Tarix va yuridik fakulteti «arxeologiya va buxoro tarixi» kafedrasi


Тарихи Туркистон. 160-164-бб. 337


Download 272.48 Kb.
bet19/47
Sana13.02.2023
Hajmi272.48 Kb.
#1192813
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   47
Bog'liq
2 kurs o\'zb tarx majmua

336 Тарихи Туркистон. 160-164-бб.
337 Тарихи Туркистон. 165-170-бб.
156
Chodak xojalarining hokimiyatini ag‗darib tashlaydilar va о‗z
hokimiyatlarini о‗rnatadilar. Shu tariqa 1710 yilda Shohruxbiy ibn Ashur
Muhammad (1710—1721) boshchiligidagi minglar urug‗i Fargona
vodiysida о‗z davlatlariga asos soladilar338.
Qо‗qon xonligi siyosiy tarixini (1709 - 1876) shartli ravishda tо‗rt
bosqichga bо‗lish mumkin:
1. Xonlikning shakllanish davri (1709 - XVIII asr 50 - yillari). Bu
davrda Qо‗qon xonligi asosan Farg‗ona vodiysidan iborat bо‗lib, xonlik
hukmdorlari mamlakatni birlashtirish, ichki nizolarga barham berish,
tashqi dushmanga qarshi kurashish, mamlakatning mavqeini
mustahkamlash bilan mashg‗ul bо‗lgan.
2. Taraqqiyot davrining boshlanishi (XVIII asrning 60 - yillaridan
shu asr oxirigacha). Bu asosan Norbо‗tabiy (1763 - 1798) hukmronlik
qilgan davr bо‗lib, xonlik hududi kengaygan, siyosiy va iqtisodiy jihatdan
yuksala boshlagan. Mamlakat О‗rta Osiyoda ham о‗z mavqeiga ega bо‗lib
borgan.
3. Taraqqiyot davri (XIX asrning birinchi yarmi). Olimxon (1798 -
1810), Umarxon (1810 - 1822), Muhammadalixon (1822 - 1842) kabi
hukmdorlar davrida xonlik hududi kengayib, shimoldan qozoq chо‗llari va
u orqali Rossiya, garbdan Buxoro amirligi, chо‗l zonalari orqali Xiva
xonligi hududi, sharqsan Qashqar yerlari bilan chegaradosh bо‗lib, janubiy
xududlari Pomir toglariga tutashib ketgan. Xonlik О‗rta Osiyoda siyosiy
mavqeini mustahkamlash bilan birga, iqgisodiy jihatdan ham ancha
yuksalgan.
4. Tanazzul davri (XIX asrning 50 - 70 - yillari). Bu davrda ichki
nizolar va tashqi urushlar avjiga chiqqan. Mamlakat siyosiy va iqtisodiy
tanazzulga yuz tutgan. Taxt uchun kurashlar kuchayib, xonlik hukmdorlari
tinimsiz almashinib turgan. Xatto, Xudoyorxonning о‗zi uch marta (1845 -
1858, 1862 - 1863, 1865 - 1875) taxtga kelib, ichki nizolar oqibatida uch
marotaba undan ketishga majbur bо‗lgan. Tashqi dushmandan xonlik
о‗zini mudofaa qila olmagan. Natijada, dastlab 1842 yil Buxoro xonligi
338 Мирзо Олим Махдум Хожи. Тарихи Туркистон. -Т., Янги аср авлоди, 2008. 5-б
157
xonlikni vaqtincha bosib olgan bо‗lsa, 1876 yil Rossiya imperiyasi unga
barham bergan.339
Ming xonadonining hokimiyat tepasiga kelishi asnosida sulolaning
tarixi ham adabiyotlarda yoritib berilgan. Jumladan, Mullo Olim
Mahdumxojaning ―Tarixi Turkiston‖ asarida bu sulolaning kelib chiqish
Oltin Beshik rivoyatlariga asoslangan holda kо‗rsatib beriladi340.
Qо‗qon xonligi tarixining bibliografiyasiga bag‗ishlangan risolada
mualliflar tomonidan V.Nalivkinning ―Kratkaya istoriya Kokandskogo
xanstva‖ nomli risolasiga asoslangan holda tuzib chiqilgan Minglar
sulolasining shajarasi Amir Temur va temuriylarga bog‗langan holda
kо‗rsatib beriladi (Oltin Beshik rivoyati asosida – Z.I) va Shoxruxbiy
boshchiligidagi Minglar xonadonining Farg‗ona vodiysida hokimiyat
tepasiga kelishi 1709 yil sanasi bilan kо‗rsatiladi341.
Qо‗qon xonlarining nasabnomalarini Oltin Beshik rivoyati bilan
bog‗liqligi Mullo Niyoz Muhammadning ―Tarixi Shohruhiy‖, Mirzo Olim
Mushrifning ―Ansob us-salotin va tavorix ul-havoqin‖, Muhammad Solih
Toshkandiyning ―Tarixi jadidi Toshkand‖, Fozilbek Otabek о‗g‗lining
―Mukammali tarixi Farg‗ona‖, V.Nalivkinning XIX asr 80-yillari
о‗rtalarida Qozonda chop etilgan ―Qо‗qon xonligining qisqacha tarixi‖
(―Kratkaya istoriya Kokandskogo xanstva‖)342, Ibratning ―Farg‗ona tarixi‖,
Mulla Shamsiddin Shavqiyning ―Shohnoma‖ dostonida, Muhammad
Aminbek Xudoyorxon о‗g‗lining ―Turkiston viloyatining gazeti‖ning
1894-yil sonlarida о‗zbek va rus tillarida e‘lon qilingan ―Farg‗ona viloyati
xonlarining xususidagi voqeotlar‖ nomli asarlarida ham qayd etilganligi
kо‗rsatib о‗tilgan343.


Download 272.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling