Tarix va yuridik fakulteti «arxeologiya va buxoro tarixi» kafedrasi


Download 272.48 Kb.
bet20/47
Sana13.02.2023
Hajmi272.48 Kb.
#1192813
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   47
Bog'liq
2 kurs o\'zb tarx majmua

OLTIN BESHIK
Mullo Olim Mahdumhojaning “Tarixi Turkiston” asarida keltirilgan rivoyat

Farg‗ona viloyatida tavorixlarda malum va mashhur Andijon va О‗zgand va
Axsi qadimgi va eski shaxar bо‗lub, chig‗atoy va о‗zbek xonlariga loytaxt ekanligi
bilinadur, lekin Xо‗qand shahrining eng avvalgi binosi 300 yildan ziyod bо‗lgan


339 Мадрахимов З.Ш. Қўқон хонлигида савдо муносабатлари. Т. ―Yangi nfshr‖. 2014. 30-б
340 Мирзо Олим Махдум Хожи. Тарихи Туркистон. -Т., Янги аср авлоди, 2009. 43-44-бб.
341 Игамбердиев А., Амирсаидов А. История Кокандского ханства. Библиографический указатель с
иллюстрациями XVIII век - 1876 г . -Ташкент. 2007. Стр.11-13.
342 Наливкин В. Краткая история Кокандского ханства. – Казань, 1886.
343 Shamsutdinov R. va boshq.Vatan tarixi (XVI-XX asr boshlari). - Т.: ―Sharq‖, 2010. 99-б.
158

emas. Vaqtiki, Boburxon о‗zbek xonlari ilan Samaqand muzofotida muxoraba
aylab, mag‗lub bо‗lub, qochib, alhol Xо‗qand shahri bino bо‗lgan mavzedagi
katta soy labiga kelganda farosat ilan topibdurkim, bul joy seroblik va obshorlik
va xushhavo sabablikdin andak vaqtda obodon va katta shaharbо‗lsa kerak deb,
alhol Xо‗qand shahriga suv keladurgan katta о‗tganda kо‗rubdurkim, soyning
ikki tarafida kо‗p elatiyalar ijtimo‘ qilib, qо‗nub о‗lturubdurlar. Muni kо‗rub
Boburxon kimxob va zarrin liboslarga о‗ralib, oltun beshikka boylangan bir yosh
bolasini mahali guzargohga qо‗yub, bir dono va hushyor odamni ul beshik ilan
bolaga didbon va qorovul tayin qilib, aytibdurkkm, to ushbu bola biror odamni
qо‗iga tushub,olib ketgandin sо‗ngra bizlarni orqamizdin yetib kelursan, deb
tezlik ilanо‗z yо‗llariga jо‗nab ketibdurlar...
Bolaning nomini Oltun beshik qо‗yubdurlar. Oxiri xaddi balog‗atga
yetushgondin keyin taalluqdor qilib bir xushrо‗y va sohbjamol qiz olib
berubdurlar. Andin bir о‗g‗ul farzand tavallud topib, nomini Sulton Elik
qо‗yibdur. Ul xam balog‗atga yetgandin sо‗ngra uylanturubdurlar. Andin ham
bir о‗g‗ul farzand bо‗lub, nomini Sulton Xudoyor qо‗yub, ul ham bolig‗
bо‗lganda uylanturub, andin xam bir о‗g‗ul farzand tavallud topib, nomini
Muxammadamin qо‗yub, ul xam balog‗atga yetgandin keyin, xotun olib, andin bir
о‗g‗ul tavallud topib, nomini Abulqosim qо‗yub, ul ham bolig‗ bо‗lub,
uylangandin keyin andin bir о‗g‗ul farzand tavallud topib, oning nomini
Shoxmastbiy qо‗yubdurlar. Alxol Chamashbiy nom ilan Farg‗ona aholilari
orasida mashxurdur. Shahmast (Shohmast, Shamast) biydan Shahruxbiy
(Shoxrux) va andin Hojibiy va andin Ashurbiy tavallud topib, Ashurbiydin
ikkinchi Shohruxbiy tavallud topibdur va Oltun beshik ilan bu Shoxruxxon
miyonasida о‗n pusht abovu ajdod ikki yuz yil muddatda о‗tib, Shoxruxxon olami
vujudga keldi...‖344


Manbalardan ma‘lumki, bu vaqtda Farg‗ona viloyati Ashtarxoniylar
sulolasiga bо‗ysungan holda mavjud bо‗lib, ular hukmronligining sо‗nggi
yillarida markaziy hokimiyat susayib boradi. Keyingi sodir bо‗lgan
voqealar esa Farg‗ona mulkining mustaqillikka erishishi hamda mustaqil
hokimiyatni shakllantirish uchun sharoit yaratib beradi. Bu vaqtda
Farg‗ona mulkida hokimiyatni egallash uchun yetarli mavqega ega bо‗lgan
ikki kuch mavjud bо‗lib, biri yuqorida aytilganidek Ming xonadoni
vakillari bо‗lsa, ikkinchisi Chodak mavzeida turuvchi hojalar jamoasi edi.
Bu haqda ―Tarixi Turkiston‖ asari muallifi quyidagilarni yozadi: -―... ba‘zi
о‗zbaklar sо‗zi bо‗yincha Xо‗qand shaxri avval vaqtlarda tartib tobmay,
Chodak mavzeida xо‗ja jamoalari turub, ba‘zi atrof javoniblardan,
chunonchi, Targ‗ova, Chamashbiy, Chankat va Pillaxon va Tо‗qaytepa va
344 Тарихи Туркистон. 45–б.
159
Purtak va Tepaqо‗rg‗on va Qaynar, bularga о‗xshash boshqa bir necha
kentlar alarni taxti xukumatlarida bо‗lub, xо‗jalar hukmronlik qilar
ekanlar‖345.
Mirzo Olim Mahdumhoja ham о‗z asarida bu voqealarning
tafsilotlariga tо‗xtalib о‗tadi. -―О‗shal mavzeda barcha о‗zbaklar bir
tо‗yda jamiyat aylab... Saltanat xususida kо‗p maslaxatlar qilib, ...
Targ‗ova mavzeiga yig‗ilishib, Shoxruxxonni xon kо‗taribdurlar‖346
Asarning keyingi qismlarida muallif tomonidan Shoxruxbiyning
hokimiyat borasida amalga oshirgan siyosati hamda kurashlari tavsiflab
berilgan. Bunda atrofdagi nohiyalar va qishloqlar aholisining unga tobelik
bildirishi, kо‗pgina aholining unga sipohgarlik uchun kelishi va qо‗shin
ta‘minotiga yordam kо‗rsatishlari, Shoxruxbiyning hokimiyati Namangan
hududlariga ham yoyilganligini kо‗rsatib о‗tadi347.
Dastlabki vaqtda bu davlat tarkibiga Qо‗qon, Namangan,
Marg‗ilon, Konibodom, Isfara kabi hududlar kirgan bо‗lsa,
Shohruxbiyning vorisi Muhammad Abdurahimbiy hukmronligi yillarida
(1721 — 1733) davlat hududlari ancha kengaydi. U Andijon о‗z
hukmronligini о‗rnatadi. 1725 yil Buxoro xonligining zaiflashganidan
foydalanib, 20 ming kishilik qо‗shin bilan Xо‗jandni, 1726 yil esa
О‗ratepani qо‗lga kiritadi. Abdurahimbiy Shahrisabzga ham tahdid
soladi, Shahrisabzlik kenagaslar bilan ittifoq tuzib, 1732 yil Samarqand va
Kattaqо‗rg‗on shaharlarini egallab, Samarqandga mulla Bahorni hokim
etib tayinlaydi va u yerda olti oy turgach, Jizzaxni olib, Ollohqulibekni
hokim qilib qoldiradi. Abdurahimbiy Qо‗qon qishlog‗i yaqinida katta
shahar qurdira boshlaydi. Dastlabki vaqtlarda bu shahar «Qal‘ai
Rahimbiy» deb atala boshlagan. U 33 yoshida Xо‗jandda vafot etgach,
undan" Erdonabek ismli о‗g‗il (va yana uch qiz) qolgan bо‗lishiga
qaramay, taxtga uning ukasi Abdukarimbiy о‗tiradi (1733—1751).
Abdukarimbiy yangi shahar qurilishini tutallab, poytaxtni
Tepaqо‗rg‗ondan Qо‗qonga kо‗chirib keltiradi va Qо‗qon shahri
davlatining poytaxtiga aylanadi hamda davlat ham endi Qо‗qon
xonligi degan nom oladi. (Shaharning Qatag‗on, Marg‗ilon, Toshkand,

Download 272.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling