Tarix va yuridik fakulteti «arxeologiya va buxoro tarixi» kafedrasi
Download 272.48 Kb.
|
2 kurs o\'zb tarx majmua
Yunusxо‗ja shahardagi о‗zaro kurashlarni bartaraf qilib, Shayhontoh ur, Beshyog‗och, Sebzor va Kо‗kcha dahalarini о‗z qо‗li ostida birlashtirgan. Yunusxо‗ja 6000 kishidan iborat qо‗shin tuzib, askarlarni pilta miltiq, qilich, nayza, qalqon va tо‗plar bilan qurollantirdi. Bu qо‗shin «qora-qozon» deb atalib, unda asosan turli shaharlardan kelgan musofir kishilar va asirlar xizmat qilgan. Ular Yunusxо‗ja va boshqa hukumat amaldorlari о‗rtasida taqsimlangan bо‗lib, tinchlik paytlarida о‗z yerlari hamda uylarida dehqonchilik, hunarmandchilik qilib, о‗z xо‗jayinlaridan 424 Султонов Ў. Муҳаммад Солиҳхўжанинг ―Тарихи жадидаи Тошканд‖ асари муҳим тарихий манба сифатида (XIX аср). Тарих фан ном ... дисс. Тошкент, 2007. 96-б. 206 haq olmay ishlaganlar. Shuning uchun bо‗sh vaqtlarida boshqa joylarda ishlab, tirikchilik о‗tkazganlar. Toshkentning yangi hokimi urush vaqtlarida о‗troq va kо‗chmanchi aholidan 50 -60 ming askar yig‗ish imkoniga ega bо‗lgan. Qо‗shin turli rangdagi bayroqlar, nog‗ora, karnay va surnaylar bilan ta‘minlangan. Urush borishiga qarab, har bir xonadondan bir-ikki kishi qо‗shinga jalb etilgan. Yunusxо‗ja 1794 yilda Chimkent va Sayramni, 1799 yilda esa Turkiston shahrini bosib oldi. 1800 yilda Yunusxо‗ja Chirchiq daryosining chap qirg‗og‗ini va Qurama mavzeini qо‗lga kiritdi. Shuningdek, Parkent, Namdanoq, Adanak, Tо‗ytepa, Qoraucha, Ohangaron daryosi qirg‗og‗idagi Matin va Qahronqal‘a, Chordora, Niyozbek, Dо‗rmancha va Turbat singari joylar mustaqil Toshkent davlati tarkibiga kirgan edi. 1796 yilga kelib, Chimkent, Sayram, Oltintepa, Qorabuloq, Sarapan shaharlari hamda Niyozbek va Temir mavzelari Yunusxо‗ja qо‗l ostida birlashtiriladi. Turkiston va uning atrofidagi to Chu daryosigacha bо‗lgan yerlarni ham о‗z tasarrufiga oladi. 1800 yilga kelib, Toshkent hokimligining chegarasi janub va g‗arbdan Sirdaryo bо‗ylab, shimoldan Turkiston va Qoratog‗ yonbag‗irlari orqali о‗tgan. Sharqda Sayram tizmasi va Ugom daryolarining о‗ng sohili, janubi-sharqda Chotqol-Qurama tog‗ tizmalari yoqalab Sangir qishlog‗igacha borgan. 1800 yilgi ma‘lumotlarga qaraganda, Toshkent shahrida 80 mingga yaqin kishi yashagan425. Toshkentni boshqarishda Bosh xо‗ja lavozimi bо‗lib, Bosh xо‗ja davlatda Yunusxо‗jadan keyin ikkinchi shaxs hisoblangan. Undan keyingi ma‘muriy pog‗onalarni mingboshi, yuzboshi, о‗nboshi va oqsoqollik martabasiga erishgan odamlar egallaganlar. Ular о‗z ishlari haqida bevosita Yunusxо‗jaga hisobot berib turganlar426. XVIII asrning ikkinchi yarmida Yunusxо‗ja (1784-1803) tomonidan Toshkentda tо‗rt hokimlik tugatilib, kuchli ichki va tashqi siyosat о‗rnatilishga erishilgan bо‗lsada, lekin bu mustaqil boshqaruv uzoq davom etmadi. XVIII asrning boshlarida Farg‗ona vodiysida vujudga kelgan Qо‗qon xonligi о‗z hududini kengaytirishga urinib kelayotgan edi. Qо‗qon 425 Шамсиев М.Б. XVIII аср иккинчи ярми Тошкент тарихини ўрганилиши хусусида / Ўзбекистон пойтахти Тошкент 2200 ѐшда. Тошкент шаҳрининг 2200 йиллик юбилейига бағишланган Халқаро илмий конференция материаллари. Тошкент. «Фан». 2009. 233-б. 426 Зиѐев Х.З. Юнусхўжа. http://e-tarix.uz 207 xonligi hukmdorlari uchun Toshkentni xonlik tarkibiga kiritish davlatning tashqi savdo aloqalarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega edi. Shu sababli ham Qо‗qon xonlari Norbо‗tabiy (1763-1798) va uning о‗g‗li Olimxon (1798-1810) bilan Toshkent hokimi Yunusxо‗ja о‗rtalarida harbiy tо‗qnashuvlar bо‗lib turgan. Olimxonning 1809 yilda Toshkent uchun olib borgan harbiy harakati natijasida bu hudud Qо‗qon xonligi tarkibiga kiritildi. Natijada Toshkentda Yunusxо‗ja hukmronligi davrida joriy etilgan boshqaruv tizimi 1809 yildan barham topib, Qо‗qon xonligidagi boshqaruv tizimiga о‗zgartirildi427. XIX asr boshlaridan Toshkent Qо‗qon xonligi tarkibiga kiritildi va xonlikning eng yirik viloyatiga aylandi. Download 272.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling