Tarix va yuridik fakulteti «arxeologiya va buxoro tarixi» kafedrasi


Download 272.48 Kb.
bet7/47
Sana13.02.2023
Hajmi272.48 Kb.
#1192813
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   47
Bog'liq
2 kurs o\'zb tarx majmua

Amir Nasrulloh
(1826-1860)


Amir Nasrulloh о’z hukmronligi davrida islom shariati kо’rsatmalariga qat‘iy
amal qilgan. U jasur va dovyurak kishi bо’lganligi bois unga "Bahodurxon" va


"Boturxon" unvonlari berilgan. Amir Nasrulloh Buxoro taxtiga о’tirgan yili
dunyoga kelgan mashhur tarixchi va davlat arbobi Ahmad Donishning
keyinchalik yozishicha, Amir Nasrulloh vazmin va qо’rqmas, qattiqqо’l va zukko
hukmdor edi. U о’z hukmronligi davrida el va ulusda fitna chiqarishda nom
qozongan, markaziy hokimiyatga qarshi urug’-qabilalarning turli isyonlarida
qatnashgan yoki ilgarigi amirlarga nisbatan kо’rnamaklik qilganlarning barchasini jazoladi va yо’q qildi. О’z tarafdorlariga esa kо’p yaxshiliklar qildi va
mehribonlik kо’rsatdi. Uning mulklari kengaygan. Qо’qondan Kesh
(Shahrisabz)gacha bо’lgan butun mamlakatlar unga bо’ysungan. (Rajabov Q. Amir Nasrulloh bahodurxon yoxud "xoni shahid". Buxoro mavjlari. 2006. №4. 39-43 bb)





Amir Nasrulloh о’zining 33,5 yillik hukmronligi davrida (u mang’it
amirlari о’rtasida eng kо’p saltanat sо’ragan hukmdor hisoblanadi) davlat hokimiyatini mustahkamlash maqsadida urug’ va ham boshliqlari bо’lgan kо’plab amaldorlarni quyi tabaqalardan chiqqan yosh va g’ayratli kishilar bilan almashtiradi. О’z manfaatini davlat va xalq manfatidan ustun qо’ygan saroy amaldorlari va akobirlarni egallab turgan lavozimlaridan chetlashtiradi, ularga nisbatan qat‘iy jazo choralarini kо’radi.
Amir Nasrulloh ma‘muriy va siyosiy sohalarda islohotlar
о’tkazishdan tashqari, harbiy islohotlarga ham katta e‘tibor qaratadi.
1837 yili о’tkazilgan harbiy islohotlar natijasida Buxoro mamlakati
qо’shinining jangovar holati yaxshilanadi. Har biri 1000 kishidan ibopat
50 ta sarbozlar bо’luklari (ja‘mi: 40000 sarboz) va 250 kishilik
tо’pchilar guruhi tashkil qilinadi. Xorijdan harbiy mutaxassislar jalb
qilinib, ulardan zamonaviy qurol-yarog’lar tayyorlash va foydalanish
sirlari о’rganiladi. Amir Nasrullohning о’ziga xos maxsus gvardiya otryadi bо’lib, unga Abdusamad Tabriziy boshchilik qilgan. Amir sarbozlariga Eron, turk zobitlaridan tashqari ayrim rus ofitserlari ham ta‘lim bergan. Ba‘zi tarixchilarning fikricha, harbiy sohada islohotlar о’tkazishdan oldin, ya‘ni 1830-1832 yillarda Buxoroda 20000 kishilik otliq qо’shin, 400 kishilik piyoda qо’shin bо’lib, ularning ixtiyorida 41 ta artilleriya tо’pi bо’lgan. Biroq, bundan tashqari, bu paytda amirlikning turli hududlarida 50000 kishilik otliq qо’shin (ulardan 10000 kishi Balxda va Amudaryodan janubdagi hududlarda) ham mavjud edi. Manbalarda keltirishicha, bu qо’shin eljari qо’shin turi bо’lib, mamlakat ichidagi ichki xavfsizlikni ta‘minlagan
Yuqorida kо’rsatib о’tilganidek, XIX asrning 60-yillari va XX
asrning dastlabki о’n yilliklarida Amir Nasrullohdan sо’ng Buxoro
amirligini boshqargan mang’it xonadoni vakillaridan Amir Muzaffar, Amir
Abdulahadxon va Amir Olimxonlarning davlat boshqaruvidagi asosiy
faoliyati va Buxoro davlati siyosiy hayotining asosiy jarayonlari Rossiya
imperiyasining mustamlakachilik harbiy yurishlariga qarshi kurashlar va
unga tobelik davridagi jarayonlar bilan xususiyatlansa, Amir Olimxon
hukmronligining sо’nggi yillari bolsheviklar hokimiyati va Qizil armiya
qо’shinlariga qarshi kurash jarayonlari bilan bog’liq holda kechdi va
Buxoro amirligining davlat sifatidagi mavjudligi 1920 yilgacha davom
etdi.

Download 272.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling