Tarix va yuridik fakulteti «arxeologiya va buxoro tarixi» kafedrasi


Download 272.48 Kb.
bet3/47
Sana13.02.2023
Hajmi272.48 Kb.
#1192813
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Bog'liq
2 kurs o\'zb tarx majmua

Baholash mezonlari.............................................................................

  • O‘UM ning elektron varianti.................................................................


    MA`RUZA MATNI

    1. mavzu: Бухоро амирлигининг ташкил топиши ва сиёсий tарихи (1-qism)





    1. Аmirlik davriga oid manba va adabiyotlar.

    2. Маng‘itlarning hokimyatga kelishi.

    3. Мuhammad Rahimxon davrida Markaziy davlat hokimyatining mustahkamlanishi va viloyatlarning boysundirilishi.

    4. O’zbek urug’lari amirlarining isyoni va qo’zg’olonlarning kuchayishi.

    Buxoro xonligida XVIII asr о’rtalarida yuz bergan siyosiy voqealar mang’it urug’i vakillarini Buxoro xonligi taxtiga olib chiqdi. Davlat hukmdorlari «amir» unvoni
    bilan yuritiladigan bо’ldi va davlat ham Buxoro amirligi degan nom
    oldi. XVIII-XX asr boshlarida kо’plab mualliflar tomonidan Buxoro
    amirligi tarixiga oid bir qator tarixiy asarlar yaratilgan bо’lib, ularda
    mang’itlar xonadoni tarixining kо’plab masalalari yoritib berilgan.
    Buxoro amirligi tarixiga oid yozma manbalar ichida «Qо’shbegi arxivi»
    hujjatlari bilan bir qatorda YE.K.Meyndorf tomonidan 1820 yilda
    yozilgan «Orenburgdan Buxoroga sayohat», F.Nazarovning ―О’rta
    Osiyoning ayrim hududlari haqida qaydnomalar,1833 yilda tatar
    mullosi Mirzo Ja‘far nomi bilan 4 oy Buxoroda yashagan
    P.I.Demezonning «Buxoro xonligi haqida qaydlar», 1841 yilda
    I.Butenov elchiligi tarkibida Buxoroga tashrif buyurgan I.Xanikovning
    «Buxoro xonligi ta‘rifi», D.Logofetning ―Buxoroning tekisliklari va
    tog’lari, Yudjin Skaylerning О’rta Osiyoga qilgan sayoxatlarini aks
    ettiruvchi asarini, A.I.Maksheyevning ―Turkistonning tarixiy
    qiyofasi, shuningdek, ingliz josuslik hizmati vakillari Mir Izatullo va
    A.Berns tomonidan hamda A.Vamberi234 tomonidan yozilgan asarlar
    ham Buxoro amirligining XIX asr birinchi yarmi tarixiga oid muhim
    manbalar qatoridan о’rin olgan.
    Albatta mahalliy tarixchilar tomonidan yozilgan asarlar Buxoro
    amirligi tarixini о’rganishda muhimroq ahamiyat kasb etadi. Xususan,
    Domla Muhammad Sharif ota ibn Muhammad Naqiy (XIX asr boshi)
    tomonidan yozilgan va asosan Ashtarxoniylar sulolasi tarixini о’z ichiga
    olgan ―Toj ut tavorix» (tarixlar toji, solnomalar toji) asari amir Haydar
    topishirig’i bilan yozilgan bо’lib, asarda dastlabki mang’it amirlari
    Muhammad Rahim (1753-1759), Doniyolbiy (1759-1785) va Shohmurod
    (1785-1800) hukmronligi davridagi Buxoro amirligi tarixi jarayonlari ham
    batafsil yoritib berilgan.
    Nafaqat Buxoro amirligi, balki О’rta Osiyo xonliklari tarixi haqida
    qimmatli ma‘lumotlar beruvchi ―Markaziy Osiyo tarixi» asarining muallifi
    Abdulkarim Buxoriy amir Shohmurod (1785-1800) va amir Haydarlar
    (1800-1826) hukmronligi yillarida amirlikning muhim diplomatik ishlarini
    amalga oshirib, Rossiya, Afg’oniston, Turkiyaga elchiliklar tarkibida
    borgan. Umrining sо’nggi yillarini Istanbulda о’tkazgan va 1830/31 yilda
    vafot etgan. Asarda Abulfayzxon (1711-1747) inqirozidan boshlanib, amir
    Haydar hukmronligi yillarigacha bо’lgan voqealarni yoritib berish bilan
    birga, Xiva xonligi va Qо’qon xonligi tarixiga oid kо’pgina ma‘lumotlarga
    ham keng о’rin berilgan.
    XIX asrda Samarqandda yashab о’tgan va XIX asrning 40-yillarida
    muftiylik lavozimida bо’lgan Abu Toxirhojaning ―Samariya» asarida ham
    mang’itlar hukmronligi yillarida Samarqand va uning atroflaridagi tarixiy
    jarayonlar, iqtisodiy va ijtimoiy hayotga kо’plab ma‘lumotlar, Muhammad
    Rahimbiy va amir Shohmurodlarning boshqaruv davridagi amalga
    oshirilgan ishlar, Shohmurod tomonidan barpo ettirilgan shahardagi 24 ta
    guzar va ular haqidagi kо’plab ma‘lumotlar kо’rsatib berilgan. Samarqand
    Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingandan sо’ng Abu Toxirhoja
    Karmanaga kо’chib ketgan va u yerda rais lavozimida bо’lgan, vafoti 1874
    Tarixchi olim va xattot Mirzo Abdulazim Somiy Bо’stoniy [1839 -
    Buxoro, Bо’ston qishlog’i (hoz. Qiziltepa tumani) - 1908] qalamiga
    mansub bо’lgan «Tuhfai shohiy» (1900-1902) va «Tarixi salotini
    mang’itiya» (1906-1907) tarixiy asarlarining har ikkisi ham mang’itlar
    sulolasi tarixiga bag’ishlansa-da, bir-biridan keskin farq qiladi. «Tuhfai
    shohiy» asari rasmiy siyosat talablari darajasida yozilgan bо’lsa, «Tarixi
    salotini mang’itiya» asarida Mirzo Abdulazim Somiy Bо’stoniy Buxoro
    amirligining mang’itlar hukmronlik qilgan davrini tanqidiy nuqtai
    nazardan baholaydi. U о’zi guvoh bо’lgan va eshitgan hodisalarga
    tayanib, amirlik idora uslubidagi holatlar, Rossiya va Buxoro qо’shinlari
    о’rtasidagi janglar, amir qо’shin boshliqlarining layoqatsizligi va
    mas‘uliyatsizligi oqibatida mamlakatning katta qismi bosqinchilar
    tomonidan bosib olinganligi va valiahd Abdulmalik (Katta Tо’ra)ning
    ba‘zi muvaffaqiyatli janglarini tasvirlaydi. Mirzo Abdulazim Somiy
    Bо’stoniyning har ikki asari ham mang’itlar sulolasi davrida Buxoro
    amirligining siyosiy va iqtisodiy-ijtimoiy hayotini о’rganishda muhim
    manbalar hisoblanadi.
    Muhammad YA‘qub Buxoriy - Muhammad YA‘qub Kenja ibn Ali
    Mirzo Buxoriy (taxm. 1771 - 1831) - buxorolik tarixchi olim, mang’itlar
    sulolasining amaldagi ikkkinchi hukmdori Doniyolbiy otaliq (1758-1785)
    ning о’g’li bо’lib, uning bugungi kungacha «Gulshan ul-muluk»
    («Podshoxlar gulshani») nomli tarixiy asari yetib kelgan. Asar 1825-1831
    yillar oralig’ida yozilgan bо’lib, о’z mazmuni hamda yozilish uslubi bilan
    Buxoro tarixnavislik maktabining XVIII asr oxiri va XIX asr birinchi
    yarmida yaratilgan tarixiy asarlaridan farq qiladi. Asarning birinchi
    qismida Buxoroning qadimgi tarixi, uning xukmdorlari shajarasi bayon
    qilingan bо’lsa, ikkinchi qismi esa muallif yashagan davr tarixi, ya‘ni
    XVIII asrning ikkinchi yarmi va XIX asrning birinchi choragi davomidagi
    mang’itlar sulolasi hukmronligi ostidagi Buxoro amirligi tarixiga
    bag’ishlangan.
    Ahmad Donish tomonidan yozib qoldirilgan ―Tarjimai ahvoli
    amironi Buxoroyi sharif az amir Doniyol to asri amir Abdulahad» asari
    mang’itlar sulolasi davri tarixini о’rganishda muhim manbalardan biri
    sanaladi. Amir Nasrullo saroyida xizmat qilgan Ahmad Donish mazkur
    asarida Buxoro amirligining siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid
    kо’plab qimmmatli ma‘lumotlarni keltirish bilan birga, mang’it
    amirlarining о’z hukmronligi davrlarida davlat boshqaruvida amalga
    oshirgan ishlari va ularning ahamiyati haqida bir qator qimmatli
    ma‘lumotlarni kо’rsatib beradi.
    Yuqorida kо’rsatib о’tilgan asarlar bilan bir qatorda amirlik
    tarixining turli masalalari haqida sо’z yurituvchi Muhammad Vafo
    Karminagiy qalamiga mansub ―Tuhfai xoniy», Muhammad Mirolim
    Buxoriyning ―Fathnomai Sultoniy», Mirza Badi Devonning ―Majmu‘ alarqom», Mirza Salimbekning ―Tarixi Salimiy”, Mulla Ibodulla va Mulla
    Muhammad Shariflarning ―Tarixi amiri Haydar», Mir Husayn Ibn Amir
    Haydar tomonidan yozib qoldiril-gan ―Tarixi salotini Mang’itiya,
    О’zbekiya va Ashtarxoniya» kabi asarlar ham Buxoro amirligi tarixini
    о’rganishda muhim ahamiyatga ega bо’lgan manbalar hisoblanadi.
    XVIII asr boshlariga kelib О’rta Osiyoning eng qudratli sanalgan avlatlaridan biri – Buxoro xonligida siyosiy va iqtisodiy inqirozlar kuchayib bordi. Buxoro xonligining poytaxti Sharqda eng mashxur shahar sifatida e‘tirof etilgan Buxoroyi Sharif edi. Yirik shaharlardan Samarqand, Qarshi, Shahrisabz, Kitob, G’uzor, Termiz, Sherobod, Hisor, Dushanbe, Kо’lob va boshqalar amirlikning yirik
    shaharlari va aholi markazlari hisoblangan.
    Bu vaqtda xonlik hokimiyati tepasida bо’lgan Ashtarxoniylar
    sulolasining sо’nggi vakillaridan biri Ubaydullaxonning markaziy
    hokimiyatni mustahkamlash va iqtisodiy barqarorlikka erishish yо’lida
    amalga oshirgan barcha ishlari kutilganidek samara bermadi. Ayniqsa,
    1708-1709 yillarda о’tkazilgan iqtisodiy islohotlar, jumladan pul
    islohotlari mahalliy hokimiyat egalarining markaziy hokimiyatga qarshi
    kayfiyatini yanada kuchaytirib yubordi. Mamlakat-da yuzaga kelgan
    siyosiy inqiroz natijasida Ubaydullaxon 1711 yilda о’ldiriladi. Taxtga
    Ubaydullaxonning ukasi Abulfayzxon (1711-47) xon qilib о’tkaziladi.
    Hokimiyatdagi muhim lavozimlar nufuzli amirlar qо’liga о’tib qoladi.
    Markaziy hokimiyat zaiflashgach, 1709 yilda Farg’ona mulklari, 1711
    yilda Balx, 1723 yilda Samarqand viloyati Buxoro xonligidan ajralib
    chiqadi. 1720 yillarda Toshkent viloyatini qalmoqlar bosib oladi.
    Bu jarayonlarda Xiva xonligining ham Buxoro bilan chegara
    hududlaridagi harakatlari faollashib boradi. Xiva xoni Sherg’ozixon ham
    Buxoro xonligini boshqarishga da‘vogar bо’ladi, ammo uning harakatlar
    samarasiz yakunlanadi. 1723 yilda qalmoqlar qozoq dashtlariga bostirib
    kirib, qozoqlarni Movarounnahrga qochishga majbur qilgan. Qozoqlar
    chorva mollari bilan Zarafshon vohasiga kirib bog’ va ekinzorlarni payhon qilganlar.
    Buxoro xonligida iqtisodiy va siyosiy tanglik kuchaya borib xonlik
    tanazzulga yuz tutgan. Movarounnahr parchalanib, uchta xonlikka
    (Buxoro, Qо’qon va Xiva) bо’linib ketgan. Bundan foydalangan Eron
    hukmdori Nodirshoh 1740 yil bahorida Balxni egalladi va о’sha yili kuzda katta qо’shin bilan Amudaryodan о’tib Buxoro xonligini buysundirdi.
    U mang’it qabilasidan bо’lgan Muhammad Hakim otaliqni ishonchli vakili sifatida taxtga о’tqazadi. Abulfayzxonning nufuzi pasayib ketadi.
    О’zaro nizolar va tashqi dushmanlar hujumi tufayli tobora zaiflashib
    borayotgan, markaziy davlat hokimiyat boshqaruvi karaxt holga kelib
    qolgan ashtarxoniylar davrida katta siyosiy nufuzga ega bо’lgan
    о’zbeklarning mang’it urug’i biylari asta-sekin davlat boshqaruvida
    muhim о’rinni egallay boshladilar. XVIII asr 40-yillariga kelganda Buxoro xonligida siyosiy va iqtisodiy inqiroz kuchaygan. Ashtarxoniylar
    sulolasining songi vakili Abulfayzxon (1711-1747)ning siyosati natijasida xalqning moddiy ahvoli og’irlashgan, Buxoro xonligi tomonidan mustaqil Qо’qon xonligi ajralib chiqqan mamlakatni bekliklarga bо’lishish xavfi
    kuchaygan. Buning ustiga Eron shohi Nodirshoh Afshor (1736-1747)ning Buxoro amirligiga hujumi, mamlakatning asosiy shaharlari bо’lgan Buxoro va Samarqandning ular tomonidan egallanishi va talanishi oqibatida siyosiy vaziyat battar murakkablashgan. Buxoro taqdiri, Turkiston taqdiri hal qilinayotgan ana shunday qaltis va nozik bir fursatda tarix sahnasiga yangi siyosiy kuch-mang’itlar sulolasi paydo bо’ldi. Nufuzli mang’it biylari (beklari) dan Muhammad Hakimbiy otaliq ibn Xudoyorbiy otaliq (vafoti 1743) mang’itlar sulolasining hokimyat tepasiga kelishlari uchun yetarli shart-sharoit yaratib bergan. Nodirshohning istilochilik yurishlari bu siyosiy о’zgarishlarni birmuncha tezlashtirdi. 1747 yil yozida Nodirshoh Mashhad yaqinida jiyani Aliqulixon tomonidan о’ldirildi. Uning о’limidan sо’ng Muhammad Rahimbiy о’z yо’lidan Abulfayzxonni olib tashlashga kirishib uni qо’lga oladi hamda qatl ettiradi. Shu bilan Ashtarxoniylarning amaldagi sо’nggi vakili hamda sulolasi hukmronligiga nuqta qо’yildi. Lekin, Rahimbiy chingiziylardan bо’lmagani uchun xonlik lavozimini qabul qila olmas edi. Taxtga dastlab Abulfayzxoning о’g’li Abdulmо’min, u о’ldirilgach, hali beshikda yotgan ukasi Ubaydullo Sulton - Ubaydullaxon III ibn Abulfayzxonni, keyinchalik Sherg’ozini rasman xon deb e‘lon qilindi. Kо’p о’tmay u ham taxtdan tushirilib, 1756 yildan boshlab Buxoroda yangi sulola –
    Mang’itlar (1753 – 1920 yillar) hukmronligi boshlanadi. Bundan
    kо’rinadiki, Abulfayzxonning о’limi (1747 y) dan sо’ng taxtga to 1756
    yilgacha uning avlodlari о’tkazilgan bо’lsa-da, amalda hokimiyat
    mang’itlar sulolasi vakili Muhammad Rahim qо’lida edi.
    Muhammad Rahim о’z hukmronligining dastlabki yillarida
    markaziy davlat hokimiyatini mustahkamlashga kirishdi. Mamlakatdagi
    siyosiy vaziyatning barqarorlashuvidan manfaatdor bо’lgan yirik yer
    egalari, savdogarlar, ulamolar va fuzalolar uning bu siyosatini qо’llabquvvatladilar. Ishni avvalo saroy amaldorlarini о’zgartirishdan hamda markaziy boshqaruvni tartibga solishdan boshlagan Muhammad Rahim asta-sekin viloyatlar hokimligiga ham о’ziga sodiq odamlarni qо’yishga kirishdi. Buning uchun u separatistik kayfiyat juda kuchli bо’lgan Shahrisabzga 1750-1752 yillarda 4 marta yurish qilib, bu yerdagi muhim mudofaa qо’rg’onlari (Kitob, Sangfurush, G’ovmish,
    Qushchi) ni egalladi va vohada о’z hokimiyatini tо’laligicha
    о’rnatishga muvaffaq bо’ldi. G’uzor ham Buxoro hokimiyatini tan
    oldi.
    1756 yil dekabr oyida turkiy о’zbeklardan bо’lgan mang’it urug’iga
    mansub bо’lgan Muhammad Rahimni rasman taxtga о’tkazish marosimi
    bо’lib о’tdi. U taxtga о’tirgach, bir qancha siyosiy-ma‘muriy islohotlar
    о’tkazdi. Yangi hukmdorga yordam bergan qabilalar vakillari saroydagi
    oliy va yuqori mansablarga о’tkazildi250. Isyonkor Shahrisabzliklar
    kuchini susaytirish uchun ilgari Shahrisabz viloyatiga tegishli Yakkabog’ tumani alohida beklik (viloyat) deb e‘lon qilinib, Imomquli parvonachi Yakkabog’ hokimi etib tayinlanadi. Rasmiy ravishda ham taxtni egallagan Muhammad Rahim Sharqiy Buxoroga qarshi yangi harbiy yurishlarni amalga oshirdi va bu yerlarni ham о’ziga buysundirdi. Muhammad Rahim vaqtida (1753-58) Buxoro amirligiga qarashli yerlar ancha qisqargan. Uning tarkibiga Buxoro, Samarqand, Miyonqol, Karmana, Qarshi, G’uzor, Karki, Chorjо’y, Shahrisabz viloyatlari kirib, Toshkent va Farg’ona viloyatlari xonlik tasarrufidan chiqib ketgan. Muhammad Rahim davlatni boshqarishni boshlagandan sо’ng о’zining ismini har kuni besh vaqt
    namozlarda qо’shib ayttirdi hamda pul tangalarida ―Muhammad Rahim
    Bahodir Xon» deb yozdira boshladi.
    Ashtarxoniylardan Subhonqulixon vafotidan keyin Kо’ktosh ustiga
    hech kim taxtga о’tirmagan edi. Miriyning fikiricha, 92 turkiy va mо’g’ul urug’lari birlashib, Muhammad Rahimxonni yakdillik bilan ―Turon taxti»ga о’tqazib, uni ―Turon xoqoni» deb e‘lon qilishgan. Shuni alohida
    takidlab о’tish kerakki, о’sha davr manbalarida Muhammad Rahimxon
    ―amiri saodat makrun», ―amiri soxibqiron», ― bahodur», ―shohi alijoh»,
    ―amiri jahonpanohi kamyob», ―amiri Arastu ray» kabi faxriy unvonlar
    Muhammad Rahimbiyning hukmronlik tarixi kuchli markazlashgan
    davlat qurishga qaratilganligi bilan izohlanadi. Bu davrda markazlashgan
    davlatdan mustaqil bо’lishga intilishlar Sharqiy Buxoro, О’ratepa, Xо’jand
    hududlarida kuchayadi. Muhammad Rahimbiy markaziy hokimiyatni
    mustahkamlash maqsadida kuchli qо’shin tuzishga muvaffaq bо’ladi.
    Qо’shinning asosini afg’onlar tashkil qilib ular Nodirshoh davrida
    Rahimbiy qо’l ostida xizmat qilganlar.Markazlashgan hokimiyatni
    mustahkamlash maqsadida Miyonkо’l atrofida yashovchi xitoy-qipchoqlar
    ustiga ikki yil yurishlar qilib ularni bо’ysundiradi. Shuningdek, Hisor,
    Urgut, Panjikent, О’ratepa kuchlari bilan qirg’inbarot janglar olib boradi.
    Muhammad Rahimxon bо’ysunmagan qabilalar bilan til topish maqsadida
    ular orasidagi aslzodalarga qabilani boshqarish huquqini beruvchi yorliqlar
    in‘om etar, о’z tomoniga ag’darishning turli xil usullarini qо’llar, shunday
    bо’lsada, yaqinlashuv jarayoni juda sust kechardi.


    Download 272.48 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling