Tarixdan xikoyalar
Download 1.55 Mb.
|
Umumiy tarix
Miloddan avvalgi 522 yilda shox Doro 1 (mil.avv.522-486 yillarda xukmdor) Qadimgi Fors davlati taxtiga chiqdi. Bu paytda bosib olingan barcha mamlakatlarda qo'zg'olonlar alangalanib ketdi. Axamoniylar shoxi Doro 1 ularni bostirishga kirishdi. Doro 1 butun mamlakat uchun "doroyi" deb nomlangan yagona oltin tangani muomalaga kiritdi. Persepoldan O'rtaer dengiziga qadar "shox yo'li" degan podsho savdo yo'li qurilgan edi. Doro 1 armiyani qaytadan tuzdi, saltanatni "satrapliklar" deb nomlangan aloxida xarbiy o'ikalarga taqsimladi. Dora 1 Qora dengiz bo'ylarida yashovchi skiflar ustiga yurish qildi. Dora 1 ning Kichik Osiyodagi yunonlar koloniyalari va Frakiyani bosib olishi yunon-fors urushlari boshlanib ketishiga sabab bo'ldi. Doro 1 xukmronligi davrida Xindiston shimolidan O'rtaer dengiziga qadar yastangan ulkan imperiya barpo etildi. Suza, ekbatana va boshqa shaxarlar Axamoniylar davlatidagi muxim savdo markazlari edi. Persepol shaxrida Doro 1 va Kserksning muazzam xonalar va yuz ustunli zali bo'lgan saroyining qoldiqlari saqlanib qolgan. Saroy afsonaviy va xayoliy qushlar tasviri bilan bezatilgan edi. Persepol bo'rtma naqshlarida axamoniylar itoatga kirgazgan ko'pgina xalqlar va elatlarning nomlari saqlanib qolgan. Ular asosan eron shoxlariga peshkash va o'lpon keltirayotgan xolatda tasvirlangan. Qadimgi forslar mixxatsimon belgilar bilan yozishgan. Fors shoxlarining bitiklari Bexistun va Naqshi Rustam qoyalariga, shuningdek, Persepol saroyi devorlariga chekib yozilgan. Ular yurishlar, qo'zg'olonlar va davlat xayotidagi muxim voqealar xaqida maьiumot beradi. Makedoniyalik Aleksandr mil.avv.330 yilda Fors davlatini bosib oldi. Axamoniylar davlati ikki yuz yildan ziyod xukmronlik qilgan. Isroil podsholigining donishmand podsholaridan Solomon bo'lgan. 16-§. Xindiston sivilizatsiyasi Xindiston mamlakati shu nomdagi yarimorol xamda Osiyo qitьasining Xind va Gang daryolari vodiylaridagi bir qismini egallagan. Tabiiy sharoiti jixatidan bu vodiy Misr va Mesopotamiyaga o'xshab ketadi. Issiq iqlim va suv bilan birga serunum loyqani oqizib kelayotgan keng yoyilib oqadigan daryolar dexqonchilik vujudga kelishi va rivoj topishi uchun imkoniyat yaratdi. Ximolay tog'lari shimoli sharqdan dushmanlar va sovuq shamollar tajovuzidan o'ziga xos tabiiy mudofaa devori bo'lib xizmat qilar edi. Gang vodiysidagi tropik o'rmonlar ulkan daraxtlar va rang-barang o'simliklarga boy bo'igan. Daraxtlarning azamat poyalariga o'ziga xos to'rlarni vujudga keltiruvchi baxaybat chirmovuqlar chirmashib o'sib yotardi. Jungli changalzorlarida faqat bolta yordamidagina yo'l bosish iloji bo'igan, xolos. Miloddan avvalgi 3 mingyillikda Xind daryosi vodiysida yagona davlatga birlashgan katta shaxarlar vujudga kela boshladi. Moxenjodaro va Xarappa shaxarlari Xind daryosi xavzasining eng yirik shaxarlari edi. Ikkala shaxar xam mustaxkam mudofaa devorlari bilan ximoyalangan, ichki qasri bo'lgan. Ko'chalar bilan biri-biridan ajratilgan mavzelarda pishgan g'ishtdan qurilgan uylar topildi. Katta va chiroyli shaxar bo'igan Moxenjodaro axolisi moxir kulol va zargar. Axolining asosiy mashg'uloti dexqonchilik va chorvachilik bo'lgan. Ular shakarqamish, paxta o'simliklarini yetishtirganlar, fillarni qo'lga o'rgatganlar. Biroq miloddan avvalgi 18 asrdan keyin Xind daryosi vodiysi manzilgoxlari tez-tez ro'y berguvchi toshqinlar, o'rmonlar va changalzorlar kengayishi xamda tuproq oriqlab ketishi tufayli zavolga yuz tutadi. Miloddan avvalgi 1500 yillarda Xindiston xududiga istilochilar bostirib kiradi. Olimlar farazicha, bosqinchi oriylar SHarqiy Yevropa va Uralda yashagan ko'chmanchi qabilalar bo'igan. Oriylar xujumidan keyin Moxenjodaro va Xarappa butunlay vayronaga aylanadi, bu shaxarlar qaytib tiklanmadi. Qadimgi xindlar xuddi misrliklar va bobilliklar singari tabiatning ko'pdan ko'p xodisalari qarshisida ojiz edilar: tropik jalalar, suv toshqinlari, qurg'oqchilikdan qo'rqardilar. Xindlar tasavvurida tabiatni xudolar boshqarayotgandek tuyulardi. Qadimgi xind rivoyatlarida aytilishicha, Quyosh xudosi xar tongda oltin aravada osmon bo'ylab yo'iga tushadi. Quyosh tungi zulmatni parokanda qilib tashlab, odamlarga xarorat va yorug'lik ulashish niyatida ufqdan bosh ko'taradi. Momaqaldiroq xudosi Indra osmondagi suvni tutqinlikdan xalos aylagach, Yer yuzida qurg'oqchilik poyoniga yetibdi. Xindlar ayrim xudolarni yovvoyi xayvonlar timsolida tasavvur etishgan. Masalan, filga sig'inishgan: Bosh xudolardan biri boshi filnikiga o'xshash donishmand Ganesha bo'igan. Sigir esa xindlar orasida aloxida extiromga sazovordir. Sigir muqaddas xayvon xisoblangan. Sigirni o'ldirgan kimsa jinoyatchi deb eьlon qilingan: bunday kishi jamiyatdan xaydab yubonlar, xech kim u bilan muloqot qilishga xaqli bo'la olmasdl. Xindlar jon bir tanadan boshqasiga ko'chib o'tishiga eьtiqod qilishgan. Ular vafot etganidan keyin odam butunlay o'lmaydi, balki boshqa bir mavjudotga aylanib, o'z tashqi qiyofasini o'zgartiradi, xayvonga, qumursqaga va o'simlikka aylanadi deb xisoblashgan. Inson vafot etganidan keyin kimga va nimaga ylanib qolixi esa uning bu xayotdagi saьy-xarakatlan va amallanga bog'liq, deb o'ylashgan. Qadimgi xindlar qanday yumushlar bilan shug'ullanishiga qarab 4 guruxga ajratilgan edi. Bu tabaqalar kasta yoki varna deb atalgan, jumladan: koxinlar-braxmanlar, jangchilar-kshatriylar, dexqon, xunarmand va savdogarlar-vayshilar, xizmatkorlar va qullar-shudralar. Xindlarning eьtiqodicha, tabaqalardan xar birini oliy xudo Braxma o'z jismining qandaydir bir qismidan dunyoga keltirgan ekan. Masalan, koxlnlar unlni daxanidan, jangchilar qo'llaridan, dexqonlar quymuchlaridan xizmatkorlar esa oyoqlari tovonidan yaratllgan. Bolalar xamisha ota-onalari tabaqasiga mansub deb topilgan. Bir tabaqadan boshqasiga o'tishning xam iloji bo'lmagan. Turli kastalarga mansub odamlar o'rtaslda nikoxga xam yo'l qo'yilmagan. Tabaqalardan birortasiga xam mansub bo'lmaganlar esa aloxida maqomga ega bo'lishgan. Bundaylarni "chandafь, yaьni "xazar qilinadiganlar" deyishgan. "CHandallar" kastalarga mansub odamlar bilan birga bir uyda yashay olmasdi, ular bilan bir dasturxonga o'tirish taqiqlangan edi. Uzoqdan ko'rinib, ajralib turishlari, kimdir tasodifan ularga tegib ketmasligi uchun "chandallar" maxsus libos kiyib yurishlari kerak edi. Ular qishloqlardan tashqarida yashashga majbur edi. 17-§. Miloddan avvalgi 1 mingyillikda Xindiston Dexqonchilik, xunarmandchilik va savdo-sotiq rivoj topishi bilan Xindistonda xarbiy aslzodalar va ruxoniylar ancha kuchayadi.Qullar va boshqa mexnat qilayotgan kishilarni itoatda saqlab turish uchun armiyasi, amaldorlari, sudyalari, posbonlari va soliq yig'uvchilari bo'lgan kuchli davlat zarur edi. Xarbiy sardorlar va oqsoqollar orasidan ajralib chiqqan xokimlar xokimiyatni vorislik yo'li bilan farzandiga qoldiruvchi podsholarga aylandilar, SHu taxlit miloddan avvalgi 7-6 asrlarda Xindistonda bir necha davlatlar vujudga keladi, jumladan: Magadxa, Koshala, Malla va boshqalar. Makedoniyalik Aleksandr O'rta Osiyoni zabt etganidan so'ng miloddan avvalgi 327 yilda Panjob o'lkasi xududiga bostirib kiradi. Mazkur o'lkada joygan davlatlarning xukmdorlari bosqinchilarga qattiq qarshilik ko'rsatadilar. Makedoniyalik Aleksandr katta qiyinchiliklar bilan Xind vodiysigacha yetib boradi, miloddan avvalgi 325 yilda Bobilga qaytib ketadi. Mil. avv. 318 yilda yunon-makedon qo'shinlari Xindistondan butunlay quvib yuboriladi. . Yunon va makedon qo'shinlariga qarshi kurashga mashxur xind sarkardasi CHandragupta sardorlik qiladi. Yunon va makedonlar qo'shinlari quvib yuborilgandan keyin CHandragupta SHimoliy Xindistondagi barcha davlatlarni o'z tarkibiga olgan Maurya davlati asoschisi bo'ldi. Pataliputra shaxri esa Maurya davIati poytaxtiga aylandi. Mil. avv.3 asrda podsho Ashoka xukmronligi davrida Maurya rivojlanishda yuksak pog'onalarga erishdi. Ammo podsho Ashoka vafot etganidan so'ng o'zaro urushlar avj oldi, Xindiston yana mayda-mayda davlatlarga parchalanib ketdi. Sal o'tmasdan ularning ko'pchiligini Kushon podsholigi bosib oldi. Miloddan avvalgi 1 mingyillikda Ilm fan Xindiston ilm-fan, xususan, astronomiya va matematika soxasida yuksak darajaga erishadi. Xindlar 360 kundan tarkib topgan Quyosh kalendari tuzadilar. Bu davrda sanash va xisoblashning o'nlik sistemasi keng tarqaladi: xindlar "nol"ni ifodalovchi maxsus belgini o'ylab topishadi, raqamlarni esa bugungi kunda butun dunyo qo'llaydigan bir tartibda yozadigan bo'ladilar. Biz bu raqamlarni arab raqamlari deb ataymiz, negaki bu raqamlarni xindlardan qabul qilgan arablar orasida ular keng tarqalgan edi. Ushbu mamlakatda ixtiro qilingan, xindlarning o'zi "qo'shinning to'rt turi" deb ataydigan o'yin bugungi kunda xutun jaxonda "shaxmat" nomi bilan maьlum va mashxurdir. Xindlar birinchi bo'lib shakarqamishdan shakar olgan edi. Metallarga ishlov berish soxasida xam xindlar kishini lolqoldirgulik natijalarga erishdilar. Xozirgi kunga qadar Dexli shaxrida saqlangan toza temirdan quyilgan minora ustuni xali xam zanglamagan, korroziya xodisasi unga asrlar davomida taьsir o'tkaza olmagan. Qadimiy xind tillari asosida yangi adabiy til bo'lmish Sanskrit ishlab chiqildi. "Maxobxarata", ьььRamayana" , "Panchatantra" eposlari (dostonlari) xamda boshqa asarlar ana shu tilda yozilgan bo'lib, ular bugungi kunga qadar yetib kelgan. Jamiyatdagi o'zgarishlar taьsida xindlarning diniy .eьtiqodlari xam isloxotga yuz burdi. Yangi buddaviylik dini yaratilishi Budda taxallusini olgan shaxzoda Siddxartxa Gautama nomi bilan bog'liq Rivoyatda naql qilinishicha, shaxzoda Siddxartxa Gutama 20 yoshga to'lguniga qadar xukmdor otasi saroyida betashvish farog'atli kun kechirgan. Kunlardan bir kuni sayr qilib yurgan chog'ida munkillagan cholga shab qolgan, bedavo dardga yo'liqqan navqiron bir kishiga, keyin esa dafn marosimiga ko'zi tushadi. Bu to'qnashuvlar shaxzoda Siddxartxa Gautama xayotini tamomila o'zgartirib yubordi. U saroydagi farog'atli turmushidan voz kechdi, xayot mazmunini izlab topish maqsadida dunyo bo'ylab sayoxatga otlandi. Bir kuni maьrifatga erishgan orif Budda inson sonnoqsiz marotaba tug'i1ishi va vafot etishini tushunib yetadi. Keyingi xayotda odamning kim bo'lib tug'ilishi uning saьy-xarakatlari va amallariga bog'liqdir. Budda va uning izdoshlari bo'lgan buddaviylar inson yolg'on so'zlamasligi, mol-davlat to'plamasligi, tirik mavjudotlar qonini to'kmasligi lozim deb xlsoblaydi.Inson xar qanday mayllardan voz kechishi zarur, negaki xar qanday xoxish-istak azob-uqubatga olib keladi. Buddaviylar Yer yuzida o'rmalab borayotgan qurt-qumursqalarni tasodifan bosib olib, ozor yetkazslik uchun xatto qishda xam oyoqyalang yunshgan. Avvaliga buddaviylarda xudo bo'imagan, chunki ular xudolar inson azob-uqubatlarini, engillashtira olmaydi, deb xisoblashgan. Ammo kop o'tmay Buddaing o'zi xudoga aylandi. Bugun xam buddavlyxk ibodatxonalarida uning xaykallarini ko'rish mumkin. Budda nilufar gulida teran o'ylarga cho'mgancha qilt etmas yuz ifodasi bilan qovoqlarini tushirgancha chordona qurib o'tirgan xolatda tasvirlanadi . Yangi din oldingilaridan inson mavqeyi tabaqalarga xam, jamiyatdagi maqomiga xam bog'liq bo'imasligi bilan farqlanadl. Buddavlylar fikricha, xamma narsa insonning o'ziga bog'liq: uning mukammallikka intilishi, ortiqcha narsalardan voz kechishi maьnaviy yuksalish zaminidir 18-§. Xitoyning qadimgi sivilizatsiyalari Misr, Mesopotamiya va Xindistondagi Xitoyda xam sivilizatsiyalar Xuanxe va Yansizi degan katta daryolar bo'ylarida miloddan avvalgi 3-2 mingyilliklarda kurtak yoya boshladi. Qadimgi davlati Xuanxe daryosining o'rta oqimida vujudga keladi (xitoycha "Xuanxe"-" Sariq daryo" maьnosini latadi). Xitoyliklar "beqaror daryo", "minglab ofatlar daryosi deb xam taьriflagan Xuanxe o'zanini tez-tez o'zgartirib di. O'rtacha xar ikki-uch yilda bir marotaba kuchli erta tolofot suv toshqinlari bo'lib o'tardi. Odamlar bu toshqinlardan tepalik joylarda jon saqlab qolishardi. Miloddan avvalgi 3 mingyillikda Xitoyda qabilalar ittifoqlari paydo bo'la boshladi. Mil. avv. 2 mingyillik o'rrtalarida ittifoq-shaxarlar yagona davlatga birlashdi bu davlat nomi xam uning bosh shaxri nomi kabi "SHan" deb atalgan. Mil. avv. 2 mingyillik oxirida SHan qo'shni chjou qabilasi bostirib kiradi, uning xukmdori SHan yerlarini o'zinikiga qo'shib oldi va "CHjou" degan katta davlatni bunyod etdi. Davlat ulkanligi bois xukmdorlar uni "Zafaryor" yoki "O'rta podsholik" deb, o'zlarini esa "Osmon o'g'illari" deb atashadi. Butun markaziy Xitoy ana shu davlat tarkibiga kirgan edi. Dexqonchilik Xitoyda azaldan eьtiborli va faxrli kasb xisoblab kellngan. Asosiy dexqonchllik ekinlari javdar va bug'doy bo'lgan. Keyinchalik xitoyliklar sholi yetishtira boshladilar, sholi urug'i Xindistondan keltirilgan. SHoli yetishtirish oson ish emas. Urug' sochilishi oldidan dala xo'kiz qo'shilgan omoch bilan shudgor qilinadi. SHudgordan keyin tishlari kalta-kalta og'ir borona bilan dala tekislanaai. SHoli urug'i old indan namlab qo'yilgani tufayli tez ko'kara boshlaydi. Ko'kargan urug' ko'chati yerga o'tqaziladi. ekiladigan dala ko'llatib sug'oriladi, ko'chat bo'yi 20-25 santimetr bo'lganida dalalarga o'tqaziladi. SHolipoya 5-10 santimetr qalinlikda ko'llatib sug'oriladi. Taxminan 100 kundan .keyin sholi pishib yetiladi, xosilni yig'ishtirib olgandan keyin yog'ochdan yasalgan zanjirlar bilan yanchiladi. Xitoy axolisi keyinchalik "choy" daraxtini xam yetishtira boshladi, uning barglaridan shifobaxsh ichimlik bo'lmish "choy" tayyorlanadi. CHoy tez orada butun jaxonga tarqaldi. Tut daraxti yetishtirish Xitoy axolisining asosiy mashg'ulotlaridan biri bo'lgan. Tut bargi bilan ipak qurti boqiladi. Ipak qurtlari pillalarga tolalarni o'raydi, pilladan esa nixoyatda engil va tiniq mato bo'imish ipak tayyorlanadi. Miloddan avvalgi 7-6 asrlarda CHjou davlatida markaziy xokimiyat zaiflasha boshladi.Ayrim viloyatlar noyiblari podsho xokimiyatidan ozod bo'lishga intilar edilar. Xitoyga ko'chmanchi qabilalar xujum qila boshlaganidan foydalanib qolgan chekka viloyatlar axolisi ajralib chiqib, o'z davlatini tashkil eta boshladi. SHu taxlit, miloddan avvalgi 7-5 asrlarda.katta davr tarixda "ko'p podsholiklar" davri nomini olgan. Xitoyda ayni maxalda "kurashayotgan podsholiklar" davri xam boshlanadi. "Zafaryor"-imperiyaning xukmdorlari bilan ajralib chiqqan davlatlar xukmdorlari o'rtasida boshlangan urushlar 200 yildan uzoq davom etdi. Bu davr Sin davlati xukmdori o'zining barcha raqiblarini yo'q qilib tashlab, miloddan avvalgi 3 asrda yagona davlat tuzishi bilan yakunlandi. 19-§. Miloddan avvalgi 3-milodiy 2 asrlarda Xitoy Xitoyni yagona davlatga birlashtirish jarayoniga Xitoy danlatlaridan biri bo'imish Sin davlati xukmdori boshchilik qiladi. Sin davlati xukmdori raqiblarini tor-mor etdi, Xitoyni o'z xokimiyati ostida birlashtirdi. SHundan keyin u Sin SHixuandi (miloddan avvalgi 246-210 yillar) nomini qabul qilgan, bu nom "Sinning birinchi xukmdoriь degan maьnoni bildiradi. O'z davlati xududini 36 viloyatga taqsimlagan xukmdor xar birig'a imperator noiblarini raxbar etib tayinladi. Aslida qattiqqo'l bo'lgan Sin. SHixuandi o'z raqiblarini shafqatsizlarcha qirib tashladi. Uning xukmronligi davrida Xitoy gullab-yashnadi: dexqonchilik, xunarmandchilik va savdo-sotiq rivojlandi. Sin SHixuandi xali ko'zi tirikligidayoq o'ziga atab maqbara qurishga farmon bergandi. Xashamatli va bezaklari jixatidan. bu maqbara Misr piramidalari bilan bellasha oladi. Maqbarani 720 ming odam 37 yil mobaynida bunyod etgan. Maqbara tubi bir necha kvadrat kilometr maydonni egallagan. Sin SHixuandi qabridan imperatorni "qo'riqlash" uchun o'rnatilgan 6 mingta sopol askarlar xaykallari xam topilgan. Sin SHixuandi xukmronligi ko'chmanchi xunnlarning axyon-axyondagi xujumlaridan ximoyalanish uchun Buyuk devori bunyod etish boshlab yuborildi. Devorning balandligi 12 metr, kengligi 5 metr, uzunligi esa qariyb 4000 kilometrni tashkil etadi. U qadim zamonlarda dushman qo'shinlari uchun jiddiy to'siq bo'lib xizmat qilgan, negaki otliq qo'shinlar undan oshib o'ta olmas, qalьalarni shturm bilan zabt etishni esa ko'chmanchilar xali uddalay olishmasdi. Podsho va amaldorlar yuz minglab dexqonlarni vor qurilishida tekindan tekin ishlab berishga majbur qiladilar. Buyuk devorni belkuraklar, cho'kichlar zambilg,ьaltaklar yordamida barpo etadilar. O'sha lar dexqon oilasida o'g'il bola tug'ilishi musibat ida ko'rilgan: voyaga yetganidan keyin uni bari-bir,devor qurilishiga jo'natardilar, u yoqdan tirik qaytib.kelish esa xammaga xam nasib etavermasdi.Minglab qullar va asirlar devor qurilishidagi xaddan tashqari og'ir mexnatdan xalok bo'lishdi.O'lib qolganlarni shu yerning o'zida ko'tarmalarga ko'mib yuborishardi. Mil.avv.206 yilda Sin sulolasiga qarshi dexqonlar qo'zg'aloni alangalanib ketadi.Unga Lyu Ban degan kishi boshchilik qilgan edi. Qo'zg'olonchilar poytaxtni egallab oldilar. Imperiya vayronalarida Xan sulolasi boshchiligida yangi davlat barpo etildi. Bu lola davlati imperator U-Di xukmronligi davrida (mil.avv.140-87 yillar) eng qudratli davlatga aylangan va 220 yilga qadar mavjud bo'lgan edi. SHarqdagi boshqa davlatlardagi kabi Xitoyda xam mavjud yerlar xukmdorniki xisoblanar, axoli natural soliqlar to'lar, turli mexnat majburiyatlarini ,bajarar edi. Zo'r mexnat evaziga yetishtirilgan xosil ko'pincha dexqonning o'ziga nasib etavermasdi. Xosil yig'ishtirilganidan keyin amaldorlar va qorovullar kelar. Bordi-yu, dexqon soliqlarni vaqtida to'lay olmasa qarzni qaytarib bera olmasa, qarzlari evaziga o'z oila azolaridan birini berib yuborar edi. Tushgan pulga esa .oilaning qolgan aьzolarini yangi xosil yig'imigacha boqib turish imkoniga ega bo'lardi. . Og'ir axvoldan norozilik tariqasida keyinchalik dexqonIar qo'zg'olonlariga aylanib ketuvchi uyushmagan g'alayonlar vujudga kelardi. Ulardan biri "qizilqoshlilar qo'zg'olonli nomini olgandi, chunki qo'zg'olon ko'targanlar o'z odamlarini chalkashtirib qo'ymaslik uchun qoshlarini qizil rangga bo'yab olgan edilar, "Sariq ro'mollilar qo'zg'oloni 2 asrdagi eng yirik isyon bo'ldi. Bu qo'zg'olonga yaxshi tayyorgarlik ko'rilgan, qo'zg'olon ko'targanlar orasida xarbiy sanьat bilimdonlari xam.bo'lgan. Qo'zg'olon butun mamlakatni qamrab oldi. Faqat xukmdorning yaxshi qurollangan va durust xarbiy taьlim ko'rgan qo'shinlarigina uni bostirishning uddasidan chiqdi. Biroq xalq qo'zg'olonlari mamlakatning boshqa viloyatlarida davom etaverdi. Xunnlar xujumlari zo'rayishi bilan davlat xam kuchsizlanib qoldi, milodiy 4 asrda Xitoy imperiyasi uchta podsholikka parchalanib ketdi. Qadimgi Xitoyda butun boshli so'zlarni ifodalagan ieroglif yozuvimavjud bo'lgan.avvaliga xitoyliklar bambukka yozishgan. Xitoyliklar bambukni uzun-uzun taxtachalarga bo'laklab, uchi o'tkirlangan yog'och tayoqcha bilan ularga ierogliflarni daraxt sharbatidan tayyorlangan siyox bilan yozishardi. Ingichka va uzun taxtachalarga faqat ustun tariqasida yozish imkoni bo'lgan, shuning uchun xam yuqoridan pastga qarab yozish shakli keyinchalik saqlanib qoldi. Bambuk taxtachalarining yuqori qismida teshik parmalanib, ularni bir dasta qilib bog'lashgan. Bambuk taxtachalar bog'lami ayni maxalda eng qadimgi xitoy kitoblari xam edi. Bundan 2,5 ming yil muqaddam bambuk o'rnida ipakdan foydalanishga o'tildi. Ipakka tayoqcha bilan emas, mo'yqalam bilan yozilar edi. endi kitob uzun ipak parchasiga o'xshar, uni o'rama tarzida tayoqchaga o'rashar edi. Miloddan avvalgi 1 asrda qog'oz ixtiro qilindi. Xitoyliklarning eng ajoyib ixtirolaridan biri kompas bo'igan. U magnitlangan temirdan yasalgan uzun dastali kattakon qoshiqni eslatar edi. Bu moslamani kataklarga ajratilgan zarxallangan yog'ochga o'rnatishgan uning dastasi esa xammavaqt janubni ko'rsatgan. Xitoyiklar kompasdan tegishli ishlarda, quruqlik va dengizda foydalanishgan. Xitoyda zilzilani oldindan aytib beruvchi seysmograf xam ixtiro qilingan edi. Xitoy olimlari tarix, astronomiya va tibbiyotga oid ko'plab asarlar yaratishgan. 20-§. O'zbekiston xududidagi ilk davlatlar Yozma manbalarning guvoxlik berishicha, miloddan avvalgi 7-6 asrlarda O'zbekiston xududida so'g'diylar, baqtriyaliklar, xorazmliklar, sak va massaget elatlari yashagan Zarafshon va Qashqadaryo voxasida dexqonchilik bilan shug'ullanuvchi ko'plab axoli istiqomat qilganYozma manbalarda bu xudud So'g'da ("Avesto"da), So'g'uda (Bexistun yozuvlarida), Arrian, Strabon, Kvint Kursiy Ruf asarlarida So'g'diyona deb nomlangan. Bu xududda yashaydigan axoli so'g'diylar deb atalgan. Amudaryoning quyi oqimida yashagan o'troq dexqon elatlari xorazmliklar bo'igan. Ularning yurti Xvarizam (Avestoda), Xvarazmish (Bexistun yozuvlarida), Xorasmiya (Arrian, Strabon asarlarida) deyilgan. So'g'diylarning eng yaqin qo'shnilari baqtriyaliklar bo'lib, ularning yurti Surxon voxasi, Afg'onistonning shimoliy, Tojikistonning janubiy xududlarida joylashgan. Yozma manbalarda u Baxdi("Avesto"da), Baqtrish (Bexistun yozuvlarida) deb nomlangan. Yunon-rim mualliflari uni Baqtriana yoki Baqtriya deb ataganlar. CHo'llar va Amudaryo bo'ylarida ko'chmanchi massaget qabilalari yashaganlar. O'rta Osiyoning tog'lik, dasht va cho'l yerlarida asosiy mashg'uloti chorvachilik bo'igan saklar istiqomat qilishgan. Miloddan avvalgi 6 asrda ular o'z yerlarini boshqa qabilalar xujumidan ximoya qilish uchun xarbiy qabila ittifoqini tuzadilar. Qadimgi yunon-rim tarixchilarining yozishilaricha saklar uch guruxga bo'lingan.Ularning ko'pchilik qismi saka-tigra-xauda yani o'tkir uchli kigiz qalpoq kiyib yuruvchi saklar deb atalgan. Ular xozirgi Toshkent viloyati Janubiy Qozog'iston yerlarida yashaganlar. Ikkinchi gurux saka-tiay-taradarayya, yaьni daryoning narigi tomonida yashovchi saklar deb atalgan.Ular Orol dengizi bo'ylarida, Sirdaryoning (bu daryoning qadimgi nomi Yaksart) quyi oqimida yashaganlar. Pomirning tog'li tumanlarida va Farg'onada saka-xau-movarka deb ataluvchi saklar yashashgan. Xorazm, So'g'diyona va Baqtriya axolisining asosiy mashg'uloti o'sha vaqtda sunьiy sug'orishga asoslangan dexqonchilik edi.Jamiyat, xayotida xunarmandchilik va savdoning xam o'rni katta bo'igan. ManziJgoxlardan yuqori sifatli kulolchilik idishlari, temir va bronza buyumlari topilgan. Ko'chmanchi sak va massaget elatlarining asosiy mashg'uloti chorvachilik bo'lib, ularning tuya,va ot qo'y-echkilardan iborat katta-katta suruvlari bo'lgan. Xayvon terisidan poyabzal, kiyimlar, chodirlar tikib, g'alla va mevaga ayirboshlaganlar. O'rta Osiyo ьxalqlari SHarq mamlakatlari bilan yaqindan madaniy aloqada bo'lganlar. SHu tariqa O'rta Osiyoning o'troq ko'chmanchi axolisi o'rtasida o'zaro savdo ayiriboshlash bo'igan. Xunarmandchilik va savdoning rivojlanishi natijasida miloddan avvalgi 7-6 asrlarda qadimgi shaxarlar rivojlangan. Ular mustaxkam mudofaa devorlari bilan o'ralgan bo'lib, xunarmandchilik ishlab chiqarishi va savdo markazlari edi Qadimshunoslar Afrosiyob (Samarqand) Yerqo'rgon va Uzuqir(Qashqadaryo vodiysi), Ko'zaliqir (Xorazm), Qiziltepa (Surxondaryo) kabi qadimiy shaxarlarni o'rganishgan. O'zbekistonning bunday qadimiy shaxarlari qanday ko'rinishga ega bo'lgan? Qadimgi shaxarlarga xos umumiy belgi ularning mudofaa devorlari bilan o'ralganligidir. SHaxarda xokim yashaydigan qalьa bo'lgan. Qalьada xom g'ishtdan qurilgan katta saroy joylashgan. SHaxarlarning bir guruxi savdo va xunarmandchfiik markazlari bo'lsa, boshqalari aloxida tuman va viloyatlar markazlari xisoblangan. Masalan, ilk Qiziltepa shaxri mustaxkam mudofaa devorlari bilan o'ralib, devor suv to'idirilgan xandaq bilan ixotalangan. Devorning gumbazlari va o'q otish uchun maxsus shinaklari xam bo'lgan. SHaxar ichkarisida turar joylar va xunarmandchilik ustaxonalari joylashgan. Miloddan avvalgi 7 asrda tashkil topgan Qadimgi Baqtriya davlati O'rta Osiyo xududida qadimgi davlatlardan biri sanaladi.Marg'iyona va So'g'diyona xam Baqtriyaning siyosiy va madaniy taьsirida bo'igan. SHuning uchun u qadimda bir-biriga qarindosh bo'lgan elatlarning davlat birlashmasi deyilgan. Miloddan avvalgi 7-6 asrlarda Surxondaryo, Qashqadaryo, Zarafshon voxalari va O'zbekistonga chegaradosh viloyatlar Qadimgi Baqtriya davlati taьsirida bo'igan. Qiziltepa, Uzunqir, Yerqo'rg'on va Afrosiyob o'rnida Baqtriya va So'g'dning markaziy shaxarlari joylashgan. Bu shaxarlar O'zbekiston xududida eng qadimgilari bo'lib, ularning yoshi 2700 yildan kam emas.Yana bir qadimiy davlat Xorazm xududida tashkil topgan. Bu davlat Xorazmdan tashqarida bo'igan yerlarni xam birlashtirgan. Qadimgi Xorazm markazlaridan biri Ko'zaliqir shaxri bo'igan. U qalin va mustaxkam mudofaa devorlari bilan o'ralgan. Uning dexqonchilik bilan mashg'ul bo'lgan axolisi turli xii uy-qo'rg'onlarda,qishloqlarda yashagan. Qadimgi Xorazmda xunarmandchilik, binokorlik va savdo-sotiq yuksak darajada rivojIangan. Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling