Tarix va yuridik fakulteti «arxeologiya va buxoro tarixi» kafedrasi


Buxoro amirligida savdo munosabatlari va pul muomalasi


Download 272.48 Kb.
bet11/47
Sana13.02.2023
Hajmi272.48 Kb.
#1192813
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   47
Bog'liq
2 kurs o\'zb tarx majmua

Buxoro amirligida savdo munosabatlari va pul muomalasi.
Buxoro amirligi hukumdorlari va aholisi savdo-sotiq ishlariga katta e‘tibor
qaratishgan. Amirlikda hunarmandchilik va undagi ishlab chiqarishning
tarqqiy etishi doimiy savdo-sotiq munosabatlarining yanada kengayishiga
asos bо’lgan edi. XVIII asrning ikkinchi yarmida Buxoro amirligining
kо’pgina shaharlarida karvonsaroylar qurilishiga katta e‘tibor qaratilib, bu
holat savdo munosabatlari rivojini yanada mustahkamlashga xizmat qilgan
edi.
Ichki savdoning taraqqiy etishida amirlikda mavjud bо’lgan pul
muomalasining о’rni katta edi. Xususan, mang’itlar hukmronligi davrida
bu sohada birmuncha barqarorlik о’rnatilgan bо’lib, muomalada asosan
uch turdagi – tillo, tanga (kumush) va pul (mis) mavjud edi. Shahar hamda
qishloqlardagi savdo-sotiq va tо’lovlarda asosan tanga va pul ishlatilgan.
Buxoro amirligida qо’shni davlatlar va xalqaro savdo aloqalarini
rivojlantirishga katta e‘tibor berilgan. Tashqi savdo aloqalarida Xiva va
Qо’qon xonlari, qozoq va turkman dashtlari, Afg’oniston, Eron, Hindiston,
Qashg’ar va ayniqsa Rossiya bilan bо’lgan savdo munosabatlari ayniqsa
muhim о’rin tutgan edi. Kо’chmanchi qozoqlar amirlik bozorlariga
namatlar, jun, teri, gо’sht va sut mahsulotlari keltirgan bо’lsalar, dehqonlar
va hunarmandlar qozoq dashtlarini oziq-ovqat mahsulotlari, sabzavotlar,
kundalik ehtiyoj mollari, kiyim-kechaklar, paxta matoolari bilan
ta‘minlaganlar. Amirlikda turkman gilamlari va otlariga talab katta
bо’lgan. Turkmanlar amirlik bozorlaridan boshqa mahsulotlar bilan birga
kо’proq har xil matolar xarid qilganlar. XVIII asr oxiri-XIX asr
boshlaridan boshlab Buxoro amirligining tashqi savdo aloqalarida
Rossiyaning savdo shaharlari (asosan Orenburg va Astraxon) muhim о’rin
tuta boshladi. Rossiyaga qishloq xо’jalik mahsulotlari – teri, qorakо’l teri,
jun, paxta, ipak tolalar, turli matolar olib chiqilgan. Rossiyadan esa turli
fabrika mahsulotlari,chо’yan,mis, qо’rg’oshin keltrilgan304.
Mang’itlar sulolasi hokimiyat tepasiga kelgan dastlabki yillardayoq
Buxoro amirligida pul islohotlarini о’tkazib borilgan va deyarli har bir
amir vaqtida yangi tangalar zarb etib turilgan. Birinchi mang’it –
Muhammad Rahim va uning vorisi amir Doniyolbiy davrida zarb qilingan
kumush va oltin tangalar Joniylar davrida zarb qilingan tangalarga
о’xshash edi. Amir Doniyolning о’g’li Shoxmurod (Murodshoh) taxtga
chiqishi bilan 1785 yil pul islohotini о’tkazdi. Bu islohot tangalarga yangi
kо’rinish berishdan iborat bо’lib, shu asosda Mang’itlar tanga zarb qilishni
boshlab yubrdilar. Mang’itlar sulolasi (1753 -1920) tangalarida Joniylar
tangalariga nisbatan yozuvlar oz bо’lgan. Kumush tangalarning о’ng
tomonida tanga zarb qilingan shaharning nomi, ya‘ni «Himmatli Buxoro
zarbi» va raqamlar bilan sana kо’rsatilgan, ters tomonida podshoning nomi
va yana sana kо’rsatilgan. Mang’itlarda podsho nomini tangaga berish
yо’llari turlicha bо’lgan. Birinchi mang’it amiri Muhammad Rahimxon о’z
nomidan tanga zarb etgan. Lekin Shohmurod oldin Abdulg’oziy nomi
bilan, keyinchalik otasi Doniyolbiy nomi bilan tangalar chiqargan.
Shohmurod va uning vorisi amir Haydar dastlabki vaqtlarda bobosi yoki
otasining nomi bitilgan tangalarni zarb qildirgan bо’lsa, keyinchalik о’z
nomidan ham tangalar zarb qildirgan. Uning о’g’li Husayn atigi 75 kun
hukmronlik qilgan bо’lsa ham о’z nomi bilan kumush tangalar zarb
qilishga ulgurgan.
Keyingi barcha mang’it amirlari faqat ajdodlarining xotirasi uchun
tanga zarb qilganlar. Mang’itlarning kumush tangalari a‘lo sifatli sof
kumushdan ishlangan bо’lib, ularning og’irligi kamaygan va diametri
kichrayib borgan.
Yuqoridagilardan kо’rish mumkinki, Buxoro amirligining ichki va
tashqi iqtisodiy va siyosiy ahvoli birmuncha murakkablashgan bо’lsada,
iqtisodiy hayot о’ziga xos tarzda rivojlanish yо’lida davom etdi, biroq XIX
asrning ikkinchi yarmida sodir bо’lgan siyosiy jarayonlar amirlikning
iqtisodiy hayotida ham jiddiy о’zgarishlarning rо’y berishiga ta‘sir
kо’rsatdi.


Download 272.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling