Tarix va yuridik fakulteti «arxeologiya va buxoro tarixi» kafedrasi
Download 272.48 Kb.
|
2 kurs o\'zb tarx majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Abdurahmonbiy
- Sulaymonbiy
345 Ўша жойда.
346 Тарихи Туркистон. 46–б. 347 Тарихи Туркистон. 46–47-бб. 160 Haydarbek kabi darvozalari bо‗lgan). Abdukarimbiyning hukmronligi yillarida markaziy davlat hokimiyati ancha mustahkamlanadi va xon tomonidan halqning farovonligiga kо‗p e‘tibor berildi. 1746-yilda xitoyliklar Qoshg‗arni bosib oladilar va jung‗or davlatini tor-mor qiladilar, qalmiq kо‗chmanchilarining bir qismi g‗arbga yurib, Farg‗ona vodiysiga bostirib kirib, О‗shg Andijon, Marg‗ilon va boshqa joylarni egallab oldilar. Abdukarimbiyning qalmoqlarga qarshi yuborgan qо‗shinlari mag‗lubiyatga uchragach, qalmoqlar Qо‗qon shahrigacha yetib keladilar. Qо‗qon shahri qamal qilib turilgan bir vaqtda О‗ratepa hokimi Fozilbek yordamga yetib keladi va qalmoqlar bu yerdan haydab chiqariladi va bosib olgan yerlari yana qaytarib olinadi. Qalmoqlar hujumi mamlakat iqtisodiy hayotiga ancha katta zarar yetkazadi. Abulkarimbiy 40 yoshida vafot etgach, bir qancha muddat Qо‗qon xonligi taxti qо‗ldan - qо‗lga о‗tib turadi. Abulkarimbiydan sо‗ng taxtga о‗tirgan о‗g‗li Abdurahmonbiy olti oygina taxtni boshqaradi va taxtdan tushirilib, Marg‗ilonga hokim etib tayinlanadi. Taxtni Erdonabiy egallaydi (1751 — 1752). U о‗zining dastlabki qisqa vaqtlik hukmronligi yillarida xonlikni mustahkamlashga harakat qiladi va О‗sh hamda О‗zgandni bо‗ysundiradi. 1758-1759- yillarda esa Xitoy tomonidan zabt etilgan sharqiy Turkistonga ham harbiy yurish uyushtirgan. Shu tariqa, Erdona davrida Qо‗qon xonligi g‗arbda Buxoro, sharqda Xitoy bilan tengma-teng kurash olib bora olgan davlat darajasiga kо‗tarila oldi. Abdurahimbiyning о‗g‗li Erdonabiyning hukmronligi ham uzoqqa chо‗zilmadi. Biroq Erdonabiy ham tez orada taxtdan tushiriladi va о‗rniga Bobobek о‗tkaziladi (1752—1753). 1745 yildagi qalmiqlarning Qо‗qonga qilgan harbiy yurishida Abdurahimbiyning о‗g‗li Bobobek «oq uylik» qilib olib ketilgan edi. Abdukarimbiyning vafotidan xabar topgan qalmiqlar Bobobekni (1752-1753) Qо‗qon taxtiga chiqarish uchun harakat qiladilar va bunga erishadilar ham. Bobobek Qо‗qon taxtida о‗n oygina hukmronlik qildi. О‗ratepa uchun boshlangan harbiy harakatda unga nisbatan suiqasd uyushtiriladi va bu voqea Beshariqda amalga 161 oshiriladi348. Erdonabiyning keyingi hukmronligi yillarida (1754—1769) siyosiy vaziyat ancha keskin bо‗lib turadi va xalqning ahvoli birmuncha og‗irlashdi. Erdonabiy о‗zining ikkinchi hukmronligi davrida mamlakat hududini kengaytirishni davom ettirib, yurt obodligi va farovonligini oshirish siyosatini olib bordi. Mamlakat hududiga qо‗shib olingan joylarda ham obodonchilik ishlari olib borilib, ularning fuqarolari davlat himoyasiga olindi. Erdonabiy davlat boshqaruvida О‗rta Osiyoda shakllangan an‘analarni davom ettirib, siyosat yuritdi. Xususan, davlat boshqaruvida о‗tgan asrlarda ham rioya qilib kelingan tartib-qoidalardan biri hukmron doira vakillari, donishmand amaldorlar maslahatiga tayanib ish yuritdi349. Erdonabiy vafotidan sо‗ng taxtga Shohruxbiyning uchinchi о‗g‗li Shodibiyning о‗g‗li Sulaymonbiy о‗tkaziladi. Sulaymonbiy-ning taxtga chiqishida mamlakatdagi nufuzli amaldorlar Marg‗ilon hokimi Irisqulibiy va Xо‗jand hokimi Abdurahmon Bahodirlar faoliyati muhim о‗rin tutadi. Biroq u 1769 yilda bor yо‗g‗i olti oygina hukmronlik qilib, fitnachilar tomonidan о‗ldiriladi va taxtni Abdurahmonning о‗g‗li Norbо‗tabiy egalladi350. Download 272.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling