Tarixdan xikoyalar


Download 1.55 Mb.
bet8/167
Sana20.08.2020
Hajmi1.55 Mb.
#127040
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   167
Bog'liq
Umumiy tarix

Xitoy xukmdorlari bir necha bor bu davlatni bosib olmoqchi bo'ldilar, biroq ularning xarakatlari bexuda ketdi. Xarbiy yurishlarning birida u1ar Dovon davlatining poytaxti ershini qo'lga kiritdilar, biroq axolining taziyiqi ostida tovon evaziga uni tashlab chiqishga majbur bo'ldilar.

Dovon davlati Xitoy va SHarqning boshqa mamatlari bilan bo'lgan xalqaro savdoda muxim o'rin tutgan. Xitoy xukmdorlarini ko'proq Farg'onaning zotli otlari qiziqtirardi. Otlar naslining biriga xatto ular "Samoviy" deb nom berganlar. "Samoviy otlar" mukammal va go'zal ko'rinishga ega bo'lgan. Qadimshunoslar topgan dalillar Xitoy solnomalariagi maьlumotiarni tasdiqladi: miloddan avvalgi 2-1 asrlarda Farg'ona yuksak taraqqiy etgan, axolisi ko'p sonli, yaxshi qurollangan va mashq ko'rgan qurolli kuchlarga ega davlat bo'lgan.

Farg'ona davlatining SHo'rabashat, Uchqo'rg'on singari va boshqa shaxarlari atrofidagi axolisi yerni . ishlash, sholi va bug'doy yetishtirish, bog'dorchilik va uzum yetishtirishda katta yutuqlarga erishgan.

Olimlarning aniqlashicha, milodiy 2 asrda Farg'ona ьdavlati barxam topgan.

42-43-§§. Kushon podsholigi

Miloddan avvalgi 140-130-oralarida ko'chmanchi yuechji qabilarari Yunon-Baqtriya davlati xududiga bostirib kirdilar. Tarixda bu qabilalar "kushonlar" nomi bilan tilga olinadi. Kushonlarning Yunon-Baqtriya davlatiga bostirib kirishi uning uzil kesil bo'linib ketishiga olib keldi. Kushonlar SHimoliy Baqtriya yerlariga ko'chib kelib o'rnashdilar.

Birlashgan besh yuechji qabilasining birinchi ukmdori Kudzula Kadfiz bo'ldi.

Kudzula Kadfiz xukmronligi davrida Afg'oniston va Kashmir Kushon davlatiga qo'shib olingan. Uning vorisi Vima Kadfiz xukmronligi davrida Kushon davlati xududi yanada kengaydi. Podsho Kanishka xukmronligi zamonida poytaxt Baqtriyadan Peshovarga ko'chiriladi, Kushon davlati esa ulkan saltanatga aylanadi. Uning xududi Xindiston va Xo'tandan O'zbekistonning janubiy viloyatlari va Afg'onistongacha bo'lgan xududlarni qamragan edi. Rim, Parfiya, Xitoy davlatlari qatorida Kushon davlati xam ulkan imperiyalardan biriga aylangan. Milodiy 3 asrda to'xtovsiz urushlar oqibatida Kushon davlati inqirozga yuz tutdi va 4 asrda parchalanib ketdi.

Vima Kadfiz xukmronligi davidan Kushon podsholigida xukumdor tasviri tushirilgan tanga zarb qilish boshlandi. Xukmdor pul isloxoti o'tkazadi, zarb qilingan tangalar qadri ortadi. Tangalar oltin, kumush va misdan zarb qilingan.

Milodiy 1-2 asrlarda Kanishka xukmronligi davrida (milodiy 78-123 yillar) Kushon podsholigi o'z taraqqiyotining cho'qqisiga erishadi. Yangi-yangi shaxarlar bunyod etildi, Xindiston, Xitoy va Rim imperiyasi bilan savdo va elchilik munosabatlari yo'lga qo'yildi.

Xunarmandchilik xam yuksak darajada taraqqiy etgan. Kushon davlati yodgorliklari bo'lmish Xolchayon, Dalvarzintepa, Ayritom, Zartepa, Qoratepa va boshqalarni o'rganish jarayonida aniqlangan topilmalar xam buni tasdiqlaydi.

Kushon davlati iqtisodiyotining asosini sug'orma dexqonchilik, savdo-sotiq va xunarmandchilik tashkil qilgan.

Kushon davlati davrida suv tegirmoni, chig'ir turlaridan keng foydalanildi, yerga ishlov berish qurollari takomillashtirildi.

Kushon davlatida yashagan xalqlarning o'zaro madaniy va savdo-sotiq aloqalari tufayli O'rta Osiyoda qadimgi oromiy yozuvi keng tarqaladi.Bu yozuv G'arbiy Osiyoda paydo bo'lib, alifboga asoslangani tufayli o'zlashtirish ancha oson bo'lgan.

Qadimgi Termiz yodgorliklarini o'rganish natijasida oromiy yozuvi asosidagi kushon-baqtriya alifbosidagi yozuv namunalari topilgan.

Kushon mamlakatida yana bir xil yozuv-kushon shaklli yozuvi mavjud bo'lgan, bunda xarflar burchakli, to'rtburchakli va aylana shaklida bo'lgan.

Kushon podsholigida yozuv qadimdan mavjudligini Surxko'tal (Afg'onistondagi Qunduz shaxri yaqinida) yodgorligida topilgan yunon alifbosidagi kushon, bitiklari xam tasdiqlaydi.

Amudaryoning quyi oqimida, Zarafshon va Qashqadaryo vodiylarida oromiy alifbosi asosidagi xorazmiy va so'g'diy yozuvlar xam keng tarqalgan edi.

Yozuvning turli ko'rinishlariga oid topilmalar Kushon imperiyasining jaxondagi ko'plab davlatlar bilan keng ko'lamdagi aloqalaridan guvoxlik beradi

Kushon davlati tashkil topayotganda Baqtriya,So'g'diyonaning asosiy axolisi zardushtiylik dinida edi. Kanishka xukmronligi davrida Xindistonning bir qismi qo'shib olinib yaqindan aloqalar o'rnatilgach, Kushon davlati xududiga kirib kela boshlagan buddaviylik dini zardushtiylik bilan birga milodiy 8 asrgacha O'rta Osiyoda mavjud bo'ldi.

Eski Termiz, Ayritom va Dalvarzintepada muxtasham buddaviylik ibodatxonalari bo'lgan. Aynan shu yerdan buddaviylik O'rta Osiyo bo'ylab tarqala boshladi.

Kushonlar davrida xozirgi O'zbekiston xududida binokorlik va memorchilik yuksak darajada taraqqiy etdi. Dalvarzin va eski Termiz singari shaxarchalar xom g'ishtdan qurilgan mustaxkam istexkom devorlari bilan o'ralgan edi. Mudofaa devorlari ortida esa xukmdor qarorgoxi joylashgan. SHaxarlarning o'zi esa xunarmandlar maxallalariga va turar joy mavzelariga ajratilgan edi.

Asosiy eьtibor saroylar va ibodatxonalar qurilishiga qaratilgan. Xolchayondagi (Surxon voxasi) Kushon xukmdorlari saroyi, eski Termiz (Qoratepa, Fayoztepa) va Dalvarzintepadagi buddaviylik ibodatxonalarida o'sha davr devoriy tasvirlari va xaykaltaroshlikning yuksak sanьatkorona namunalari saqlanib qolingan. SHaxzodalar, saroy aьyonlari, jangchilar tasviri, Budda xaykali, xamda, ud cholg'u asbobini chalayotgan ayollar tasvirlangan mashxur Ayritom frizi shular jumlasidandir.

Temir va suyak kandakorligi xam yuqori darajaga erishgan. Dalvarzintepada fil suyagidan yasalgan shaxmat donalari topilgan. Kushon sanьatida maxalliy anьanalar, Qadimgi SHarq va Qadimgi Yunoniston ellinistik sanьati uslublari rivojlanishda davom etgan.

41-§. Buyuk Ipak yo'li

Milodiy 16 asrga qadar SHarq bilan G'arb xalqlari o'rtasidagi tarixiy-madaniy va savdo munosabatlari taraqqiyotida qadimgi dunyoda mashxur bo'lgan Buyuk Ipak yo'li muxim o'rin tutgan edi. Bu yo'l miloddan avvalgi 2 asrda vujudga kelgan va "Buyuk meridianal yo'l" deb atalgan. ьu yo'lga "Ipak yo'li" degan nom 1877 yilda nemis geografi F.Rixtgofen tomonidan berilgan.

Buyuk Ipak yo'li tashkil topmasdan avval O'rta Osiyo va Qadimgi SHarq xududida savdo va madaniy ayirboshlash uchun turli-tuman yo'llar mavjud bo'lgan.

Eng qadimgi yo'llardan biri miloddan avvalgi 3-2 mingyillikda vujudga kelgan "Laьl yo'li"dir. U Pomir tog'laridan boshlanib, eron va Old Osiyo xamda Misr orqali o'tgan. Pomirdan olinadigan yarim nodir laьl toshi (lojuvard) Qadimgi SHarq mamlakatlari zargarlari tomonidan yuksak baxolangan. Badaxshon laьli ishlatilgan buyumlar Misr firьavnlari maqbaralaridan xam topilgan.

Boshqa bir karvon yo'li eron axamoniylari sulolasining yo'li bo'lib, "SHox yo'li" deb atalgan. U miloddan avvalgi 6-4 asrlarda Kichik Osiyo shaxarlarini, O'rtaer dengizi bo'yidagi efes, Sard shaxarlarini eron poytaxtlaridan biri-Suza bilan bog'lab turgan. Tag'in bir yo'l eron, Baqtriya orqali So'g'diyona, Toshkent voxasi va Qozog'iston xududidan o'tgan va Oltoygacha borgan.

Buyuk Ipak yo'li 12 ming kilometrcha uzunlikda bo'lgan. U Sariq dengiz soxilidan boshlanib, SHarqiy Turkiston, O'rta Osiyo, eron, Mesopotamiya orqali O'rtaer dengizi soxillarigacha borgan. Bu yo'lda Sian, Dunxuan, Yorkent, Samarqand, Buxoro, Termiz, Marv va boshqa bir qancha qadimiy shaxarlar joylashgan edi.

So'g'diyonadan Xitoyga jun gazlama, gilam, zeb-ziynat buyumlari va qimmatbaxo toshlar olib borilgan; Baqtriyadan tuyalar, Farg'onadan zotli otlar, Badaxshondan laьl; Xindistondan O'rta Osiyoga ip-gazlama va paxta chigiti ortilgan karvonlar kelgan; Xitoydan guruch keltirilgan; O'rta Osiyodan Xitoyga uzum, yong'oq, anor va boshqa dexqonchilik maxsulotlari tashilgan. Miloddan avvalgi 138 yili Xitoy imperatori U-Di elchi CHjan Syanni ko'chmanchi xunn qabilalariga qarshi kurashda ittifoqchi va xamkorlar topish uchun jo'natadi. Xunnlar Xitoyning shimoliy tumanlarini talon-taroj qilar edilar.

Elchi xunnlar qo'liga asir tushadi va o'n yilcha xibsda yotadi. U asirlikdan qochib, Markaziy Tyan-SHan dovonlari orqali Issiqko'lga chiqadi. Norin daryosi bo'ylab Farg'ona vodiysiga keladi. Bu yerda o'zi uchun vodiydagi shaxarlarni kashf qiladi. Bu shaxarlar Farg'ona davlatiga qarashli ekanligini bilib oladi. Tabiiyki, elchi Xitoyning xunnlarga qarshi kurashida Farg'ona xukmdorining yordamini olmoqchi bo'ladi. Lekin Farg'ona xukmdori faqat savdo-sotiq aloqalarini o'rnatish istagini bildiradi. CHjan Syan janub sari sayoxatini davom ettiradi. Oloy vodiysidan o'tib, yana xunnlar qo'liga tushib qoladi. Bir yildan keyin vataniga qaytadi. elchi Xitoy imperatoriga ko'rgan-bilganlarini so'zlab beradi. Xitoyga Farg'ona otlaridan birini va beda urug'idan olib kelgan edi. Bu otni xitoyliklar "samoviy" deb ataganlar. Imperator U-Di o'z saroyi yaqinida beda ekadi. Keyinchalik u Xitoyning butun shimoli bo'ylab ekiladigan bo'ladi. Xitoyliklar anor, uzum, bodring va yong'oq ekishni xam yo'lga qo'yadilar.

CHjan Syan yurgan yo'l bo'ylab miloddan avvalgi 2-1 asrlarda Xitoy mamlakatini Markaziy va G'arbiy Osiyo bilan bog'lovchi jaxon axamiyatiga ega Buyuk ipak yo'li deb ataluvchi karvon yo'li o'tadigan bo'ldi. Farg'ona vodiysida Ipak yo'li ikki tarmoqqa bo'lingan. Birinchisi O'zgandan Axsi shaxri, Qamchiq dovoni , rqali (yozda) Iloq voxasi va Toshkentga kelgan. Ikkinchisi janubiy tarmoq bo'lib, O'zgandan O'sh, Quva, Marg'ilon, Qo'qon orqali Xo'jand, Samarqand, Buxoroga o'tgan.

Buyuk Ipak yo'lining tarixi SHarq va G'arb xalqlarining keng miqyosdagi madaniy aloqalari va savdo ayirboshlashi tarixidir. Bu tarix o'zaro xamkorlik va madaniyatlar boyitilishi tarixi bo'lib, tinchlik va taraqqiyot asosini tashkil etgan. O'zbekiston xududi bu yo'ining chorraxasida joylashgan.

O'rta Osiyo xalqlari Buyuk Ipak yo'li tufayli SHarq va G'arb mamlakatlari iqtisodiyoti va madaniyati bilan oshno bo'lganlar. G'arb mamlakatlari xalqlari esa O'rta Osiyo xalqlarining yuqori darajada rivojlangan madaniyatini o'zlari uchun kashf qildilar. O'zbekiston axolisi Xitoy shoyisini qadrlasa, Xitoyda So'g'diyona gilamlari, jun gazlamalari, xunardmandchilik buyumlariga talab katta bo'lgan.

Buyuk Ipak yo'li SHarq va G'arb mamlakatlari xalqlarini o'zaro madaniy aloqalaridan baxramand bo'lish imkonini berdi.

O'rta Osiyo bu yo'lning asosiy yo'nalishlari kesib o'tadigan markazida joylashgan. Bu yerga turli mamlakatlardan savdogarlar, xunarmandlar, olimlar va musiqachilar tashrif buyurar edilar.

Buyuk Ipak yo'li sharofati bilan O'rta Osiyo xalqlari G'arb va SHarqning iqtisodiy va madaniy yutuqlari bilan tanishdilar.

45-§ Italiya va uning axolisi

Apennin yarimorolida iqlim iliq bo'lib, yil bo'yi yomg'ir kam yog'ar edi. Yarimorolni to'liq egallagan Italiya mamlakatida qurg'oqchilik xam, qatttiq sovuq xam bo'lmasdi. Yegulik maxsulotlar mo'l-ko'lligi va tuproq unumdorligi tufayli ko'p asrlar davomiida Qadimgi Italiya axolisining asosiy mashg'uloti dexqonchilik va chorvachilik bo'lgan. Tog'lar mamlakat o'lkalarini bir biridan ajratmas, shuning uchun xam Italiyada joylashgan turli-tuman qabilalar birga yashashardi.

"Italiya" so'zining o'zi esa yunonchadan "buzoqchalar o'lkasi" tarzidaa tarjima qilinadi. Birinchi yunon koloniyachilari bu mamlakatda sigirlarni ,o'tlatish uchun ajoyib o'tloqlarni topgan edilar.

Apennin yarimorolidagi eng katta daryo Po daryosidir. Yarimorolning barcha qabilalari italiklar deb nomlangan. Ular orasida lotinlar, samniylar va sabi ko'pchilikni tashkil etgan. Kelib chiqishi borasida ular yunonlarga yaqin bo'lishgan. Italiyaning g'arbiy qismida Kichik Osiyodan bu mamlakatga ko'chib kelgan etrusklar yashagan. Ularning asosiy mashg'uloti dexqonchilik bo'lgan. Mil. avv. 8 asrga kelib etrusklar Italiyada 12 ta shaxar-davlat tuzishadi. Mil. avv. 7 asrda SHarq mamlakatlari bilan erkin savdo-sotiq qilish uchun yunon koloniyalari bilan kurash boshladilar. Karfagen mamlakati xam ularga qo'shildi. Avvaliga karfagenlar va etrusklar g'alaba qozonishdi, ammo ko'p o'tmay yunon qo'shini ularni quruqlik va dengizda tor-mor qildi. SHunday qilib, Italiya xududida mavjud bo'lgan etrusk sivilizatsiyasi zavolga yuz tutdi, ammo uning ko'plab yutuqlariga Rim axolisi munosib voris bo'ldi.

Rim shaxri Tibr daryosi bo'yidagi shinamgina dexqonchilik manzilgoxlaridan boshlangan. Tibr bo'ylab joylashgan kichik manzilgoxlar birlashib, katta shaxarga aylandi. Rim 7 ta tepalikda joylashgan. Tibr toshgan kezlarda tepaliklar o'rtasidagi vodiy odam o'tolmaydigan botqoqlikka aylanib qolar edi. SHaxar joylashishi xarbiy nuqtayi nazardan juda xam qulay bo'lgan. Daryo va botqoqlik lotinlarni qo'shni qabilalar xujumlaridan ximoya qilar edi.

Rivoyatga qaraganda, miloddan avvalgi 753 yilda Rim shaxriga aka-uka Romul va Rem tomonidan asos solingan. Dunyoga kelganlaridan so'ng chaqaloqlarni o'lsin deb Tibr daryosi bo'yida tashlab ketishadi. Daryo bo'yida ularni Ona bo'ri topib oladi, bir cholpon kelib olib ketmaguncha aka-ukalarni emizadi va boqadi. Voyaga yetganlarida esa Tibr bo'yida shaxar barpo etishga axd qilishadi. Aka-ukalar janjallashib qolib, Romul o'z inisini o'ldirib qo'yadi, shaxarga esa o'z nomini beradi. Bugungi kunda, afsonada aytilganidek, egizaklarni emizgan Ona bo'ri Rimning timsoli xisobladi.

Miloddan avvalgi 6 asrda Rim axolisi ko'p shaxarga aylanadi. Kapitoliy tepaligida esa dushmanlardan ximoyalanish uchun qalьa bunyod etiladi.

Ilgari rimliklar o'z xukmdorlarini saylashardi. Xukmdorlar xam boshqaruv xarbiy boshliq, xam sudya, koxin bo'lishgan. Miloddan avvalgi 509 yilga qadar shu taxlit davom etdi. Laqabi Mag'rur Tarkviniy degan kishi saylab qo'yilgan xukmdorni o'ldirib xokimiyatni egallab oldi. Darg'azab bo'lgan axoli qo'zg'olon ko'tarib, Tarkviniyni shaxardan xaydab yubordi. SHaxar axli butun xokimiyat bir kishi qo'lida jamlanishiga yo'l qo'ymaydigan boshqaruv shakliga o'tishga qaror qilishdi. Podsho xokimiyatining ag'darilishi Rim respublikasi asosini yaratdi.

46-§ Rim respublikasi

Rim xukmdorlari muxim masalalarni muxokama qilish uchun Xalq majlisini chaqirar edi. Xalq majlisi urush eьlon qilar, sulx tuzar, qonunlarni qabul qilar va beker etar, barcha muxim mansabdor shaxslarni tayinlar edi. Bu majlisning qarorini Senat tasdiqlar edi, lotinchadan tarjima qilganda "senat" so'zi "oqsoqollar kengashi" degan maьnoni anglatadi. Senatorlarning avlodlari patritsiylar, Rimning oddiy xalqi esa plebeylar deb nomlangan. Rim boshqaruvida faqat patritsiylar .ishtirok eta olar edi. Mil. avv. 6 asr xiridan Rim davlati respublika deb yuritila boshladi.

Lotinchadan tarjima qilganda "respublika" so'zi "xalq ishi, umumiy ish" degan maьnolarni anglatadi ("res"-ish, "publika"-xalq). Aslida esa Rim respublikasi boshqaruvida faqat zodagon quldorlar ishtirok eta olardi.

Davlatga xizmat qilish evaziga xaq to'lanmagani sababli qashshoq kishi, masalan, konsul bo'la olmasdi. Saylovlarni tashkillashtirish uchun katta pul talab etilardi. Badavlat quldorlar turli yo'llar bilan saylovchilarni o'z tarafiga og'dirib olar, masalan, bepul tushlik uyushtirar, sovg'a-salom tarqatar va shunga o'xshash ishlarni amalga oshirar edi.

Saylov kuni konsullikka o'z nomzodini qo'ygan badavlat quldorlar "kandida" deb ataluvchi oq-xarir libos kiyib olishgan. Xozirgi "kandidat", yaьni qandaydir tavozimni egallashga xarakat qiluvchi nomzod shaxs maьnosini beruvchi so'z xam "kandida"dan kelib chiqqan. Oq rang nomzodning vijdoni xam uning libosidek beg'ubor va pokiza ekantigini bildirib turar edi.

Senat mamlakatda katta xokimiyatga ega bo'lgan. birorta xam qonun Senatda muxokama etilmasdan turib, Xalq majlisi tomonidan qabul qilinmas edi. Asosiy mansabdor shaxslar-konsullar esa bevosita davlatni boshqarar edilar. Mabodo qadim zamonlarda 9 tajribali va xurmatli kishilar Senatda o'rin egallagan bo'lsa, vaqt o'tishi bilan konsullar xech bir saylovsiz Senatda o'rin egallab oladigan va uning umrbod aьzosiga-senatorga aylanadigan mavqega erishdi. Urush boshlangan taqdirda yoki xalq qo'zg'oloni ro'y berganda diktator va uning o'rinbosari-otliq qo'shinlar boshlig'i etib tayinlanar edi. Diktator cheklanmagan xokimiyatga ega bo'lgan. Ammo u xokimyatda olti oydan ko'p tura olmas edi.

Xar bir konsulni 12 kishidan iborat faxriy qorovul-liktorlar qo'riqlab yurar edi. Konsul jinoyatchilarni jazolash imkoniyatiga egaligi alomati sifatida tortar yelkalariga o'rtasiga boltacha sanchilgan qayishqoq arqonchalardan bog'lama taqib yurishardi.

Konsullar ikki nafar bo'lib, ular muxim masalalarni etayotganda bir-birlari bilan maslaxatlashib olishi kerak edi. Konsullar yil davomida Rim respublikasini boshqarib, rimliklarni sud qilar edilar. Xarbiy davrlarda esa ular qo'shinlarga qo'mondonlik qilishgan. Xar yili ular Xalq majlisiga xisobot berar edilar. Rim respublikasida xalq tribuni lavozimi xam taьsis etilgan edi. Xalq tribunlari qashshoq rimliklar manfaatlarini ifoda etar edilar. Ular majlislarda barcha fuqarolarning teng va yashirin ovozi bilan saylanar edi. Xalq tribuni "veto" (taqiqlayman) so'zini aytishi mumkin bo'lgan, bunday xolda qonun qabul qilinmas edi.

Qadimgi Rim qonunchiligi og'zaki qonunlarga asoslangan edi. Sudlarda ko'pincha adolatsiz qarorlar chiqaruvchi patritsiylar majlis tuzar edilar. Plebeylar talabiga ko'ra uzoq davom etgan muxokamalardan keyin Senat tomonidan qonunlar yoziladi. Ularni 10 ta mis (plastina) taxtachaga chekib yozishgan va xamma ko'rishi uchun osib qo'yishgan.

Patritsiylarni bu qonunlar qanoatlantirmasdi, negaki ular Yunoniston xukmdori Solonning qonunlariga asoslangan bo'lib, kambag'al axoli manfaatlarini muxofaza qilar edi. Tabiiyki, qonunlar bekor qilinadi. O'shanda asosan plebeylardan iborat bo'lgan Rim qo'shinlari isyon ko'taradi. Ular Rim atrofidagi Muqaddas tog'ga ketib qoladilar, o'z qonunlariga ega bo'lgan yangi shaxar tashkil qilamiz deb ogoxlantiradilar. SHu tariqa, patritsiylar 12 jadvaldan tashkil topgan yangi qonunlarni qabul qilishga majbur bo'ladilar.

Qonunlar xususiy mulkni daxlsiz deb eьlon qildi. Ko'pgina qonunlar plebeylar va patritsiylar tengsizligini qonunlashtirgan, ammo plebeylarni patritsiylar zo'ravonligidan xalos etgan edi. Faqat miloddan avvalgi 4 asr o'rtalariga kelib Rimning barcha fuqarolari mavqeyidan qatьi nazar qonun oldida teng deb xisoblanadigan qonunlar qabul qilindi.

47-§. Rim respublikasining xayoti

Imperiya xududi kengayib borgani sayin shaxarlar xam ko'paydi. Rim shaxarlari oldin puxta ishlangan reja asosida barpo etilgan. SHaxarlarda ko'plab chiroyli jamoat va turar joy binolari, ibodatxonalar, xammomlar, savdo rastalari va dorixonalar bo'lgan. Ko'pchilik odamlar 2-3 qavatli binoda istiqomat qilgan. Badavlat odamlar esa o'zlariga koshona qurib olar edilar. SHunday uylarda markaziy ish tizimi bo'lgan: pollar isitilar, quvurlar orqali uyga suv oqib kelar edi. Uy mozaikalar-shisha yoki

Yosh parchalaridan ishlangan suratlar bilan bezatilgan. SHoxona koshona-uy joylar -villalar devorlari freskalar-selimagan suvoqqa ishlangan rasmlar bezab turgan. Xar bir shaxar markazidagi forumda bozor maydoni , xalq yig'ilishi uchun joy va akveduk orqali suv oqib kelar edi. Rimliklar ovqat pishirish uchun o'choqlardan foydalanishgan. Rim bozorlarida eng bozori chaqqon tovar qullar edi. Odamlar kiyib yuradigan ularning jamiyatdagi o'rnini bildirib turar edi. Masalan o'gil bolalar 14 yoshga to'lmaguniga qadar pushti yo'lily toga kiyib yurishardi. 14 yoshga to'lgandan keyi oppoq toga kiyishardi va ular voyaga yetga xisoblanardi. Xuddi shunda xarir togani konsullar xam kiyishardi. Rimlik ayollar turli rangdai ko'ylaklar kiyishar edi. Bosh va yelkalariga ro'mol yopishardi Kundalik xayotda rimliklar o'z xudolariga madad va xomiylik istab murojaat etishardi. Xudolar uchun ulug'vor ibodatxonalar barpo etilgan. Bundan tashqari, xar bir rimlils xonadonida o'z xudosi bo'lgan. Rimliklar xudolarining ko'pchiligi yunonlar xudolarini esga soladi. Muxim ishni boshlashdan oldin rimliklar bu ishda madad berishi uchun xudolarga qurbonliklar bag'ishlar edilar.

Turfa xudolar xayotning turli jixatlarini boshqarar edi. Masalan, jangda mag'lubiyatga uchragudek bo'lishsa, demak, qaysidir ish bilan urush xudosi Marsning jaxlini chiqardik degan xayolga borishgan (qiyoslang: yunonlarda urush xudosi Ares).

Rimning bosh xudosi, osmon, momaqaldiroq va ,yashin podshosi Yupiter xisoblangan. Yupiter Rim davlatining xomiysi, xalqlar va davlatlar taqdirini ,boshqarib turadi deb xisoblangan. Neptun dengiz xudosi, uyqu xudosi Mortey, ov xudosi Diana xisoblangan. Rimliklar Vulkanni olov va temirchilar xudosi deb xisooblashgan. Venera baxor va sevgi xudosi, Baxus may xudosi bo'igan. Rimning odil sudlov iloxasi Yustitsiya xisoblangan.

Bu iloxa odatda ko'zlari bog'langan ayol ko'rinishida tasvirlangan. Yustitsiyaning o'ng qo'lidagi qilich jazo timsoli sanalgan, chap qo'lidagi tarozi bilan iloxa aybdorlik va aybsizlikini taqqoslab o'lchagan. Rimning taqdir iloxasi esa Fortuna xisoblangan. Fortunani ko'pincha taqdirlar peshvosi sifatida goxida rul bilan, baьzan esa taqdir qo'nimsizligi ramzi sifatidagi shar bilan birga tasvirlangan. Rimning qasos va intiqom iloxalari bo'imish ьFuryalar yovuz, qasoskor ayollar siymosida tasvirlangan.

Ibodatxonada Rimning bosh xudosi Yupiteming ulkan xaykali o'rnatilgan. Ibodatxona yonida altar-qurbonlik baxshida etiladigan ko'tarma joy bo'gan. Odatda xo'kizlar, qo'ylar, cho'chqalar yoki echkilar qurbonlik qilingan

Diniy marosimlar qatьiy belgingan qoidalar bo'yicha o'tkazilgan. Diniy marosimlar o'tkazilishi ustidan koxinlar-pontifiklar-Rim ruxoniylari nazorat qilgan. Pontifiklar bayramlar taqvimi, marosimlar tantanalari tartibini tuzishardi. 5 nafardan 15 nafargacha ruxoniylar jamlangan pontifiklar xayьatiga Buyuk pontifik raxbarlik qilar edi. Buyuk pontifik xudolar bilan maslaxatlashib olib, uzil-kesil xulosa beradi, deb xisoblashgan.

Rimliklar barcha muxim ishlarni fol ochishdan boshlashgan. Fol ochish koxinlar-avgurlar yordamida amalga oshirilgan. Avgurlar qushlar parvoziga, momaqaldiroq, chaqmoq, muqaddas qushlarga sepilgan donlar, aks sadoga va xokazolarga qarab fol ochar edi. Mabodo alomatlar ko'ngildagidek bo'lmasa, ishlar malum muddatga kechiktirilar edi.

Xonadon o'chog'i iloxasi Vesta ibodatxonasida muqaddas olov saqlanar edi. Muqaddas olovni saqlash ayol koxinalar majburiyatlari sirasiga kirardi. Olov yonib turar ekan, davlat mavjuddir deya xisoblashgan. SHuning uchun vestalka koxinalar taьsiri va nufuzi katta edi.

48-§. O'rtaer dengizida xukmronlik uchun kurash

Respublikani tashqi dushmanlardan ximoya qilish zarur edi. Armiyada 17 yoshdan 46 yoshcha bo'lgan erkak fuqarolar xizmat qila olar edi. 80·kishidan iborat bo'lgan jangchilar guruxi senturiyalar yuritilgan. Bir necha senturiyalar kogortani, 10 ta kogorta legionni tashkil etardi. Jangchilarning ko'pchiligi yaxshi taьlim olgan askarlar bo'lib, ular uchun armiyada xizmat qilish bir umrlik ishga aylangan edi. xizmat muddati 25 yil bo'lgan. SHuncha muddatdagi xizmati evaziga legioner uy-joy, durustgina oylik maosh olish va boshqa o'lkalarni ko'rish imkoniyatlariga xam . a bo'lar edi.

Rimliklar o'ziga xos jang olib borish taktikasini ishlab chiqqan avvaliga shaxar qurshab olinar songra esa katapulta degan qamal qurolidan foynib devorlarni teshishar va shaxarga bostirib kirarar. Pishiq metall taxtachalardan tiklangan uzun ,qamal ko'tarma minoralari yordamida baland devorlardan oshib o'tardilar

Xarbiy guruxlar imperiya xududi bo'ylab tezroq xarakatlanishi uchun mamlakatda soz (tekis) yo'llar tarmog'i barpo etilgan edi. Bu yo'llar bilan imperiyaning xar qanday o'lkasiga yetib borsa bo'lar edi. Imperiya chegaralarida esa tosh qalьalar qurilgan edi.

Janglardagi zafardan so'ng Senat qaroriga ko'ra Rim qo'shinlari g'alaba (triumf)ni tantanali nishonlar edi. Qo'shinlar oldida to'rtta oq arg'umoq qo'shilgan aravada boshiga lavr gulchambari qadab olgan g'olib sarkarda borar edi. Sarkardaning izidan o'ljalarni olib borishardi. Kapitoliy tepaligida qo'lga kiritilgan g'alaba uchun minnatdorlik tariqasida xudolarga qurbonliklar bag'ishlanar edi.

Rim davlatining xududi tinimsiz kengayib boraverdi. Mil. avv. 3 asr o'rtalariga kelib Rim sarkardalari mamlakatning shimoliy qismidan tashqari butun Italiyani zabt etishga erishdilar. Tez orada ularning istilochilik rejalari chegaradosh xududlarga xam yoyila boshladi.


Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling