Tarix va yuridik fakulteti «arxeologiya va buxoro tarixi» kafedrasi
Toshkent bekligining boshqaruv tizimi
Download 272.48 Kb.
|
2 kurs o\'zb tarx majmua
Toshkent bekligining boshqaruv tizimi. XVIII asrning birinchi
yarmida Buxoro xonligida yuzaga kelgan siyosiy hayot inqirozi uning turli viloyatlari taraqqiyotiga ta‘sir kо‗rsatgan. Shunday hududlardan biri hisoblangan Toshkentda shu asrning boshlarida mahalliy xо‗jalarning mavqei ortib borgan. Natijada shaharda tо‗rt daha xо‗jalari tomonidan idora etilgan boshqaruv tizimi shakllangan. Bu tizim 1784 yilda Toshkentda ―shahar-respublika‖ga о‗sib о‗tgan419. Yunusxо‗ja davlatni boshqarishni ham birmuncha tartibga solib, yakkahokimlik tarzida ish yuritgan. Bu borada shunday deyilgan: «Toshkent hukmdori (Yunusxо‗ja) о‗z fuqarolari ustidan cheksiz hokimiyatga ega. Ammo u о‗z atrofidagi eng yaxshi amaldorlar bilan 416 Шамсиев М.Б. XVIII аср иккинчи ярми Тошкент тарихини ўрганилиши хусусида / Ўзбекистон пойтахти Тошкент 2200 ѐшда. Тошкент шаҳрининг 2200 йиллик юбилейига бағишланган Халқаро илмий конференция материаллари. Тошкент. «Фан». 2009. 232-б. 417 Муқимов Зиѐдулла. Ўзбекистон давлати ва ҳуқуқи тарихи. Т.: ―Адолат‖, 2003. 220-б. 418 Зиѐев Х.З. Юнусхўжа. http://e-tarix.uz 419 Агзамова Г.А. Тошкентнинг Ўрта Осиѐда кечган сиѐсий ва иқтисодий жараѐнларда тутган ўрни (XVI-XIX асрнинг биринчи ярми). / Ўзбекистон пойтахти Тошкент 2200 ѐшда. Тошкент шаҳрининг 2200 йиллик юбилейига бағишланган Халқаро илмий конференция материаллари. Тошкент. «Фан». 2009. 211-212-бб. 203 maslahatlashgan holda hokimiyatni boshqaradi. Bu kengashda Yunusxо‗jaga eng sodiq va ishonchli xо‗jalar qatnashadi. Shaharni Bosh xо‗ja mansabidagi amaldor boshqarib, u tartib-intizom va obodonchilikka doir masalalar bilan shug‗ullanadi. Bosh xо‗ja aybdorlarni jazolash huquqiga ega. Ammo kimki uning hukmidan norozi bо‗lsa bevosita Yunusxо‗jaga murojaat qila oladi. Bosh xо‗ja aholiga Yunusxо‗janing kо‗rsatmasi asosida soliqlar soladi. U hukmdor yо‗qligida viloyatni boshqarish huquqiga egadir»420. Bu vaqtda Toshkent tо‗rtta dahadan iborat bо‗lib, bular Shayxontahur, Sebzor, (Qaffol Shoshiy), Kо‗kcha (Shayx Zayniddin) va Beshyog‗och (Zangiota) dahalari bо‗lgan. Bulardan qadimiylari Sebzor va Kо‗kcha hisoblanib, Sebzor kо‗plab bog‗lar, Kо‗kcha kо‗plab dalalar, deb ta‘riflangan. Shayxontahur Shayx Xovandi Tahur nomidan kelib chiqqan, Beshyog‗och turkiy nom bо‗lgan. Har bir daha mahallalarga bо‗lingan. Tadqiqotchi О‗.Sultonovning ―Tarixi jadidi Toshkand‖ asaridagi manbaviy ma‘lumotlarga asosan kо‗rsatishicha Toshkent shahri hududi bir necha mahallalarni о‗z ichiga olgan tо‗rt dahadan iborat bо‗lgan. Muhammad Solihxо‗janing yozishicha, tо‗rt daha yoki rukn nomi dastlab Toshkentda yashab о‗tgan Abu Bakr Qaffol Shoshiy (904–976), shayx Zayniddin (XIII asr), shayx Xovand Tahur (vaf. 1359 y.), Zangi ota (vaf. 1258 y.) nomlari bilan atalgan. Keyinchalik ular Sebzor, Kо‗kcha, Shayxontahur va Beshyog‗och deb yuritila boshlangan. Har bir daha bir necha mahalla va mavzelarni о‗z ichiga olgan bо‗lib, ular ayrim ishlarda chuqur tadqiq qilingan. «Tarixi jadidayi Toshkand» asarining turli voqealar bayonida Balandmasjid, Orqakо‗cha, Qoratosh, Mergancha, Qatorterak, Qiyot, Qoryog‗di (Qorbog‗di), Zanjirlik, Xoja Rushnoyi, Xо‗jakо‗cha, Parchabof, Sanchiqmon, Hofiz Kо‗hakiy, Kallaxona, Chig‗atoy, Kamolon, Suzukota, Yalangqari, Oqmasjid, Koshg‗ariyon, Yangishahar, Ganjtepa, Oxunguzar, Hastimom, Taxtapul, Sarfaros, Chuqurkо‗prik, Devonbegi, Murodali, Shohnishin, Havzbog‗, Qoratut, Chehlbulog‗ kabi mahallalar hamda shahar tashqarisidagi Parvizshohi, Darvishak qofqa, SHо‗rtepa, Oltintepa, Oqqо‗rg‗on, Kuvaidtepa, Mirobod, 420 Муқимов Зиѐдулла. Ўзбекистон давлати ва ҳуқуқи тарихи. Т.: ―Адолат‖, 2003. 222-б. 204 Minor, Jarboshi, Qoraqamish, Mingо‗rik, Childuxtaron, Chinobod, Sanduqlik qо‗rg‗on va boshqa mavzelarni, ayrim mahallalarning guzarlari hamda ulardagi inshootlar eslatib о‗tilgan421. Mahallalar dastlabki aholining ma‘muriy-xо‗jalik va jamoaviy tashkiloti bо‗lib, о‗zining boshqaruv tizimiga ega bо‗lgan. Mahallani saylangan oqsoqol boshqargan. Oqsoqolning vazifasi umummahalla yer hududlarini о‗zgartirish, suv bilan ta‘minlash6 kabi vazifalardan iborat bо‗lgan. 1740 yil Toshkentga kelgan rus zobiti Millerning guvohlik berishicha, bu vaqtda Toshkentda 150 ga yaqin mahallalar bо‗lgan. Har bir daha obrо‗li xonadon vakillari tomonidan boshqarilgan. O.D.Chexovichning ma‘lumot berishicha, tо‗rtta e‘tiborli, boy xonadon sohiblari Shayxontahur dahasida Avlayqulixon avlodidan Boboxontо‗ra, Beshyog‗ochda Ashtarxoniy-lardan Rajabbek, Kо‗kchada Chig‗atoyxon avlodidan Muhammad Ibrohimbek, Sebzorda Jо‗chixon nasliga mansub yana bir kishi hokim bо‗lib ular о‗rtasida doimo kelishmovchiliklar bо‗lib turgan. О‗zaro kelishmovchiliklar ichki va tashqi savdoga hamda shahar xо‗jaligi hayotiga о‗z ta‘sirini о‗tkazgan422. Muhammad Solih Toshkandiyning ―Tarixi jadidai Toshkand‖ asarida aytilishicha, ―Chor hokimlik‖ davrida uchta daha hokimlari birlashib, Avlayqulixon avlodlariga qarshi urush olib borilganligi aytilgan. Uzoq vaqt davom etgan janglardan sо‗ng Salimsoqtо‗ra va Boboxontо‗ra boshchiligidagi Avlayqulixon avlodlari birin-ketin uch dahani egallaydi va g‗olib tomon talabi bilan mashvarat о‗tkaziladi. Bunda shaharda yagona hokim va yagona harbiy boshliq bо‗lishini talab qilishadi. Mashvaratga kо‗ra Devonbegi mahallasidan bо‗lgan Salimsoqtо‗ra harbiy qо‗mondon, Rustam tо‗ra otaliq vazifasiga, Odiltо‗ra parvonachi, Boboxontо‗ra esa qо‗shin boshlig‗i vazifalariga, Salimsoqtо‗ra taklifiga kо‗ra Shayx Xovandi Tahur avlodlaridan bо‗lgan Yunusxо‗jani ―viloyat voliysi‖ etib saylaganlar423. 421 Султонов Ў. Муҳаммад Солиҳхўжанинг ―Тарихи жадидаи Тошканд‖ асари муҳим тарихий манба сифатида (XIX аср). Тарих фан ном ... дисс. Тошкент, 2007. 99-б. 422 Шамсиев М.Б. XVIII аср иккинчи ярми Тошкент тарихини ўрганилиши хусусида / Ўзбекистон пойтахти Тошкент 2200 ѐшда. Тошкент шаҳрининг 2200 йиллик юбилейига бағишланган Халқаро илмий конференция материаллари. Тошкент. «Фан». 2009. 232-233-бб. 423 Султонов Ў. Муҳаммад Солиҳхўжанинг ―Тарихи жадидаи Тошканд‖ асари муҳим тарихий манба сифатида (XIX аср). Тарих фан ном ... дисс. Тошкент, 2007. 89-б. 205 Muallifi noma‘lum bо‗lgan «Anjum at-tavorix» asaridagi ma‘lumotlarga qaraganda, О‗rta juz xoni Ablayxon Toshkentni qalmoq noiblaridan tortib olgach, shaharning tо‗rt dahasini (tо‗g‗rirog‗i dahalarga qarashli mavzelarni) о‗ziga yaqin urug‗larga topshirgan. Jumladan, Beshyog‗och shayxim toifasiga, Kо‗kcha qо‗ng‗irot va о‗rta yuz jamoasiga, Sebzor chinish firqasiga, Shayxontahur sergili, eli va uchoqli toifasiga berilgan. Toshkentni о‗z qо‗li ostida birlashtirgan Yunusxо‗ja (1784–1803) ham dastlab raqiblariga qarshi kurashda sanchiqli (yoki sanjiqli), qirq, qiyot, turk, qang‗li urug‗lari bilan bitim tuzib, ularning yordamidan foydalangan va Toshkentni birlashtirgach, ushbu urug‗larga shahar tevaragidan yerlar bergan424.
Download 272.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling