398 Агзамова Г. А. Сўнгги ўрта асрлар Ўрта Осиѐ шаҳарларида ҳунармандчилик ва савдо. - Т.,
Ўзбекистон, 2000.-Б. 31.
399 Қўқон хонлигида савдо муносабатлари. 44-б
189
Namangan tamakasi bilan raqobatlasha oladigan tamaki yо‗q – deb,
ta‘kidlaydi.400
XIX asr boshlarida О‗sh atroflarida yashovchi aholi katta yerlarni
о‗zlashtirganligi sababli Andijon atroflariga Oqbura daryosi suvi kelmay
qolgan. Natijada, Andijon atroflaridagi botqoqliklar qurib, sholikorlik
taraqqiy etgan va Andijon sholisi atrofda mashhur bо‗lgan. Xо‗jand
atroflari ham sholi yetishtirish markazlaridan bо‗lib, har yili katta
miqdorda guruch xonlik shaharlariga va Buxoro bozorlariga olib borib
sotilgan.
Qо‗qon xonligida hunarmandchilik. Xonlik shaharlari yirik
iqtisodiyot markazlar edi. Ularda istiqomat qiluvchi aholining asosiy
mashg‗uloti hunarmandchilik, savdo, qisman dehqonchilik va
bog‗dorchilikdan iborat bо‗lgan. Qо‗qon xonligi shaharlarida
hunarmandchilikning turli sohalari rivojlangan. Shuningdek, ba‘zi
shaharlar hunarmandchilikning ayrim turlari faqatgina shu yerda
rivojlanganligi bilan ajralib turgan. Hunarmandlarining asosiy
mashgulotlaridan biri tо‗qimachilik hisoblangan. Tо‗qimachilikning asosiy
xom-ashyosi mahalliy dehqonlar tomonidan yetishtirilgan paxta edi.
Xonlikda keng tarqalgan tо‗qimachilik mahsuloti bо‗z yoki karbas deb
nomlangan. XVIII asr 70 - yillarida О‗rta Osiyo xonliklari, xususan,
Qо‗qon xonligida bо‗lgan Filipp Yefremov - "Qо‗qon va uning
shaharlarida ipak va yarim ipak mahsulotlari, bо‗z ishlab chiqarish hamda
ulardan chopon va boshqa buyumlar tayyorlash rivojlangan, qо‗qonliklar
savdoda buxoroliklar bilan raqobatlasha oladilar", - deb yozgan edi401.
Xonlikda Qо‗qon va Toshkent shaharlarida bо‗z tо‗qish rivojlangan
va sifati bо‗yicha ham taniqli hisoblangan. Xususan, Toshkentda "kо‗k
bо‗z" va "oddiy bо‗z" turlari kо‗p tо‗qilgan va mahalliy aholi bilan bir
qatorda qо‗shni hududlarda yashovchi chorvodor aholi tomonidan kо‗plab
harid qilingan. Xonlik shaharlarida tо‗qilgan mahsulotlarning bir qismini
olacha tashkil etgan. Olacha matosining asosiy haridori chorvador qozoq
va qirg‗izlar hisoblanib, ular savdo qiladigan asosiy markazlar - Toshkent
va Namangan shaharlarida bu matoni tayyorlash rivojlangan. XIX asr 70 -
Do'stlaringiz bilan baham: |