Tarix va yuridik fakulteti «arxeologiya va buxoro tarixi» kafedrasi
Buxoro amirligida davlat boshqaruvi
Download 272.48 Kb.
|
2 kurs o\'zb tarx majmua
Buxoro amirligida davlat boshqaruvi. XIX asrga kelib, Buxoro
amirligining hududi qariyb 200 ming kvadrat kilometrni tashkil etdi. Uning chegaralari janubda Amudaryoning sо’l qirg’og’idan boshlanib, Sirdaryogacha chо’zilib, qozoq juzlari bilan chegaradosh edi. Amirlik sharqda Pomir tog’laridan, g’arbda Xiva xonligi chegaralarigacha bо’lgan hududni egallab turardi. Buxoro va Samarqand kabi yirik shaharlar joylashgan Zarafshon vodiysi amirlikning markaziy qismi hisoblanardi. Qashqadaryo va Surxondaryo vohalari, hozirgi Tojikiston hududidagi Vaxsh, Kofirnihon, Panj daryolari vodiysida joylashgan shahar va qishloqlar, shuningdek, Turkmaniston hududiga kirgan Murg’ob daryosi vohalaridagi yerlar ham Buxoro amirligiga qarar edi. Buxoro amirligining poytaxti Buxoro shahri edi. Yirik shaharlardan Samarqand, Qarshi, Shahrisabz, Kitob, G’uzor, Termiz, Sherobod, Hisor, Dushanbe, Kо’lob va boshqalar amirlik tasarrufida edi. Marv va Chorjuy shaharlari uchun Buxoro amirligi va Xiva xonligi о’rtasida, Jizzax, О’ratepa va Xо’jand shaharlari uchun Buxoro amirligi bilan Qо’qon xonligi о’rtasida tez-tez urushlar bо’lar, bu shaharlar qо’ldan-qо’lga о’tib turardi. Xonliklardagi ayrim hududlar markaziy hokimiyatga bо’ysunmaslik, mustaqil siyosat olib borishga intilar edi. Ular qatoriga Hisor, Shahrisabz, О’ratepa, Xо’jand, Panjikent, Qorategin, Darvoz, Rushon, Shug’non va boshqa hududlar kiradi. XVII asr Buxoro xonligida iqtisodiy va siyosiy tushkunlik kuchaygan davrda Farg’ona vohasi xonlikdan alohida о’lka sifatida ajralib chiqdi va XVIII asrning boshlarida Qо’qon xonligiga asos solindi. XIX asrning birinchi choragiga kelib Qо’qon xonligiga Toshkent, Turkiston, О’rtatepa, Xо’jand kо’shib olindi. Buxoro amirligi 27 beklikka bо’lib idora qilingan, bular - Karmana, Xatirchi, Ziyovuddin, Nurota, Qarshi, Kitob, Shahrisabz, Chiroqchi, Yakkabog’, G’uzor, Boysun, Sherobod, Denov,Karki,Chorjо’y, Hisor, Kо’lob, Qorategin, Darvoz, Baljuvon, SHо’g’non-Rо’shon, Qо’rg’ontepa, Qabodiyon Kalif, Bо’rdalik, Qobog’li va Xorazm bekliklaridan iborat edi. Har bir beklikni amir tomonidan tayinlab qо’yiladigan hokimlar - beklar idora qilgan. Ayrim adabiyotlarda Buxoro amirligi tarkibida bо’lgan bekliklarning soni turlicha kо’rsatilishi holatlari ham uchraydi. Masalan, XX asr boshlariga kelganda Buxoro amirligi ma‘muriy jihatdan 28 ta beklikka bо’lingan edi. Bular: Chorjо’y, Karmana, Ziyovuddin, Nurota, Xatirchi, Kitob, Shahrisabz, Chiroqchi, Yakkabog’, G’uzor, Boysun, Qorategin, Denov, Hisor, Darvoz, Baljuvon, Shug’non, Rushon, Kо’lob, Qо’rg’ontepa, Qabodiyon, Sherobod, Kalif, Karki, Budalik, Qaboqli, Qarshi va Narozim. Ammo Buxoro amirligi bekliklarining ma‘muriyhududiy tuzilishi beqaror bо’lganligi-dan kо’pgina amlakdorliklar aholisining soniga qarab tashkil etilgan yoki bо’lmasa, tugatilib, boshqa amlakdorliklarga qо’shib yuborilgan. Soliq tо’lash imkoniyati past bо’lgan amlakdorliklar tez orada tugatib yuborilgan280. XVIII asr oxirida Buxoro amirligi hududiga Zarafshon hamda Qashqadaryo vohalaridagi mulklar kirgan bо’lsa. XIX asr boshlariga kelib, amirlik tarkibiga bu xududlardan tashkari Surxon vohasi, Hisor, Xо’jand, О’ratepa, Panjikent hamda Zarafshon daryosining yuqori oqimi va janubiy Turkmanistonning katta qismi xam kirgan. XIX asr о’rtalarida Buxoro amirligi tasarrufida 44 ta beklik bо’lganligi ayrim mualliflar tomonidan kо’rsatib о’tiladi. Boshqa bir adabiyotda Mang’itlar sulolasi davrida amirlik 30 ta beklik va tumanlardan iborat ma‘muriy birliklardan tashkil topganligi kо’rsatib о’tilib, har bir beklik hokimi xirojning bir qismini amirga yuborib turganligi qayd etilgan282. Buxoro amirligi haqida kо’plab qimmatli ma‘lumotlarni kо’rsatib beruvchi asar muallifi D.N.Logofet esa Buxoro amirligi xududiy jihatdan 25 ta beklikka bо’linganligini va bekliklar о’zlarining markazlari hisoblangan shaharlar nomi bilan yuritilganligini kо’rsatib о’tadi283. Buxoro amirligining davlat va xuquq tizimi borasida sо’z yuritgan Z.Muqimov esa ma‘muriy-doiraviy tuzilishi bо’yicha bu davrda Buxoro amirligi 29 viloyat (beklik)dan iborat bо’lganligi, qо’shbegining tavsiyasiga kо’ra, ularni amir tomonidan tayinlanadigan hokimlar (beklar) boshqarganligini kо’rsatib о’tadi. Mang’itlar davrida davlat boshqaruvi asosan ikki bо’g’inli, ya‘ni markaziy va va mahalliy boshqaruvdan iborat bо’lib, ularning har biri musulmon davlatlarga xos bо’lgan murakkab boshqaruv tarmoqlariga ega edi. Markaziy ijroiya xokimiyat saroy ayonlaridan tashkil topgan edi. Mang’itlar sulolasi boshqaruvi davrida qо’shbegi mansabini egallagan lavozim egasining mavqei nixoyatda oshib ketdi. Bu mansab egasi amalda bosh vazir vazifasini xam bajarar edi. Davlat boshqaruvida devonbegi, parvonachi, otaliq, dodxox, xudaychi, mirzoboshi va boshqa saroy ayonlari bilan bir qatorda Shayxulislom, qozikalon va muftiy kabi diniy raxbarlarning xam mavqei nixoyatda baland edi. Maxalliy boshqaruv viloyat beklari qо’lida edi. Ularning xam odatdadagidek о’z boshqaruv tizimi mavjud bо’lib, mirshabboshi, soliq yig’uvchi amaldorlar (tanobchi, zakotchi), rais kabi diniy mansabdorlar, qishloq oqsoqollari yordamida bekliklar tomonidan idora qilinar edi. Viloyat beklari amir tomonidan tayinlangan va kо’p xollarda bu lavozimga mang’it urug’idan bо’lgan kishilar tayinlangan edi. Mang’itlar sulolasi davrida о’tkazilgan ma‘muriy isloxotlar tufayli davlatning asosiy ma‘muriy birligi bekliklar bо’lib qoldi. Amirlik xududi amir Nasrullox davrida eng kengaygan xududlarni tashkil etib, bu davrda amirlik xududlari 30 ta beklikka bо’lingan edi.285 Amirlikdagi bekliklar о’z hududi, nufuzi va boshqa kо’pgina jihatlari bilan bir-biridan farqlanar edi. Bekliklarda ham о’ziga xos ma‘muriy boshqaruv apparati tashkil etilgan bо’lib, ularga diniy-huquqiy masalalarni boshqaruvchi qozi, rais, muftiy kabi amaldorlar, soliq yig’uvchi (zakotchi), qо’shinnni boshqaruvchi yasovulboshi, mirshab kabi amaldorlar va boshqalar mavjud bо’lgan. Viloyatlar qozilari tо’g’ridan-tо’g’ri Buxorodan tayinlangan va о’z faoliyatida bekdan mustaqil bо’lgan. U odatda bekning harakatlari haqida maxfiy ravishda Buxoroga xabar berib turgan. Diniy amaldorlar mamlakatdagi sud hokimiyatini, shuningdek, ta‘lim va tarbiya maskanlaribо’lgan madrasalar, boshlang’ich maktablarni, kundaliy hayotda katta о’rin tutgan masjidlar va boshqa shu turdagi ijtimoiy muassasalarni о’z nazoratlari ostiga olgan edilar.287 Buxoro shahar hokimi – amirning birinchi vaziri va boshqa viloyat boshliqlari boshqaruvchisi hisoblangan. Shahar mirshablari boshlig’i esa о’z navbatida barcha bekliklaridagi mirshablar ishini boshqargan. Poytaxt oliy qozisi, ya‘ni qozikalon – amirlikning barcha qozilari boshlig’i hisoblangan. Mana shu asosda amirlikda juda katta markazlashuv vujudga kelgan. Yana shuni alohida ta‘kidlash lozimki, о’sha davrda Qо’shbegi, Qozikalon, Bosh rais va Buxoro shahar mirshabboshisini birgalikda ―chor hokim‖ – ya‘ni ―tо’rt hokim‖ deb yuritishgan.288 Buxoro shahrida hufton namozidan sо’ng shaharning barcha о’n bir darvozasi qulflangan. Har bir darvozaga ikki qо’riqchi - darvozabon qо’yilgan. Davlatni boshqarishda amirning asosiy va birinchi yordamchisi hamda vazirlarning ham eng ulug’i qо’shbegi hisoblangan. U davlatning tajribali, ishbilarmon, siyosatdon odamlaridan tasdiqlangan. Nomzod avval devonbegi mansabiga musharraf bо’lmog’i lozim, sо’ngra qо’shbegilikka loyiq sanalgan.U saroydagi eng yuqori unvon bо’lib davlatda amirdan sо’ng turgan. ―Qо’shbegi amirning eng yaqin yordamchisi, - deb yozgan olim P.Shubinskiy. Qо’shbegi mansabini vitse-kansler mansabiga tenglashtirish mumkin, bundan tashqari u shuningdek ark begi, Buxoro shahri hokimi davlat xazinasi va muhrining saqlovchisi mansablarini ham о’z ichiga oladi. U amirning shaxsiy muhrini saqlovchi, boshqa davlatlar bilan aloqalarni nazorat qiluvchi va shuningdek moliya ishlarini boshqaruvchidir.291 Buxoro bosh qо’shbegisi – Qо’shbegiyi bolo (yuqori qо’shbegi) deb atalgan. Undan farq qilgan holda qо’shbegiyi poyon (quyi qо’shbegi) deb atalgan amaldor bо’lib, u davlatning bosh zakotchisi hisoblangan. Amirlik boshqaruvidagi unvon va mansablar harbiy unvon va mansablar bilan ma‘muriy boshqaruv mansablarining kо’pgina xollarda qо’shilib ketganligini kо’rish mumkin293. Buxoro amirligi davlat boshqaruvida harbiy-ma‘muriy amaldorlar katta о’rin tutgan. Buxoro amirligida oliy bosh qо’mondan amir bо’lib, u qо’shinni turli darajadagi harbiy amaldorlar yordamida boshqargan. Buxoro amirligidagi harbiy unvon va mansab egalari nomlanishida, xizmat vazifalarida va boshqa kо’plab jihatlari о’sha davrda mavjud bо’lgan boshqa xonliklarnikidan farq qilgan294. Diniy ishlar boshqarmasida qozi kalon mirzaboshi, qozi, mullo azimlar (qidiruv ishlari vakillari), devonbegi, miroxurboshi, mahramlar hamda quyi tabaqa (vakillaridan) amaldorlaridan (alamon va xizmatchi) tashkil etilgan edi. Shu bilan birga amaldorlikdagi beklik huzurida, amloklar boshqaruvi huzurida ham kо’plab mansabdor shaxslar davlat idora ishlari bilan shug’ullanishgan. Movarounnaxr va umuman Markaziy Osiyoning asosiy va muxim islom madaniyati markazi xisoblangan Buxoro amirligida din ishlariga va diniy xokimiyat egalarining mavqeiga va davlat ishlariga ta‘siriga xam keng yо’l ochib berilgan bо’lib, ular ayni vaqtda yirik yer egalari xam sanalgan. Bu borada Buxoro davlatining shayboniylar, ashtarxoniylar va mang’itlar xukmronligi davridan bir necha misollar va dalillar keltirish mumkin. XVIII asrdan XX asrning boshlarigacha xam Buxoro amirligida diniy xokimiyat egalarining mavqei ancha baland bо’lib, ularning davlat boshqaruvidagi ishtiroki Xiva xonligi va Qо’qon xonligidagi boshqaruv bilan deyarli bir xil edi. Buxoro amirligida diniy mansab va unvonlar tarkibi shayxulislom, qozikalon, naqib, qoziaskar, a‘lam, mufti, rais, mudarris, bosh imom, imomlar, muazzin hamda faqatgina hojalarga nisbat beriluvchi naqib, fayzi, mir ast, uroqi kalon, sudur, sadr, uroqi hurr kabilardan iborat bо’lgan. Yuqoridagilarga xulosa sifatida aytish kerakki, amirlikda barcha mansablar va unvonlar ma‘muriy va harbiy, diniy hamda harbiy-ma‘muriy unvon va mansablardan iborat bо’lib, mansablar pog’onasidagi darajalari aniq belgilangan va shunga loyiq davlat ishlarini amalga oshirganlar. Download 272.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling