Tarix va yuridik fakulteti «arxeologiya va buxoro tarixi» kafedrasi


-mavzu: Бухоро амирлигининг сиёсий, ижтимоий-иқтисодий ҳаёти (2-qism)………………………………………………………………


Download 272.48 Kb.
bet12/47
Sana13.02.2023
Hajmi272.48 Kb.
#1192813
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   47
Bog'liq
2 kurs o\'zb tarx majmua

4-mavzu: Бухоро амирлигининг сиёсий, ижтимоий-иқтисодий ҳаёти (2-qism)………………………………………………………………..................





  1. Диний мансаблар. Ҳарбий ва суд ишлари.

  2. Ер-сув мулкчилиги: амлок, мулк, вақф ерлари. Солиқ ва мажбуриятлар.

  3. Қишлоқ хўжалиги: сунъий суғориш тизими, каналлар. Деҳқончилик ва чорвачилик.

XIX asrning 60-yillari va XX asrning dastlabki о’n yilliklarida Amir
Nasrullohdan sо’ng Buxoro amirligini boshqargan mangit xonadoni
vakillaridan Amir Muzaffar, Amir Abdulahadxon va Amir Olimxonlarning davlat boshqaruvidagi asosiy faoliyati va Buxoro davlati siyosiy
hayotining asosiy jarayonlari Rossiya imperiyasining mustamlakachilik
harbiy yurishlariga qarshi kurashlar va unga tobelik davridagi jarayonlar
bilan xususiyatlansa, Amir Olimxon hukmronligining sо’nggi yillari
bolsheviklar hokimiyati va Qizil armiya qо’shinlariga qarshi kurash
jarayonlari bilan bogliq holda kechdi va Buxoro amirligining davlat
sifatidagi mavjudligi 1920 yilgacha davom etdi.
Nasrullo hukmdor sifatida davlatning ichki va tashqi dushmanlariga
haqiqiy zarbani berdi. Amir Nasrullo tomonidan olib borilgan harbiysiyosiy islohotlar natijasida davlatning harbiy qudrati mustahkamlana
borgan. Olib borilgan tinimsiz urushlar barobarida Qо’qon xonligi (1842)
hamda Shahrisabz (1856) bekligi egallanadi. Amir Nasrullo tashqi siyosat
masalasida oldingi davlat boshliqlaridan farqli ravishda, Markaziy
Osiyoning iqtisodiy salohiyatiga talabgor bо’lgan ikki yirik davlatlar
Rossiya va Angliya bilan ochiq siyosat olib borish dasturini amalga
oshirgan. XIX asr 30-yillarining boshlarida Buxoro amirligiga Vest-Indiya
kompaniyasining topshirig’i bilan kelgan leytenant Aleksandr Byorns bilan
olib borilgan muzokaralar asosida Angliya davlati bilan qisqa muddatga
bо’lsada, о’zaro hamkorlik munosabatlari о’rnatiladi. Shu bilan birga,
ayrim tarixiy manbalarda amir Nasrullo shafqatsiz hukmdor sifatida e‘tirof
etiladi. Lekin ingliz olimi Uiler amir Nasrulloni: ―shafqatsiz hamda
mustabid hukmronligiga qaramasdan, u davlat qurilishi yо’lida bir qator
ijobiy ishlarni ham amalga oshirdi. О’ziga sodiq harbiylar bilan birga
professional qо’shin tashkil qildi, bir qancha sug’orish loyihalarini va
ma‘muriy-huquqiy islohotlarni amalga oshirdi‖ - deb, uning davlatni
boshqarish faoliyatiga ijobiy baho beradi. Sadri Ziyoning ta‘kidlashicha,
«Amir Nasrulloh Buxorog’a podshoh bо’lgandin keyin barodar va
aqoriblarini tamom mahv va nobud qildi. Zabir va Jahongir tо’ralarning
volidalari Jо’yboriy xо’jalardin edi. Ularni Chorjо’y tarafig’a yuborib,
i‘dom qildi. Akobiri davlatlardin Hakim qо’shbegi va Ismatullohbek va
Ayozbekg’a о’xshash bir necha ulug’ martabadagi odamlarni qatl va
amvollarini g’orat qildi». Tarixchi Axmad Donish amir Nasrullo haqida
shunday yozadi: ―U vazmin va qо’rqmas, qattiqqо’l va zukko hukmdor
edi. El va ulusda fitna chiqarishda nom chiqargan yo ilgarigi amirlarga
nisbatan kо’rnamaklik qilganning barchasini jazoladi, о’z tarafdorlarini
siyladi.
Amir Muzaffar otasi Nasrulloxon davrida Karmanaga hokimlik
qilgan. Amir Nasrulloning vafotidan sо’ng esa Buxoro taxtiga (1860 yil
23-sentabr – 1885 yil 12-dekabr) о’tirgan. Otasi tomonidan Karmanaga
surgun qilingan kishilarni Buxoroga qaytarib, yuqori lavozimlarga
tayinlagan. Muarrixlar tomonidan Amir Muzaffarxon hukmronligi davri
yana shunisi bilan e‘tirof etiladiki, u ham bо’lsa, saroy va hukmdor
ayonlarning uquvsizligi, о’ta johilligida kо’rinadi. Otasi Nasrulloh bunday
kishilarni yaxshi yomonning qadrini bilsin degan maqsadda Karmanaga
(ya‘ni Muzaffarxon huzuriga) surgun etgan edi. Muzaffarxon esa
hokimiyatni qо’lga kiritgach asosiy mansablarga Karmanadan kelganlarga
ishonib topshiradi. Bunday siyosat Ahmad Donishning fikricha, О’rta
Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan ishg’ol etilgan vaqtgacha davom
etdi. Markaziy hokimiyatga bо’ysunishni istamayotgan Hisor, Shahrisabz,
Darboz, Kо’lob, Baljuvon bekliklari va Qо’qon ustiga yurish qilib,
ularning qarshiligini yengdi (1863-1865), mazkur yerlar amirlikka
qaytadan bо’ysundirildi. Bu yerlar aholisiga qattiq jabr – zulmlar
о’tkazildi.
Amir Muzaffar Mallaxon tomonidan taxtdan tushirilgan Qо’qon xoni
Xudoyorxon Buxoroga qochib kelganida xonlik taxtini qayta egallashi
uchun unga harbiy yordam bergan (1861). Muzaffarning hukmronlik davri
Rossiyaning О’rta Osiyo xomliklariga qarshi harbiy harakatlari kuchaygan
davrga tо’g’ri keladi. Amir Nasrulloh tirikligida Rossiya imperiyasi
qо’shinlari Sirdaryodan о’tmagan edilar. Ular daryo qirg’oqlarida
joylashib qal‘ani tartibga solib u yerda qurol – aslahalar, oziq – ovqatlar
jamladilar. 1864 yilda Rossiya imperiyasi qо’shinlarining Toshkentga
hujumi boshlanib572 dastlabki harakatlar lashkarboshi Aliquli tomonidan
muvaffaqiyatli qaytarildi. Aliquli erishilgan yutuqlarni mustahkamlab,
imperiya qо’shinlari egallagan hududlarni ozod qilish uchun qо’shinni
kо’paytirish harakatiga tushgan bir paytda, 1864 yil kuzida Buxoro amiri
Muzaffar Qо’qon xonligiga qarashli yerlarga bostirib kiradi. Qо’qon
xonligi esa о’ta keskin bir siyosiy vaziyatda Buxoro amiriga qarshi
yurishga majbur bо’ldi. Amir Muzaffar esa Qо’qon xonligining Rossiya
imperiyasi bosqinchiligiga qarshi kurash bilan band bо’lib turganligidan
foydalanib, shiddat bilan О’zgangacha bо’lgan hududlarni qо’lga kiritdi.
Yana bir manbada yozilishicha, Amir Muzaffar Qо’qon ishlariga
aralashib, bir necha marotaba zarar va ixtilol yetgan vaqtda Xudoyorxonga
inoat tariqasida askari bilan Qо’qonga kirib borib, xutbalarda nomini zikr
qildirib, Buxoroga qaytdi va Hisor shahrini zabt etib, voliysi AbdulKarimbiyni qatl qildi.
Amir Muzaffar Rossiya bilan bо’lgan kelishmovchiliklarni tinch yо’l
bilan bartaraf etishda umidini uzmay, u Najmiddinxо’ja boshliq elchilarni
Peterburgga jо’natdi (1865 yil iyul). Biroq, kо’zlangan maqasadga
erishilmay, ikki о’rtada harbiy harakatlar boshlandi. Muzaffar qо’shini
bilan general Romanovskiy boshchiligidagi Rossiya harbiy kuchlari
о’rtasidagi dastlabki tо’qnashuv Jizzax bilan Oratepa о’rtasidagi Erjar
(Maydayulg’un) da bо’lib, unda Buxoro qо’shini mag’lubiyatga uchragan
(1866-y. 8-may).
Amir Muzaffar Rossiya bilan Erjar (Egrijar) va Samarqand
mag’lubiyatidan sо’ng Buxoroning sarhadlari Kattaqо’rg’ondan
belgilanadi va Rossiya imperiyasi bilan sulh shartnomasini tuzadi575.
Muzaffar muftiy Muhammad Porso boshchiligidagi elchilarni
Afg’oniston va Hindiston orqali yordam sо’rab, Istanbulga yuborsa ham
rad javobini olgan. Amir Muzaffarxonning Xoja Muhammad Porso orqali
yordam sо’rab yо’llagan maktubi inglizlarning Hindistondagi vakili Jon
Lourens, keyinroq esa Istanbuldagi elchilari Genri Ellablar tomonidan
oradagi masofa uzoqligi vaj qilinib, rad javobi berildi. Shuningdek Turkiya
sultoniga jо’natilgan bir qancha xatlar, murojaatnomalar ham
yuqoridagidek javoblar olindi576.
Podsho Rossiyasi О’rta Osiyoni mol sotish bozori, xom ashyo
manbai deb bilar edi. 1866 yilda rus qо’shinlari Buxoro amirligi
chegaralariga bostirib kirdi va Xо’jand (24 may), О’ratepa (2 oktabr),
Jizzax (18 oktabr) shaharlarini ishg’ol qildi. Istilo etilgan yerlarni
boshqarish uchun 1867 yilda Turkiston general-gubernatorligi tashkil
etildi. 1868 yil 2 may kuni general Kaufman boshchiligidagi rus
qо’shinlari Samarqandni ishg’ol qildi. Iyun oyi da Buxoro amiri Muzaffar
qо’shinlariga Zirabuloq yaqinida sо’nggi qat‘iy zarba beriddi. Amir
general-gubernatorga murojaat qilib, sulh tuzishni sо’radi. 1868 yil 23
iyunida ikki о’rtada shartnoma imzolandi. Rus qо’shinlari bosib olgan
yerlar podsho Rossiyasi ixtiyoriga о’tdi. Buxoro amirligi mustaqil tashqi
siyosat yurgizishdan mahrum bо’ldi. Buxoro amirligining ayrim hududlari
1868 yilda Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi natijasida amirlik
yerlarining uchdan bir qismi podsho Rossiyasi ixtiyoriga о’tdi; Xо’jand,
О’ratepa, Panjikent, Samarqand va Kattaqо’rg’on shaharlaridan tortib
Zirabuloqqacha bо’lgan yerlar, Sharqiy Buxoroda esa Shug’non, Vohon,
Rо’shon viloyatlari, ayniqsa Zarafshon daryosi yuqori havzasi Rossiya
tasarrufiga tdi. Bosib olingan hududlarda Samarqand viloyati tashkil etilib,
uning tarkibiga Samarqand, Jizzax, Hо’jand uezdlari kirgan.
Amir Muzaffar о’z hukmronligining dastlabki yillarida ulamolarga
deyarli e‘tibor bermadi, ular bilan biror-bir masala yuzasidan maslahat
ham qilmadi. Ammo, 1868 yilda amir Rossiya imperiyasidan
mag’lubiyatga uchragach, ulamolarga yon berishga majbur bо’ldi. Chunki
ulamolar mahalliy aholini ruslarga qarshi kurashishga da‘vat etgan edilar.
Lekin fursat qо’ldan boy berilgan edi. Ulamolarning xalqni kо’tarishi ham,
amirning о’g’li Katta Tо’ra (Abdumalik), Kitob va Shahrisabz beklarining
say-harkatlari ham besamar ketdi. Zirabuloq yaqinidagi jangda
mag’lubiyatga uchragan amir Muzaffar imperiya tomonidan tuzilgan
shartnomaga imzo chekishga majbur bо’ldi. Unga kо’ra amir О’ratepa,
Jizzax, Zarafshon vohasi hududlaridan mahrum bо’ldi, podsho hukumatiga
125 ming tillo miqdorda tovon tо’laydigan bо’ldi hamda Buxoroning
Rossiyaga vassalligini tan oldi.
Amir Muzaffar hukmronligi davrida amirlik hududlari ancha
qisqardi. Bunga avvalo Rossiya imperiyasining bosqini sabab bо’lgan
bо’lsa, katta qiyinchilik bilan bо’ysundirilgan Shahrisabz va Kitob
bekliklari yana Buxoroga bо’ysunishdan bosh tortdilar. Undan
tashqari, Rossiya imperiyasiga tо’langan katta tovon evaziga amirlik
xazinasi bо’shab qoldi. Amir о’z xazinasini tо’ldirish uchun qozilar va
raislarga aholidan turli xil yig’imlar yig’ishga ruxsat berdi. Chunki bu
yig’imlarning katta qismi turli xil sovg’alar va in‘omlar tariqasida
xazinaga kelib tushardi. Amir Muzaffar Rossiya imperiyasi hukumati bilan
sulh shartnomasini tuzishga majbur bо’lgan. Ushbu shartnoma asosida
Buxoro amirligi tashqi va ichki siyosiy masalalarni hal qilishda
mustaqillikdan mahrum bо’lib Rossiya davlati ostidagi yarim mustamlaka
davlatga aylandi. Ayniqsa, chor qо’shinlarining 1871-1872 yillarda
Zarafshon daryosi boshqaruvini nazoratga olishlari Buxoroning bundan
keyingi rivojlanishiga salbiy ta‘sir о’tkazgan. Amir Muzaffar 1885 yil 31
oktabrda kasallik tufayli vafot etadi va Buxorodagi Eshon Imlo mozorida
dafn etilgan.
Uning о’g’li amir Sayyid Abdullahad 1885-1910 yillar Buxoro
amirligi taxtini boshqardi. Abdulahad 14 yoshidan boshlab Karmana beki
etib tayinlangan. Rus sayyohlarining ma‘lumotlariga kо’ra u Karmanada
juda oddiy kun kechirgan. 1885 yil 4 noyabrda amir Abdulahadni Buxoro
arkida oq kigizga о’tirg’izib, taxtga о’tqazish marosimi bо’lib о’tdi.
Fitratning fikricha, Abdulahad qaysi ishni rejalashtirmasin, о’zining
himoyachisi bо’lgan Rossiyaning nufuz va rolini inobatga olishga majbur
edi. Shuning uchun ham Abdulahad davrida bu hokimning otalari qilgan
о’zboshimchalik va vahshiyliklariga ma‘lum darajada chek qо’yildi578.
Amir Abdulahad sud-huquq tizimini tubdan isloh qilishga hamda
ushbu sohani yanada insonparvarlik tamoyili asosida shakllantirishga
uringan. Amir Abdulahad turli yillarda Moskva, Sankt-Peterburug, Kiyev,
Odessa, Yekaterinaslov, Boku, Tiflis, Botumi, Sevastopol, Bog’chasaroy
kabi shaharlarda bо’lgan. Uning hukmronligi davrida qiynoqlar, о’lim
hukmi va eng dahshatli jazo - Buxorodagi Minorai Kalondan tashlab
yuborish man etilgan. Amir Abdulahad davrida amirlikda mis, temir, oltin
qazib chiqarish, telefon liniyalari va temir yо’llari qurilishi,savdo faol
rivojlantiriladi. Abdulahad amirlikdagi harbiy kuchlarga alohida e‘tibor
bergan. Yoshlik chog’idayoq bо’lajak amir о’z garnizonida harbiy
mashqlar о’tkazib, Karmana qal‘asini yaxshi harbiy holatda tutgan.1895
yildan boshlab Buxoro amirligida militsiya xizmati yо’lga qо’yilgan.
Keyinchalik ham amir Abdulahad о’z qо’shinini harbiy tayyorgarligini
oshirish va zamonaviy qurollantirish uchun kо’pgina ishlarni amalga
oshirgan. Bu ishlarda asosan 1885 yil yangi Buxoroda (Kogonda)
faoliyatini boshlagan Rossiya imperatori siyosiy Agentligi (1885 – 1917)
bosh – qosh bо’lgan edi. Siyosiy agent Buxoro amiri ustidan nazorat olib
borib, uning Peterburg bilan aloqa qilishida vositachi bо’lgan579. Peterburg
tazyiqi bilan amirlikda boj va pul islohoti о’tkazilishi, Rossiya
imperiyasining mustamlaka zulmi hamda, amir istibdodining kuchayib
borishi xalqni tobora og’ir ahvolga solib qо’ydi. Natijada amirlikning turli
hududlarida xalq g’alayonlari avj oldi. Amir Muzaffarxon davrida
boshlangan, u daf‘ eta olmagan xalq g’alayoni Sherobod viloyatida 1885
yildayoq boshlangan edi. Ushbu viloyat dehqonlari 30 – 40 kun
mobaynida soliq tо’lashdan bosh tortdilar. Hukumat tomonidan Bobojon
jibachi yasovul Sherobodga yuborilsa ham, ushbu holat hech qanday natija
bermadi. Shundan sо’ng Mulla Sharif miroxur ushbu masalani hal etishga
borganda tekshirishlar natijasi shuni kо’rsatdiki, dehqonlardan 4 man xiroj
о’rniga 8 man olingaN. Bundan tashqari kо’pgina hududlarda jami
hosilning 50 – 60 % foizigacha soliqqa tortilgani ma‘lum bо’ldi581. Biroq,
bu holat hech bir ijobiy natijaga olib kelmadi.
1886 yil Rossiya imperatorligi siyosiy agentlaridan biri
N.Cherikovning ma‘lumotlariga kо’ra 9 avgustda (1886) dehqonlar va
soliq yig’uvchilar о’rtasida Hisorda katta tо’qnashuv yuzaga keladi582.
Bundan tashqari amirlikning kо’pgina hududlarida yuzaga kelgan
dehqonlar g’alayonlarida amirning Rossiya kuchlariga tayangan holda ish
kо’rgan holatlariga duch kelamiz. 1888 yilda Kо’lob bekligida dehqonlar
qо’zg’oloni keng quloch yoyganda Pomir chegara qо’shini amirga yordam
kо’rsatib qо’zg’olonni bostirgan. 1889 yilda esa Kalif aholisi hokim
zulmidan bezor bо’lib kо’tarilganda bekni rus qо’shini о’z himoyasiga
olgan.
Mazkur holatlarda kо’rinib turibdiki, amir о’z hududida sodir
bо’layotgan qonli kurashlar, xalq noroziliklarini bostirishda aksariyat
holatlarda bosqinchilar madadiga tayangan.
Yuqorida aytib о’tilganidek, Abdulahad valiahdlik maqomini olish
chog’idayoq kelishilgan rus imperatori bilan bitimga muvofiq amirlik
hududida kapitalistik munosabatlar ancha jonlandi. Xususan, amirlikda
1905 yilda 9 ta paxta zavodi ishlab turgan bо’lsa, 1913 yil Olimxon
davriga kelib ular soni 26 taga yetkazildi. Kо’pgina Rossiya foydasi uchun
ishlaydigan zavod va fabrikalar soni ham tadrijiy holatda shunday о’sishi
kuzatiladi.
Amir Abdulahad 1910 yilda vafot etdi, uning 25 yillik amirligidan
sо’ng о’sha yili amir Said Olimxon hukmronligi davri boshlandi. Amir
Olimxon 1881 yil Karmanada tug’ilgan. 1893 – 1896 yillarda Peterburgda
о’qigan. 1898 yil Qarshi hokimi, 1910 yil boshlarida Karmana voliysi
bо’lgan.
Olimxon taxtga chiqqach mamlakatda tartibsizliklar avj oldi. Uning
siyosatida ham Rossiya imperiyasiga moyillik, ularga tayanib ish kо’rish
tobora kо’proq kuzatilar edi. 1914 yilda Toshkо’prik, Shahrisabz, Kitob,
Qarshi va Hisorda kо’tarilgan xalq g’alayonlari rus harbiy kuchlari
yordamida bartaraf etildi583. Bu davrda amirlik siyosatida Nasrulloh
qо’shbegining mavqei ancha baland edi. Hattoki, qozi kalon va raisni
mag’bul etib, ularnining barcha ishlarini о’z qо’liga oldi. Saroydagi barcha
amirga yaqin bо’lgan amaldorlar ta‘sirini bartaraf etdi. Mamlakat
doirasida, undan nufuzli va quvvatli mansabdor qolmagan edi.
Viloyatlarga qozi, rais, madrasalarga mudarris, masjidlarga imom
tayinlash, qozikalonning, bozor tasarrufi raisning ishi bо’lsa ham bular asli
Nasrulloh ixtiyorisiz hal bо’lmas edi. Hatto amir Olimxonning о’z oilasi
doirasida hal bо’lishi mumkin bо’lgan ba‘zi ishlarga ham Nasrulloh
qо’shbegi bevosita о’z ta‘sirini о’tkazar edi. U rus tilini bilar, ular
siyosatini yaxshi tushunar edi. Biroq, uning dushmanlari ustun chiqib oila
a‘zolari bilan birga qatl ettirildi va qо’shbegi lavozimiga Mirzo Urganjiy
tayinlanadi.
1917 yilga kelib Rossiyada imperator boshqaruvi ag’darilib, siyosiy
jarayonlar natijasida hokimiyatning bolsheviklar tomonidan egallanishi
Buxoro amirligiga ham ta‘sir kо’rsatdi va 1920 yilda amirlik rasman
tugatildi. 1911-1920 yillar Buxoro taxtini boshqargan amir Olimxon
Buxoroda sovet hukumati о’rnatilgach Afg’onistonga chiqib ketdi va 1944
yil Qobulda vafot etdi. 1920 yilda bolsheviklar tomonidan Buxoro
amirligining qolgan barcha bekliklari bosib olindi va amirlik о’rnida
Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tashkil etilgan.
Buxoro amirligidagi asosiy xunarmandchilik markazlari sifatida shaxarlar
kata о’rin tutsada, ayrim yirik qishloqlarda xunarmandchilikning ba‘zi
turlari rivoj topdi. Butun о’rta asrlarda bо’lganidek, xunarmandlar bu
davrda xam о’z uyushmalari-kasaba, sexlarga ega bо’lib, ularning tashkil
topishi ma‘lum turdagi maxsulot ishlab chiqarish jarayoni ustidan nazorat
о’rnatishga, bu soxada о’z monopoliyasini, ya‘ni maxsulotni ishlab
304
chivqarishga bо’lgan yagona xuquqini saqlash va raqobatga dosh berishga
intilish bilan bog’liq edi. Xunarmandchilikning barcha soxalarida bunday
uyushmalar mavjud bо’lib, uni saylab qо’yiladigan kishi-rais yoki oqsoqol
boshqargan. Odatda bunday lavozimga tajribali va katta xurmatga ega
bо’lgan keksa kishilar saylangan.
Xunarmandlar ishlab chiqargan maxsulotlarinining narxini
belgilashda, turli soliqlarni yig’ishda, usta va yollanib ishlaydigan shogir
(xalfa) munosabatlarini, xо’jalik munosabatlarini olib borishda uyushma
raisining vazifasi katta bо’lgan.
Xunarmandlar о’z uyushmalariga ega bо’lsalarda, о’zlariga tegishli
aloxida ustaxonalarda ishlaganlar. Xar bir ustaning о’z yordamchilari,
shogirdlari bо’lib, odatda shogirdlikka ustaning о’g’illari yoki
qarindoshlari olingan. Chertdan shogird yollash juda kam uchraydigan
xolat bо’lib, xunarmandchilik sirlari avloddan-avlodga, otadan-о’g’ilga
о’tib, kelgan.
Buxoro amirligida oldingi davrlaridagidek tо’qimachilik
xunarmandchilikning yetakchi tarmog’i bо’lib qoldi. Uning taraqqiyoti,
bir tomondan ichki va tashqi bozorda bu turdagi maxsulotlarga talab
kattaligi tufayli, ikkinchi tomondan maxalliy xom ashyo manbalari
(paxta, jun, ipak) yetarli ekanligiga bog’liq edi. Tо’qimachilikning ip
yigirish, matolar (bо’z, alacha, chit) tо’qish, tayyor kiyimlar tikish,
gilamchilik va boshqa soxalari ancha rivojlangan edi. Buxoroning zarbof
tо’nlari, Shaxrisabzning Iroqi dо’ppilari, Samarqandlik ustalarning ipak
buyumlari, ayniqsa mashxur edi.
Kulolchilik amirlikning kо’pgina joylarida rivojlangan edi. Uning
asosiy markazlari G’ijduvon, Qarshi, Shaxrisabz, Kattaqо’rg’on va
boshqa shaxarlar bо’lib, bu yerlik kulollar maxsulotiga talab ancha yuqori
bо’lgan. Bu davr kulolchiligida О’rta Osiyoning kо’pgina kulolchilik
rayonlariga xos bо’lgan motivlar (turli gul va о’simliklar tasviri, geometrik
naqshlar),turli xayvonlar, qushlar, xasharotlarni yoki ular tanasining bir
qismini shartli ravishda tasvirlash kosagar ustalar tomonidan keng
qо’llanilgan.
Rossiya imperiyasi istilosidan keyin bu mamlakatdan keltirilayotgan
fabrika maxsulotlari (chinni) ning kо’payishi bilan О’rta Osiyoda
kulolchilik bir qadar orqaga ketdi. Lekin bu narsa kо’proq Turkiston
general-gubernatorligi xududidagi yerlarga qarashli bо’lib, amirlikda esa
bu soxa yanada rivojlanib bordi. Maxalliy kulollar endi gul uchun vazalar,
yirik dekorativ vazalar, mevalar qо’yish uchun mо’ljallangan idishlar
yasab, о’z maxsulotlari turlarini yanada kо’paytirdilar.
Metallsozlik. Amirlikda metallga ishlov berish va metall buyumlar
yasash xam yetarlicha rivojlangan edi. Xonlikning tog’lik tumanlari
(Shaxrisabz, Boysun, Sherobod)da qadim davrlardan boshlab turli
ma‘danlar qazib olingan bо’lib, bu konlardan foydalanish ba‘zi tanaffuslar
bilan to XX asr boshlarigacha davom etdi.
Metallga ishlov berish va metall bumlar yasashni о’z navbatida
yanada mayda tarmoqlarga bо’linib ketadigan 4 asosiy turi – temirchilik,
misgarlik, chо’yan quyish (degrezlik), rixtagarlik turlari xam mavjud
bо’lib, bu soxalarda mexnat qurollari bilan bir qatorda kundalik va maishiy
turmushda boshqa soxalarda zarur bо’ladigan kо’plab buyumlar ishlab
chiqarilar edi. Temirchi ustalar (chilangarlar) qishloq xо’jaligida va
kundalik turmushda ishlatiladigan mexnat qurollari yasaganlar. Kо’pgina
shaxarlarda temirchi ustalarning maxsus maxallalari (Temrchi, Guzari
chilangaron) borligi xunarmandchilikning bu turi ancha taraqqiy
etganligidan dalolat beradi. Misgarlik asosan yirik shaxarlarda
rivojlavngan. Misgar ustalar turli idishlar, chilim va boshqa buyumlar
yasashgan. Mis asosan Rossiyadan keltirilgan. Misdan ishlangan idishlarga
nafis naqshlar tushirilgan bо’lib, ular ichki bozor extiyojini tо’liq
ta‘minlab qо’shni о’lkalarga xam chiqarilgan. CHо’yan quyish yoki
degrezlik metallga ishlov beruvchi kustar sagnoat turlari ichida katta
axamiyatga ega edi. Degrezlar asosan shaxarlarda maxsus guzarlarda
yashaganlar. Ular chо’yandan qozon, chiroq, manqaldon va boshqa
buyumlar yasashgan. Rixtagarlikda bronzadan kо’proq foydalanilgan.
Rixtagarlar Buxoroning deyarli xamma shaxarlarida mavjud edi. Bu
ustalar turli buyumlar, taqinchoqlar yasaganlar, ba‘zi mis idishlarning
qismlari, bо’yni, dastasi kabilar bronzadan yasalgan.
Xunarmandchilik turlari ichida zargarlik xam qadimiy
xunarmandchilik soaxalaridan biri sanalgan. Zargar ustalar qimmatbaxo
toshlar va metallardan, rangli shishalardan turli taqinchoqlar yasaganlar.
306
Buxoro zargarlarining maxsulotlari о’z chiroy va nafisligi bilan ancha
mashxur bо’lgan.
Xunarmandchilik turlari ichida kо’nchilik (teriga ishlov berish,
charmgar), yog’ochga ishlov berish-duradgorlik, turli oziq-ovqat
maxsulotlari tayyorlaydigan (novvoylar, oshpazlar, baqqollar va
boshqalar) xunarmandchilik turlari xam mavjud bо’lganligini aytib о’tish
lozim.
Amirlikdagi xunamarmandchilik faqatgina shaxarlardagina emas,
balki yirik-yirik qishloqlarda xam rivojlangan bо’lib, xunarmand
ustalarning asosiy maxsulotlari ichki bozor extiyojini tо’liq ta‘minlab
qolmasdan, tashqi bozorga xam chiqarilgan.
XIX asrning ikkinchi yarmida Buxoro amirligi hududlarining
Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi davlat iqtisodiy hayoti va
moliya xо’jaligida katta yо’qotishlarga olib keldi. Xazinaga kelib
tushadigan soliqlar va turli yig’imlarning miqdori davlat hududlarining
qisqarishi evaziga yildan-yilga kamayib bordi. Ayni vaqtda amirlikning
qolgan hududlarida Rossiya imperiyasi sanoatchilari tomonidan bir qator
zavod va fabrikalarning qurilishi, temir yо’lning kirib kelishi, rus banklari
filiallarining ochilishi esa bu yerda sanoat ishlab chiqarishning yuzaga
kelishi, ayni vaqtda qishloq xо’jaligi, xususan chorvachilik, qorakо’lchilik,
ipakchilik, paxtachilik maxsulotlariga talabning ortib borishi esa bu
sohalarning ma‘lum darajada kengayib borishigi sharoit yaratdi.
Buxoro amirligida yerga egalik munosabatlari iqtisodiy hayotda katta
ahamiyatga ega bо’lib, yer egaligining davlat, xususiy, vaqf kabi turlari
bо’lgan. Qishloq aholisining katta qismi yersiz dehqonlar bо’lib, ular
ijaraga yer olib ishlaganlar. Shahar aholisining asosini tashkil qilgan
hunarmandlar hayoti ham og’ir soliqlar sababli juda qiyin kechgan.
Buxoro amirligining xalq xо’jaligida dehqonchilik, chorvachilik,
hunarmandchilik, savdo-sotiq sohalari katta ahamiyat kasb etgan.
Aholidan xiroj, zakot, boj, tо’la, yaksara, nimsara kabi soliqlar undirib
olingan602.
Xiva xonligi va Buxoro amirligining Rossiya imperiyasining
mustamlakalari ekanligi va bu davlatlarning boshqaruvi va ayni vaqtda
602 O'zbekiston tarixi. R.Murtazfyeva tahr. ost. Toshkent, 2005. 253-b.
307
ularning tashqi siyosiy va iqtisodiy munosabatlari ustidan nazorat qilish
bevosita Turkiston general-gubernatorligi vakolatlariga kiritilgan.603
Amirlik iqtisodiyotidagi bu sifat о’zgarishlari soliqlar tarkibi va
yо’nalishlarini о’zgartirishga va ularni zamon talablariga moslashtirishga
ma‘lum darajada ta‘sir kо’rsatdi va ularning miqdori hamda soni о’zgarib
bordi. XX asr boshlariga kelib (1912 y) Buxoro amirligida jami
soliqlarning taxminan 55 foizi yer solig’ini tashkil qilgan bо’lsa, savdodan
olinadigan soliq miqdori 37 foizga yaqin, chorvadan keladigan soliq
daromadi esa 8 foizdan ortiqroq bо’lgan. Pul kо’rinishida bu tegishli
ravishda taxminan 1850 ming sо’m, 1225 ming sо’m, 270 ming sо’mni,
jami 3345 ming sо’mni tashkil qilgan.604
Yer solig’i ikki xil shaklda olingan bо’lib, birini muvozif – bir xil
miqdorda tо’lanadigan xiroj tashkli etgan bо’lsa, ikkinchisi muqosima deb
atalib, bu xirojning miqdori har yili yig’ilgan hosilning miqdoriga qarab
mahsulot bilan tо’lanishi belgilangan. Bunda bog’dorchilik mahsulotlariga
deyarli bir xil miqdorda soliqlar belgilangan.
Yerga egalik qilish shakllari (vaqf, mulk, amlok) orasida amlok yoki
davlat yerlari ustunlik qilardi. Amlok yerlar davlat mulki hisoblanib,
mayda tarqoq daxqon xо’jaliklari tasarrufida edi. Amlok yerlardan olingan
butun mahsulot ikki qism: amir va dexqonlarnikidan iborat bо’lardi.
Ulardan olingan xiroj va jami mahsulot о’rtasidagi nisbat viloyatlarda
bо’yicha turlicha miqdorda bо’lgan.
Buxoro qо’shbegisining 1912 yil 14 oktabrda Rossiya siyosiy
agentligiga bergan ma‘lumotida ta‘kidlanishicha, «xiroj bazi viloyatlarda
aholidan hosilning о’ndan biridan beshdan birigacha, boshqalarda tо’rtdan
biridan uchdan birigacha miqdorda, boshqalarida esa bir tanga (15
tiyin)dan undirilmoqda». Bunda xirojdan tashqari, mahalliy ma‘muriyat
foydasiga kо’plab qо’shimcha yig’imlar ham yig’ib olingan.605
Tovar-pul munosabatlari rivojlanishi bilan xiroj pul shaklida
undiriladigan bо’ldi. Bunda soliq miqdori hosilga qarab soliqchilar
tomonidan belgilangan hamda amir tomonidan tasdiqlangan baholarga
asosan о’rnatilgan.
Mustamlaka tizimining iqtisodiy sohada amalga oshirib borgan
siyosati natijasida XIX asrning oxiri-XX asrning boshlariga kelib, Buxoro
amirligi bozorlari ham imperiya sanoat mahsulotlari tomonidan egallandi.
Amirlikning qishloq tumanlari esa mustamlaka manfaatlari va
ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda paxta yetishtirishga moslashtirila
boshlandi. Ayniqsa bu davrda paxtaning Amerika navini yetishtirish joriy
etildi. Garchi bu paxtachilik sohasida mahalliy dexqonlar uchun yangilik
bо’lsada, biroq u kutilgan natijani bermadi.
Bu paxta navi mahalliy paxta navlardan farqli ravishda munosabat
talab qilib, chanoqlar ochilgach, hosilni zudlik bilan terib olishni talab
qilar edi. Hosilni baholash esa bir qancha kechikishlar bilan, ya‘ni u о’z
qimmatini yо’qota boshlaganda amalga oshirilishi natijasida paxtakorlar
bu navni yetishtirishda voz kecha boshladilar. 1912 yilda Buxoroda
banklar, paxtachilik sanoati vakillari ishtirokida о’tkazilgan kengashda
hosilni oldindan baholash maqsadga muvofiq emasligi va soliqqa
tortishning tanob tizimiga о’tish haqidagi masala qо’yildi. Biroq bu
takliflarni Buxoro hukumati qо’llab-quvvatlamadi.
Buxoroda tanob yig’imi yer solig’i turlaridan biri edi. U xirojmuqosima qо’llanilib bо’lmaydigan tez buzuladigan mahsulotlardan olinar
edi. Masalan, bir tanob uzumzordan 12 tanga, bedazordan 8 tanga undirilar
edi.606
Buxoro amirligi iqtisodiyotida chorvachilik aloxida о’rin egallardi.
Bu yerda bir necha yuz ming bosh mol boqilardi. Chorvachilikdan
kо’rilgan daromadlarga maxsus soliq-zakot joriy qilingandi. 1902 yilda
zakotning rasmiy ravishda quyidagi miqdorlari joriy etilgan: besh bosh
tuyadan – bitta qо’y; 40-100 bosh qо’y yoki echkidan - bitta qо’y yoki
echki; 101-200 tasidan – ikkita qо’y yoki echki va xokazo. Chorva mollari
vaqti-vaqti bilan rо’yxatdan о’tkazilib, har 500 boshdan qо’shimcha bitta
qо’y yoki echki olinardi.
Tovar-pul munosabatlarining rivojlanib borishi natijasida zakotni pul
shaklida undirish uchun sharoit yaratildi. Yigirmanchi asrning dastlabki
о’n yilligida xо’jalikda kamida 40 ta qо’y yoki echki bо’lganida, har bir
qо’y xisobidan 0.5 tanga, har bir echkidan chorak tanga miqdorida soliqni
undirilgan.
Buxoro amirligining soliq tizimida savdo va xunarmandchilik
kо’riladigan daromadlarga soliq solish ikkinchi о’rinda turardi. Buxoro
amirligining 1884 yilda Rossiya bojxona chegarasiga kiritilganligi
Angliya-Xindiston tovarlarining amirlikka kirish yо’lini tо’sdi hamda
Rossiya imperiyasi bilan savdo munosabatlarining yanada kengayishiga
olib keldi. Buxoro bilan tuzilgan shartnomaga kо’ra rus savdogarlari
Rossiyada chor xukumatiga qancha miqdorda boj tо’lasalar, shuncha
miqdordagi zakotni tо’lash majburiyatini oldilar.
Zakot bilan xunarmandchilik daromadiga solinadigan soliq darajalari
о’rtasida farq mavjudligini Rosiya va Buxorodagi bir xil sarmoyadan
olinadigan soliq miqdorlarida kо’rinadi. Sarmoya 30 ming sо’mgachani
tashkil etsa, zakot foydali edi. 30 ming sо’mdan oshganda soliq miqdori
asosan bir-biriga tо’g’ri kelardi. Ammo sarmoya bir mln sо’mdan ortiq
bо’lganida xunarmandchilik solig’i 750 sо’m, zakot esa 25 ming sо’m
miqdorida undirilgan.608
Shunday qilib, zakot yirik Rossiya firmalari uchun zarar keltirsa,
mayda va о’rta savdogorlar uchun foydali bо’lgan. Xunarmandchilik
solig’idan buxorolik savdogarlar manfaat kо’rishgan.





































yig’imlar olingan. Ushbu yig’im miqdorlari tovarlar bо’yicha
tabaqalashtirilib, qisman eksport mollariga ham qо’lanilgan. Masalan, bir
botmon paxtadan 5.5 tanga (82.5 tiyin), bir botmon jundan 7 tanga,
qorakо’l terilaridan – ular qiymatining 2 foizi, bir bosh otdan bir tanga 2
puli, tuyadan – 2 tanga, qо’ydan - 24 puli undirilgan.609
Boj – savdodan olinadigan soliqlarning bir turi bо’lib, u о’rta
asrlarda ham mavjud bо’lgan. Mazkur yig’im karvonlardan yoki bir
hududdan boshqasiga mol olib boradigan savdogarlardan undirilardi.
Bundan tashqari, savdodan bir martalik yig’im-tagijoy va tarozu haqi ham
olingan. Xorijiy va maxalliy savdogarlar, shuningdek, bir qator
qо’shimcha rasmiy yig’imlarni ham tо’lashgan.

Download 272.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling