Tarix va yuridik fakulteti «arxeologiya va buxoro tarixi» kafedrasi
Toshkent bekligining Qо‗qon xonligi tarkibiga kiritilishi
Download 272.48 Kb.
|
2 kurs o\'zb tarx majmua
Toshkent bekligining Qо‗qon xonligi tarkibiga kiritilishi. XIX
asrning boshlariga kelib Qо‗qon xonligining eng yirik viloyati Toshkent bekligi hisoblanib, Qо‗qon xonligi tarkibiga XIX asrning boshlarida Qо‗qon xonligi va Toshkent bekligi о‗rtasidagi bir nechta harbiy tо‗qnashuvlar natijasida qо‗shib olingan. Toshkent viloyati Chorhokimlik davridan sо‗ng mustaqil davlat bо‗lib, Yunusxо‗ja boshchiligida markazlashgan davlat idorasi barpo etildi (1784–1809). Yunusxо‗janing faol siyosat olib borishi natijasida Toshkent shimolidagi dashtlikda joylashgan qal‘a, qishloq hamda karvon yо‗llari, shuningdek, Qurama va boshqa joylar yana Toshkent tasarrufiga о‗tdi. Toshkent Rossiya imperiyasi bilan elchilar almashib, savdo munosabatlari о‗rnatgan edi, chunki Toshkent muhim savdo maskani sifatida qadimdan qulay geografik о‗rinda bо‗lgan. Toshkentning Buxoro amirligi bilan munosabatlari yaxshi edi, shuning uchun 1803 yilda Qо‗qon xonligi bilan Buxoro amirligi о‗rtasida О‗ratepa uchun bо‗lgan jangda Toshkent Buxoro tomonida turib qatnashgan. Qо‗qon xoni Olimxonning 1799 yilda Toshkentga qilgan harbiy yurishi muvaffaqiyatsiz chiqqach, Olimxon harbiy islohot о‗tkazgan. U 10 ming kishilik maxsus otliq askarlar qо‗shinini tuzgan. 1803 yil Yunusxо‗ja Qо‗qon xonligiga yurish qilib Furumsaroy jangida Olimxondan mag‗lubiyatga uchragan. «Tarixi Shohruxiy» asarida keltirilishicha, Olimxon Toshkentni tasarrufiga olishga tayyorgarlik kо‗rgan. Avval u Qurama hududini egallagan va u yerdan turib 12 ming kishilik qо‗shinni Toshkent atrofidagi qal‘alarni ishg‗ol qilishga yuborgan, 215 natijada Tо‗ytepa va Niyozbek qal‘alari egallanib, u yerlarga Qо‗qon garnizoni joylashtirilgan. Yunusxо‗ja о‗limidan sо‗ng Toshkentga uning о‗g‗li Muhammadxо‗ja hokimlik qildi. Uning davrida Toshkentda «qahatchilik va qimmatchilik» yuzaga kelib, shahar ahvoli nihoyatda nochorlashdi. Uch yillik hukmronligidan sо‗ng u vafot etib, о‗rniga ukasi Sultonxо‗ja о‗tirdi. Qо‗qon xoni Toshkentdagi og‗ir vaziyatdan foydalanib, ketma-ket tо‗rt marta hujum qildi va 1808 yili qattiq janglardan sо‗ng bosib oldi. Olimxon Toshkentga 1809 yil Qurama orqali harbiy yurish qilib Kerovchiga kelganda unga Qurama qо‗shini va qilquyruqlar (bosib olingan yerlarlardagi kо‗chmanchi va о‗troq aholidan zо‗rlab harbiy majburiyatga tortilgan kishilar) qо‗shilgan. Sо‗ngra Tо‗ytepa orqali Qо‗yliqqa va nihoyat Salor arig‗i sohiliga yetib kelgan Qо‗qon askarlari shahar atrofidagi muhim qal‘alarni egalladi. Toshkent yaqinidagi Niyozbek qal‘asini egallagan Qо‗qon ishshinlarining bosqinlari tufayli toshkentliklarning iqtisodiy ahvoli og‗irlashgan. Toshkent Qо‗qon xonligi tomonidan uzil-kesil bо‗ysun-dirilgandan keyin shaharni 1810 yildan xon noibi boshqara boshladi. Toshkent qiyofasi Kо‗qon xonligiga qaramlik davrida ancha о‗zgarishlarga uchragan. Shahar hududi kengaygan, Yunusxо‗ja о‗rdasi buzib tashlanib, Anhorning sо‗l sohilida Yangi О‗rda qurilgan. XIX asrning 20-yillariga kelib Toshkent hududiy jihatidan ham, mavqe jihatidan ham Qо‗qon xonligida eng yirik viloyatga aylandi. XIX asr boshlariga qadar xonlikda Marg‗ilon viloyatining nufuzi baland bо‗lib, hukmdorlikka da‘vogar beklar bu viloyatda hokimlik vazifasini bajarishgan bо‗lsa, keyinchalik xonlikda ana shu nufuz Toshkent viloyatiga о‗tgan edi. Muhammad Alixon (1822-1842), Sheralixon (1842- 1845), Xudoyorxon (birinchi davr 1845-1858) hukmronligi yillarida Toshkent hokimi lavozimi xonlikda yuqori mavqega kо‗tarilganligini manbalardagi ma‘lumotlar tasdiqlaydi. Xususan, Muhammad Hakimxon tо‗raning ―Muntaxab ut-tavorix‖ asarida Muhammad Alixon о‗z ukasi Sulton Mahmudga Toshkent viloyati hokimligini berishni va‘da qilganidan sо‗ng aka-uka о‗rtasidagi munosabat ijobiy tomonga о‗zgaradi. Toshkentning ma‘muriy-boshqaruv tizimi ham Qо‗qon xonligidagi boshqa 216 viloyatlarda joriy qilingan mahalliy boshqaruv tizimiga о‗xshash edi. Mahalliy boshqaruv tizimi ijro organi bо‗lib, oliy hukmdor nomidan berilgan, mamlakatning ichki va tashqi holatini mustahkamlashga qaratilgan topshiriqlarni bajarardi. Jumladan, mahalliy boshqaruv viloyatlardagi aholining turmush tarzini bir maromda ushlab turish, ularning huquq va majburiyatlari ustidan nazoratni amalga oshirish, harbiy kuchlarni safarbar etish, soliqlarni tо‗plash, davlat bilan aholi о‗rtasidagi munosabatlarni amalga oshiruvchi organ sifatida faoliyat yuritishga mas‘ul edi. Mirzaboshi (ba‘zida sarkor deyilgan) asosiy rol о‗ynagan bо‗lib, ular bir vaqtning о‗zida moliya ishlari bilan agrar masalalarni, savdo-sotiq munosabatlarini hamda hunarmandchilik korxonalarini ham nazorat qilgan. Toshkentning ma‘muriy-boshqaruv tizimida Qо‗qon xonligining markaziy boshqaruv tizimidagi kabi turli diniy mansab va amallar mavjud edi. Qо‗qon xonlari tomonidan berilgan yorliqlardan ma‘lum bо‗lishicha, viloyatlarda ham markaziy boshqaruv tizimidagi singari qozikalon, xojakalon, sadr kabi bir qator mansabdorlar faoliyat yuritishgan. Ma‘muriy-boshqaruvning eng quyi tizimi aminlik va oqsoqollikdan iborat bо‗lib, bunday ma‘muriy birliklar aminlar va oqsoqollar tomonidan idora etilgan. Ayrim qishloqlarni miroblar yoki imom xatiblar ham boshqargan. Amin va oqsoqollar о‗zlari boshqarayotgan hudud fuqarolarining ijtimoiyiqtisodiy masalalari bilan bir qatorda maishiy turmushiga oid masala va muammolar yechimi bilan mashg‗ul bо‗lgan. Toshkent tarkibidagi qirg‗izlar va qozoqlar yashaydigan hududlarda ma‘muriy birliklarni boshqaruv tizimi о‗ziga xos xususiyatlarga ega. Mazkur ma‘muriy birliklarni boshqaruv qarorgohi harbiy qо‗rg‗on va qal‘alarda joylashgan bо‗lib, ularni aksariyat holatlarda Qо‗qon xonlari tomonidan tayinlangan dodxoh unvonidagi mansabdorlar boshqargan440. 1830-yillarda Muhammad Alixon davrida yangi О‗rda yoniga Sharqiy Turkistonda о‗z vatanidan quvilib Qо‗qon xonligidan panoh topgan musulmonlar kelib joylashgan, natijada qashqarliklar mahallasi vujudga kelgan. О‗rdaning sharq tomonida yangi mahallalar, mavzelar paydo bо‗lgan. Shahar aholisi soni ortgan, 1860-yillarga kelib Toshkentda 440 Маҳмудов Ш.Ю. XIX аср биринчи ярмида Тошкентнинг маъмурий-бошқарув тизими. http://shosh. uz 217 60 mingdan ortiq kishi istiqomat qilgan. Shaharning me‘moriy qiyofasi ham о‗zgargan. Kо‗plab madrasa, masjid, xonaqohlar qurilgan: Beklarbegi madrasasi (1835), Eshonqulidodxoh madrasasi (1840), Mо‗yi Muborak madrasasi, Balandmasjid (1875) va boshqalar. Toshkent shahri 1865 yilgacha xonlik tarkibida bо‗lgan, 1865 yil iyunda Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingach, dastlab Turkiston viloyati, 1867 yil iyuldan boshlab Turkiston general gubernatorligi markaziga aylantirilg Download 272.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling