Tarix va yuridik fakulteti «arxeologiya va buxoro tarixi» kafedrasi


Buxoro amirligida iqtisodiy hayot, soliqlar


Download 272.48 Kb.
bet10/47
Sana13.02.2023
Hajmi272.48 Kb.
#1192813
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   47
Bog'liq
2 kurs o\'zb tarx majmua

Buxoro amirligida iqtisodiy hayot, soliqlar. Amirlikda turli yer
egaligi shakllari mavjud bо’lib, ulardan biri mulk (xususiy) yerlar
bо’lib,bu yer egaligi shakli qо’zg’almas mulk hisoblangan hamda hech
qanday cheklanishlarsiz meros qilib qoldirish mumkin bо’lgan. Mulk
yerlaridan olinadigan soliqlar haqida tadqiqotchilarning turli fikrlari
mavjud. Mulki xurr yoki mulki xolis ayrim yirik yer egalariga tegishli
bо’lgan yer egaligi shakli hisoblangan. Mulki xurr egasi doimo amaldagi
hukmdor tomonidan berilgan yorliqqa ega bо’lishi shart bо’lgan va aynan
shu yorliq tufayli u yer solig’idan ozod qilingan299.
Amirlikda dehqon ahli foydalanayotgan yerlarga nisbatan mulki xiroj
atamasi ishlatilgan. Bunday yerlarga ega bо’lgan yer egalari о’z yerlarini
erkin sotish, meros qoldirish va hadya qilish huquqiga ega bо’lganlar.
Bunday yerlardan rasman hosilning uchdan biri miqdorida soliq
belgilangan bо’lsada, amirlikning har biri hududida о’rnatilgan va
belgilangan tartib hamda urf-odatlarga kо’ra, soliq miqdori hosilning
uchdan biridan to beshdan birigacha bо’lgan.
A‘anaga kо’ra, vaqf yerlari asosan diniy muassasalar - machitlar,
mozorlar, xonaqo, madrasalarga yer maydonlarini meros qoldirish hamda
xayr-ehson qilish natijasida vujudga kelgan bо’lib, u yer egaligining
alohida shaklini tashkil etgan. Ushbu yerlardan tushgan foyda mutavalli
ixtiyoriga kelib tushgan. Mutavalli asosan vaqf egalari avlodlaridan
tayinlangan bо’lib, u vaqf hujjatlariga asoslanib foydani taqsimlab
chiqqan. Amirlikda vaqf yerlarini sotish, bunday yerlardan soliq olish
taqiqlangan bо’lsada, manbalar va hujjatlar bunga amal qilinmaganligini
kо’rsatadi.
Amir Nasrullo davridan boshlab yer egaligining tanho shakli
tarqaladi. Nasrullo о’ziga bо’ysunmagan amaldorlar va urug’
oqsoqollarining yerlarini musodara qilib, bunday yerlarni vaqtincha egalik
qilish huquqi bilan о’z tarafdorlariga hadya(tanho) qilgan. Amir Muzaffar
davridan boshlab tanho tog’li hududlarga ham yoyiladi. Tanho turli
hajmda(bir necha tanobdan bir necha yuz tanbogacha) berilgan bо’lib,
tanhoning berilish miqdori eng avvalo, yerning sug’orilishi, yerning
unumdorligi, qolaversa, amaldorning egallagan mavqei va ta‘siriga ham
bog’liq bо’lgan.
Dehqonchilik va chorvachilik,hunarmandchilik va savdo-sotiq
mamlakat iqtisodining asosiy tarmoqlari edi. Avvalgidek davlatga amir
va uning yaqinlariga qarashli davlat yerlari, hususiy mulkdorlarga
tegishli yer-mulklar (mulki holis), diniy mahkamalar, madrasa va
masjidlar, qabristonlar harajatlari uchun berilgan vaqf yerlari mavjud
edi. Dehqonchilikda barcha sohalar an‘anaviy ravishda о’z
taraqqiyotida davom etdi. Bu davrda ayniqsa uzumchilik, sholikorlik,
paxta va tamaki yetishtirish ancha taraqqiy etdi. Chorvachilik amirlik
hududidagi bepayon dasht va chо’llar tog’ va tog’ oldi hududlarida
mavjud edi. CHо’l hududlarida xususan, Buxoro va Qarshi atroflaridagi
dashtlarda qorakul teri yetishtirish kengayib bordi. Tashqi bozordagi
qorakul teriga talabning kuchliligi qorakul qо’ylar yetishtirishni
kengaytirishga olib kelgan edi. Shuningdek, chorvachilikda yilqichilik,
bunda ham asosan Buxoro qorabayir otlarini yetishtirish taraqqiy etgan
edi. Bundan tashqari yirik qoramollar yetishtirish va chorvachilik
mahsulotlari tayyorlash ham ancha taraqqiy etdi.
Buxoro amirligidagi asosiy xunarmandchilik markazlari sifatida
shaxarlar kata о’rin tutsada, ayrim yirik qishloqlarda xunarmandchilikning
ba‘zi turlari rivoj topdi. Buxoro amirligida oldingi davrlaridagidek
tо’qimachilik xunarmandchilikning yetakchi tarmog’i bо’lib qoldi. Uning
taraqqiyoti, bir tomondan ichki va tashqi bozorda bu turdagi
maxsulotlarga talab kattaligi tufayli, ikkinchi tomondan maxalliy xom
ashyo manbalari (paxta, jun, ipak) yetarli ekanligiga bog’liq edi.
Tо’qimachilikning ip yigirish, matolar (bо’z, alacha, chit) tо’qish, tayyor
kiyimlar tikish, gilamchilik va boshqa soxalari ancha rivojlangan edi.
Kulolchilik amirlikning kо’pgina joylarida rivojlangan edi. Uning asosiy
markazlari G’ijduvon, Qarshi, Shaxrisabz, Kattaqо’rg’on va boshqa
shaxarlar bо’lib, bu davr kulolchiligida О’rta Osiyoning kо’pgina
kulolchilik maktablariga xos bо’lgan motivlar (turli gul va о’simliklar
tasviri, geometrik naqshlar), turli xayvonlar, qushlar, xasharotlarni yoki
ular tanasining bir qismini shartli ravishda tasvirlash kosagar ustalar
tomonidan keng qо’llanilgan. Amirlikda metallga ishlov berish va metall
buyumlar yasash xam yetarlicha rivojlangan edi. Xonlikning tog’lik
tumanlari (Shaxrisabz, Boysun, Sherobod)da qadim davrlardan boshlab
turli ma‘danlar qazib olingan bо’lib, bu konlardan foydalanish ba‘zi
tanaffuslar bilan to XX asr boshlarigacha davom etdi. Metallga ishlov
berish va metall buyumlar yasashni о’z navbatida yanada mayda
tarmoqlarga bо’linib ketadigan temirchilik, misgarlik, chо’yan quyish
(degrezlik), rixtagarlik turlari xam mavjud bо’lib, bu soxalarda mexnat
qurollari bilan bir qatorda kundalik va maishiy turmushda boshqa
soxalarda zarur bо’ladigan kо’plab buyumlar ishlab chiqarilar edi301.
Xunarmandchilik turlari ichida zargarlik xam qadimiy
xunarmandchilik soaxalaridan biri sanalgan. Zargar ustalar qimmatbaxo
toshlar va metallardan, rangli shishalardan turli taqinchoqlar yasaganlar.
Buxoro zargarlarining maxsulotlari о’z chiroy va nafisligi bilan ancha
mashxur bо’lgan.
Xunarmandchilik turlari ichida kо’nchilik (teriga ishlov berish,
charmgar), yog’ochga ishlov berish-duradgorlik, turli oziq-ovqat
maxsulotlari tayyorlaydigan (novvoylar, oshpazlar, baqqollar va
boshqalar) xunarmandchilik turlari xam mavjud bо’lganligini aytib о’tish
lozim.
Amirlikdagi xunarmandchilik faqatgina shaxarlardagina emas, balki
yirik-yirik qishloqlarda xam rivojlangan bо’lib, xunarmand ustalarning
asosiy maxsulotlari ichki bozor extiyojini tо’liq ta‘minlab qolmasdan,
tashqi bozorga xam chiqarilgan.
XIX asrning ikkinchi yarmida Buxoro amirligi hududlari-ning
Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi davlat iqtisodiy hayoti va
moliya xо’jaligida katta yо’qotishlarga olib keldi. Xazinaga kelib
tushadigan soliqlar va turli yig’imlarning miqdori davlat hududlarining
qisqarishi evaziga yildan-yilga kamayib bordi. Ayni vaqtda amirlikning
qolgan hududlarida Rossiya imperiyasi sanoatchilari tomonidan bir qator
zavod va fabrikalarning qurilishi, temir yо’lning kirib kelishi, rus banklari
filiallarining ochilishi esa bu yerda sanoat ishlab chiqarishning yuzaga
kelishi, ayni vaqtda qishloq xо’jaligi, xususan chorvachilik, qorakо’lchilik,
ipakchilik, paxtachilik maxsulotlariga talabning ortib borishi esa bu
sohalarning ma‘lum darajada kengayib borishigi sharoit yaratdi.
Buxoro amirligida yerga egalik munosabatlari iqtisodiy hayotda katta
ahamiyatga ega bо’lib, yer egaligining davlat, xususiy, vaqf kabi turlari
bо’lgan. Qishloq aholisining katta qismi yersiz dehqonlar bо’lib, ular
ijaraga yer olib ishlaganlar. Shahar aholisining asosini tashkil qilgan
hunarmandlar hayoti ham og’ir soliqlar sababli juda qiyin kechgan.
Buxoro amirligining xalq xо’jaligida dehqonchilik, chorvachilik,
hunarmandchilik, savdo-sotiq sohalari katta ahamiyat kasb etgan.
Aholidan xiroj, zakot, boj, tо’la, yaksara, nimsara kabi soliqlar undirib
olingan.

Download 272.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling