Tarix va yuridik fakulteti «arxeologiya va buxoro tarixi» kafedrasi
Qо‗qon xonligida savdo munosabatlari, pul islohotlari. Soliqlar
Download 272.48 Kb.
|
2 kurs o\'zb tarx majmua
Qо‗qon xonligida savdo munosabatlari, pul islohotlari. Soliqlar.
XVIII asr boshlarida tashkil topgan Qо‗qon xonligida asta-sekin iqtisodiy hayot izga tushdi. Ichki va tashqi savdo taraqqiy etib, aholining farovonligi oshdi. О‗z navbatida xonlik hukmdorlari ham savdoning rivojlanishiga xomiylik qilib, bozorlar, karvonsaroylar, savdo rastalari va dо‗konlar barpo etdilar, bozorlardagi savdo-sotiq jarayonini nazorat ostiga oldilar. XVIII asr oxirlarida Qо‗qon xonligining о‗z puliga ega bо‗lishi savdo munosabatlarini rivojida muhim omil vazifasini о‗tadi. Savdo-sotiq xonlik aholisi hayotining ajralmas qismi hisoblanib, yirik shaharlarda ikki va uch marta, katta qishloqlarda hamda bir nechta kichik qishloqlarni tutashtiruvchi hududlarda haftada bir marta bozorlar tashkil etilgan.
410 Қўқон хонлигида савдо муносабатлари. 42-б. 411 Ўша жойда 195 atrofdagi qishloqlarda yetipggirilgan xom-ashyodan tayyor mahsulot ishlab chiqarish yо‗lga qо‗yildi. Xonlikda ma‘lum bir hunarmandchilik turining rivojlanganligi va о‗ziga xos mahsulot turlari bilan alohida markazlar ajrala boshladi. Xususan, Qо‗qon qogoz, zargarlik buyumlari, egar va ot- aravalari, Toshkent qо‗shni dasht aholisi orasida talab katta bо‗lgan ipdan tayyorlangan matolari va hunarmandchilik buyumlari, Margilon va Xо‗jand ipak mahsulotlari, Ush va Andijon kо‗nchilik va chorvachilik mahsulotlari, Namangan bogdorchilik mahsulortlari va yogoch buyumlari, Turkiston, Chimkent, Avliyoota, Sayram shaharlari chorva va chorvachilik mahsulotlari bilan ajralib turgan. Shaharlarda hunarmandchilikning taraqqiy etib borishi raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarilishini ham kо‗paytirdi. Natijada, mahalliy о‗troq aholi bilan bir qatorda chо‗l va tog‗ zonalarida yashovchi aholi xonlik hunarmandlari tomonidan tayyorlangan mahsulotlar bilan о‗z ehtiyojlarini qondira boshladi. Iqtisodiy markazlar sonini kо‗payib, hunarmandchilikning taraqqiy etib borishi qо‗shni xudud aholisini shaharlarga intilishini kuchayishiga olib keldi va etnointegratsion jarayonlarni tezlashtirdi. XVIII asr ikkinchi yarmida Qо‗qon xonligida iqtisodiy islohotlarning о‗tkazilishi va uning natijasida xonlik о‗z puliga ega bо‗lishi ham savdoni munosabatlari taraqqiyotida muhim omillardan biri vazifasini bajargan. Xonlik bozorlarida turli mahalliy og‗irlik va uzunlik о‗lchov birliklari bо‗lganligi, bu yerda asrlar davomida shakllangan savdo madaniyati davom ettirilganligi, bu birliklar tarixiy taraqqiyotga qarab о‗zgarib turganligini kо‗rsatadi. Ichki va tashqi savdo munosabatlarining taraqqiy etishi natijasida xonlik hududiga Yevropa og‗irlik va uzunlik о‗lchov birliklari kirib kelgan. Qо‗qon xonligi ichki siyosiy hayotida amalga oshirilgan eng asosiy ishlardan biri bu pul sohasidagi islohotlarning amalga oshrilishi bо‗lgan. Qо‗qon xonlari XVIII asr 70 - yillariga qadar mamlakatning siyosiy mustaqilligini saqlab qolish va ichki urushlarni oldini olish bilan mashgul bо‗lgan. Shu bois, ichki savdo munosabatlaridagi oldi-sotdi jarayoni qо‗shni xonliklar pullari, asosan Buxoro tangalari va mol ayriboshlash orqali amalga oshirilgan. Norbо‗tabiy Qо‗qon taxtiga о‗tirganidan sо‗ng pul islohatini amalga oshirdi. Bu xususida Muhammad Solihxо‗ja,- 196 "Norbо‗taxon taxtga chiqqach uning adolatparvarligi ovozasi turli tarafga yoyilib, shariat rivoj topdi va uning nomidan dinoriy va dirham tangalar zarb etildi", - deb ma‘lumot bergan. Ma‘lumotlarga kо‗ra, Norbо‗tabiy mis (fuls) chaqalar zarb ettirgan va bu mis chaqalar xalq orasida "qora pul" deb atalgan412. Niyoz Muhammad Xо‗qandiy ma‘lumotlariga kо‗ra, Norbо‗tabiy qora fuls tangalarni joriy qilgan va bitta shunday tangaga qо‗y bergan. Norbо‗tabiydan sо‗ng xonlik taxtiga chiqqan har bir xon о‗z nomidan yangi pul zarb ettirgan va eskisini yigishtirib olgan. Qо‗qon xonlari kо‗proq chaqa pul, ba‘zilari oltin tanga zarb ettirgan. Xususan, Norbо‗tabiy mis chaqa, Olimxon mis chaqa va kumush tanga, Umarxon dastlab mis va kumush tanga hamda hukmronligining sо‗nggi yillarida yana pul isloxoti о‗tkazib, ilk bora xonlik tarixida oltin tangalarni muomalaga kiritgan. Muhammadalixon о‗z hukmronligi davomida ikki marta pul isloxoti о‗tkazib, mis, kumush va oltin tangalar zarb ettirgan. Shuningdek, Sheralixon, Xudoyorxon, Mallaxonlar ham mis, kumush va oltin tangalar zarb ettirganlar. Hatto, bir necha oy hukmronlik qilgan Shohmurod oltin va kumush, Sayyid Sulton oltin, kumush va mis, Pо‗latxon va Nasriddinbek esa kumush tangalar zarb ettirgan. Qо‗qon xonligi tangalarining bir tomoniga uni zarb ettirgan hukmdor nomi, ikkinchi tomoniga zarb yili va joyi yozilgan. Xususan, Umarxon tomonidan zarb ettirilgan tanganing bir tomoniga, "musulmonlar amiri Sayid Muhammad Umar Sulton", ikkinchi tomoniga "1237 yil poytaxt Qо‗qonda zarb etildi", Muhammadalixon zarb ettirgan tanganing bir tomoniga, "Muhammad Ali-G‗ozi Umar о‗gli 1247 yil", ikkinchi tomoniga "poytaxt Qо‗qonda zarb etildi, 1247 yil", Xudoyorxon 1274 yil (1857 - 1858) zarb ettirgan oltin tangasi bir tomoniga, "Sayid Muhammad Xudoyorxon 1274 yil", ikkinchi tomoniga "Qо‗qandi Latifda zarb etildi 1274 yil" va Mallaxon 1275 yil (1858 - 1859) zarb ettirgan tillo tanganing birinchi tomoniga, "Sayid Muhammad Malla Baxodurxon 1275 yil", ikkinchi tomoniga "Hо‗qandi Latifda zarb etildi 1275 yil", - deb qayd etilgan. Qо‗qon xonligining oltin puli - tillo, kumush - tanga yoki kо‗qon, mis - chaqa deb atalgan. Mahalliy aholi kumushdan ishlangan tangani "oq 412 Қўқон хонлигининг маъмурий-бошқарув тизими (1709-1876 йй.). 39-б. 197 tanga", misdan ishlangan tangani "qora tanga" deb atagan. Xonlik tangalari sifati va vazni turli xil bо‗lgan. Muhammadalixon 1249 (1833 - 1834) yilda ogirligi 1 misqol bо‗lgan tillo tanga zarb ettirgan hamda vasiqasida "Tilloyi ahmari a‘loyi Xо‗qandiy, zarbi amir Muhammad Alixoni G‗oziy", nomi bilan qayd etilgan. Xudoyorxon 1274 yil (1857 - 1858) zarb ettirgan tillo tangasi ogirligi 3,07 gramm, Mallaxon 1275 yilda (1858 - 1859) zarb ettirgan tillo tanganing og‗irligi 4,58 gramm bо‗lgan XIX asr 70 - yillaridagi Qо‗qon tillo tangasining 77,60 dan 82,80 foizigacha toza oltin hisoblangan. Qо‗qon kumush tangasi ham turli xil vaznda zarb etilgan. Xususan, 1870 - 1871 yillarda Toshkent ximiya laboratoriyasida tekshirilgan kumush tanga ogirligi 2,79 dan 2,88 gramgacha (0,75 misqol), soflik darajasi 61- 89,5 bо‗lgan.413 Qо‗qon xonligida soliq tizimi mahalliy boshqaruv tizimi bilan chambarchas bog‗liq bо‗lgan, u ma‘sul etilgan muhim jabhalardan biri edi. Mamlakat ahlidan yig‗iladigan soliqlarning asosiy qismi viloyatlarda tо‗plangan va markaziy davlat xazinasiga yuborilgan edi. Xonlikning soliq tizimida faoliyat yuritadigan mansabdorlar sarkor (yoki mirzaboshi), amlokdor, mirzolardan iborat bо‗lib, ularga mahalliy boshqaruvdagi ariq oqsoqoli, mirob, amin va oqsoqollar ham yordam berar edi. Qо‗qon xonligi soliq tizimi tepasida sarkorlar turgan bо‗lib, ular har bir viloyatda ish yuritishgan. Arxiv hujjatlaridan ma‘lum bо‗lishicha, sarkorlar qо‗rboshi, qо‗riqchiboshi nomlari bilan ham atalgan. Xonlikda soliq tizimini yuritishda maxsus umumiy kirim-chiqim daftarlari bо‗lib, ularda soliq va tushum turlari, soliq undirilgan ma‘muriy birliklar hamda xazinaga berilgan pullar summasi alohida qayd qilib borilgan. Qо‗qon xonligida ham soliqlar о‗zining uzoq tarixiy davr mobaynida shakllangan turlarini deyarli о‗zgarishsiz saqlab qolgan edi. Davlat g‗aznasiga tushadigan asosiy soliq turlari xiroj, tanobona va zakotdan iborat edi. Xonlikda tanobona solig‗i ham xiroj singari yer solig‗i hisoblansada, bunday soliq pul hisobida undirilgan. 1870 yilga oid arxiv ma‘lumotlarida kо‗rsatilishicha, tanobona hosildorlikka qarab bir tanob yerdan 5 tangadan 10 tangagacha olingan. «Xon soliq» pul yig‗imi bо‗lib, har bir xonadondan yiliga tо‗rt tangadan sakkiz tangagacha olingan. Bu soliq aholidan harbiy 413 Қўқон хонлигида савдо муносабатлари. 43-б 198 harakatlar uchun yoki qо‗shinning moddiy ehtiyojini qoplash uchun olingan. Soliq va yig‗imlardan tashqari davlat byudjetiga tushadigan turli tо‗lovlar ham mavjud bо‗lib, bu tо‗lovlar nikohona, tarikona, pandjyak, kema puli, kax puli, bozor yig‗imidan iborat edi. Nikohona nikohlanish vaqtida tо‗lanadigan davlat boji hisoblangan bо‗lsa, tarikona merosni taqsimlashdan olingan414. Xonlikda soliq va tо‗lovlardan tashqari, turli mehnat majburiyatlari ham mavjud bо‗lib, ular kо‗proq suv inshootlari qurilishida va bahor oylarida obodonchilik ishlarida keng qо‗llanilgan.
Download 272.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling