Tarix va yuridik fakulteti «arxeologiya va buxoro tarixi» kafedrasi
Download 272.48 Kb.
|
2 kurs o\'zb tarx majmua
Buxoro amirligida tashqi savdo. Xiva xonligi va Buxoro
amirligining Rossiya imperiyasining mustamlakalari ekanligi va bu davlatlarning boshqaruvi va ayni vaqtda ularning tashqi siyosiy va iqtisodiy munosabatlari ustidan nazorat qilish bevosita Turkiston generalgubernatorligi vakolatlariga kiritilgan.610 Bunda Buxoro amirligining tashqi iqtisodiy va siyosiy aloqalardagi har bir xatti-harakati diqqat bilan kuzatib turilgan. Agarda Buxoro amirligiga yoki u bilan hududlari tutash bо’lgan turkmanlar yerlariga general-gubernatorlikning Angliya, Hindiston va boshqa mamlakatlardan nazoratisiz yoki ruxsatisiz savdo uchun tovarlar kiritiladigan bо’lsa, u holda bu mollar ortga qaytarib yubrilgan yoki musodara etilib, kim oshdi savdosiga qо’yib sotib yuborilgan, ayrim hollarda agar mollarning egasi aniqlanmasa, tovarlar yо’q qilingan. Aksariyat hollarda inglizlar nazorati ostida bо’lgan hududlardan Buxoro amirligiga sitrus mevalar, ziravorlar, qimmatbaho toshlar, bо’yoqlar olib keltirilgan.612 Tadqiqotchi B.Alimdjanovning kо’rsatib о’tishicha, Buxoro amirligi XIX asrning sо’nggi choragida aniqrog’i 1894 yilga qadar Rossiya va Turkiston general gubernatorligi uchun choy savdosida mintaqadagi asosiy raqobatchilardan biri bо’lib, ikkinchi raqobatchi sifatida Hindistonning Bombey viloyati bо’lganligi kо’rsatib о’tiladi.613 Choy Turkiston о’lkasiga asosan ikkita yо’nalish bо’ylab yetkazib berilgan bо’lib, birinchi yо’nalish Bombeydan. Temir yо’l orqali Peshovarga, undan sо’ng karvon yо’llari orqali Afg’oniston orqali Amudaryo bо’yidagi Kalifga va u yerdan Buxoroga keltirilgan bо’lsa, ikkinchi yо’nalish Bombey portlaridan dengiz orqali Karochi shahriga yoki Bandar Abbos portiga, u yerdan esa karvon savdo yо’llari orqali Eronning Dushak shahri orqali Buxoroga keltirilgan va har ikki holatda ham Buxoro orqali choy Turkiston general-gubernatorligi va Rossiya hududlariga yetkazib berilgan. Bu yо’llar birinchidan, savdo-sotiq va yuk tashish nuqtai-nazaridan juda havfli yо’nalishlar sanalsa, ikkinchidan, yо’lga va yuk tashishga ketadigan harajatlarning о’zi ham anchagina qimmatga tushardi, shuning uchun 1894 yilda Xitoydan Batumi portiga tranzit savdo yо’li yо’lga qо’yilgach, choy savdosidagi munosabatlarda keskin о’zgarishlar rо’y berdi. Bombey choy savdosidagi mavqeini yо’qotgan bо’lsa, aksincha, choy bilan savdo qiluvchi savdo shirkatlari о’zlarining faoliyatini endi Xitoyning Shanxay shahriga qaratdi. Choy Shanxaydan Batumiga yо’naltirildi, u yerdan Bokuga va Krasnovodsk orqali Buxoroga va Samarqandga keltirila boshlandi. Yо’l harajatlari 8-9 rubldan 4 rublgacha kamaydi va Buxoroning О’rta Osiyoda choy savdosidagi yetakchilik mavqeiga katta zarba berilgan edi.615 Amirlik xukumati chet ellik va rus savdogarlarining Buxoro bozoriga shiddat bilan yopirilib kelayotganliklarini, natijada mahalliy savdogarlarni siqib chiqarilayotganini nazarda tutib, buxoroliklar manfaatlarini muxofaza qilish maqsadida bir qancha chora tadbirlarni kо’rdi. Zakot qorakо’lga ham joriy etila boshlandi. Rus savdogarlariga 2.5% miqdorida soliq solindi, xorijliklar esa, har 10 ta qorakо’l terisi uchun 500 sо’m miqdorida qо’shimcha soliq tо’laydigan bо’ldilar. Buxorolik savdogarlarga boshqa mamlakatlarning savdo firmalari bilan raqobatda tenglashishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi. XVIII asrning ikkinchi yarmida Rossiya-Buxoro savdo va diplomatik aloqalari ancha rivojlandi. Bunda 1774-1776, 1779-80 yillarda Ernazar Maqsudov boshchiligida va 1797-yildagi Polvonquli qо’rchi elchiliklari katta ahamiyat kasb etdi. XIX asr boshlarida Rossiya-Buxoro aloqalari ancha faollashdi. Bu XIX asrning 20-yillarida О’rta Osiyoga suqilib kirishga harakat qilayotgan inglizlar bilan ruslar о’rtasidagi raqobatning keskinlashuviga olib keldi. Amirlik qо’shni xonliklar Afg’oniston, Hindiston, Eron davlatlari bilan ham savdo aloqalari olib bordi. Yirik savdo-sotiq markazi bо’lgan Buxoroda 1848 yilda 38 ta karvonsaroy, 9 ta tim va kо’plab bozorlar mavjud bо’lgan616.
Download 272.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling