Tarix va yuridik fakulteti «arxeologiya va buxoro tarixi» kafedrasi


Toshkent bekligining diplomatik aloqalari


Download 272.48 Kb.
bet29/47
Sana13.02.2023
Hajmi272.48 Kb.
#1192813
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   47
Bog'liq
2 kurs o\'zb tarx majmua

Toshkent bekligining diplomatik aloqalari. Tarixdan ma‘lumki,
О‗rta Osiyodagi shaharlar kabi Toshkent ham Sharq bilan G‗arbni birbiriga bog‗lab turuvchi Buyuk ipak yо‗li ustida joylashgan. Karvon yо‗li
Koshg‗ardan О‗sh orqali Toshkentga kelgan. Toshkent О‗rta Osiyoning
muhim shaharlaridan biri hisoblanib, Qо‗qonning Rossiya bilan savdo
aloqalarida vositachilik rolini ham о‗tagan. Shu bilan birga rus hukumati
Toshkent orqali О‗rta Osiyo xonliklari bilan va hattoki u orqali Xitoy bilan
savdo qilishga harakat qilgan.
Yunusxо‗ja Toshkentni boshqarga vaqtida ichki va tashqi savdoning
о‗sishiga e‘tibor berdi. Natijada Toshkent, Qо‗qrn, Buxoro, Xо‗jand,
Chimkent, Turkiston, Samarqand va kо‗hna Turon zaminning boshqa
joylari bilan izchil suratda savdo olib bordi. Shuningdek, u Hindiston,
Xitoy, Qashqar, Tibet, Rossiya va boshqa xorijiy mamlakatlar bilan tijoriy
ishlarni yо‗lga qо‗ydi428.
Toshkentliklar Qozog‗iston va G‗arbiy Sibir bozorlarida yetakchi
о‗rinni egalladilar. Toshkentlik savdogarlar Petropavlovsk, UstKamenogorsk va Sibirning boshqa yerlarida ham faoliyat yuritganlar.
О‗sha vaqtlarda Sibir va Rossiyaning boshqa chekka о‗lkalarida rus
savdogarlarining о‗rni bilinmas edi. Ular karvonlari yо‗llarda qaroqchilar
tomonidan talanishini hisobga olib, Turkiston va Qashqarga kamdan-kam
427 Маҳмудов Ш.Ю. XIX аср биринчи ярмида Тошкентнинг маъмурий-бошқарув тизими.
http://shosh.uz
428 Зиѐев Х.З. Юнусхўжа. http://e-tarix.uz
208
kelardilar. Shuning uchun rus hukumati bu yurtlarda savdoni olib borishda,
asosan, toshkentlik tijoratchilardan vositachi sifatida foydalandi. Ular
bunga erishmoq uchun о‗zbeklarga imtiyozlar berdi va ularni Sibirga
doimiy yashashlari uchun sharoit yaratib berdi. Natijada, Sibirda
toshkentliklarning qator mahallalari yuzaga keldi. Yunusxо‗-ja Rossiyada
tog‗ sanoati yaxshi rivojlanganini bilib, rus hukumati yordamida
Toshkentda tabiiy boyliklardan foydalanishga qattiq kirishdi. Bundan
kutilgan maqsad qо‗shinni zamonaviy qurol-aslaha bilan ta‘minlash, davlat
g‗aznasini moddiy jihatdan mustahkamlash edi. Yunusxо‗ja 1794 yili
savdo karvoni orqali Sibir yо‗nalishi mahalliy hokimiyatiga maxsus xat
yuborib, о‗zaro savdo aloqalariii kuchaytirish va tog‗ konlari bо‗yicha
mutaxassislarini Toshkentga yuborilishini sо‗ragan429.
Rossiya davlati Toshkent orqali Qо‗qon xonligi bilan savdo va
diplomatik aloqalar о‗rnatishdan manfaatdor bо‗lgan. Chunki Rossiya
Toshkent va Qо‗qon orqali Koshg‗arga ham chiqishi mumkin edi. Rossiya
Sharqiy Turkiston bilan bо‗ladigan savdo aloqalarida toshkentlik
savdogarlarning vositachilik rolini kо‗ra bilgan edi. Ruslar
toshkentliklarning Koshg‗ar tovarlarini Qо‗qon orqali Rossiyaga yetkazib
berishlaridan katta foyda kо‗rgan. Ma‘lumotlarga kо‗ra, XVIII asr
oxirlarida Semipalatinsk bojxonasi hujjatlarida Rossiyaning Sharqiy

Turkiston

bilan

aloqasida

toshkentlik

savdogarlar

rolining

ortib

borganligini aks ettiruvchi ma‘lumotlar uchraydi430.



















1793

yilda

Yunusxujaning

elchisi

Muxammad

Xuja

va

Azimxujalarni karvon bilan G‗arbiy Sibir gubernatoriligiga yо‗l oladi.
Gubernator G. Shtradman huzurida qabul qilingan Toshkent savdogarlari
Rossiyada о‗zlarining olib borgan maxsulotlarini sotish uchun ruxsat
sо‗raydilar. G‗arbiy Sibir gubernatori bu haqda Rossiya podshosi
Yekaterina II ga ma‘lumot beradi. Uning farmoniga kо‗ra Toshkent
savdogarlariga Sibir va Ural xududlarida erkin savdo qilishlariga ruxsat
beriladi va ayni vaqtda ulardan imtiyoz sifatida bojxona soliqlari
olinmaydi. Rossiya bu aloqalardan manfaatdor edi.
Yunusxо‗janing taklifi bilan Rossiya davlatidan Toshkentga
429 Зиѐев Х.З. Юнусхўжа. http://e-tarix.uz
430 Алимова Р.Р. Марказий Осиѐ халқлари тарихи сўнгги ўрта асрларда //http://uz.denemetr.com
209
yuborilgan elchilar Buxoro amirligida tо‗xtatib qolinadi va Toshkentga
о‗tishlariga ruxsat berilmaydi. Sibir general-gubernatori Shtardmand 1795
yilda ikkinchi marotaba Toshkentga rus elchilari etib D.Telyatnikov bilan
Beznosikovni tayinlaydi. Ular bilan Yunusxо‗ja nomiga xat hamda
sovg‗alar berib yuboradi. Elchilarning zimmasiga Toshkentda tog‗
jinslarini tekshirish va konlar topilgan taqdirda ularning iqtisodiy
ahamiyati haqida ma‘lumotlar tо‗plash vazifasi yuklatiladi. Elchilar О‗rta
juz qozoq yerlari bо‗ylab, Toshkentga 1796 yilning 27 avgustida yetib
keladilar, Ular izzat-hurmat bilan qarshi olinadi. Afsuski, elchilarning
Toshkentdagi faoliyati xususidagi ma‘lumotlar juda g‗arib. Shu narsa
aniqki, ular Toshkent atrofidagi tog‗larda oltin va kumush topilmaganligi,
lekin temir jinslari borligi, ammo u texnikaning yо‗qligi tufayli ishga
solinmayotganini qayd etishgan. Shuningdek elchilar beklik hududida
savdo qilishga va ayrim imtiyozlar sifatida qaroqchilardan himoya qilishni
va bojxona pulini tо‗lamaslikni sо‗raydilar. Rus elchilari 1797 yilning 1
iyunida Yunusxо‗janing Mullajon Ohun va mingboshi Ashirmat Botir
singari elchilari bilan birga о‗z vataniga yо‗l oladilar. Toshkentlik elchilar
Omskda о‗zlarining Peterburgga borishi va shaxsan rus imperatori bilan
uchrashishini ma‘lum qiladi. Shtardmand rus hukumatidan bunga ruxsat
olgach, Toshkent elchilari Omskdan yо‗lga chiqib, Yekaterinburg, Perm,
Qozon, Moskva orqali Peterburgga borishadi va Yunusxо‗janing imperator
nomiga yozilgan maktubini taqdim etadilar. Maktubda Yunusxо‗ja rus
elchilari Toshkentda о‗z vazifasini bajargani va о‗zining javob elchilarini
yuborganini ma‘lum qilib, imperatordan tog‗ konlari bо‗yicha bilimdon
mutaxassislar yuborishni iltimos etadi431. Bunga kо‗ra 1798 yil 9 martda
imperator Pavel I tomonidan elchilarga javob tariqasida rasmiy xujjatlar
topshiriladi. Bu xujjatlarda Rossiya tomonidan savdoni yо‗lga qо‗yish
uchun savdo yо‗llarida xavfsizlikni va savdo uchun qulay shart sharoitlarni
yaratib berishga va‘da qilinib, Toshkent bekligi tomonidan ham huddi
shunday javobning bо‗lishi maqsadga muvofiq ekanini ta‘kidlab о‗tilgan
edi. Shuningdek, Pavel I ning mazkur maktubida Rossiya imperiyasi
Toshkent bekligini tashqi dushmanlardan, xususan Xitoydan ximoya qilish
va zarur xollarda xarbiy kumak berishni ham bildirib о‗tgan edi. Elchilik
431 Зиѐев Х.З. Юнусхўжа. http://e-tarix.uz
210
natijalari Toshkent bekligini xukmdori Yunusxujani qoniqtirdi.
Muzokaralarning amaliy natijasi sifatida 1800 yilda tog‗ ishlari injeneri
M.Pospelov boshchiligidagi mutaxassislar Toshkentda elchi bо‗ldi. Uch oy
davomida Toshkentda bо‗lgan mutaxassislar bu yordam tog‗ kon ishlari va
yer osti boyliklari xо‗jalik hayoti va metallga ishlov berish ishlarini
kо‗radilar. Toshkent iqtisodiy aloqalari borasida Rossiya Xitoy,
Eron, Xindiston va О‗rta Osiyo xonliklari bilan savdo yо‗llaridan
asosiy bog‗lovchi shaxar sifatida muxim о‗rin tutadi. Shu nuqtai nazardan
Pospelov oldiga xarbiy zarurat tufayli qо‗shin yuboriladigan bо‗lsa
qо‗shinning Toshkentga yetib borishi, u yerda joylashish va harakatlanishi
ishlarini о‗rganish ham topshirilgan edi. 1803 yilda D. Telyatnikov
boshchiligidagi ikkinchi marta elchilik amalga oshirildi. Biroq bu elchilar
Toshkentgacha yetib kela olmadilar. Qо‗qon xonligining Toshkentga
nisbatan bosqinchilik urushini boshlashi va ikki о‗rtada shiddatli janglar
ketayotganligi bois bu elchilar yarim yо‗ldan Omsk shahriga qaytarilgan
edi.
Shu tariqa 1803 yilga kelib Qо‗qon xonligi Toshkent va Janubiy
qozoq yerlari ustidan xukmronlik qilish uchun urushga kirishdi va bu
yerlarda erishayotgan muvaffaqiyatlari Rossiyani Toshkent bilan
diplomatik aloqalarni tо‗xtatish bu shaharga xomiylik qilish maqsadidan
voz kechishga olib kelgan edi.

Download 272.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling