Tarix va yuridik fakulteti «arxeologiya va buxoro tarixi» kafedrasi


- mavzu: Бухоро амирлигининг ташкил топиши ва сиёсий tарихи (2-qism)


Download 272.48 Kb.
bet6/47
Sana13.02.2023
Hajmi272.48 Kb.
#1192813
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Bog'liq
2 kurs o\'zb tarx majmua


2 - mavzu: Бухоро амирлигининг ташкил топиши ва сиёсий tарихи (2-qism).............................................................................................





  1. Shohmurodning hokimyatga kelishi.

  2. Markaziy hokimyatning mustahkamlanishi.

  3. Moliya, sud, ma’muriy islohotlar.

  4. Xiva xonligining Buxoroga hujumlari.

Biroq Amir Haydar otasining siyosatini tо’laqonli tarzda davom ettira olmadi va uning hukmronligi yillarida (1800-1826) mamlakatda siyosiy keskin vaziyat hukm surdi. Buxoroga bо’ysunishdan bosh tortgan Shahrisabz, Urg’ut, Miyonqol beklik-lariga qо’shin tortishga majbur bо’ldi. Harbiy yо’l bilan qо’lga kirita olmagan viloyatlar boshqaruvini kelishuvchilik yо’li bilan о’z beklari qо’lda qoldirishga
majbur bо’ldi. Hususan, bо’ysunmagan Shahrisabz mahalliy hokim
Doniyor vallomaga mulk sifatida taqdim etildi va Shahrisabz buning
natijasida 1858 yilgacha mustaqil ravishda hukm surdi. О’ratepa
bekligi bо’ysundirilib, amirlik hududlari birmuncha kengaytirildi. Bu
davrda qо’ishi xonliklar bilan munosabatlar ham keskinlashdi. Xiva
xonligi tomonidan uyushtirilgan bir qancha bosqinchilik yurishlari
asosan ommasi kо’magida qaytarildi. Qо’qon xonligi bilan
munosabatlar esa ancha jiddiy va keskin tus oldi.
1826 yilda Amir Haydar vafot etgach uning katta о’g’li Amir Husayn
hukmronligi davri boshlandi. Lekin uning hukmronligi juda qisqa davom etdi. Ahmad Donish о’z asarida bu davrni 2 oy 14 kun davom etgan, deb kо’rsatsa, Mirza Abdulazim Somiy esa, 2 oyu 20 kun deya baholaydi.
Amir Husayn vafot etgach, taxtni Amir Haydarning ikkinchi о’g’li
Umar egallaydi. Ungacha Umar Karmana hokimi vazifasida ishlab uning hukmronlik davri tо’rt oydan kamroq davom etdi. Tarixchi Q.Rajabov esa о’z asarlarida buni quyidagicha kо’rsatadi: - Nasrullohxon otasi Amir Haydar hamda birodarlari Husayn va Umarxonlar hukmronligi davrida Qarshida hokimlik qilgan. Amir Haydar vafoti (1826 yil 6 oktabr)dan sо’ng hokimiyat uchun kechgan keskin kurashlarda birodarlari Amir Husayn (1797-1826) va Amir Umarxon (1810-1829) hamda boshqa ukalari ustidan g’olib kelib, 1827 yil aprel oyining boshlarida 21 yoshida Buxoro amirligi taxtiga о’tiradi. Amir Nasrulloh hokimiyatni qо’lga olgandan keyin Shahrisabz, Kitob hokimliklari о’zlarini mustaqil deb e‘lon qilgan edilar. Boshqa bir qancha bekliklar ham amirga rasmangina bо’ysunishgan. Amir Nasrulloh ularni yagona davlatga birlashtirish, markaziy hokimiyatni kuchaytirish yо’lida qat‘iyat bilan kurash olib bordi.
Bunda u о’zining amaldor xizmatkorlar tabaqasiga va harbiy qо’shiniga
tayanib ish kо’rdi. 1840 yilda Amir Nasrulloh Xо’jand va О’ratepani
Qо’qon xonidan tartib olib Shahrisabz, Kitob, Yakkabog’ bekliklarini ham о’ziga bо’ysundirdi va 1842 yilda Qо’qon xonligini egallashga muvaffaq bо’ldi.


Download 272.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling