Tarix va yuridik fakulteti «arxeologiya va buxoro tarixi» kafedrasi


Download 272.48 Kb.
bet43/47
Sana13.02.2023
Hajmi272.48 Kb.
#1192813
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
Bog'liq
2 kurs o\'zb tarx majmua

402 Ўша жойда 34-б
403 Агзамова Г. А. Сўнгги ўрта асрлар Ўрта Осиѐ шаҳарларида ҳунармандчилик ва савдо. - Т.,
Ўзбекистон, 2000.-Б. 19.
191
oshirilgan. Qо‗qon xonligi xunarmandlari tomonidan tayyorlangan matolar
orasida atlas taniqli hisoblangan. Marg‗ilonda bu gazlama "atlas" yoki
"jiba arqoq" nomi bilan mashhur bо‗lgan. Arxiv ma‘lumotlariga kо‗ra,
1876 yil Qо‗qonda 276 ta shoyi, 428 ta ip-gazlama tо‗qish ustaxonasi, 232
yigiruv dastgohi va yiliga 3000 arshin atlas ishlab chiqarish imkoniyatiga
ega bо‗lgan kо‗plab ustaxonalar ishlab turgan.404 Shuningdek, Xо‗jandda
ham "duriya" nomi bilai ataluvchi atlas turi ishlab chiqarilgan bо‗lib, bu
mato Marg‗ilon hamda Qо‗qonda tayyorlangan atlaslardan qolishmagan va
xonlik bozorlaridan tashqarida ham ancha mashhur bо‗lgan. Vodiy
shaharlarida tayyorlangan matolar katta miqdorda Toshkent bozorlariga
keltirilgan va bu mahsulotlar shu turdagi Toshkent matolari bilan raqobat
qila olgan405.
Qо‗qon xonligida yetishtirilgan ipak va paxta xom-ashyosi hamda
ulardan tayyorlangan mahsulotlar О‗rta Osiyoning ichki bozorlarida о‗ziga
xos mavqeiga ega bо‗lgan. Biroq, bu mahsulotlar qо‗l mehnati asosida
tayyorlangan va aksariyat xollarda ularning sifati talab darajasida emasligi,
XIX boshlaridan Urta Osiyo bozorlariga ingliz va rus mollarini kirib
kelishi bilan raqobatbardoshlik qobiliyatini yо‗qotdi. Natijada, Qо‗qon
xonligi ham boshqa О‗rta Osiyo xonliklari kabi xom-ashyo yetishtiruvchi
mamlakatlardan biriga aylana boshlagan. О‗rta Osiyo xalqlari orasida
rо‗zg‗orda keng ishlatiladigan kulolchilik mahsulotlariga talab doimo katta
bо‗lgan. Buxoro va Xiva xonliklari kabi Qо‗qon xonligi ham о‗ziga xos
kulolchilik maktabiga ega edi. Qо‗qon xonligi kulolchilik markazi Rishton
shahri hisoblanib, bu yerda tayyorlangan mahsulotlar nafaqat shahar, balki
qishloq aholisi ehtiyojini qondirishda muhim ahamiyat kasb etgan.
Xonlikda kо‗plab qurilishlar olib borilishi natijasida katta shaharlarda
g‗isht quyadigan xumdonlar vujudga kelgan. Xususan, Rossiya istilosiga
qadar Namangandagi Yangiariq kanalining chap qirg‗og‗ida g‗isht
quyuvchi xumdonlar bо‗lgan va ularda tayyorlangan g‗ishtlar mahalliy
inshootlarni barpo qilishda, madrasa, masjid, karvonsaroy va boshqa
qurilish ishlarida keng foydalanilgan .
404 Агзамова Г. Марғилон ҳунармандчилигигига оид айрим маълумотлар // Маргилон шаҳрининг
Жаҳон цивилизацияси тарихидаги ўрни. Маргилон шаҳрининг 2000 йиллик юбелийига бағишланган
халкаро илмий конференцияси материаллари. - Тошкент - Марғилон., 2007. - Б. 115.
405 Қўқон хонлигида савдо муносабатлари.. 38-б
192
Xonlikda yog‗och va metalga ishlov berish, temir buyumlar ishlab
chiqarish ham о‗ziga xos tarzda rivojlangan. Qо‗qon, Toshkent,
Namangan va Andijon shaharlarida yog‗ochga ishlov beruvchi, temir
buyumlar ishlab chiqaruvchi va boshqa kо‗plab ustaxonalar mavjud bо‗lib,
ular asosan bozorlardagi xunarmandchilik dо‗konlarida joylashgan. Ularda
tayyorlangan mahsulotlar dо‗konlarning о‗zida sotilgan. Xonlik
shaharlarida hunarmandlarning bunday dо‗konlari kо‗pchilikni tashkil
etib, XIX asrda birgina Qо‗qonning о‗zida 400 ga yaqin misgar, 100 ga
yaqin kandakor faoliyat yuritgan. Shuningdek, Rossiya istilosiga qadar
Toshkentda 100 dan ortiq temirchilik ustaxonasi mavjud bо‗lib, ularda
tayyorlangan buyumlar xonlik va qо‗shni dasht aholisi tomonidan
qadrlangan406. Xonlikning daryo bо‗ylarida va ularga yaqin hududlarida
joylashgan shaharlarida qayiqsozlik va kemasozlik ham taraqqiy etgan. Bu
shaharlar jumlasiga Qо‗qon, Toshkent, Namangan va Xо‗jand shaharlarini
misol qilish mumkin. Metallga ishlov berish va undan turli buyumlar
yasash markazi sifatida xonlikdagina emas, balki О‗rta Osiyoda ham о‗z
о‗rniga ega bо‗lgan shaharlaridan biri Namangan hisoblangan. Kurolsozlik
rivojlangan bu markazda miltiq va qilichlar tayyorlangan407. Temirchilik
xonlikning boshqa shaharlarida ham taraqqiy etgan. Xususan, Chust,
Shahrixon, Qо‗qon, Poytug‗, Qorasuv shaharlari Farg‗ona vodiysining 5 ta
metall buyumlar, asosan, pichoq ishlab chiqarish markazlari bо‗lib,
ularning uchtasining bozori Andijonda joylashgan. Qо‗qon xonligida
taraqqiy etgan о‗ziga xos hunarmandchilik turlaridan biri aravasozlik edi.
Aravasozlik Qо‗qon, Toshkent, Namangan va Marg‗ilon shaharlarida
rivojlangan bо‗lib, xonlikda tayyorlangan aravalar "Qо‗qon arava" nomi
bilan О‗rta Osiyoda tanilgan. Chunki, Qо‗qon aravasozlik va egar-jabduq
tayyorlash bо‗yicha О‗rta Osiyoda yetakchilik qilgan. Qо‗qon arava 25 –
40 pudgacha408 yuk kо‗tara olgan va asosan otlar yordamida manzilga olib
borilgan. Bu aravalardan ichki va tashqi savdoda faol foydalanilgan.
406 Абдуллаев T. XIX - XX асрларда ўзбек кандакорлиги. - T., 1974. - Б/103
407 Мусаев Д., Ҳошимов Ҳ. Андижоннинг XIX аср оҳири - XX аср бошлари даври хунармандчилиги
тарихини ўрганилишига доир // Марғилон шахрининг Жаҳон цивилизацияси тарихидаги ўрни.
Марғилон шахрининг 2000 йиллик юбелийига бағишланган халкаро илмий конференцияси
материаллари. - Тошкент - Марғилон. 2007.-Б. 123.
408 Пуд - оғирлик ўлчов бирлиги бўлиб, 1884 йилги маълумотларга кўра 10 Қўқон пуди 163,805 кг.га
тенг бўлган.
193
Zargarlik qadimdan О‗rta Osiyo xalqlari orasida qadrli kasblardan
bо‗lgan. Qо‗qon xonligida ham bu soha о‗ziga xos tarzda taraqqiy etgan
bо‗lib, О‗rta Osiyo xalqlari an‘analariga mos ravishda zargarlik
ustaxonalari yirik shaharlarning markazlarida joylashgan. Zargarlik
buyumlari tayyorlash borasida poytaxt Qо‗qon yaqqol ajralib turgan va
О‗rta Osiyoda faqatgina Buxoro u bilan raqobat qila olgan. Shuningdek,
Toshkent zargarlari ham о‗z uslubiga ega bо‗lganlar. Ular qо‗shni dasht
hudud aholisi uchun mо‗ljallab, nisbatan arzon zargarlik buyumlarini
kо‗proq tayyorlaganlar.
Xonlik aholisining kо‗chmanchi xalqlar bilan iqtisodiy aloqalarining
rivoji mamlakatda kо‗nchilik va teriga ishlov berish xunarining
taraqqiyotiga samarali ta‘sir kо‗rsatgan. Bunday hunarlar rivojlangan
markazlar shaharlar edi. Qо‗qon, Toshkent, Andijon va О‗sh shaharlari
kо‗nchilik markazlari bо‗lib, bu yerlarda terini qayta ishlash va undan
poyabzal tayyorlash bilan birga teridan kiyim-kechak, bosh kiyim, suv va
qimiz uchun meshlar ishlab chiqarish yо‗lga qо‗yilgan. Xususan,
mamlakat poytaxti Qо‗qonda chorva terilarini oshlash, ishlov berish, turli
rangga bо‗yash va ulardan etik, kavush, mahsi tayyorlash ham ancha
ravnaq topgan edi. XIX asr 60 - yillarida Toshkentda teridan tayyor
mahsulot ishlab chiqarish va sotish bilan 60 ta dо‗kon shug‗ullangan.
Xonlikda tayyorlangan poyabzallarga mahalliy aholi bilan bir qatorda
chorvachilik bilan shug‗ullanuvchi chо‗l va tog‗ oldi hududlar aholisi,
asosan, qozoq va qirg‗izlar orasida talab katta bо‗lgan.
Xonlik shaharlarida sovun ishlab chiqarish hunari ham о‗ziga xos
tarzda rivojlangan. Sovungarlar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar
orqali mahalliy aholining sovunga bо‗lgan ehtiyoji qondirilgan. Marg‗ilon
о‗zining ipak matolari qatorida kulrang va qora rangdagi sovuni bilan
mashhur bо‗lgan bо‗lsa, Toshkentda tayyorlangan kulrang sovunga
mahalliy aholi orasida talab katta edi.409
Poytaxt Qо‗qonda tayyorlangan qog‗oz О‗rta Osiyoda mashhur
hisoblangan va ilm-ahli orasida qadrlangan. XVIII asr boshlarida
Qо‗qonda ikkita qog‗oz ishlab chiqarish korxonasi mavjud bо‗lib, ularning
biri shaharning "Mо‗yi Muborak" darvozasi yaqinida, ikkinchisi shahar
409 Қўқон хонлигида савдо муносабатлари. 42-б
194
yaqinidagi Chorsu qishlog‗ida joylashgan edi. Qо‗qonda ishlab chiqarilgan
qog‗oz butun О‗rta Osiyo bozorlariga olib ketilgan.410
Xonlikning poytaxti Qо‗qonda muqovasozlik hunari ham rivojlangan
bо‗lib, Namangan Qо‗qon kabi muqovalash hunari rivojlangan
shaharlardan bо‗lgan, bu yerda charm va qog‗ozdan yaratilgan muqovalar
О‗rta Osiyoning yirik markazlari - Samarqand va Xivada tayyorlangan
muqovalardan qolishmas edi.411
Xonlik shaharlarida о‗simliklardan turli rangdagi bо‗yoq tayyorlash
va ip-gazlama, ipak hamda ipak matolarni bо‗yash hunari rivojlangan edi.
Xonlikda bu sohada Namangan yetakchilik qilgan. Bu shaharda ipakni
bо‗yashda asosan norpus (qora anor) bо‗yog‗idan foydalanilgan bо‗lib,
xonlikning turli hududlaridan bu yerga katta miqdorda ipakni bо‗yatish
uchun olib kelganlar. Qо‗qon xonligida О‗rta Osiyoning boshqa xonliklari
kabi rо‗yan (marena) deb nomlangan butasimon о‗simlik ildizidan tabiiy
qizil rangdagi bо‗yoq tayyorlangan va u bilan qizg‗in savdo amalga
oshirilgan. Bu bо‗yoq ham xonlik hududida asosan Namanganda
tayyorlangan.

Download 272.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling