Tarix va yuridik fakulteti «arxeologiya va buxoro tarixi» kafedrasi
-mavzu: Бухоро амирлигининг сиёсий, ижтимоий-иқтисодий ҳаёти (2-qism)………………………………………………………………
Download 272.48 Kb.
|
2 kurs o\'zb tarx majmua
4-mavzu: Бухоро амирлигининг сиёсий, ижтимоий-иқтисодий ҳаёти (2-qism)………………………………………………………………..................Диний мансаблар. Ҳарбий ва суд ишлари. Ер-сув мулкчилиги: амлок, мулк, вақф ерлари. Солиқ ва мажбуриятлар. Қишлоқ хўжалиги: сунъий суғориш тизими, каналлар. Деҳқончилик ва чорвачилик. XIX asrning 60-yillari va XX asrning dastlabki о’n yilliklarida Amir Nasrullohdan sо’ng Buxoro amirligini boshqargan mang’it xonadoni vakillaridan Amir Muzaffar, Amir Abdulahadxon va Amir Olimxonlarning davlat boshqaruvidagi asosiy faoliyati va Buxoro davlati siyosiy hayotining asosiy jarayonlari Rossiya imperiyasining mustamlakachilik harbiy yurishlariga qarshi kurashlar va unga tobelik davridagi jarayonlar bilan xususiyatlansa, Amir Olimxon hukmronligining sо’nggi yillari bolsheviklar hokimiyati va Qizil armiya qо’shinlariga qarshi kurash jarayonlari bilan bog’liq holda kechdi va Buxoro amirligining davlat sifatidagi mavjudligi 1920 yilgacha davom etdi. Nasrullo hukmdor sifatida davlatning ichki va tashqi dushmanlariga haqiqiy zarbani berdi. Amir Nasrullo tomonidan olib borilgan harbiysiyosiy islohotlar natijasida davlatning harbiy qudrati mustahkamlana borgan. Olib borilgan tinimsiz urushlar barobarida Qо’qon xonligi (1842) hamda Shahrisabz (1856) bekligi egallanadi. Amir Nasrullo tashqi siyosat masalasida oldingi davlat boshliqlaridan farqli ravishda, Markaziy Osiyoning iqtisodiy salohiyatiga talabgor bо’lgan ikki yirik davlatlar Rossiya va Angliya bilan ochiq siyosat olib borish dasturini amalga oshirgan. XIX asr 30-yillarining boshlarida Buxoro amirligiga Vest-Indiya kompaniyasining topshirig’i bilan kelgan leytenant Aleksandr Byorns bilan olib borilgan muzokaralar asosida Angliya davlati bilan qisqa muddatga bо’lsada, о’zaro hamkorlik munosabatlari о’rnatiladi. Shu bilan birga, ayrim tarixiy manbalarda amir Nasrullo shafqatsiz hukmdor sifatida e‘tirof etiladi. Lekin ingliz olimi Uiler amir Nasrulloni: ―shafqatsiz hamda mustabid hukmronligiga qaramasdan, u davlat qurilishi yо’lida bir qator ijobiy ishlarni ham amalga oshirdi. О’ziga sodiq harbiylar bilan birga professional qо’shin tashkil qildi, bir qancha sug’orish loyihalarini va ma‘muriy-huquqiy islohotlarni amalga oshirdi‖ - deb, uning davlatni boshqarish faoliyatiga ijobiy baho beradi. Sadri Ziyoning ta‘kidlashicha, «Amir Nasrulloh Buxorog’a podshoh bо’lgandin keyin barodar va aqoriblarini tamom mahv va nobud qildi. Zabir va Jahongir tо’ralarning volidalari Jо’yboriy xо’jalardin edi. Ularni Chorjо’y tarafig’a yuborib, i‘dom qildi. Akobiri davlatlardin Hakim qо’shbegi va Ismatullohbek va Ayozbekg’a о’xshash bir necha ulug’ martabadagi odamlarni qatl va amvollarini g’orat qildi». Tarixchi Axmad Donish amir Nasrullo haqida shunday yozadi: ―U vazmin va qо’rqmas, qattiqqо’l va zukko hukmdor edi. El va ulusda fitna chiqarishda nom chiqargan yo ilgarigi amirlarga nisbatan kо’rnamaklik qilganning barchasini jazoladi, о’z tarafdorlarini siyladi. Amir Muzaffar otasi Nasrulloxon davrida Karmanaga hokimlik qilgan. Amir Nasrulloning vafotidan sо’ng esa Buxoro taxtiga (1860 yil 23-sentabr – 1885 yil 12-dekabr) о’tirgan. Otasi tomonidan Karmanaga surgun qilingan kishilarni Buxoroga qaytarib, yuqori lavozimlarga tayinlagan. Muarrixlar tomonidan Amir Muzaffarxon hukmronligi davri yana shunisi bilan e‘tirof etiladiki, u ham bо’lsa, saroy va hukmdor ayonlarning uquvsizligi, о’ta johilligida kо’rinadi. Otasi Nasrulloh bunday kishilarni yaxshi yomonning qadrini bilsin degan maqsadda Karmanaga (ya‘ni Muzaffarxon huzuriga) surgun etgan edi. Muzaffarxon esa hokimiyatni qо’lga kiritgach asosiy mansablarga Karmanadan kelganlarga ishonib topshiradi. Bunday siyosat Ahmad Donishning fikricha, О’rta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan ishg’ol etilgan vaqtgacha davom etdi. Markaziy hokimiyatga bо’ysunishni istamayotgan Hisor, Shahrisabz, Darboz, Kо’lob, Baljuvon bekliklari va Qо’qon ustiga yurish qilib, ularning qarshiligini yengdi (1863-1865), mazkur yerlar amirlikka qaytadan bо’ysundirildi. Bu yerlar aholisiga qattiq jabr – zulmlar о’tkazildi. Amir Muzaffar Mallaxon tomonidan taxtdan tushirilgan Qо’qon xoni Xudoyorxon Buxoroga qochib kelganida xonlik taxtini qayta egallashi uchun unga harbiy yordam bergan (1861). Muzaffarning hukmronlik davri Rossiyaning О’rta Osiyo xomliklariga qarshi harbiy harakatlari kuchaygan davrga tо’g’ri keladi. Amir Nasrulloh tirikligida Rossiya imperiyasi qо’shinlari Sirdaryodan о’tmagan edilar. Ular daryo qirg’oqlarida joylashib qal‘ani tartibga solib u yerda qurol – aslahalar, oziq – ovqatlar jamladilar. 1864 yilda Rossiya imperiyasi qо’shinlarining Toshkentga hujumi boshlanib572 dastlabki harakatlar lashkarboshi Aliquli tomonidan muvaffaqiyatli qaytarildi. Aliquli erishilgan yutuqlarni mustahkamlab, imperiya qо’shinlari egallagan hududlarni ozod qilish uchun qо’shinni kо’paytirish harakatiga tushgan bir paytda, 1864 yil kuzida Buxoro amiri Muzaffar Qо’qon xonligiga qarashli yerlarga bostirib kiradi. Qо’qon xonligi esa о’ta keskin bir siyosiy vaziyatda Buxoro amiriga qarshi yurishga majbur bо’ldi. Amir Muzaffar esa Qо’qon xonligining Rossiya imperiyasi bosqinchiligiga qarshi kurash bilan band bо’lib turganligidan foydalanib, shiddat bilan О’zgangacha bо’lgan hududlarni qо’lga kiritdi. Yana bir manbada yozilishicha, Amir Muzaffar Qо’qon ishlariga aralashib, bir necha marotaba zarar va ixtilol yetgan vaqtda Xudoyorxonga inoat tariqasida askari bilan Qо’qonga kirib borib, xutbalarda nomini zikr qildirib, Buxoroga qaytdi va Hisor shahrini zabt etib, voliysi AbdulKarimbiyni qatl qildi. Amir Muzaffar Rossiya bilan bо’lgan kelishmovchiliklarni tinch yо’l bilan bartaraf etishda umidini uzmay, u Najmiddinxо’ja boshliq elchilarni Peterburgga jо’natdi (1865 yil iyul). Biroq, kо’zlangan maqasadga erishilmay, ikki о’rtada harbiy harakatlar boshlandi. Muzaffar qо’shini bilan general Romanovskiy boshchiligidagi Rossiya harbiy kuchlari о’rtasidagi dastlabki tо’qnashuv Jizzax bilan Oratepa о’rtasidagi Erjar (Maydayulg’un) da bо’lib, unda Buxoro qо’shini mag’lubiyatga uchragan (1866-y. 8-may). Amir Muzaffar Rossiya bilan Erjar (Egrijar) va Samarqand mag’lubiyatidan sо’ng Buxoroning sarhadlari Kattaqо’rg’ondan belgilanadi va Rossiya imperiyasi bilan sulh shartnomasini tuzadi575. Muzaffar muftiy Muhammad Porso boshchiligidagi elchilarni Afg’oniston va Hindiston orqali yordam sо’rab, Istanbulga yuborsa ham rad javobini olgan. Amir Muzaffarxonning Xoja Muhammad Porso orqali yordam sо’rab yо’llagan maktubi inglizlarning Hindistondagi vakili Jon Lourens, keyinroq esa Istanbuldagi elchilari Genri Ellablar tomonidan oradagi masofa uzoqligi vaj qilinib, rad javobi berildi. Shuningdek Turkiya sultoniga jо’natilgan bir qancha xatlar, murojaatnomalar ham yuqoridagidek javoblar olindi576. Podsho Rossiyasi О’rta Osiyoni mol sotish bozori, xom ashyo manbai deb bilar edi. 1866 yilda rus qо’shinlari Buxoro amirligi chegaralariga bostirib kirdi va Xо’jand (24 may), О’ratepa (2 oktabr), Jizzax (18 oktabr) shaharlarini ishg’ol qildi. Istilo etilgan yerlarni boshqarish uchun 1867 yilda Turkiston general-gubernatorligi tashkil etildi. 1868 yil 2 may kuni general Kaufman boshchiligidagi rus qо’shinlari Samarqandni ishg’ol qildi. Iyun oyi da Buxoro amiri Muzaffar qо’shinlariga Zirabuloq yaqinida sо’nggi qat‘iy zarba beriddi. Amir general-gubernatorga murojaat qilib, sulh tuzishni sо’radi. 1868 yil 23 iyunida ikki о’rtada shartnoma imzolandi. Rus qо’shinlari bosib olgan yerlar podsho Rossiyasi ixtiyoriga о’tdi. Buxoro amirligi mustaqil tashqi siyosat yurgizishdan mahrum bо’ldi. Buxoro amirligining ayrim hududlari 1868 yilda Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi natijasida amirlik yerlarining uchdan bir qismi podsho Rossiyasi ixtiyoriga о’tdi; Xо’jand, О’ratepa, Panjikent, Samarqand va Kattaqо’rg’on shaharlaridan tortib Zirabuloqqacha bо’lgan yerlar, Sharqiy Buxoroda esa Shug’non, Vohon, Rо’shon viloyatlari, ayniqsa Zarafshon daryosi yuqori havzasi Rossiya tasarrufiga tdi. Bosib olingan hududlarda Samarqand viloyati tashkil etilib, uning tarkibiga Samarqand, Jizzax, Hо’jand uezdlari kirgan. Amir Muzaffar о’z hukmronligining dastlabki yillarida ulamolarga deyarli e‘tibor bermadi, ular bilan biror-bir masala yuzasidan maslahat ham qilmadi. Ammo, 1868 yilda amir Rossiya imperiyasidan mag’lubiyatga uchragach, ulamolarga yon berishga majbur bо’ldi. Chunki ulamolar mahalliy aholini ruslarga qarshi kurashishga da‘vat etgan edilar. Lekin fursat qо’ldan boy berilgan edi. Ulamolarning xalqni kо’tarishi ham, amirning о’g’li Katta Tо’ra (Abdumalik), Kitob va Shahrisabz beklarining say-harkatlari ham besamar ketdi. Zirabuloq yaqinidagi jangda mag’lubiyatga uchragan amir Muzaffar imperiya tomonidan tuzilgan shartnomaga imzo chekishga majbur bо’ldi. Unga kо’ra amir О’ratepa, Jizzax, Zarafshon vohasi hududlaridan mahrum bо’ldi, podsho hukumatiga 125 ming tillo miqdorda tovon tо’laydigan bо’ldi hamda Buxoroning Rossiyaga vassalligini tan oldi. Amir Muzaffar hukmronligi davrida amirlik hududlari ancha qisqardi. Bunga avvalo Rossiya imperiyasining bosqini sabab bо’lgan bо’lsa, katta qiyinchilik bilan bо’ysundirilgan Shahrisabz va Kitob bekliklari yana Buxoroga bо’ysunishdan bosh tortdilar. Undan tashqari, Rossiya imperiyasiga tо’langan katta tovon evaziga amirlik xazinasi bо’shab qoldi. Amir о’z xazinasini tо’ldirish uchun qozilar va raislarga aholidan turli xil yig’imlar yig’ishga ruxsat berdi. Chunki bu yig’imlarning katta qismi turli xil sovg’alar va in‘omlar tariqasida xazinaga kelib tushardi. Amir Muzaffar Rossiya imperiyasi hukumati bilan sulh shartnomasini tuzishga majbur bо’lgan. Ushbu shartnoma asosida Buxoro amirligi tashqi va ichki siyosiy masalalarni hal qilishda mustaqillikdan mahrum bо’lib Rossiya davlati ostidagi yarim mustamlaka davlatga aylandi. Ayniqsa, chor qо’shinlarining 1871-1872 yillarda Zarafshon daryosi boshqaruvini nazoratga olishlari Buxoroning bundan keyingi rivojlanishiga salbiy ta‘sir о’tkazgan. Amir Muzaffar 1885 yil 31 oktabrda kasallik tufayli vafot etadi va Buxorodagi Eshon Imlo mozorida dafn etilgan. Uning о’g’li amir Sayyid Abdullahad 1885-1910 yillar Buxoro amirligi taxtini boshqardi. Abdulahad 14 yoshidan boshlab Karmana beki etib tayinlangan. Rus sayyohlarining ma‘lumotlariga kо’ra u Karmanada juda oddiy kun kechirgan. 1885 yil 4 noyabrda amir Abdulahadni Buxoro arkida oq kigizga о’tirg’izib, taxtga о’tqazish marosimi bо’lib о’tdi. Fitratning fikricha, Abdulahad qaysi ishni rejalashtirmasin, о’zining himoyachisi bо’lgan Rossiyaning nufuz va rolini inobatga olishga majbur edi. Shuning uchun ham Abdulahad davrida bu hokimning otalari qilgan о’zboshimchalik va vahshiyliklariga ma‘lum darajada chek qо’yildi578. Amir Abdulahad sud-huquq tizimini tubdan isloh qilishga hamda ushbu sohani yanada insonparvarlik tamoyili asosida shakllantirishga uringan. Amir Abdulahad turli yillarda Moskva, Sankt-Peterburug, Kiyev, Odessa, Yekaterinaslov, Boku, Tiflis, Botumi, Sevastopol, Bog’chasaroy kabi shaharlarda bо’lgan. Uning hukmronligi davrida qiynoqlar, о’lim hukmi va eng dahshatli jazo - Buxorodagi Minorai Kalondan tashlab yuborish man etilgan. Amir Abdulahad davrida amirlikda mis, temir, oltin qazib chiqarish, telefon liniyalari va temir yо’llari qurilishi,savdo faol rivojlantiriladi. Abdulahad amirlikdagi harbiy kuchlarga alohida e‘tibor bergan. Yoshlik chog’idayoq bо’lajak amir о’z garnizonida harbiy mashqlar о’tkazib, Karmana qal‘asini yaxshi harbiy holatda tutgan.1895 yildan boshlab Buxoro amirligida militsiya xizmati yо’lga qо’yilgan. Keyinchalik ham amir Abdulahad о’z qо’shinini harbiy tayyorgarligini oshirish va zamonaviy qurollantirish uchun kо’pgina ishlarni amalga oshirgan. Bu ishlarda asosan 1885 yil yangi Buxoroda (Kogonda) faoliyatini boshlagan Rossiya imperatori siyosiy Agentligi (1885 – 1917) bosh – qosh bо’lgan edi. Siyosiy agent Buxoro amiri ustidan nazorat olib borib, uning Peterburg bilan aloqa qilishida vositachi bо’lgan579. Peterburg tazyiqi bilan amirlikda boj va pul islohoti о’tkazilishi, Rossiya imperiyasining mustamlaka zulmi hamda, amir istibdodining kuchayib borishi xalqni tobora og’ir ahvolga solib qо’ydi. Natijada amirlikning turli hududlarida xalq g’alayonlari avj oldi. Amir Muzaffarxon davrida boshlangan, u daf‘ eta olmagan xalq g’alayoni Sherobod viloyatida 1885 yildayoq boshlangan edi. Ushbu viloyat dehqonlari 30 – 40 kun mobaynida soliq tо’lashdan bosh tortdilar. Hukumat tomonidan Bobojon jibachi yasovul Sherobodga yuborilsa ham, ushbu holat hech qanday natija bermadi. Shundan sо’ng Mulla Sharif miroxur ushbu masalani hal etishga borganda tekshirishlar natijasi shuni kо’rsatdiki, dehqonlardan 4 man xiroj о’rniga 8 man olingaN. Bundan tashqari kо’pgina hududlarda jami hosilning 50 – 60 % foizigacha soliqqa tortilgani ma‘lum bо’ldi581. Biroq, bu holat hech bir ijobiy natijaga olib kelmadi. 1886 yil Rossiya imperatorligi siyosiy agentlaridan biri N.Cherikovning ma‘lumotlariga kо’ra 9 avgustda (1886) dehqonlar va soliq yig’uvchilar о’rtasida Hisorda katta tо’qnashuv yuzaga keladi582. Bundan tashqari amirlikning kо’pgina hududlarida yuzaga kelgan dehqonlar g’alayonlarida amirning Rossiya kuchlariga tayangan holda ish kо’rgan holatlariga duch kelamiz. 1888 yilda Kо’lob bekligida dehqonlar qо’zg’oloni keng quloch yoyganda Pomir chegara qо’shini amirga yordam kо’rsatib qо’zg’olonni bostirgan. 1889 yilda esa Kalif aholisi hokim zulmidan bezor bо’lib kо’tarilganda bekni rus qо’shini о’z himoyasiga olgan. Mazkur holatlarda kо’rinib turibdiki, amir о’z hududida sodir bо’layotgan qonli kurashlar, xalq noroziliklarini bostirishda aksariyat holatlarda bosqinchilar madadiga tayangan. Yuqorida aytib о’tilganidek, Abdulahad valiahdlik maqomini olish chog’idayoq kelishilgan rus imperatori bilan bitimga muvofiq amirlik hududida kapitalistik munosabatlar ancha jonlandi. Xususan, amirlikda 1905 yilda 9 ta paxta zavodi ishlab turgan bо’lsa, 1913 yil Olimxon davriga kelib ular soni 26 taga yetkazildi. Kо’pgina Rossiya foydasi uchun ishlaydigan zavod va fabrikalar soni ham tadrijiy holatda shunday о’sishi kuzatiladi. Amir Abdulahad 1910 yilda vafot etdi, uning 25 yillik amirligidan sо’ng о’sha yili amir Said Olimxon hukmronligi davri boshlandi. Amir Olimxon 1881 yil Karmanada tug’ilgan. 1893 – 1896 yillarda Peterburgda о’qigan. 1898 yil Qarshi hokimi, 1910 yil boshlarida Karmana voliysi bо’lgan. Olimxon taxtga chiqqach mamlakatda tartibsizliklar avj oldi. Uning siyosatida ham Rossiya imperiyasiga moyillik, ularga tayanib ish kо’rish tobora kо’proq kuzatilar edi. 1914 yilda Toshkо’prik, Shahrisabz, Kitob, Qarshi va Hisorda kо’tarilgan xalq g’alayonlari rus harbiy kuchlari yordamida bartaraf etildi583. Bu davrda amirlik siyosatida Nasrulloh qо’shbegining mavqei ancha baland edi. Hattoki, qozi kalon va raisni mag’bul etib, ularnining barcha ishlarini о’z qо’liga oldi. Saroydagi barcha amirga yaqin bо’lgan amaldorlar ta‘sirini bartaraf etdi. Mamlakat doirasida, undan nufuzli va quvvatli mansabdor qolmagan edi. Viloyatlarga qozi, rais, madrasalarga mudarris, masjidlarga imom tayinlash, qozikalonning, bozor tasarrufi raisning ishi bо’lsa ham bular asli Nasrulloh ixtiyorisiz hal bо’lmas edi. Hatto amir Olimxonning о’z oilasi doirasida hal bо’lishi mumkin bо’lgan ba‘zi ishlarga ham Nasrulloh qо’shbegi bevosita о’z ta‘sirini о’tkazar edi. U rus tilini bilar, ular siyosatini yaxshi tushunar edi. Biroq, uning dushmanlari ustun chiqib oila a‘zolari bilan birga qatl ettirildi va qо’shbegi lavozimiga Mirzo Urganjiy tayinlanadi. 1917 yilga kelib Rossiyada imperator boshqaruvi ag’darilib, siyosiy jarayonlar natijasida hokimiyatning bolsheviklar tomonidan egallanishi Buxoro amirligiga ham ta‘sir kо’rsatdi va 1920 yilda amirlik rasman tugatildi. 1911-1920 yillar Buxoro taxtini boshqargan amir Olimxon Buxoroda sovet hukumati о’rnatilgach Afg’onistonga chiqib ketdi va 1944 yil Qobulda vafot etdi. 1920 yilda bolsheviklar tomonidan Buxoro amirligining qolgan barcha bekliklari bosib olindi va amirlik о’rnida Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tashkil etilgan. Buxoro amirligidagi asosiy xunarmandchilik markazlari sifatida shaxarlar kata о’rin tutsada, ayrim yirik qishloqlarda xunarmandchilikning ba‘zi turlari rivoj topdi. Butun о’rta asrlarda bо’lganidek, xunarmandlar bu davrda xam о’z uyushmalari-kasaba, sexlarga ega bо’lib, ularning tashkil topishi ma‘lum turdagi maxsulot ishlab chiqarish jarayoni ustidan nazorat о’rnatishga, bu soxada о’z monopoliyasini, ya‘ni maxsulotni ishlab 304 chivqarishga bо’lgan yagona xuquqini saqlash va raqobatga dosh berishga intilish bilan bog’liq edi. Xunarmandchilikning barcha soxalarida bunday uyushmalar mavjud bо’lib, uni saylab qо’yiladigan kishi-rais yoki oqsoqol boshqargan. Odatda bunday lavozimga tajribali va katta xurmatga ega bо’lgan keksa kishilar saylangan. Xunarmandlar ishlab chiqargan maxsulotlarinining narxini belgilashda, turli soliqlarni yig’ishda, usta va yollanib ishlaydigan shogir (xalfa) munosabatlarini, xо’jalik munosabatlarini olib borishda uyushma raisining vazifasi katta bо’lgan. Xunarmandlar о’z uyushmalariga ega bо’lsalarda, о’zlariga tegishli aloxida ustaxonalarda ishlaganlar. Xar bir ustaning о’z yordamchilari, shogirdlari bо’lib, odatda shogirdlikka ustaning о’g’illari yoki qarindoshlari olingan. Chertdan shogird yollash juda kam uchraydigan xolat bо’lib, xunarmandchilik sirlari avloddan-avlodga, otadan-о’g’ilga о’tib, kelgan. Buxoro amirligida oldingi davrlaridagidek tо’qimachilik xunarmandchilikning yetakchi tarmog’i bо’lib qoldi. Uning taraqqiyoti, bir tomondan ichki va tashqi bozorda bu turdagi maxsulotlarga talab kattaligi tufayli, ikkinchi tomondan maxalliy xom ashyo manbalari (paxta, jun, ipak) yetarli ekanligiga bog’liq edi. Tо’qimachilikning ip yigirish, matolar (bо’z, alacha, chit) tо’qish, tayyor kiyimlar tikish, gilamchilik va boshqa soxalari ancha rivojlangan edi. Buxoroning zarbof tо’nlari, Shaxrisabzning Iroqi dо’ppilari, Samarqandlik ustalarning ipak buyumlari, ayniqsa mashxur edi. Kulolchilik amirlikning kо’pgina joylarida rivojlangan edi. Uning asosiy markazlari G’ijduvon, Qarshi, Shaxrisabz, Kattaqо’rg’on va boshqa shaxarlar bо’lib, bu yerlik kulollar maxsulotiga talab ancha yuqori bо’lgan. Bu davr kulolchiligida О’rta Osiyoning kо’pgina kulolchilik rayonlariga xos bо’lgan motivlar (turli gul va о’simliklar tasviri, geometrik naqshlar),turli xayvonlar, qushlar, xasharotlarni yoki ular tanasining bir qismini shartli ravishda tasvirlash kosagar ustalar tomonidan keng qо’llanilgan. Rossiya imperiyasi istilosidan keyin bu mamlakatdan keltirilayotgan fabrika maxsulotlari (chinni) ning kо’payishi bilan О’rta Osiyoda kulolchilik bir qadar orqaga ketdi. Lekin bu narsa kо’proq Turkiston general-gubernatorligi xududidagi yerlarga qarashli bо’lib, amirlikda esa bu soxa yanada rivojlanib bordi. Maxalliy kulollar endi gul uchun vazalar, yirik dekorativ vazalar, mevalar qо’yish uchun mо’ljallangan idishlar yasab, о’z maxsulotlari turlarini yanada kо’paytirdilar. Metallsozlik. Amirlikda metallga ishlov berish va metall buyumlar yasash xam yetarlicha rivojlangan edi. Xonlikning tog’lik tumanlari (Shaxrisabz, Boysun, Sherobod)da qadim davrlardan boshlab turli ma‘danlar qazib olingan bо’lib, bu konlardan foydalanish ba‘zi tanaffuslar bilan to XX asr boshlarigacha davom etdi. Metallga ishlov berish va metall bumlar yasashni о’z navbatida yanada mayda tarmoqlarga bо’linib ketadigan 4 asosiy turi – temirchilik, misgarlik, chо’yan quyish (degrezlik), rixtagarlik turlari xam mavjud bо’lib, bu soxalarda mexnat qurollari bilan bir qatorda kundalik va maishiy turmushda boshqa soxalarda zarur bо’ladigan kо’plab buyumlar ishlab chiqarilar edi. Temirchi ustalar (chilangarlar) qishloq xо’jaligida va kundalik turmushda ishlatiladigan mexnat qurollari yasaganlar. Kо’pgina shaxarlarda temirchi ustalarning maxsus maxallalari (Temrchi, Guzari chilangaron) borligi xunarmandchilikning bu turi ancha taraqqiy etganligidan dalolat beradi. Misgarlik asosan yirik shaxarlarda rivojlavngan. Misgar ustalar turli idishlar, chilim va boshqa buyumlar yasashgan. Mis asosan Rossiyadan keltirilgan. Misdan ishlangan idishlarga nafis naqshlar tushirilgan bо’lib, ular ichki bozor extiyojini tо’liq ta‘minlab qо’shni о’lkalarga xam chiqarilgan. CHо’yan quyish yoki degrezlik metallga ishlov beruvchi kustar sagnoat turlari ichida katta axamiyatga ega edi. Degrezlar asosan shaxarlarda maxsus guzarlarda yashaganlar. Ular chо’yandan qozon, chiroq, manqaldon va boshqa buyumlar yasashgan. Rixtagarlikda bronzadan kо’proq foydalanilgan. Rixtagarlar Buxoroning deyarli xamma shaxarlarida mavjud edi. Bu ustalar turli buyumlar, taqinchoqlar yasaganlar, ba‘zi mis idishlarning qismlari, bо’yni, dastasi kabilar bronzadan yasalgan. Xunarmandchilik turlari ichida zargarlik xam qadimiy xunarmandchilik soaxalaridan biri sanalgan. Zargar ustalar qimmatbaxo toshlar va metallardan, rangli shishalardan turli taqinchoqlar yasaganlar. 306 Buxoro zargarlarining maxsulotlari о’z chiroy va nafisligi bilan ancha mashxur bо’lgan. Xunarmandchilik turlari ichida kо’nchilik (teriga ishlov berish, charmgar), yog’ochga ishlov berish-duradgorlik, turli oziq-ovqat maxsulotlari tayyorlaydigan (novvoylar, oshpazlar, baqqollar va boshqalar) xunarmandchilik turlari xam mavjud bо’lganligini aytib о’tish lozim. Amirlikdagi xunamarmandchilik faqatgina shaxarlardagina emas, balki yirik-yirik qishloqlarda xam rivojlangan bо’lib, xunarmand ustalarning asosiy maxsulotlari ichki bozor extiyojini tо’liq ta‘minlab qolmasdan, tashqi bozorga xam chiqarilgan. XIX asrning ikkinchi yarmida Buxoro amirligi hududlarining Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi davlat iqtisodiy hayoti va moliya xо’jaligida katta yо’qotishlarga olib keldi. Xazinaga kelib tushadigan soliqlar va turli yig’imlarning miqdori davlat hududlarining qisqarishi evaziga yildan-yilga kamayib bordi. Ayni vaqtda amirlikning qolgan hududlarida Rossiya imperiyasi sanoatchilari tomonidan bir qator zavod va fabrikalarning qurilishi, temir yо’lning kirib kelishi, rus banklari filiallarining ochilishi esa bu yerda sanoat ishlab chiqarishning yuzaga kelishi, ayni vaqtda qishloq xо’jaligi, xususan chorvachilik, qorakо’lchilik, ipakchilik, paxtachilik maxsulotlariga talabning ortib borishi esa bu sohalarning ma‘lum darajada kengayib borishigi sharoit yaratdi. Buxoro amirligida yerga egalik munosabatlari iqtisodiy hayotda katta ahamiyatga ega bо’lib, yer egaligining davlat, xususiy, vaqf kabi turlari bо’lgan. Qishloq aholisining katta qismi yersiz dehqonlar bо’lib, ular ijaraga yer olib ishlaganlar. Shahar aholisining asosini tashkil qilgan hunarmandlar hayoti ham og’ir soliqlar sababli juda qiyin kechgan. Buxoro amirligining xalq xо’jaligida dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq sohalari katta ahamiyat kasb etgan. Aholidan xiroj, zakot, boj, tо’la, yaksara, nimsara kabi soliqlar undirib olingan602. Xiva xonligi va Buxoro amirligining Rossiya imperiyasining mustamlakalari ekanligi va bu davlatlarning boshqaruvi va ayni vaqtda 602 O'zbekiston tarixi. R.Murtazfyeva tahr. ost. Toshkent, 2005. 253-b. 307 ularning tashqi siyosiy va iqtisodiy munosabatlari ustidan nazorat qilish bevosita Turkiston general-gubernatorligi vakolatlariga kiritilgan.603 Amirlik iqtisodiyotidagi bu sifat о’zgarishlari soliqlar tarkibi va yо’nalishlarini о’zgartirishga va ularni zamon talablariga moslashtirishga ma‘lum darajada ta‘sir kо’rsatdi va ularning miqdori hamda soni о’zgarib bordi. XX asr boshlariga kelib (1912 y) Buxoro amirligida jami soliqlarning taxminan 55 foizi yer solig’ini tashkil qilgan bо’lsa, savdodan olinadigan soliq miqdori 37 foizga yaqin, chorvadan keladigan soliq daromadi esa 8 foizdan ortiqroq bо’lgan. Pul kо’rinishida bu tegishli ravishda taxminan 1850 ming sо’m, 1225 ming sо’m, 270 ming sо’mni, jami 3345 ming sо’mni tashkil qilgan.604 Yer solig’i ikki xil shaklda olingan bо’lib, birini muvozif – bir xil miqdorda tо’lanadigan xiroj tashkli etgan bо’lsa, ikkinchisi muqosima deb atalib, bu xirojning miqdori har yili yig’ilgan hosilning miqdoriga qarab mahsulot bilan tо’lanishi belgilangan. Bunda bog’dorchilik mahsulotlariga deyarli bir xil miqdorda soliqlar belgilangan. Yerga egalik qilish shakllari (vaqf, mulk, amlok) orasida amlok yoki davlat yerlari ustunlik qilardi. Amlok yerlar davlat mulki hisoblanib, mayda tarqoq daxqon xо’jaliklari tasarrufida edi. Amlok yerlardan olingan butun mahsulot ikki qism: amir va dexqonlarnikidan iborat bо’lardi. Ulardan olingan xiroj va jami mahsulot о’rtasidagi nisbat viloyatlarda bо’yicha turlicha miqdorda bо’lgan. Buxoro qо’shbegisining 1912 yil 14 oktabrda Rossiya siyosiy agentligiga bergan ma‘lumotida ta‘kidlanishicha, «xiroj bazi viloyatlarda aholidan hosilning о’ndan biridan beshdan birigacha, boshqalarda tо’rtdan biridan uchdan birigacha miqdorda, boshqalarida esa bir tanga (15 tiyin)dan undirilmoqda». Bunda xirojdan tashqari, mahalliy ma‘muriyat foydasiga kо’plab qо’shimcha yig’imlar ham yig’ib olingan.605 Tovar-pul munosabatlari rivojlanishi bilan xiroj pul shaklida undiriladigan bо’ldi. Bunda soliq miqdori hosilga qarab soliqchilar tomonidan belgilangan hamda amir tomonidan tasdiqlangan baholarga asosan о’rnatilgan. Mustamlaka tizimining iqtisodiy sohada amalga oshirib borgan siyosati natijasida XIX asrning oxiri-XX asrning boshlariga kelib, Buxoro amirligi bozorlari ham imperiya sanoat mahsulotlari tomonidan egallandi. Amirlikning qishloq tumanlari esa mustamlaka manfaatlari va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda paxta yetishtirishga moslashtirila boshlandi. Ayniqsa bu davrda paxtaning Amerika navini yetishtirish joriy etildi. Garchi bu paxtachilik sohasida mahalliy dexqonlar uchun yangilik bо’lsada, biroq u kutilgan natijani bermadi. Bu paxta navi mahalliy paxta navlardan farqli ravishda munosabat talab qilib, chanoqlar ochilgach, hosilni zudlik bilan terib olishni talab qilar edi. Hosilni baholash esa bir qancha kechikishlar bilan, ya‘ni u о’z qimmatini yо’qota boshlaganda amalga oshirilishi natijasida paxtakorlar bu navni yetishtirishda voz kecha boshladilar. 1912 yilda Buxoroda banklar, paxtachilik sanoati vakillari ishtirokida о’tkazilgan kengashda hosilni oldindan baholash maqsadga muvofiq emasligi va soliqqa tortishning tanob tizimiga о’tish haqidagi masala qо’yildi. Biroq bu takliflarni Buxoro hukumati qо’llab-quvvatlamadi. Buxoroda tanob yig’imi yer solig’i turlaridan biri edi. U xirojmuqosima qо’llanilib bо’lmaydigan tez buzuladigan mahsulotlardan olinar edi. Masalan, bir tanob uzumzordan 12 tanga, bedazordan 8 tanga undirilar edi.606 Buxoro amirligi iqtisodiyotida chorvachilik aloxida о’rin egallardi. Bu yerda bir necha yuz ming bosh mol boqilardi. Chorvachilikdan kо’rilgan daromadlarga maxsus soliq-zakot joriy qilingandi. 1902 yilda zakotning rasmiy ravishda quyidagi miqdorlari joriy etilgan: besh bosh tuyadan – bitta qо’y; 40-100 bosh qо’y yoki echkidan - bitta qо’y yoki echki; 101-200 tasidan – ikkita qо’y yoki echki va xokazo. Chorva mollari vaqti-vaqti bilan rо’yxatdan о’tkazilib, har 500 boshdan qо’shimcha bitta qо’y yoki echki olinardi. Tovar-pul munosabatlarining rivojlanib borishi natijasida zakotni pul shaklida undirish uchun sharoit yaratildi. Yigirmanchi asrning dastlabki о’n yilligida xо’jalikda kamida 40 ta qо’y yoki echki bо’lganida, har bir qо’y xisobidan 0.5 tanga, har bir echkidan chorak tanga miqdorida soliqni undirilgan. Buxoro amirligining soliq tizimida savdo va xunarmandchilik kо’riladigan daromadlarga soliq solish ikkinchi о’rinda turardi. Buxoro amirligining 1884 yilda Rossiya bojxona chegarasiga kiritilganligi Angliya-Xindiston tovarlarining amirlikka kirish yо’lini tо’sdi hamda Rossiya imperiyasi bilan savdo munosabatlarining yanada kengayishiga olib keldi. Buxoro bilan tuzilgan shartnomaga kо’ra rus savdogarlari Rossiyada chor xukumatiga qancha miqdorda boj tо’lasalar, shuncha miqdordagi zakotni tо’lash majburiyatini oldilar. Zakot bilan xunarmandchilik daromadiga solinadigan soliq darajalari о’rtasida farq mavjudligini Rosiya va Buxorodagi bir xil sarmoyadan olinadigan soliq miqdorlarida kо’rinadi. Sarmoya 30 ming sо’mgachani tashkil etsa, zakot foydali edi. 30 ming sо’mdan oshganda soliq miqdori asosan bir-biriga tо’g’ri kelardi. Ammo sarmoya bir mln sо’mdan ortiq bо’lganida xunarmandchilik solig’i 750 sо’m, zakot esa 25 ming sо’m miqdorida undirilgan.608 Shunday qilib, zakot yirik Rossiya firmalari uchun zarar keltirsa, mayda va о’rta savdogorlar uchun foydali bо’lgan. Xunarmandchilik solig’idan buxorolik savdogarlar manfaat kо’rishgan.
yig’imlar olingan. Ushbu yig’im miqdorlari tovarlar bо’yicha tabaqalashtirilib, qisman eksport mollariga ham qо’lanilgan. Masalan, bir botmon paxtadan 5.5 tanga (82.5 tiyin), bir botmon jundan 7 tanga, qorakо’l terilaridan – ular qiymatining 2 foizi, bir bosh otdan bir tanga 2 puli, tuyadan – 2 tanga, qо’ydan - 24 puli undirilgan.609 Boj – savdodan olinadigan soliqlarning bir turi bо’lib, u о’rta asrlarda ham mavjud bо’lgan. Mazkur yig’im karvonlardan yoki bir hududdan boshqasiga mol olib boradigan savdogarlardan undirilardi. Bundan tashqari, savdodan bir martalik yig’im-tagijoy va tarozu haqi ham olingan. Xorijiy va maxalliy savdogarlar, shuningdek, bir qator qо’shimcha rasmiy yig’imlarni ham tо’lashgan. Download 272.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling