Tarix va yuridik fakulteti «arxeologiya va buxoro tarixi» kafedrasi


Ernazar Maqsudov (Ernazar elchi)


Download 272.48 Kb.
bet14/47
Sana13.02.2023
Hajmi272.48 Kb.
#1192813
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   47
Bog'liq
2 kurs o\'zb tarx majmua

Ernazar Maqsudov
(Ernazar elchi)


Mulla Muhammad Ernazarbiy Maqsud о’g’li (XVIII asr, Buxoro) - Buxoro
amirligining Rossiyaga yuborgan elchilari rahbari, yirik savdogar. Madrasada
о’qigan. 1745 yildan boshlab, Rossiyaga bir necha marta tijorat maqsadida
borib, imperator Yelizaveta Petrovna qabulida bо’lgan. Savdo ishlari bilan
Xuroson va Hindistonga ham borgan. Keyinchalik Buxoro hukmdori Doniyolbiy
otaliq tomonidan Rossiyaga yuborilgan 2 ta elchilik missiyasi (1774-76 va 1779-
80 yy) ga boshchilik qilgan. Birinchi elchilik tarkibida 64 kishi va 20 ta ozod
qilingan rus asirlari bо’lgan. Ular 1774 yil 1 sentabrda Ashtarxon (Astraxon)
shahriga kelishgan va Astraxon generalgubernatori P.Krechetnikov huzurida
bо’lishgan. 1775 yil 14 martda Moskvaga yetib kelishgach), 1775 yil 5 aprel kuni
Rossiya imperatori Yekaterina II tomonidan rasmiy ravishda qabul qilingan.Bu
elchilik natijasida Buxoro bilan Rossiya о’rtasida mustahkam savdo aloqalari
yо’lga qо’yilgan, savdo karvonlari xavfsizligi uchun Emba daryosi bо’yida qal‘a
qurilgan. Rossiyaning chegara shaharlari - Orenburg, Astraxanda Buxoro
savdogarlaridan olinadigan bojxona solig’i kamaytirilgan, ichki shaharlarda
О’rta Osiyo savdogarlarining erkin harakat qilishi kafolatlangan. Ikkinchi
elchilik 1779 yil о’rtalarida boshlangan, elchilik tarkibida 28 kishi bо’lgan.
Ernazar elchi boshchiligida elchilar 1780 yil yanvarda Moskva va Peterburgga
yetib kelishgan. Elchilik natijasida buxorolik savdogarlar Rossiyadan kо’p
miqdorda mis, pо’lat va chо’yan sotib olishga muvaffaq bо’lganlar. Ernazar elchi
Rossiyada о’z vazifasini tо’liq uddalagach, Turkiyaga ham elchilik maqsadida
borgan. Ernazar elchi о’sha yerda vafot etgan. Ernazar elchi Buxoroda madrasa
qurdirgan.


Buxoro amirligida asosan xunarmandchilik sanoati rivoj topib, u ip,
yarim ipak va shoyi gazlamalar, gilamlar, kigizlar, poyabzal, ot egarjabdug’i, metall va sopol idishlar, chо’yan, temir va chilangarlik
buyumlari, kunjut va zig’ir moyi, kalava va gazlama bо’yoqlari ishlab
chiqarishga ixtisoslashgan edi. Rossiya sarmoyasining suqulib kelishi
oqibatida xunarmandchilik sanoatining ayrim tarmoqlari raqobatga dosh
berolmadi. Uning ba‘zi tarmoqlarigina taraqqiy topdi.
Amirlikda davlat daromadlarini xasash (davlat xazinasiga tushuvchi
daromadlar) va beshlik (maxalliy ma‘muriyat tasarrufiga tushuvchi
daromadlar) tashkil etadi.
Bulardan tashqari aholi majburiy xashar ishlariga ham jalb etib
turilgan


Download 272.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling