Tarix va yuridik fakulteti «arxeologiya va buxoro tarixi» kafedrasi
-mavzu: Қўқон хонлигининг ташкил топиши ва сиёсий тарихи (XVIII–XIX асрнинг биринчи ярми) (2-qism)……………………………
Download 272.48 Kb.
|
2 kurs o\'zb tarx majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qо‗qon xonligining aholisi va etnik tarkibi. Qо‗qon xonligida iqtisodiy hayot, yer egaligi va qishloq xо‗jaligi Olimxon (1798-1809)
- Olimxondan sо‗ng taxtni ukasi Umarbek (1810-1822)
6-mavzu: Қўқон хонлигининг ташкил топиши ва сиёсий тарихи (XVIII–XIX асрнинг биринчи ярми) (2-qism)……………………………..Олимхон даврида Қўқоннинг сиёсий мавқеи кучайиши. Тошкент беклигининг бўйсундирилиши. Россия билан савдо муносабатлари ўрнатилиши. Qо‗qon xonligining aholisi va etnik tarkibi. Qо‗qon xonligida iqtisodiy hayot, yer egaligi va qishloq xо‗jaligi Olimxon (1798-1809) davrida xonlik yerlari kengayib, xonlikning siyosiy va iqtisodiy mavqei о‗sdi. Xonlikda harbiy islohot о‗tkazildi. Ohangaron, Toshkent, Chimkent va Turkiston viloyatlari xonlikka qо‗shib olindi. Olimxon hukmronligining dastlabki kunlaridan boshlab davlatni mustahkamlash ishiga kirishdi. Birinchi navbatda, u mamlakatda mavjud muxolifotni bartaraf etish uchun faol kurash boshladi. Markaziy hukumatga muxolif bо‗lgan kuchlar vakillari – amakisi Hojibek, ukasi Rustambek hamda ularning tarafdorlari Norbо‗tabiy davrida markaziy hokimiyatda faoliyat yuritgan Pirmuhammad, Toshmuhammad Mirzo, Buzrukxо‗ja, Xonxо‗jalar oliy hukmdor tomonidan qatl ettirildi. Bu holat muxolif kuchlarning qolgan vakillarini mamlakatdan Buxoroga qochib ketishiga olib keldi. Olimxon о‗z hukmronligining dastlabki davrlaridanoq markaziy hokimiyatni kuchaytirish, markazlashgan davlat tuzishga harakat qildi va bir qator islohotlarni amalga oshirdi. U harbiy sohada ham islohot о‗tkazib, qо‗shin tarkibida tog‗li tojiklardan iborat maxsus ikki guruh tuzdi. Qо‗shinning ushbu qismi oliy hukmdorning О‗ratepaga qilingan harbiy harakatidayoq о‗z samarasini berdi352. Olimxon hukmronligi yillarida Qо‗qon xonligining siyosiy mavqei ancha oshdi. Olimbiy dastlab harbiy islohotlar о‗tkazib, qо‗shinni ancha kuchaytirdi. Harbiy yurishlar qilib, Angren vohasini, Toshkent, Chimkent va Turkistonni о‗ziga bо‗ysundirdi. 351 Қўқон хонлигининг маъмурий-бошқарув тизими. 38-б. 352 Қўқон хонлигининг маъмурий-бошқарув тизими. 38-б. 163 Toshkentning Buxoro amirligi bilan munosabatlari yaxshi edi, shuning uchun 1803 yilda Qо‗qon xonligi bilan Buxoro amirligi о‗rtasida О‗ratepa uchun bо‗lgan jangda Toshkent Buxoro tomonida turib qatnashgan. Qо‗qon xoni Olimxonning 1799 yilda Toshkentga qilgan harbiy yurishi muvaffaqiyatsiz chiqqach, Olimxon harbiy islohot о‗tkazgan. U 10 ming kishilik maxsus otliq askarlar qо‗shinini tuzgan. 1803 yil Yunusxо‗ja Qо‗qon xonligiga yurish qilib Furumsaroy jangida Olimxondan mag‗lubiyatga uchragan. «Tarixi Shohruxiy» asarida keltirilishicha, Olimxon Toshkentni tasarrufiga olishga tayyorgarlik kо‗rgan. Avval u Qurama hududini egallagan va u yerdan turib 12 ming kishilik qо‗shinni Toshkent atrofidagi qal‘alarni ishg‗ol qilishga yuborgan, natijada Tо‗ytepa va Niyozbek qal‘alari egallanib, u yerlarga Qо‗qon garnizoni joylashtirilgan. Olimxon Toshkentga 1809 yil Qurama orqali harbiy yurish qilib Kerovchiga kelganda unga Qurama qо‗shini va qilquyruqlar (bosib olingan yerlarlardagi kо‗chmanchi va о‗troq aholidan zо‗rlab harbiy majburiyatga tortilgan kishilar) qо‗shilgan. Sо‗ngra Tо‗ytepa orqali Qо‗yliqqa va nihoyat Salor arig‗i sohiliga yetib kelgan Qо‗qon askarlari shahar atrofidagi muhim qal‘alarni egalladi. Toshkent yaqinidagi Niyozbek qal‘asini egallagan Qо‗qon garnizoni askarlarining tez-tez bosqini tufayli toshkentliklar-ning iqtisodiy ahvoli og‗irlashgan. Toshkent Qо‗qon xonligi tomonidan uzil-kesil bо‗ysundirilgandan keyin shaharni 1810 yildan xon noibi boshqara boshladi. Bu hududlarni qо‗lga kiritgach, Qо‗qon xonligi bevosita Rossiya bilan tashqi savdo aloqalari uchun yо‗l ochildi. Qо‗qon xonligi kuchayib borishi bilan uning siyosiy maqomi ham о‗zgardi. Dastlabki vaqtlarda «biy» yoki «bek» unvonlarida davlatni boshqargan Qо‗qon hukmdorlari 1805 yilda Olimxon tomonidan joriy etilgan «xon» unvoni bilan yuritiladigan bо‗ldi. Shu vaqtdan boshlab Olimxon «xon» deb e‘lon qilindi va davlat ham Qо‗qon xonligi deb yuritiladigan bо‗ldi. Markaziy hokimiyatni kuchaytirishga bо‗lgan intilishi yо‗lida Olimxon bir qancha yirik amaldorlar va xon xonadoniga mansub kishilarni qatl qildirdi, xon hokimiyatning cheksizligini ta‘minladi. Bu esa xondan norozi bо‗lgan amaldorlar va beklarning Olimxondan noroziligi ortishiga olib keldi. Olimxon о‗z ukasi Rustambekni va bir qancha din 164 peshvolarini о‗ldirib yuborgach, undan norozi bо‗lgan kishilarning soni yanada ortdi, manbalarda ta‘kidlanishicha, bu odamlarga xonning ukasi Umarbek boshchilik qilgan. 1810 yilda Olimxon о‗g‗li Shohruxxon bilan Toshkentga qaytayotgan vaqtda Oltiqush mavzesida andijonlik Qambarmirzo tomonidan otib о‗ldiriladi. -―U diniy poydevorni qaytadan tashkil etish uchun qator choralar kо‗radi. Masalan, diniy unvon hnsoblangan «Eshon»ni bekor qiladi, kambag‗al, bechoralarga va «qalandarlar»ga yer maydonlari va chorva beradi, shu bilan birga ularni ijtimoiy-foydali mehnatga jalb qiladi. Ayrim dindor arboblarning tо‗g‗ri ibodat qilishini tekshirish maqsadida imtihon qiladi (sinab kо‗radi) va yolgonchiligi fosh qnlinganlarni jazolaydi. Dindor ruhoniylar Olimxonning bu xattiharakatidan norozi bо‗ladilar. Uning Toshkentdaligidan foydalanib, fitna uyushtiradilar, u о‗ldirildi, deb mish-mish tarqatadilar. Taxtga uning ukasi Umar о‗tqaziladi. Olimxon xiyonatni bilib qolib, qisqa yо‗l bilan Qо‗qonga jо‗naydi, yо‗lda esa pistirma qо‗yilgan edi. Olimxon 1810 yilda «Olti qush» degan joyda otib о‗ldiriladi. Qotil andijonlik Qambar Mirzo edi‖353. Tadqiqotchi SH.Mahmudov esa manbalarga asoslangan holda bu voqeani quyidagicha tavsiflaydi: -―Xonlik tarixiga oid ishonchli manba hisoblangan «Muntaxab ut-tavorix» asarida Olimxonga muxolifatda bо‗lgan sarkardalar Irisqulibiy va Jumaboylar ekanligi va bu sarkardalar tomonidan qо‗shin ichida fitna uyushtirilganligi hamda Umarxonni taxtga о‗tqazish masalasi aynan ular tomonidan amalga oshirilganligi bayon qilinadi354. Olimxondan sо‗ng taxtni ukasi Umarbek (1810-1822) egallaydi. Umarxon hukmronligi davrida bо‗ysunmay qо‗ygan Turkiston, Chimkent, Sayram va Avliyoota egallandi. Jizzax, О‗ratepa va boshqa joylar uchun Qо‗qon xonlari Buxoro amirligi bilan betо‗xtov urushlar olib bordi. Shunga qaramay Umarxon davrida xonlikda madaniy hayot rivojlandi, davlat boshqaruv tizimida ham bir qator islohotlarni amalga oshirildi, jumladan, markaziy boshqaruv tizimini isloh qilinib, shu davrgacha Qо‗qonda mavjud bо‗lmagan ayrim unvonlar va mansablar, jumladan, Download 272.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling