Tarix va yuridik fakulteti «arxeologiya va buxoro tarixi» kafedrasi
Download 272.48 Kb.
|
2 kurs o\'zb tarx majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- (О ‘ zbekiston davlatchiligi tarixi. ocherklari, T.. 2001)
Amir Shohmurod 1800 yil 30 noyabrda vafot etgach, Amir Haydar uning vorisi sifatida 1800 yil 2 dekabrda 22 yoshida Qarshi viloyatidan Buxoroga kelib, amirlik taxtiga о’tirgan va ―amir al-mо’minin» unvonini olgan. U 26 yil davomida Buxoro davlatini boshqargan. Amir Haydar farmonlari ostiga ―Abul Fatx Sayid Amir Haydar Boxodur podishox» deb muxr bosgan va imzo chekkan.268 Amir Haydar hukmronligi davrida tobora kuchayib borayotgan Qо’qon xonligi va Xiva xonligi bilan munosabatlar ancha yomonlashgan. Buxoro amirligi azaldan tobe hisoblangan Toshkent, Turkiston, О’ratepa, Xо’jand va boshqa shaharlarga Qо’qonliklarning tajovuzi avj olgan. 1807- 1810 yillarda Amir Haydar Qо’qon xoni Olimxon bilan Toshkent, О’ratepa, Jizzah, Zomin va boshqa viloyatlar uchun jang olib borishga majbur bо’lgan va bu hududlar bir necha marta qо’ldan-qо’lga о’tib turgan. Nihoyat u bu viloyatlarning aksariyatini Buxoro ihtiyoriga qaytarib, qо’ldan chiqarilgan mamlakat hududlarini asl holiga keltirgan. О’ratepa hokimi Bobobek parvonachi о’z qizini Buxoro hukmdoriga uzatib, о’rtada sulh tuzilgan bu paytda dushmanlar qutqusi bilan Amir Haydarga qarshi chiqqan amakilari Umarbiy va Fozilbiy Nasafni egallashgan. Samarqandda ham isyon kо’tarilgan. Amir Sayid Haydar ular ustiga katta qо’shin bilan kelib, beklar va amakilarini mag’lubiyatga uchratgan hamda Umarbiy va Fozilbiy kenagaslardan 200 kishini qatl qildirgan. Buxorolik mashhur tarixchi olim va davlat arbobi Mirzo Salimbek о’zining ―Tavorrixi mutaqaddimin va Muttaaxirin» asarida yozishicha Amir Haydar Markaziy hokimyatni mustahkamlash uchun Samarqandga Davlat qо’shbegini Jizzaxga, Aflotun tо’qsobani О’ratepaga hokim qilib tayinlagan. Amir Haydar Xurosonga ham muvofaqqiyatli xarbiy yurishlar qilib Badahshon, Qunduz va Maymanani Buxoro amirligiga qaytargan. Xususan, Balh mamlakat uchun muhim axamiyatga ega bо’lgan strategik shahar edi. U Afg’on podshosi Shujo Al-Mulk ibn Temurshox Duroniy bilan dо’stona munosabatlar о’rnatishga erishgan. Buxoro amirligining barqaror siyosiy hayoti Mang’itlar sulolasi hukmronligi davrida, qisman Amir Haydar davrida Ashtarxoniylar hukmronligi davriga qaraganda iqtisodiyotning о’sishiga olib keldi. Bu narsani dehqonchilik yerlarining kengayishi, doimiy qо’shinnning tashkil etilishi, hunarmandchilik, ichki va tashqi savdoning о’sishi, Rossiya bilan diplomatik munosabatlarning jonlanishida kо’rish mumkin. Download 272.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling