Tarix va yuridik fakulteti «arxeologiya va buxoro tarixi» kafedrasi


Download 272.48 Kb.
bet4/47
Sana13.02.2023
Hajmi272.48 Kb.
#1192813
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Bog'liq
2 kurs o\'zb tarx majmua

MANG’ITLAR

Buxoro amirligini boshqargan sulola (1757-1920). Uning vakillari mang’it
urug’iga mansub bо’lgan. 1747 yilda otasi Muhammad Hakimbiy о’rniga otaliq
etib tayinlangan Muhammad Raximbiy Buxoro xonligida hokimiyatni о’z qо’liga
oladi. Bundan norozi bо’lgan bir qator viloyatlar hokimlari isyon kо’tardilar.
Qо’zg’olonlar shafqatsiz bostirilgach, Muhammad Rahim arkoni davlat va
ruhoniylar fatvosi bilan 1753 yilda Buxoro taxtini egalladi va о’zini «amir» deb
e‘lon qildi. Shundan keyin ashtarxoniylar sulolasi barham topib, mang’itlar
sulolasi hukmronligi boshlandi. Ashtarxoniylar sulolasi о’rniga kelgan bu
sulolaning hukmdorlik tarixi Muhammad Rahimning taxtga rasman о’tirishi
(1756 yil 16 dekabr) dan boshlangan. Uning vafotidan sо’ng taxt vorisi etib Fozil
tо’ra (qizining о’g’li), keyin Ubaydullaxon tayinlangan bо’lsada, davlatni amalda
amakisi Doniyolbiy otaliq (1758 - 1785) boshqargan. Keyingi mang’it
hukmdorlari amir Shohmurod (1785-1800), amir Haydar (1800-1826), amir
Nasrullaxon (1826-1860), amir Muzaffar (1860-1885), amir Abdulahad (1885-
1910) va amir Olimxon (1910-1920) lar Buxoro amirligini boshqarganlar.


Muhammad Rahimxon davrida mamlakatning deyarli barcha boshqaruvi tizimida Eron shialarning nufuzi ancha yuqori edi. Davlatbiy Qо’shbegi va qozi Sayyid Nizomiddindan tortib qо’shindagi eng katta lavozimlargacha ularga tegishli edi.
1758 yil 24 mart kuni G’ijduvon va Shofirkondagi Hoja Abduxoliq
G’ijduvoniy – Hojayi Jahon va Hoja Orif Mohitobon – Orif Revgari
maqbaralarini ziyorat qilib, Buxoroga qaytayotganda yо’lda, tо’satdan
kassallanib 45 yoshida bevaqt vafot etgan256 Muhammad Rahimxonning
о’g’li yо’qligidan taxt vorisi sifatida Doniyolbiy butun hokimiyatni qо’lga
olib, taxtni rasman qabul qilmay Abulfayzxonning nevarasi Abdulg’ozini
о’tkazadi. U garchi otaliq lavozimida faoliyat kо’rsatgan bо’lsada, bu –
amalda Buxoroning hukmdori edi.
Eron shohi Nodirshoh 1740 yilda Buxoroga bostirib kelgandan
sо’ng, Muhammad Hakimbiy Abulfayzxon saroyida Qо’shbegi – bosh
vazir, uning ukasi Muhammad Donyolbiy Karmana hokimi qilib
tayinlangan. Muhammad Hakimbiyning о’g’li Muhammad Rahimbiy esa
Nodirshoxning eng yaqin kishilaridan biri bо’lib qolgan. Muhammad
Donyolbiy 20 yilcha Zarafshon voxasining markazida joylashgan Karmana
viloyati hokimi bо’lgan. Unga о’sha paytda ―valine‘mat» unvoni
berilgan.Uning hukmronligi davrida Buxorodan bir qator viloyatlar
ajralib chiqdi. О’ratepa va Xо’jand hukmdorlari Jizzax, Xatirchi,
Kattaqо’rg’on, Samarqandni ishg’ol etib va hattoki, Buxoroni ham bosib
olmoqchi edilar.
Uning hukmronligi davrida (1759—1784) markaziy hokimiyat
zaiflashdi va urug’lar о’rtasidagi nizolar markaziy hokimiyatga qarshi
chiqishlar kо’paydi. Bunday hol butun mamlakat bо’ylab yoyildi. Yuzg
kenagas, burgug, baxrin, saroy kabi yirik о’zbek urug’lari birlashib,
Buxoroga qarshi yurish qildilar. Biroq isyonchilar halqning qо’llab
quvvatlashlari tufayli bostirildi. Bu voqea Doniyolbiy
xukmronligining dastlabki yillaridayoq yuz bergan edi. 1771 yilda
Shahrisabz va G’uzor beklilarida davlatga qarshi kuchli qо’zg’olon
kо’tarildi. Bu qо’zg’olon juda katta qiyinchilik bilan bostirildi.
Qо’zg’olon rahbarlari qatl qilindi.
Tarixchi va davlat arbobi Mirzo Salibek о’zining ―Tavorixi
muttaqadimin va mutaaxirin» nomli asarida yozishicha, Muhammad
Donyolbiy о’zboshimcha amaldorlar Tog’aymurodbiy Burqut, Nurota
viloyat hokimi Joxongir saroyi va G’uzor viloyat hokimini vazifasidan olib
tashlab ularni qatl etgan. О’zining isyonkor harakatlari bilan ―tanilgan»
yetti urug’ qavmini Miyonkoldan Shahrisabzgacha, Boysundan
Sherobodgacha tarqatib yuborgan. Bu orada yuz urug’ining yetakchisi
Fozilbiy yuz Xо’janddan О’ratepaga kelib, kо’p lashkarlar bilan Jizzahni
oladi va Samarqand ustiga yurish qiladi.259 Bunday vaziyatda amir
Doniyolbiy katta qо’shin bilan Karmanaga yetib keldi. Uzoq urushlardan
sо’ng Xо’jand va О’ratepa yerlari ozod etiladi. Doniyolbiy Shahrisabz,
G’uzor va boshqa shaharlarini о’ziga bо’ysundiradi. Doniyolbiyning 27
yillik hukmronligi davrida mamlakat og’ir vaziyatni boshidan kechirdi.
Ushbu parokandalik uning vafotidan sо’ng (1785) yanada avj oldi260.
Doniyolbiyning katta о’g’li Shohmurod 1785 yilda saroyda otaliq
lavozimiga kо’tarildi. Shohmurod (1785-1800) Abdulg’ozixon-ni taxtda
tushirib, ―amir» unvonida davlat boshqauviga kirishdi261. Amir Shohmurod
davrida Buxoro amirligida markazlashishga moyillik kuchaydi.
Markazlashgan hukmronlikning mustahkamlani-shi va feodal tarqoqlikka
barham berilishi amirlikda iqtisodiy ahvolning barqarorlashishiga olib
keldi. Amir Shohmurod Buxoro amirligi taxtini egallagach, Abul
Fozilxonni davlat ishlaridan chetlashtirgan, uni arkdan tushirgan va
Buxorodagi Bozor Xо’ja guzaridan unga hovli ajratgan va Abul Fozilxon
umrining oxirigacha amir xazinasidan nafaqa olib turgan.262
Amir Shohmurod Mahmud, Umar, Fozil, Sultonmurod, Rustam
Ganjiali, Muxammad YA‘qub, Tо’xtamish Darvish, Rajabali kabi о’nta
ukasining har biriga bittadan viloyat hokimligini berib, Buxoro
amirligidagi siyosiy tarqoqlikka barham bergan. Amir Shohmurod 1785
yilda amirlik hududida pul islohati о’tkazib, sof kumush va oltindan
tangalar zarb qildirgan. Ushbu tangalarda ilk marta ―amir» unvoni tilga
olingan. Buxoro amirlari aynan Shohmurod davridan boshlab arab
xalifalari va Usmonli turk sultonlari singari о’zlarini butun musulmon
dunyosining diniy hukmdori hisoblab, ―Buxoro-islom dining tayanchi va
qudrati»degan fikrga tayanganlar. Amir Shohmurod bundan tashqari,
moliyaviy, ma‘muriy, sud va harbiy sohalarda ham katta islohotlarni
amalga oshirgan. U muhtasab (rais) mansabi va qо’shinda qoziaskar
lavozimini joriy etgan. Shuning uchun ham zamondoshlari va kelajak
taxchilari Shohmurodni ―Amiri ma‘sum» – ―Begunoh amir» va ―Umari
soniy» – ―Ikkinchi Umar», ―g’oziy» unvonlari bilan tilga olishadi.263
Amir Shohmurodning tashqi siyosatida Marv, Balx va boshqa
hududlarni Buxoroga qaytarish uchun Xurosonga qilgan harbiy yurishlari
alohida ajralib turadi. Marv atrofida 1785-1786 yililarda bо’lgan janglarda
shahar hokimi Bayramalixon Qojor о’ldirilgan va uning qо’shini tor-mor
qilingan.
Shohmurod amir bо’lsa ham kamtarin hayot kechirganligi haqida bir
qator adabiyotlarda alohida ta‘kidlab о’tiladi. О’sha davr manbalarida
yozilishicha, u oddiy ra‘iyatga о’hshab faqirona kiyingan. Amir
Shohmurod libosining butun qiymati yetti tangadan oshmagan. Xolbuki
uning saroy amaldorlari va harbiy sarkardalar shohona kiyingan va
dabdabali hayot kechirgan. Amir Shohmurodning ozug’i ham arpa, non,
moshova, о’moch, yorma va gо’jadan iborat oddiy ovqatlar bо’lgan. U
hadya va tortiqlarni qabul qilmagan.265
Shohmurod faqatgina siyosiy hokimiyatni mustahkamlab
qolmasdan, bir qator ma‘muriy iqtisodiy - madaniy tadbirlarni ham
amalga oshirdi. О’z hayotini kamtarona darveshlarga xos tarzda
о’tkazgan bu hukmdor Zarafshon va Qashqadaryo vohalaridagi,
Amudaryo bо’ylaridagi sutorish tizimlarini qayta tiklab, yangi
inshootlar, kо’priklar, yо’llar va boshqalarni barpo ettirdi. Amir
Shohmurod tomonidan о’tkazilgan moliya, sud, ma‘muriy va harbiy
sohalardagi islohotlar natijasida mamlakatdagi siyosiy - iqtisodiy hayot
birmuncha jonlandi. Amir Shohmurod о’g’li Amir Haydarni
mang’itlarning ota meros mulki hisoblangan va amirlikda katta
nufuzga va mavqega ega bо’lgan Qarshi shahriga hokim etib tayinlandi.
Shundan boshlab mang’itlar sulolasi taxt vorislarining Qarshida
hokimlik qilishlari odat tusiga kirdi.
Shu о’rinda mualliflarning ta‘kidlab о’tishicha, Samarqand
shahrining XVIII asr 30-50 yillarida kuchli inqiroza uchrashi va xо’jalik
hayotining izdan chiqib ketishi asrning о’rtalariga kelib asta-sekin tiklana
boshanadi. 1752 yillarda shaharda jon egasi qolmagan edi. Shuning uchun,
garchi Mang’it hukmdorlarining birinchisi bо’lgan Rahimbiy otaliq
Ravotxо’ja bandini tuzatib, shaharga suv oqizgan bо’lsa-da, odamlar
yо’qligidan shahar jonlanib ketmadi. ―Samarqandning hozirgi
obodonchiligi, - deb yozgan edi S.Ayniy bu haqda, - 1780 yil, ya‘ni
Shohmurodbiyning bekligidan boshlangan bо’lib, 1809 yillarda bir shahar
yо’siniga kirgizildi.» Bu Shohmurodbiyning aholini kо’chirib joylashtirish
siyosati bilan bog’liq edi. Buning natijasida О’ratepa, Xovos, Toshkent,
Andijon, Kattaqо’rg’on, Termiz va boshqa yerlardan aholining
Samarqandga majburiy kо’chirib keltirilishi shaharning rivojlanishiga
sabab bо’ldi.


Download 272.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling