Tarix va yuridik fakulteti «arxeologiya va buxoro tarixi» kafedrasi


mavzu: Бухоро амирлигининг сиёсий, ижтимоий-иқтисодий ҳаёти (1-qism)……………………………………………………………


Download 272.48 Kb.
bet9/47
Sana13.02.2023
Hajmi272.48 Kb.
#1192813
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   47
Bog'liq
2 kurs o\'zb tarx majmua

mavzu: Бухоро амирлигининг сиёсий, ижтимоий-иқтисодий ҳаёти (1-qism)……………………………………………………………..................




  1. Амирликда давлат бошқарув тизими ва маъмурий тузилиши.

  2. Марказий бошқарув тизими.

  3. Давлат муассасалари. Маҳаллий бошқарув тизими: вилоятлар ва туманлар.

XIX asrning birinchi yarmida Buxoro amirligida 2 million atrofida aholi istiqomat qilardi.
Aholining katta qismi amirlikning sersuv vohalarida yashar, jazirama issiq,
suvsizlik hukmronlik qiluvchi Qizilqum sahrolari va chо’llari deyarli
kimsasiz yastanib yotardi. Zarafshon vodiysida 300 – 350 ming,
Qashqadaryo vohasida – 500 ming, Surxandaryo vohasida 200 ming,
Sharqiy Buxoroda 500 ming aholi yashar edi. Amirlikning yirik shaharlari
– Buxoroda – 60 ming, Samarqandda – 50 mingga yaqin aholi istiqomat
qilardi. Aholi etnik jihatdan kо’pgina qavm va urug’lardan iborat bо’lib,
ularning qariyib 57 foizi о’zbeklar edi. О’zbeklar bir qancha elatlardan
tashkil topgan bо’lib, ular orasida mang’it, saroy, qо’ng’irot, qarluq,
qalmoq, nayman, qipchoq, ming, yuz qabilalari kо’pchilikni tashkil
etardi.
XIX asr boshlarida mazkur qabilalarning amirlik bо’ylab joylashuvi
quyidagicha kо’rinish olgan: Mang’itlar – Qashqadaryo vodiysida,
kenegaslar – Shahrisabzda, naymanlar – Zarafshon daryosining chap
qirg’og’idan Samarqandning janubi – g’arbigacha bо’lgan hududlarda,
Xitoy-qipchoqlar – Samarqand va Kattaqо’rg’on о’rtasida, yuzlar – Jizzax
va О’ratepada, ularning qolgan qismlari Hisorda, Amudaryoning
janubidan to Shimoliy Afg’oniston hududlarida qatag’on va laqay urug’lari
istiqomat qilishgan.
Buxoro amirligi aholisi XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab tez
kо’paya boshlaydi. XIX asrning boshlariga kelib amirlik aholisi taxminan
2 mln.dan oshiq, 50-yillariga kelib taxminai 2,5 mlndan ortiq kishini
tashkil etgan. Buxoro shahrida taxminan 60 mingdan ziyodroq, Samarqand
shahrida esa taxminan 50 mingdan ortiq aholi istiqomat qilgan.
Amirlik aholisning katta qismini о’zbeklar tashkil qilgan bо’lib, juda
kо’plab о’zbek urug’lari vakillari amirlikning deyarli barcha hududlarida
yashaganlar. Aholi tarkibidagi tojiklar Samarqand, Buxoro, Nurota, Urgut,
Kitob kabi shaharlarda, tog’li tumanlarda, jumladan, Panjikent, Vaxsh,
Hisor, Qorategin, Kо’lob, Shahrisabz, Qobadiyon, Yakkabog’ bekliklarida,
Zarafshon-ning yukori kismida istiqomat qilganlar1.
Turkmanlar ham Buxoro amirligi aholisining son jihatdan katta
kismini tashkil etganlar. Ular amirlikka qarashli bо’lgan Amudaryoning
ikki qirg’og’ida joylashgan yerlarda, ya‘ni, amirlikning janubiy va g’arbiy
xududlarida istiqomat qilishgan. Buxoro amirligi hududida aholining
kichik qismini arablar tashkil etgan bо’lib, ular asosan Qarshi va Sherobod
bekliklarida yashaganlar. Shuningdek amirlik qududida hindlar, eroniylar,
yaqudiylar, lо’lilar, afg’onlar, qoraqalpoqlar, qozoqlar va qalmiqlar ham
istiqomat qilganlar. Buxoro amirligida istiqomat qilgan nomaxalliy
xalqlar, jumladan hindlar va yaxudiylar ijtimoiy qatlam sifatida tо’la
huquqga ega emas edilar va ular aloqida mavzelarda yashaganlar.
Amirlikda о’troq aholidan tashqari tog’ oldi va dasht hududlarda
kо’chmanchi va yarim kо’chmanchi aholi ham yashagan.

Download 272.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling