Tarix va yuridik fakulteti «arxeologiya va buxoro tarixi» kafedrasi
Қаранг: Мирзо Олим Мушриф. Қўқон хонлиги тарихи. - Т.: Шарқ, 1995. 316
Download 272.48 Kb.
|
2 kurs o\'zb tarx majmua
315 Қаранг: Мирзо Олим Мушриф. Қўқон хонлиги тарихи. - Т.: Шарқ, 1995.
316 Қаранг: Воҳидов Ш.Ҳ. XIX – ХХ аср бошларида Қўқон хонлигида тарихнависликнинг ривожланиши: Тарих фанлари д-ри… дисс. –Т.: 1998. 317 Қаранг: Пантусов Н.Н. Теварихи Шахрухие // Туркестанские ведомости. -1876. -№30. Қаранг: Пантусов Н.Н. Теварихи Шахрухие. Казань.1885. Қаранг: Бейсембиев Т.К. «Тарих-и Шохрухи» как исторический источник: Автореф. дис… канд. ист. наук. –Т., 1983. –22 с. Қаранг: Бейсембиев Т.К. «Тарих-и Шохрухи» как исторический источник. Алма-Ата.: Наука, 1987. 200 с. 318 Муҳаммад Солиҳ ибн Муҳаммад Раҳим Тошкандий. «Тарихи жадиди Тошканд». // Қўлѐзма, Ўзбекистон Республикаси Фанлар Академияси Абу Райҳон Беруний номидаги Шарқшунослик Институти қўлѐзмалар хазинаси, № 5732, №№ 11072,11073.) 319 Бекназар. «Амирлашкар жангномаси». // Қўлѐзма, Ўзбекистон Республикаси Фанлар Академияси Абу Райҳон Беруний номидаги Шарқшунослик Институти қўлѐзмалар хазинаси, №1925. 320 Муҳаммад Азиз Марғилоний. Тарихи Азизий. - Т.: Маънавият, 1999. 321 Қаранг: Вахидов Ш. Сочинение Мухаммад Умара Умиди «Мактубчайи хан» // Адабий мерос. - 1990. -№2 (52) – С. 60 – 63. 322 Абдулғаффур. Зафарномайи Худоѐрхоний. // Қўлѐзма, Ўзбекистон Республикаси Фанлар Академияси Абу Райҳон Беруний номидаги Шарқшунослик Институти қўлѐзмалар хазинаси, № 598 – 65 в. 323 Қаранг: Вахидов Ш. Сочинение Фазли Фергани «Умарнома» // Адабий мерос. 1991. -№3 (57). - С.28–33.Қаранг: Воҳидов Ш. Қўқон хонлигида тарихнавислик. Т.Академнашр, 2010. 324 Қаранг: Ҳўқандий Аваз Муҳамммад Аттор. Тарихи жаҳоннамойи // Шарқ Юлдузи. -1991. -№8. – Б.119-141 151 rini yoritishdan tashqari, Qо‗qonning Buxoro va Qoshg‗ar bilan bо‗lgan о‗zaro munosabatlarini, ba‘zan Afg‗oniston bilan bо‗lgan munosabatlarini ham yoritgan325. Bundan tashqari, muallif о‗z asarida XIX asrnig birinchi yarmidagi Rossiyaning Orenburg, Samara, Astraxan, Irbit shaharlari, Turkiya, Eron va Iroq davlatlari qisqacha tarixi haqida ma‘lumotlar keltirgan. Asar XIX asrda О‗rta Osiyodagi mavjud ijtimoiy–siyosiy tuzum va madaniy hayotni о‗rganishda ham muhim manba hisoblanadi326. Shu о‗rinda ta‘kidlash kerakki, muallif mazkur asarini yozishdan avval dunyoning bir qancha mamlakatlari va shaharlarida bо‗lib, u yerdagi xalqlar va ularning hayot tarzi bilan yaqindan tanishadi. U Rossiya, Turkiya, Suriya, Falastin, Misr, Arabiston, Eron, Afg‗oniston mamlakatlarida bо‗ladi. Hakimxonning qadami yetgan yurtlar, shaharlar rо‗yxatida Qо‗qon, Toshkent, Turkiston, Shamay (Semipalatinsk), Omsk, Irbit, Saritsin, Astraxan, Mozandaron, Kavkazorti, Sinop, Qaysariya, Latakiya, Damashq, G‗azo, Qohira, Suvaysh, Yanbo, Jidda, Makka, Madina, Qusayr, Arabiston chо‗li, yana Qohira, G‗azo, Quddus, Havron, Nablus, Damashq, Bag‗dod, Hamadon, Rasht, Nishopur, Mashxad, Maymana, Andxо‗y, Buxoro, Samarqand, О‗ratepa, Shaxrisabz, Kitob va boshqa joylarni kо‗rish mumkin. Asarda xonlikning tashqi siyosiy masalalariga oid ham bir qator muhim ma‘lumotlar keltirib о‗tilgan. Ulardan birida afg‗on amiri Dо‗stmuhammadxon haqida sо‗z yuritiladi. Kitobda, shuningdek, inglizlardan yengilib Buxoroga amir Nasrullox oldiga kelgan afg‗onlar xukmdori Dо‗stmuxammadxon va uning о‗g‗illari Akbarxon, Sultonxon xamda akasi Muxammadalixondan sо‗ng ozgina vaqt xonlik taxtiga о‗tirgan, ammo ungacha quvg‗inlikda Shaxrisabzda xayot kechirgan Sulton Maxmudxon va boshqa ayrim nufuzli ruxoniy, amaldor, shoirlar qismati ular xikoyalari va muallifning shaxsiy kuzatishlari orqasida vujudga kelgan fikrlar asnosida tilga olinadi. «Muntaxab at-tavorix» asarining yozilishi jarayonida muallif tomonidan shu vaqtda mavjud bо‗lgan kо‗pgina manbalarga murojaat qilinganligi 325 Мукимхановская история (Тарих-и Мукими-хани) Мухаммед Юсуфа Мунши, перевод с тадж. С предисловием, примечаниями и указателями, Ташкент, 1957. 326 Мелибоев А. Муҳаммад Ҳакимхон тўранинг ―Мунтахаб ат – таворих‖ асари Қўқон хонлиги тарихини ўрганишда муҳим тарихий манба сифатида. Ученый XXI века Международный научный журнал. № 6-2 (19), июнь 2016 г 152 qayd etilgan. ―Muntaxab ut-tavorix‖ asari nafaqat О‗rta Osiyo, Buxoro amirligi yoki Qо‗qon xonligi tarixini yoritib beradi, balki u о‗ziga xos tarzda noyob adabiy va geografik meros ham hisoblanadi327. Bunday asarlar qatoriga Muhammad Yunus Toibning ―Tarixi Aliquli Amirlashkar‖ asarini ham kiritish mumkin. Toibning ―Tarixi Aliquli Amirlashkar‖ asari 196 bet (98 varaq)dan iborat bо‗lib, о‗zbek tilida, arab alifbosining nasta‘liq xatida nasriy usulda yozilgan asardir. Muhammad Yunus Toib Qо‗qon xonligida 1860-1865 yillar davomida shig‗ovullik mansabida faoliyat yuritish bilan birga Aliquli Amirlashkar yuritgan siyosatning faol ishtirokchisi bо‗lgan. Muhammad Yunus Toib maslahati bilan XIX asrning 60-yillari о‗rtalarida Qо‗qon xonligidan Xitoy, Hindiston, Afg‗oniston, Turkiya, Angliya va Rossiyaga elchiliklar uyushtirilgan. Toib Aliquli Amirlashkar bilan birgalikda Avliyoota, Turkiston, Chimkent, Toshkent mudofaalarida faol ishtirok etgan, har bir jang harakatlari va xonlik ichki siyosatida Aliquli Amirlashkar tomonidan olib borilayotgan siyosatda unga yaqindan kо‗mak bergan. Keyinchalik Muhammad Yunus Toib Aliquli Amirlashkar hayoti va faoliyatini yoritib beruvchi ―Tarixi Aliquli Amirlashkar‖ asarini yozadi. Aliquli Amirlashkar hayoti va faoliyati yoritilgan asarlar orasida ―Tarixi Aliquli Amirlashkar‖ о‗zining eng mukammalligi va ishonchliligi bilan alohida о‗rin egallaydi. Muhammad Yunus Toibning ―Tarixi Aliquli Amirlashkar‖ asari Aliquli Amirlashkar shaxsi va faoliyatini yoritib beruvchi tarjimai hol tarzidagi asardir. Bu asarda yuqorida aytilgan ma‘lumotlar bilan birga Qо‗qon xonlari Mallaxon, Sulton Sayyidxon va boshqalar haqida ham qimmatli ma‘lumotlar uchraydi328. Qо‗qon xonligi tarixi haqida qimmatli ma‘lumotlarni beruvchi mukammal bitilgan manbalardan biri ―Tarixi jadidi Toshkand‖ asaridir. Bu asar Muhammad Solihxо‗ja Toshkandiy qalamiga mansub bо‗lib, xonlik tarixiga oid yirik manbalardan biridir. Asar arab alifbosining nasta‘liq xatida о‗zbek tilida yozilgan bо‗lib, bir necha nusxasi mavjud.329 327 Хуршут Э. ―Мунтахаб ут-таворих‖ и история его изучение. / Ўзбекистонда ижтимоий фанлар. 1985. №2. 59-63-бб 328 Қаранг: З.Илҳомов. Алиқули Амирлашкар ва унинг Қўқон хонлиги сиѐсий тарихида тутган ўрни. Тарих фан.ном....дисс. Т.2004; Илҳомов З. Амирлашкар тарихи. Тошкент. 2013, 329 Муҳаммад Солиҳхўжа Тошкандий. Тарихи жадиди Тошканд. Қўлѐзма, ЎзФАШИ, №№ 7791, 11072, 11073, 5732. 153 Muhammad Solih Toshkandiy Rossiya imperiyasining Qо‗qon xonligiga qarshi harbiy yurishlariga qarshi kurashlarda, xususan Toshkent mudofaasida eng faol ishtirok etgan tarixchilardan biridir. U bо‗lib о‗tgan janglar va tо‗qnashuvlar, ularda sodir bо‗lgan voqealarni о‗z kо‗zi bilan kо‗rgan va ularda bevosita ishtirok etgan. Shu jihatdan olganda ―Tarixi jadidi Toshkand‖ asari tadqiqotni amalga oshirishda eng asosiy manbalardan biri bо‗lib xizmat qildi. Muhammad Solih Toshkandiy Toshkent mudofaasida olib borilgan janglarini tasvirlar ekan, eng mayda tafsilotlargacha ma‘lumot berib о‗tadi. Ayniqsa, Toshkent mudofaasida yuzaga kelgan qipchoqlar askarlarining xoinlik harakatlari va jangga kirmasliklari oqibatida mudofaachilarning og‗ir qiyinchiliklarga uchraganligi, muallifning о‗zi esa jang ketayotgan ayni vaqtning о‗zida qо‗shin xazinasiga nisbatan talonchilikning oldini olganligi tafsilotlarini nihoyatda о‗rinli keltirib о‗tadi. Muhammad Solih Toshkandiy Qо‗qon xonligi qо‗shinlariga boshchilik qilib, Toshkent shahriga yetib kelgan Aliquli Amirlashkarni xalq tomonidan katta umid va ishonch bilan kutib olinganligi, mudofaada shaharning barcha aholisi faol ishtirok etganligi tо‗g‗risida qimmatli ma‘lumotlarni berib о‗tadi. Aliqulining jangdagi ishtiroki va halok bо‗lishi tafsilotlarini turli guvohlarning kо‗rsatmalari asosida aynan tasvirlayotganligiga alohida urg‗u berib о‗tadi.330 XIX asr ikkinchi yarmida Qо‗qon xonligi tarixi haqida yozilgan manbalardan yana biri Mulla Niyoz Muhammad Hо‗qandiyning «Tarixi Shoxruxiy» asaridir. Muhammad Niyoz Hо‗qandiy saroy amaldorlari safiga kirganligi uchun Sheralixon hukmronligidan XIX asrning 70- yillarigacha yuz bergan siyosiy jarayonlarda bevosita ishtirok etgan. Muallif о‗z asarida xonlik ichki siyosiy hayotining barcha tomonlarini atroflicha yoritish bilan birga, xonlarning tashqi siyosatga munosabati, harbiy ahvolning yomonligi va achinarlisi, harbiy ahvolning shunday qolib ketganligi, xattoki Rossiya imperiyasining dastlabki harbiy yurishlarida xonlik askarlarining mag‗lubiyatga uchrashi va shaharlarning qо‗ldan boy berilishini xonlarning beparvoligi oqibatida edi, deya baholaydi.331 Download 272.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling