Tarix va yuridik fakulteti «arxeologiya va buxoro tarixi» kafedrasi


Download 272.48 Kb.
bet13/47
Sana13.02.2023
Hajmi272.48 Kb.
#1192813
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   47
Bog'liq
2 kurs o\'zb tarx majmua

Buxoro amirligida tashqi savdo. Xiva xonligi va Buxoro
amirligining Rossiya imperiyasining mustamlakalari ekanligi va bu
davlatlarning boshqaruvi va ayni vaqtda ularning tashqi siyosiy va
iqtisodiy munosabatlari ustidan nazorat qilish bevosita Turkiston generalgubernatorligi vakolatlariga kiritilgan.610
Bunda Buxoro amirligining tashqi iqtisodiy va siyosiy aloqalardagi
har bir xatti-harakati diqqat bilan kuzatib turilgan. Agarda Buxoro
amirligiga yoki u bilan hududlari tutash bо’lgan turkmanlar yerlariga
general-gubernatorlikning Angliya, Hindiston va boshqa mamlakatlardan
nazoratisiz yoki ruxsatisiz savdo uchun tovarlar kiritiladigan bо’lsa, u
holda bu mollar ortga qaytarib yubrilgan yoki musodara etilib, kim oshdi
savdosiga qо’yib sotib yuborilgan, ayrim hollarda agar mollarning egasi
aniqlanmasa, tovarlar yо’q qilingan. Aksariyat hollarda inglizlar
nazorati ostida bо’lgan hududlardan Buxoro amirligiga sitrus mevalar,
ziravorlar, qimmatbaho toshlar, bо’yoqlar olib keltirilgan.612
Tadqiqotchi B.Alimdjanovning kо’rsatib о’tishicha, Buxoro amirligi
XIX asrning sо’nggi choragida aniqrog’i 1894 yilga qadar Rossiya va
Turkiston general gubernatorligi uchun choy savdosida mintaqadagi asosiy
raqobatchilardan biri bо’lib, ikkinchi raqobatchi sifatida Hindistonning
Bombey viloyati bо’lganligi kо’rsatib о’tiladi.613
Choy Turkiston о’lkasiga asosan ikkita yо’nalish bо’ylab yetkazib
berilgan bо’lib, birinchi yо’nalish Bombeydan. Temir yо’l orqali
Peshovarga, undan sо’ng karvon yо’llari orqali Afg’oniston orqali
Amudaryo bо’yidagi Kalifga va u yerdan Buxoroga keltirilgan bо’lsa,
ikkinchi yо’nalish Bombey portlaridan dengiz orqali Karochi shahriga
yoki Bandar Abbos portiga, u yerdan esa karvon savdo yо’llari orqali
Eronning Dushak shahri orqali Buxoroga keltirilgan va har ikki holatda
ham Buxoro orqali choy Turkiston general-gubernatorligi va Rossiya
hududlariga yetkazib berilgan.
Bu yо’llar birinchidan, savdo-sotiq va yuk tashish nuqtai-nazaridan
juda havfli yо’nalishlar sanalsa, ikkinchidan, yо’lga va yuk tashishga
ketadigan harajatlarning о’zi ham anchagina qimmatga tushardi, shuning
uchun 1894 yilda Xitoydan Batumi portiga tranzit savdo yо’li yо’lga
qо’yilgach, choy savdosidagi munosabatlarda keskin о’zgarishlar rо’y
berdi. Bombey choy savdosidagi mavqeini yо’qotgan bо’lsa, aksincha,
choy bilan savdo qiluvchi savdo shirkatlari о’zlarining faoliyatini endi
Xitoyning Shanxay shahriga qaratdi. Choy Shanxaydan Batumiga
yо’naltirildi, u yerdan Bokuga va Krasnovodsk orqali Buxoroga va
Samarqandga keltirila boshlandi. Yо’l harajatlari 8-9 rubldan 4 rublgacha
kamaydi va Buxoroning О’rta Osiyoda choy savdosidagi yetakchilik
mavqeiga katta zarba berilgan edi.615
Amirlik xukumati chet ellik va rus savdogarlarining Buxoro bozoriga
shiddat bilan yopirilib kelayotganliklarini, natijada mahalliy savdogarlarni
siqib chiqarilayotganini nazarda tutib, buxoroliklar manfaatlarini
muxofaza qilish maqsadida bir qancha chora tadbirlarni kо’rdi. Zakot
qorakо’lga ham joriy etila boshlandi. Rus savdogarlariga 2.5% miqdorida
soliq solindi, xorijliklar esa, har 10 ta qorakо’l terisi uchun 500 sо’m
miqdorida qо’shimcha soliq tо’laydigan bо’ldilar. Buxorolik
savdogarlarga boshqa mamlakatlarning savdo firmalari bilan raqobatda
tenglashishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi.
XVIII asrning ikkinchi yarmida Rossiya-Buxoro savdo va diplomatik
aloqalari ancha rivojlandi. Bunda 1774-1776, 1779-80 yillarda Ernazar
Maqsudov boshchiligida va 1797-yildagi Polvonquli qо’rchi elchiliklari
katta ahamiyat kasb etdi. XIX asr boshlarida Rossiya-Buxoro aloqalari
ancha faollashdi. Bu XIX asrning 20-yillarida О’rta Osiyoga suqilib
kirishga harakat qilayotgan inglizlar bilan ruslar о’rtasidagi raqobatning
keskinlashuviga olib keldi. Amirlik qо’shni xonliklar Afg’oniston,
Hindiston, Eron davlatlari bilan ham savdo aloqalari olib bordi. Yirik
savdo-sotiq markazi bо’lgan Buxoroda 1848 yilda 38 ta karvonsaroy, 9 ta
tim va kо’plab bozorlar mavjud bо’lgan616.



Download 272.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling