Tarix va yuridik fakulteti «arxeologiya va buxoro tarixi» kafedrasi
Toshkent bekligining savdo-iqtisodiy aloqalari
Download 272.48 Kb.
|
2 kurs o\'zb tarx majmua
Toshkent bekligining savdo-iqtisodiy aloqalari. Toshkent yirik
savdogarlar shahri edi. Ular shahar karvonsaroylarida xorijiy savdo ahli bilan bir qatorda о‗z mollarini saqlar va ular bilan ulgurji savdoni amalga oshirar edilar. Xususan, Isabek, Shohbek, Dasturxonchi, Abdurasul va Mulla Omonboy rais nomi bilan mashhur saroylarda ulgurji savdo bilan shug‗ullanuvchi toshkentlik boy savdogarlar о‗z mollarini saqlaganlar. Toshkentda Sayidazim, Nurmuhammad Qо‗shbegi, Namangan va boshqa bir necha karvon saroylar bо‗lib, unda turli mamlakatlardan kelgan savdogarlar tо‗xtashgan. A.P.Xoroshxin Toshkent shahrida 29 ta karvonsaroy borligini eslatadi. U shahar bozoridagi tovarlar sotiladigan rastalar sonini ham qayd etgan432. Shaharning iqtisodiy aloqalari unda 432 Алимова Р.Р. Марказий Осиѐ халқлари тарихи сўнгги ўрта асрларда //http://uz.denemetr.com 211 muayyan bozor infrastrukturasining rivojlanishiga olib kelgan. Jumladan, shaharda xorijiy savdogarlarning tо‗xtashlari uchun karvonsaroylar mavjud edi. XIX asrning 60-yillarida shaharda ularning soni 17 ta atrofida bо‗lgan. Turli mamlakatlar savdogarlari muayyan karvonsaroylarda yashaganlar. Xorijiy savdogarlarning katta qismini tashkil qilgan hindlar Shirin Xoja Rais saroyida tо‗xtaganlar. Shahar karvonsaroylaridan biri ―Yahudiylar karvon-saroyi‖ nomi bilan ma‘lum edi433. Yunusxо‗ja Toshkent hokimligini tо‗la mustaqil davlat darajasiga kо‗tarish uchun ichki va tashqi savdoni rivojlantirish maqsadida old tomoniga ―Muhammad Yunusxо‗ja Umariy‖ deb yozilgan, sirtiga lochin yoki yо‗lbars tasviri tushirilgan ikki xil mis pullar va tanga zarb qildirgan434. XVI–XIX asrning birinchi yarmida Toshkentning О‗rta Osiyodagi yirik iqtisodiy markazlaridan biri sifatidagi ahamiyati ortib bordi. Bunga shaharda mavjud bо‗lgan kо‗p tarmoqli hunarmandchilik, savdo asos bо‗ldi. Bu yerda hunarmandchilikning turli sohalari – tо‗qimachilik, kiyim-bosh ishlab chiqarish, charmgarlik va oyoq kiyimlar tayyorlash, pо‗stindо‗zlik, kulolchilik, metallga ishlov berish va metall buyumlar ishlab chiqarish, zargarlik, kulolchilik, duradgorlik, uy-rо‗zg‗or buyumlarini tayyorlash va boshqalar keng rivojlangan edi. Asosan mahalliy aholining ichki ehtiyojlari uchun ishlab chiqarilgan turli mahsulotlar tovar xarakteriga ega bо‗lgan. Bunda Toshkentning turli karvon yо‗llarida joylashganligi muhim rol о‗ynagan. Toshkent hududidan Sibir, Xitoy, Qozoq dashtiga olib boruvchi yо‗llarning о‗tganligi uning iqtisodi rivojlanishiga, bu yerda aynan xorijiy iste‘molchilarning ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan hunar turlarining taraqqiyotiga turtki bо‗lgan. Buni ayrim hunarmandchilik sohalari misolida kuzatish mumkin. Xususan, bir xil rangdagi bо‗z (karbas)ga qolip yordamida turli ranglardagi gullarni bosish orqali hosil qilingan mato – chit bunga misol 433 Агзамова Г.А. Тошкентнинг Ўрта Осиѐда кечган сиѐсий ва иқтисодий жараѐнларда тутган ўрни (XVI-XIX асрнинг биринчи ярми). / Ўзбекистон пойтахти Тошкент 2200 ѐшда. Тошкент шаҳрининг 2200 йиллик юбилейига бағишланган Халқаро илмий конференция материаллари. Тошкент. «Фан». 2009. 215-б. 434 Шамсиев М.Б. XVIII аср иккинчи ярми Тошкент тарихини ўрганилиши хусусида / Ўзбекистон пойтахти Тошкент 2200 ѐшда. Тошкент шаҳрининг 2200 йиллик юбилейига бағишланган Халқаро илмий конференция материаллари. Тошкент. «Фан». 2009. 233-б. 212 bо‗la oladi. Chit ishlab chiqarish ancha murakkab ish jarayoni bо‗lib, u hunarmanddan katta mahoratni talab etgan. XIX asrda Toshkent bо‗zga gul bosishning yirik markazlaridan biriga aylangan edi. Qо‗qon xonligi shaharlari va Qashg‗ardan Toshkentga juda katta hajmda oq bо‗z keltirilib, chitgarlarga topshirilar edi435. Toshkentning eng gavjum joylari uning bozorlari hisoblangan. Eski Jо‗va, Chorsu va Kо‗kaldosh madrasasi oralig‗ida Registon, Chorsu va Kappon (G‗alla) bozorlari joylashgan. Registon bozori О‗rta Osiyo xonliklarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan tо‗lgan. Bundan tashqari Hindiston, Xitoy, Afg‗oniston, Eron va Rossiyadan kelgan mahsulotlar ham sotilgan436. XVII-XVIII asrlardan boshlab Toshkentning Rossiya bilan savdoiqtisodiy aloqalari rivojlana boshlaydi. Tashkent savdogarlari tez-tez Sibir shaharlariga borib turishgan. 1739 yilda Orenburgdan Toshkentga birinchi rus savdo karvoni kelgan. XVIII asrning 2 yarmida mustaqil Toshkent bekligi tashkil topgan. XIX asrda Toshkent о‗z mustaqilligini yо‗qotib Qо‗qon xonligiga bо‗ysindirilgan. XVIII asrning 2-yarmida О‗rta Osiyo xonliklarining Rossiya va Qozog‗iston bilan savdo aloqalari rivojlangan sari Toshkent shahri savdo aloqalari markaziga aylanib qola boshlaydi. Shu davrda Toshkent shahri hunarmandchilik sohasiga qarab quyidagi mahallalarga bо‗lingan: pichoqchi, misgarlik, sog‗bon-itboqar, о‗qchi, konchi, degrizon-qozon yasovchilar. Taxtapul, Sebzor, Labzak, Qorasaroy mahallalari aholisi bog‗dorchilik, hunarmandchilik va boshqalar bilan shug‗ullanganlar. Oxunguzar, Parchabof, Jangoh aholisi hunarmandchilik, tо‗quvchilik va savdo bilan shug‗illangan. Toshkentlik tо‗quvchilar bо‗z, beqasam, olacha, bahmal tо‗qishgan va savdogarlar bu tovarlarni qо‗shni mamlakatlarga olib borib sotishgan437. Toshkentlik savdogarlar ham Jung‗oriya, Sharqiy Turkiston, Xitoy hududlariga о‗z savdo karvonlari bilan borganlar. Chunonchi, XVIII asr 435 Агзамова Г.А. Тошкентнинг Ўрта Осиѐда кечган сиѐсий ва иқтисодий жараѐнларда тутган ўрни (XVI-XIX асрнинг биринчи ярми). / Ўзбекистон пойтахти Тошкент 2200 ѐшда. Тошкент шаҳрининг 2200 йиллик юбилейига бағишланган Халқаро илмий конференция материаллари. Тошкент. «Фан». 2009. 212-б. 436 Шамсиев М.Б. XVIII аср иккинчи ярми Тошкент тарихини ўрганилиши хусусида / Ўзбекистон пойтахти Тошкент 2200 ѐшда. Тошкент шаҳрининг 2200 йиллик юбилейига бағишланган Халқаро илмий конференция материаллари. Тошкент. «Фан». 2009. 231-б. 437 Алимова Р.Р. Марказий Осиѐ халқлари тарихи сўнгги ўрта асрларда //http://uz.denemetr.com 213 о‗rtalarida ularning meva, oltin, rus buyumlari va boshqa mollar bilan yuklangan karvonlari G‗ulja va Chuguchak shahri bozorlariga borgan. Shuningdek, ular tomonidan Sharqiy Turkistonning Qashg‗ar va Yorkend shaharlariga rus temiri, doka, shoyi gazlama, oltin, gilam va rо‗yan olib borilgan. Ular о‗zlari bilan birga Toshkentga olib kelgan mollarning asosiy qismini choy, novshadil, chinni idishlar tashkil etgan. Ular Xitoy va Sharqiy Turkistondan kumush yombu olib kelishga harakat qilganlar. 1760 yilning 10 oyida Oqsuv orqali Qumulga ketayotgan toshkentlik savdogarlar karvonini Xitoy nazoratchilari ushlab qolgan. Muzokaralardan sо‗ng savdogarlar ularni Xitoy mollari va kumush yombular sotib olish uchun ruxsatnoma berishga kо‗ndirganlar. Tarixiy manbalar toshkentlik savdogarlarning, hatto, 1759 yilda Tibetga ham borganligini kо‗rsatadi438. Har yili Toshkent orqali Qashg‗ar va Xitoydan Rossiyaga turli mollar olib о‗tilgan va bu karvonlar rus va Yevropa mollarini olib Toshkent orqali yana Xitoyga qaytgan. Toshkentlik savdogarlar Buxoro xonligining Buxoro, Samarqand, Qarshi, Shahrisabz, Kо‗lob va boshqa shaharlariga о‗z karvonlari bilan qatnar edilar. Bunda Toshkentdan Buxoroga Qо‗qon xonligining markaziy shaharlari – Marg‗ilon, Andijon, Namangan hamda Toshkentning о‗zida ishlab chiqarilgan bо‗z, xom ipak, ruslarning temir, chо‗yan va pо‗latdan yasalgan buyumlari, tamaki, ipak, ba‘zi xitoy va mahalliy ipak gazlamalar va Xitoy mollari – kumush yombilari, choy va chinni piyolalar olib borilgan. Bu mahsulotlar ichida Xitoy choyining turli navlari – tuqtachoy (g‗isht choy), oqquyruq (kо‗k choy) muhim о‗rin tutgan. XIX asrning 30-yillarida Buxoroda bо‗lgan I.V. Vitkevich shahardagi ―Barra saroyi‖da toshkentlik va qо‗qonlik savdogarlar tо‗xtashi, ularni choy savdogarlari, deb atalishini qayd etgan edi. Toshkentdan keltirilgan bu mollar aksariyat holatlarda uzoq yurtlarga ham olib ketilgan. Xususan, Qashg‗ardan Toshkent orqali Buxoroga olib kelingan kumush yombular hind sarroflari orqali Kobulga jо‗natilgan439. 438 Агзамова Г.А. Тошкентнинг Ўрта Осиѐда кечган сиѐсий ва иқтисодий жараѐнларда тутган ўрни (XVI-XIX асрнинг биринчи ярми). / Ўзбекистон пойтахти Тошкент 2200 ѐшда. Тошкент шаҳрининг 2200 йиллик юбилейига бағишланган Халқаро илмий конференция материаллари. Тошкент. «Фан». 2009. 213-б. 439 Агзамова Г.А. Тошкентнинг Ўрта Осиѐда кечган сиѐсий ва иқтисодий жараѐнларда тутган ўрни (XVI-XIX асрнинг биринчи ярми). / Ўзбекистон пойтахти Тошкент 2200 ѐшда. Тошкент шаҳрининг 2200 йиллик юбилейига бағишланган Халқаро илмий конференция материаллари. Тошкент. «Фан». 2009. 213-б. 214 Toshkent aholisi tomonidan shahar va uning atrofidagi yerlarda yetishtirilgan dehqonchilik, bog‗dorchilik mahsulotlari va ayrim chorva mollari kо‗p hollarda tovar xarakteriga ega bо‗lgan. Bu mahsulotlar shahar aholisining ichki ehtiyojlarini qondirish bilan birga, uzoq va yaqin hududlarga, xususan, qо‗shni dashtga ham olib borilgan. Shuningdek, bu mahsulotlar mahalliy hunarmandlar tomonidan yaratiladigan turli buyumlar uchun asosiy xomashyo vazifasini о‗tagan. Shaharning bu xususiyati uning Markaziy Osiyodagi iqtisodiy mavqeini о‗sishiga xizmat qilgan. Download 272.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling