonlik poytaxti Qо‗qon shahrining
bosib olinishi va xon oilasining о‗ldirilishi voqealari ham xonlikning о‗z
qudratini saqlab qolishiga tо‗sqinlik qila olmadi. 1842 yilning о‗zidayoq
amirga qarshi kо‗tarilgan qо‗zg‗olonlar natijasida Ming sulolasi qaytadan
hokimiyatni о‗z qо‗liga oldi. Taxtga qirg‗iz-qipchoq zodagonlarining
qо‗llab-quvvatlashi bilan Sheralixon о‗tirdi. Uning taxtga chiqishida
kо‗maklashgan qirg‗iz-qipchoq urug‗lari biylar asta-sekin davlat
boshqaruvidagi asosiy mansab va lavozimlarni qо‗lga kirita boshladilar, bu
esa xonlik ichki hayotida siyosiy keskinlikning kelib chiqishidagi asosiy
omillardan biri bо‗lib qoldi. Bunga qarshilik kо‗rsatishga uringan
Sheralixon esa 1845 yilda saroy fitnalari oqibatida о‗ldirildi.
XIX asr 50-yillari xonlikdagi ichki siyosiy bо‗hronlar eng kuchaygan
jarayonlar bilan boshlandi. Birinchidan, Sayyid Muhammad Xudoyorxon
1844 yildan buyon taxtga egalik qilib kelayotgan bо‗lishiga qaramay,
hukmdorlik jilovini tо‗lalagicha о‗z qо‗liga ololmagan edi. Dastlabki
yillarda Musulmonqul mingboshi va qipchoq amaldorlarining saroydagi
kuchli ta‘siri bunga yо‗l bermagan bо‗lsa, keyingi yillarda о‗zaro taxt
talashishlar bu imkoniyatlarni yо‗qqa chiqargan edi. Bu holni uning
hukmronlik yillarida xonlikning turli hududlarida rо‗y bergan
qо‗zg‗olonlar, norozilik harakatlarida ham kuzatish mumkin edi.
Ikkinchidan, 50-yillarga kelib, Rossiya imperiyasining bosqinchilik
yurishlariga qarshi kurashga ham yetarli e‘tibor berilmaganligi va siyosiy
ojizlik bosqinchilikning kengayib ketishi va jiddiy tus olishiga, pirovard
natijada esa xonlikning halokatga uchrashiga olib kelgan edi.
171
Xudoyorxon hukmronligi yillarida yuzaga kelgan sharoitda
boshboshdoqlik, taxtga bо‗ysunmaslik va markaziy hokimiyatga
itoatsizlik kuchayib ketdi.
Musulmonqulning о‗limi va qipchoqlarning qirg‗in qilinishi bilan
vaziyat bir muncha ijobiy tus olgandek bо‗ldi, biroq, bir tomondan ichki
kurashlar va ikkinchi tomondan Rossiya imperiyasining harbiy tajovuzlari
tufayli xalqning iqtisodiy ahvoli og‗irlashdi va bu eng birinchi navbatda
Xudoyorxondan umumiy norozilikning kuchayishiga sabab bо‗ldi.
Shunday norozilik harakatlaridan biri 1858 yil Toshkent bekligiga qarashli
hududlarda bо‗lib о‗tgan edi.
Bu vaqtda Buxoro amiri Nasrullo О‗ratepani qamal qilib,
qо‗qonliklarni mag‗lubiyatga uchratadi va Hо‗jandga yurish qiladi. Biroq,
amirning yurishi shahar hokimi Yoqubbek Badavlat tomonidan tо‗xtatiladi
va amir chekinishga majbur bо‗ladi.
Bu voqealardan sо‗ng Mallabek xonning akasi sifatida eng nufuzli
amaldorlardan Mirzo Ahmad qо‗shbegi va Dо‗stmuhammad
dasturxonchilarni Xudoyorxonning yurt va fuqaro holidan bexabar va
g‗ofil bо‗lishida asosiy aybdorlar hisoblab, ularni qatl qilmoqchi bо‗ladi.
Biroq boshqa amaldorlarning aralashuvlaridan sо‗ng о‗z fikridan qaytib,
odamlari bilan Qо‗qondan Andijonga ketadi. Bu yerda u о‗ziga yaqin
tarafdorlarni tо‗plab, hokimiyatni Xudoyorxondan tortib olish uchun
harakat boshlaydi.
Mallaxon yurtda tartib о‗rnatish, saroydagi boshboshdoqliklarni
tugatish, о‗zaro fitnalarga barham berib, ayni vaqtda kuchayib borayotgan
Rossiya imperiyasining bosqinchilik tajovuzini oldini olish maqsadida
hokimiyat uchun kurash olib borgan edi. Uning bu maqsadini kо‗pgina
amaldorlar va davlat arboblari, din peshvolari ham qо‗llab quvvatlagan
edilar. Biroq, Mallaxonning taxt uchun kurash olib borishi va taxtga
kelishi voqealariga bundan avvalgi paytlarda hokimiyat egalari bо‗lgan va
davlat siyosiy boshqaruviga nihoyatda katta ta‘sir о‗tkazib turgan qirg‗iz -
qipchoq zodagonlarining maqsadlari asosida amalga oshirildi, deb qarash
notо‗g‗ri bо‗ladi. Garchi bunda katta harbiy kuch va mavqe egalari
bо‗lgan qirg‗iz - qipchoq zodagonlari Mallaxonga yaqindan yordam
bergan bо‗lsalarda, bu kurash saroydagi hokimiyat uchun intilayotgan
172
kuchlarning о‗zaro tо‗qnashuvi, fitnalar, taxtga bо‗ysunmaslik va
Xudoyorxonning fuqarolar barcha qatlamlari manfaatlarini kо‗zlab siyosat
yuritmaganligi, qolaversa bir qancha vaqtlardan buyon taxtni qо‗lga
kiritishni kо‗zlab yurgan Mallaxonning shaxsiy manfaatlari asosida yuzaga
kelgan edi, deb ham qarash lozim.
Mallaxon taxtga о‗tirgach, birinchi navbatda xonlikda tartib
о‗rnatishga va xon hokimiyatini kuchaytirishga kirishadi. Davlatni
boshqarishda Mallaxon qattiq siyosat yuritadi. Qо‗qon xonligidagi ichki
siyosiy vaziyatni diqqat bilan kuzatib boryotgan rus harbiylari
Mallaxonning taxtni egallash voqealarini ham nazardan chetda
qoldirmaganlar. Bu haqda Sibir korpusi qо‗mondoni general Gosford 1859
yil 4 yanvarda harbiy vazirga yuborgan maxfiy telegrammasida –
―Mallabekning xonlik taxtiga о‗tirgani tasdiqlandi. Xudoyorxon doimiy
yashash uchun Hо‗jandga yuborildi va barcha xuquqlaridan mahrum
qilindi. Yangi xonni xalq qо‗llab - quvvatlamoqda‖, - degan sо‗zlarni
yozgan edi.363
Mallahon xonlikning harbiy salohiyatini oshirishga va Rossiya
imperiyasining harbiy tajovuziga qarshi kurashga tayyorgarlik kо‗rishga
kirishadi.
1859 yil bahorida Buxoro amiri Qо‗qon xonligiga qarshi yurish
boshlaydi. U Mallaxon oldiga xonlikni ikki qismga bо‗lish, Qо‗qon va
unga tobe viloyatlarni Madalixonning о‗g‗illaridan biriga berish,364
Mallaxonning о‗ziga esa Toshkent viloyatiga hokimlik qilish shartini
qо‗yadi. Biroq, bu shart Mallaxon tomonidan qat‘iyan rad etiladi. Amir
О‗ratepani bosib oladi va Nov qal‘asiga yurish qiladi. Uni egallagach, bu
yerda tajribali qо‗mondonlaridan biri Qanoatshoh otaliqni qoldiradi. Biroq,
amir ketishi bilanoq, Qanoatshoh Mallaxon tomoniga о‗tib, Nov qal‘asini
tark etadi. Qanoatshohning qо‗qonliklar tarafiga о‗tishi kuchlar nisbatini
Qо‗qon foydasiga о‗zgartirib yuboradi va Buxoro amiri uchun og‗ir
oqibatlarga olib keladi va ularni chekinishga majbur qiladi.
363 З.Илхомов.Н.Расулова XIX асрнинг 50-йилларида Қўқон хонлигида ички сиѐсий зиддиятларнинг
кучайиши (манбавий-методологик таҳлил). Фарғона водийси тарихи янги тадқиқотларда.
Мавзусидаги иккинчи Республика илмий анжумани (илмий мақолалар тўплами). 2012 йил. 157-160-
бб.
364 Айнан қайси ўғли эканлиги кўрсатилмаган.
173
Oradan birmuncha vaqt о‗tgach, Buxoro amiri Shahrisabz tomondan
yurish boshlaydi. Bu haqda habar kelishi bilanoq, Mallaxon va Aliquli
eshikog‗asi qо‗shinga bosh bо‗lib, Zomin orqali Jizzaxga yuradi.
Amirning yurishni kuchaytirganligini eshitib, qо‗qonliklar ham о‗z
yurishlarini tо‗g‗ri Samarqandga qarab davom ettiradilar. Mirzo Olim
Mushrifning yozishicha, amir bundan nihoyatda qattiq xavotirlanib, darhol
yurishni tо‗xtatganligini va Mallaxon huzuriga elchi yuborganligini
yozadi.365
Amir Muzaffar Samarqanddan qaytgach, muzokaralar boshlana-di.
Bunda Mallaxon nomidan elchi Bobohо‗ja Shayxulislom muzokarlarda
ishtirok etadi. Natijada ikki davlat о‗rtasida Qozoqbuloq mavzesi chegara
etib belgilanadi va xonlikning Buxoro bilan munosabatlarida bir oz
barqarorlik yuzaga keladi.366
1859 yil oxirlariga kelib, Qо‗qon xonligining ayrim qal‘alari Rossiya
imperiyasi harbiy kuchlari tomonidan bosib olinadi. О‗lkaning musulmon
aholisi bundan nihoyatda tashvishlanib, Mallaxondan kofirlarga qarshi
muqaddas urush - g‗azovot boshlashni talab qiladilar. Mallaxon, agar
xonlikning ichki hududlarida osoyishtalik saqlansa, shu qishda yoki erta
bahorda urush boshlashga tayyor ekanligini bildiradi.367
Mallaxon Rossiya imperiyasi qо‗shinlariga qarshi kurashda Buxoro
amirligi bilan birlashishga kо‗zi yetmagach, Xiva xonligi bilan harbiy
ittifoq tuzishga intiladi. 1859 yil noyabr oyi boshlarida shu masalada Xiva
xoniga elchilar yuboradi. 28 noyabrda har ikki xonlik о‗rtasida shartnoma
tuziladi va bunga kо‗ra, qishda, daryo muzlaganda har ikki xonlikning
qо‗shinlari chor bosqinchilari ustiga yurish qilishga kelishib oladilar.368
Shu bilan bir vaqtda Mallaxon 1859 yil dekbrda о‗ttiz kishidan
iborat elchilikni imperator huzuriga ayrim siyosiy masalalarni hal etish,
jumladan Oqmasjidni qaytarib berishni talab qilib jо‗natadi.

Download 272.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling