Tarixdan xikoyalar
Download 1.55 Mb.
|
Umumiy tarix
Afsonalarda aytilishicha, azalda Yer xamma tomonidan dengizlar bilan o'ralgan edi. Dastlab ularning xukmdori Okean degan titan bo'lgan. Ulkan osmon gumbazi Yerning bir chekkasida turguvchi Atlas degan titan yelkalariga suyanib turardi. Yunonlarning rivoyatlari Gerakl, Axilles, Tesey va Ayaks singari baxodir qaxramonlar jasorati xaqida naql etadi. Ularning barchasi matonat, kuch-qudrat va aql-zakovat kabi fazilatlarga ega bo'lgan. O'n ikki jasorati tufayli Gerakl Olimp tog'idagi xudolar saltanatida faxrli o'ringa ega bo'lgan ekan. Qadimgi yunonlar xam ularni xayoti va tevarak olam ko'zga ko'rinmas sirli kuchlarga tobe ekanligiga eьtiqod qilardilar. Bu ko'rinmas kuchlani yunonlar xudolar deb atadilar. Xudolar ularning yer yuzi va marxumlar saltanatidagi xayotida xukmron edi. Qadimgi yunonlarning uch xudosi Olamga xukmronlik qilar edi: Zevs osmonda, Poseydon dengizda Aid marxumlar saltanatida oliy xudo deb xisoblangan Qolgan xudolar esa dexqonchilik va xunarmandchilik sanьat va sheьriyat, ishq-muxabbat va go'zallik xomiylari xisoblangan. Urush va g'alaba, adliya, uyqu tonggi shafaq xudolari xam bo'lgan. Satirlar va nimfalar degan tuban xudolar xam mavjud edi. Ular o'rmonlar, daryolar va tog'larda yashagan deb tasavvur etilgan. Qadimgi yunonlarning xudolari Zevs-oliy xudo va qolgan barcha xudolarning raxnamosi. Poseydon-Zevsning inisi, dengiz xukmdori. Afina-Zevsning qizi, jangari ayol, donishmandlik iloxasi. Apollon-Zevsning o'g'li, yorug'lik, musiqa va sheьriyat xudosi. Gelios-Quyosh xudosi. Demetra-dexqonchilik va xosildorlik iloxasi. Geya-Yer iloxasi. Femida-adliya iloxasi. Gefest-temirchilar va xunarmandlar xudosi. Afrodita-muxabbat va go'zallik iloxasi. Ares-urush xudosi. Donios-sharob xudosi. Germes-savdo xudosi. Nika-g'alaba iloxasi. Xronos-zamon xudosi. Artemida-o'rmonlar va ovchilik xudosi Eros-sevgi xudosi. Gipnos - uyqu xudosi. Yunolarning eьtiqodicha xudolar Makedonya va Fessaliya chegarasidagi Yunoniston viloyatlaridan biri elidada, Olimp tog'ida yashagan. Qadimgi yunonlarning xudolari va i1oxalari xam odamlarga ancha o'xshaydi. Olimp tog'i xudolari timsolini tasvirlar ekan, yunonlar xudolarni qizg'anchiq va shafqatsiz, kunni bazmi jamshid va ermakbozlikda o'tkazadi, bir-biri bilan tortishadi, deb xisoblashgan. Xudolar qattiqqo'l vaь qasoskor. Yunonlarning xudolari xoxish-irodasiga qarshi borganlarni shafqatsiz jazolaydi. SHuning uchun xam yunonlar o'zlari yaratgan xudolardan qo'rqishar, ularga qurbonliklar qilar va ko'plab ibodatxonalarni ularga bag'ishlab barpo etar .edilar. 35-36-§§. O'rta Osiyoga Axamoniylarning bosqinchilik yurishlari Miloddan avvalgi 6 asr o'rtalarida Qadimgi Fors shoxlari sulolasidan bo'lgan Axamoniylar xonadoni xukmdorlari tarkibiga jaxonning barcha yirik mamlakatlari va shaxarlari kirgan imperiya barpo etishga xarakat qila boshladilar. Kir 2 O'rta Osiyo xududini bosib olishga xarakat qilib ko'rgan ilk fors podshosi bo'lgan. Mil. avv. 545 va 540 yillar oralig'ida u Parfiya, Marg'iyona va Baqtriyani bosib oldi. Mil. avv; 530 yilda Kir II ulkan lashkar bilan massagetlar ustiga yurishga otlandi. Massagetlar mamlakati qanday qilib bosib olingani to'g'risida "tarix otasi" Gerodot xikoya qilib bergan. Forslar massagetlar xududiga bostirib kirganlarida ularning malikasi To'maris bosqinchilarga tinch-omon qaytib ketishni taklif qiladi. Ammo Fors shoxi bu taklifni rad etadi va Amudaryodan kechib o'tishni boshlash to'g'risida tarmon beradi. Gerodot massagetlarning asosiy kuchlari bilan torslarning jangi to'g'risida shunday xikoya qiladi: "Bu jang ... barcha janglardan xam daxshatlirog'i edi. Avval xar ikki dushman kuchlar bir-biriga qarshi jangovar sat tizishib, kamondan o'q yog'dirishdi. O'qlari tugagach, qo'liariga xanjar va nayzalar olib, dushmanga qarshi tashlandilar. Jang uzoq davom etdi. Xech kim chekinishni xayoliga keltirmasdi. Ko'p qon to'kildi. Nixoyat, massagetlarning qo'li baland keldi. Fors qo'shinlarining ko'pchiligi qirildi. Jang maydonida Kir 2 ning o'zi xam xalok bo'ldi". Miloddan avvalgi 522 yilda axmoniylar sulolasi vakillaridan Doro 1 taxtga o'tirdi. U miloddan avvalgi 522-486 yillarda xukmronlik qilgan. Doro 1 xukmronligining birinchi yili Marg'iyonada fors istilochilariga qarshi yirik xalq qo'zg'oloni ko'tarildi. Qo'zg'olonga Frada raxbarlik qiladi. Qo'zg'olonchilar bilan forslar qo'shinlari o'rtasida xal qiluvchi jang miloddan avvalgi 522 yilda bo'ladi. Fradaning o'zi asirlikka olinadi va miloddan avvalgi 521 yilda qatl etiladi. Bu voqea xaqidagi maьlumot Bexistun kitobalarida keltirilgan. Doro 1 xukmronligining uchinchi yilida (miloddan avvalgi 519 yil) saklar ustiga yurish qiladi. Bu yurish xaqida Bexistun bitiklarida shunday deyilgan: "SHox Doro ayturki: keyin qo'shin bilan saklar mamlakatiga yurish qildim. Keyin uchi o'tkir kulox kiyib yuruvchi saklar jangga kirdilar. Men daryodan o'tgach, saklarni tamoman tor-mor keltirdim, qolgan qismini asirga oldim ... Ularning Skunxa degan sardorini qo'lga tushirib, xuzurimga keltirdilar. SHunda men ularga boshqa bir sardor tayinladim. Men shunday bo'lishini xoxladim. So'ngra bu mamlakat menga tobe bo'ldi". Ayni maxalda bu yurish xaqida tarixchi Polienь (miloddan avvalgi 2 asr) keltirgan boshqa bir rivoyat xam mavjud. Saklar rivoyatiga asoslanib, unda xikoya qilinishicha, forslarning qoshiga sak qabilasidan cho'pon SHiroq keladi, u fors qo'shinlarini o'zidan boshqa xech kim bilmaydigan so'qmoq bilan saklarning orqa tomoniga boshlab borishini aytadi. Suysiz biyobon bo'ylab yetti kun yo'l bosishgach, tashnalikdan do'zax azobini chekayotgan forslar o'zlarining aldanganliklarini sezib qoladilar. Forslar jasur cho'ponni chopib tashlaydilar, Doro 1 ning saklar ustiga yurisgi muvaffaqiyatsiz tugaydi. mamlakatJani Bosib olingan mamlakatlarni itoatda tutmoq uchun axmoniylar butun boshli davlatni aloxida viloyat satrapliklarga bo'lib tashlaybi. Bu so'z forscha "xshatra"-"viloyat" so'zidan kslib chiqqan Viloyat boshlig'i - satrapga cheklanmagan xokimiyat berilgan edi. Satrapliklarning ko'pchiligi axamoniylar sulolasi vakillari bo'lgan. O'rta Osiyoning forslar bosib olgan viloyatlaь uch satraplikka bo'linadi. Xar bir satraplik yillik so" to'lagan. Bundan tashqari, qaram xalqlar saroy ibodatxonalar qurilishiga xam safarbar etilgan. Soliqi kumush, chorva mollari (otlar, tuyalar, qo'ylar), xunarmandchilik buyumlari (sopol idishlar, qurol-yarog' zeb-ziynatlar), kiyim-kechak va xayvonlar terisi bilan to'lashgan. Doro 1, uning vorisi Kserks xukmronligi davrida (miloddan avvalgi 486-465 yillar) bosib olingan viloyatlardan O'rta Osiyo xalqlari siyosiy xayotda va yunon-fors urushlarida xam qatnashdilar. Mashur Marafon jangida (miloddan avvalgi 490 yil) fors qo'shinlari markazida muvaffaqiyatli urushgan saklar o'zini ko'rsatadi. Gerodot Kserks boshchiligida yunonlar ustiga yurish qilgan O'rta Osiyolik jangchilar qurol-yarog'larini mufassal tasvirlagan. Baqtriyaliklar kamon va nayzalar bilan, saklar xanjar va oyboltalar bilan, xorazmiylar va so'g'diylar baqtriyaliklarniki kabi qurol-aslaxalari bilan jangga kirishgan. Sak va baqtriya suvoriylari Kserks armiyasida eng yaxshi jangchilardan bo'lishgan. Mashxur qadimgi yunon dramaturgi esxil o'zining "Forslar" tragediyasida Salamin yonidagi dengizjangida xalok bo'lgan navqiron baqtriyalik jangchilarni tilga oladi. O'rta Osiyo xalqlari ustidan axamoniylar xukmronligi 200 yildan ko'proq davom etdi. Faqat mil. avv. 4 asrda saklar, xorazmiylar va massagetlar Axamoniylar davlati tarkibidan chiqib, mustaqil bo'ldilar. Miloddan avvalgi 6-4 asr madaniyatning rivojlanishi yozma va arxeologik manbalar asosida o'rganilgan. Ular O'rta Osiyo xalqlarining xunarmandchilik, zargarlik, tikuvchilik, kulolchilik va binokorlik taraqqiyotida yuksak darajaga erishganlaridan dalolat beraidi. Surxondaryo, Qashqadaryo, Zarafshon vodiylari, shuningdek, Amudaryoning quyi oqimida Qiziltepa, Uzunqir, Afrosiyob, Ko'zaliqir, Yerqo'rg'on va boshqalar kabi yirik xunarmandchilik markazlari bo'lgan. Manbalarda oltin, kumush, laьl, firuza maьdanlari qazib olingani, mis va temir eritilgani, kulolchilik rivojlangani, O'rta Osiyoning SHarq mamlakatlari bilan bog'langan qadimiy karvon yo'llarida olib borilgan savdo-sotiq ishlari to'g'risida xabar beriladi. Miloddan avvalgi 5-4 asrlarda O'rta Osiyo xududida dastlabki tanga pullar tarqalgan. Zargarlik sanьatining yuksak darajada rivoj topganiga bugungi kunda Britaniya muzeyida saqlanayotgan 1877 yilda Amudaryo xazinasidan topilgan oltin va kumush buyumlar yorqin misol bo'la oladi. Xar bir shaxar markazida qalьa-arklar bo'lgan. Ularning atrofini egallagan dexqon xo'jaliklarida ota urug'iga mansub katta-katta oilalar kun kechirar edi. Dexqonchilik uy-qo'rg'onlari xonadonlar, xo'jalik va yordamchi tomorqa binolaridan iborat bo'lgan. Arxeologlar shaxar va qo'rg'onlar atrofida dalalarga suv olib kelgan anxorlar va ariqlar izlarini topganlar. 37-38-§§. O'rta Osiyo axolisining yunon makedon istilochilariga qarshi kurashi Aleksandr miloddan avvalgi 336 yilda Makedoniya podshosi bo'ladi. SHu yili u 20 yoshga to'lgan edi. Makedoniyalik Aleksandr g'ayrioddiy kuchg'ayrat va jasorat soxibi bo'lgan,safdoshlari va qo'shinlari unga nixoyatda sadoqatli edi. Mil. avv. 334 yilda u SHarqqa yurish boshladi, bu yurish 11 yil davom etdi. Ana shu yurish davomida u Kichik Osiyo, Suriya, Misr, eron va Xindistonda katta-katta xududlarni bosib oladi. Makedoniyalik Aleksandr ulkan xududda yunon madaniyati tarqalishiga imkon yaratish maqsadida bosib olingan shaxarlarga yunonlarni joylashtirdi. Makedoniyalik Aleksandr yurishlarida qatnashgan tarixchi Aristobul ular xaqida mufassal maьlumotlar qoldirgan. Miloddan avvalgi 7-4 asrlarda O'rta Osiyo jangchilari nima bilan qurollangan edi? Jangchilar jangga sovut kiyib kirganlar, boshlarida dubulg'a bo'lgan. Xanjar va qilich bilan qurollanganlar. Jangovar oybolta va nayza xam ishlatganlar. Kamon o'qi va chopqilar temir va jezdan asalgan. Jangchilar otda xam, piyoda xam jang qila olganlar. O'rta Osiyo xalqlari orasida xanjar "aqinaik jangovar oybolta esa "sagaris" deb nomlangan. Uzoq masofadan turib jang qilish quroli sifatida kamondan foydalanilgan. Jangovar otlar ustiga va ko'kragiga temirdan to'qilgan bargustvon yopilgan. Dushmanga qarshi xujumni suvoriylar boshlab berganlar. Ular ot choptirib kelayotib o'q-yoy, nayza yoki qilich bilan dushmanga xamla qilganlar. Suvoriylar boshqa bir taktikani xam qo'llaganlar: yolg'ondakam chekinishlari va boshqa tomondan dushmanni pistirmaga duchor qilishlari xam mumkin edi. Qalьa va shaxarlarni ximoya qilishda o'q-yoy va palaxmondan foydalanganlar. Tosh irg'itganlar, qaynab turgan suvni sochganlar. Mudofaa maqsadida tosh va pishgan g'isht guvalalardan xam foydalanilgan. Miloddan avvalgi 7-4 asrlarda Qiziltepa, Afrosiyob va Uzunqir singari shaxarlar burj va borulari bo'lgan mustaxkam devorlar bilan o'rab olingan edi. Devorlar tepasida kamonchilar uchun yo'laklar qurilgan. Devorlar sirtidagi burj va borularga xam kamonchilar qo'yilgan. Suv to'latilgan chuqur va keng xandaq qalьaga boradigan yo'lni to'sib turar edi. Miloddan avvalgi 330 yilda Makedoniyalik Aleksandr Qadimgi Fors davlatining Axamoniylar sulolasidan bo'lgan so'nggi shox Doro 3 qo'shinlarini tor-mor keltirdi. U Xindistonga yurish qilishdan oldin qo'shini orqasini xavfsizlantirish maqsadida Amudaryoning narigi tomonida yashovchi elatlarni bo'ysundirmoqchi bo'ladi. Birinchi bo'lib uning yo'lini to'sgan shaxar Baqtriya poytaxti Baqtra (Zariasp) bo'ldi. Bu yerda satrap Axamoniylar. sulolasidan bo'lgan Bess edi. U Baqtra shaxrini ximoyachilarga tashlab, Amudaryoning narigi tarafiga qochgan edi. So'g'diyona mustaqilligicha turar edi. Makedoniyalik Aleksandr o'z ustozi, qadimgi yunon faylasufi Aristelning Amudaryodan ikki podsho-Kir 2 va Dora 1 kechib o'tgani, ikkalasi xam mag'lubiyatga uchragani, uning uchun u yurishga yaxshi tayyorgarlik ko'rishi lozimligi to'g'risidagi maslaxatini yodda tutar edi. Miloddan avvalgi 329 yilda Makedoniyalik Aleksandr qo'shinlari Oks-Amudaryodan o'ta boshladi. Aleksandrning jangchilari bu to'siqdan o'tib oldilar. Qo'shinlar qarshisida esa Nautaka (Qashdaryo voxasining sharqiy qismi) va Maroqanda turar edi. Miloddan avvalgi 329 yilda Makedoniyalik Alekeksandr qo'shinlari Maroqandani egalladi. Aleksandr qo'shinlarning bir qismini qoldirib, o'zi esa Kurushkat (Kiropolis) shaxrini bosib olish uchun asosiy kuchlar bilan Sirdaryo qirg'oqlari sari yurdi. Rivoyatga ko'ra, bu shaxarga fors shoxi Kir 2 asos solgan ekan. So'g'diyona xalqi bosqinchilarga qarshi kurashga ko'tarildi. Tez orada so'g'diylarga baqtriyaliklar, sak va massagetlar qo'shiladilar. Qo'zg'olonga isteьdodli raxbar va qo'mondon Spitamen boshchilik qiladi. Ancha qo'shin to'plagan Spitamen Maroqandani qurshovga oldi. Aleksandr qamalda qolganlarga yordamga 3000 yaqin jangchidan iborat qo'shin jo'natadi. Qadimda "Politimet" deb xam atalgan Zarafshon daryosi bo'yida makedonlarga pistirma qo'ygan Spitamen dushman guruxini tamomila qirib tashlaydi. SHunda Aleksandrning o'zi qo'zg'olonni bostirishga otlanadi. Yunonlarning katta kuchlari yaqinlashib kelayotganidan xabar topgan Spitamen qamalni to'xtatadi, o'z qo'shinlarini saxro sari boshlab ketadi. Saklar va massagetlarga qarshi kurash uchun Aleksandr Sirdaryo bo'yida, Xo'jand yaqinida bir tayanch manzili barpo etish to'g'risida buyruq beradi. Bu qalьa Aleksandriya esxata (Uzoqdagi Aleksandriya) deb ataldi. Aleksandr Maroqandada garnizon-maxsus xarbiy qo'shin qoldirib, asosiy qo'shinlari bilan qishlov uchun Zariasp (Baqtra)ga jo'nadi. O'sha yilning baxorida Aleksandr qo'zg'olonni bostirish chorasini ko'radi. O'z lashkarlarini 3 qismga bo'lib, So'g'diyonani u boshidan bu boshigacha kezib chiqadi va tinch axolining 120 ming nafarini qirib tashlaydi. Mil. avv. 328 yil kuzida Spitamenning Aleksandr bilan xal qiluvchi jangi bo'lib o'tdi. Kuchlar teng bo'lmaganidan Spitamen engilib, tag'in cho'lga chekinadi. O'sha yerda ko'chmanchi qabilalar boshliqlari xoinlarcha uni o'idiradilar. Spitamenning o'limi so'g'diylar va baqtriyaliklar irodasini buka olmadi Xorien va Oksiartning Xisor tog'larida joylashgan tog' qalьalarini qo'lga kiritib, Aleksandr Oksiartning qizi Ravshanakka uylanadi. SHunday qilib, Makedoniyalik Aleksandr eьtiborli so'g'd qabilasi boshliqlaridan biri bilan qarindosh tutinadi. .O'rta Osiyo yerlarini bosib olish uchun Aleksandr yarli 3 urindi, biroq uncha katta bo'lmagan xududni: Marg'iyona, Baqtriya, So'g'diyona va xozirgi Bekobod va Xo'janddan iborat Sirdaryo bo'ylarini bo'ysundirishga muvaffaq bo'idi. Xorazm, Toshkent .voxasi va Farg'ona mustaqilligicha qoldi. Spitamen qo'zg'oloni bostirilishiga qaramay, yunon-makedon qo'shinlari birinchi bor mag'lubiyatlarga uchradilar. Yunon-makedon qo'shinlarining bosqinchlik yurishlari O'rta Osiyo yerlarini xarobazorga aylantirdi, axolining katta qismi qirilib ketdi, ko'plab shaxarlar vayron etildi. Yunon tarixchilarining yozishicha, Makedoniyalik Aleksandr O'rta Osiyoda 12 ta shaxar qurdirgan. Bu shaxarlar uning nomi bilan Oksdagi Aleksandriya, Aleksandriya esxata, Marg'iyona Aleksandriyasi va xokazo tarzida atalgan. Ularning baьzilari vayron .etilgan So'g'diyona va Baqtriya shaxarlari o'rnida, boshqalari esa tayanch qalьalari sifatida yangidan qurilgan. Bu shaxarlarda yunon-makedon piyoda va otliq askarlari joylashdi. Mil. avv. 324 yildan boshlab askarlarning siyraklashgan saflari Makedoniya tartibida qurollantirilgan Baqtriya va So'g'diyona yoshlari xisobiga to'idiriladi. Bora-bora xunarmandchilik va savdo qayta tiklandi.Maxalliy va yunon madaniyatlari anьanalari o'zaro omuxta bo'la bordi. SHu asosda O'rta Osiyoda Yunon-Baqtriya va Parfiya singari antik davlatlar taraqqiy etadi. 39-40-§§. Salavkiylar davlati va Yunon-Baqtriya podsholigi Miloddan avvalgi 323 yil 13-iyun da MakedoniyalikAleksandr vafot etdi. U yaratgan davlat u qismga: Makedoniya, Misr v Suriyaga bo'linib ketdi. Bu davlatlar Aleksandrnin eng yaqin lashkarboshilari tomonidan boshqarilgan. Uzoq davom etgan o'zaro urushlardan keyin, "miloddan avvalgi 312 yilda Makedoniyalik Aleksandning lashkarboshilaridan biri Salavka Bobil (Mesopotamiya) davlati xukmdori bo'ldi. Salavka davlati tarkibiga Mesopotamiya, eron, Parfiya, Baqtriya, So'g'diyona, Marg'iyona kirar edi. O'z davlati tarkibiga kirgan O'rta Osiyoni Salavka satrapliklarga bo'ldi, ularning xar biriga satrap xukmronlik qilar edi. Davlat mudofaasi va qo'shinlarni tashkil etish bilan sobiq lashkarboshilardan tayinlangan strateg shug'ullanar edi. Miloddan avvalgi 293 yilda Salavka SHarqiy viloyatlar-Parfiya, Marg'iyona, Baqtriya, So'g'diyona noibi etib o'z o'g'li Antioxni tayinladi. Mil. avv. 280 yilda Salavka vafotidan so'ng Antiox ulkan davlat xukmdoriga aylandi va 20 yilcha mamlakatni boshqardi. Yunon-makedon istilolari tufayli izdan chiqqan turmush tarzi So'g'diyona, Baqtriya va Marg'iyonada asta-sekin liklana boshladi. Bu yerlarda yangi manzilgoxlar, shaxarlar bunyod etildi, savdo-sotiq, dexqonchilik va xunarmandchilik rivojlana boshladi. Baqtra, Maroqanda, Marg'iyona Antioxiysi (Marv), Termiz yirik shaxar va madaniyat markazlariga aylandi. Yunon-makedon istilolaridan kevin O'rta Osiyo tarixida antik yoki ellinlashtirish davri boshlandi. Bu yurishlar pirovardida G'arb va SHarq o'rtasida madaniy munosabatlar va almashinuv kengayishiga olib keldi. Baqtriyada yunon yozuvi, yunon og'irlik o'lchov birliklari, pul munosabatlari, xunarmandchilik va sanьat buyumlari tarqaldi. O'z navbatida yunonlar xam Baqtriya binosozlik va xunarmandchilik anьanalarini o'zlashtirdilar. Miloddan avvalgi 3 asr o'rta larida Baqtriya Salavkiylar davlati tarkibidan ajralib chiqadi. Antik davr tarixchilarining xabar berishicha, Diodot mingta Baqtriya shaxri xukmdori o'zini podsho deb eьlon qiladi. SHu voqeadan Yunon-Baqtriya davlati tarixi boshlanadi. Mil. avv. 250 yilda Salavkiylar davlati tarkibidan ajralib chiqqan Parfiya .Baqtriyaning raqibiga aylanadi. Baqtriyadan tashqari, Yunon-Baqtriya podsholigi tarkibiga So'g'diyona va Marg'iyona xam kirgan edi. Diodotdan keyin Yunon-Baqtriyada xukmronlik davlat tarixida sezilarli iz qoldirmagan Yevtidemga o'tdi. Yevtidemning o'g'li Demetriy xukmronligi davrida (mil. avv. 199-167-yy.) Yunon-Baqtriya podsholigi eng katta sarxadlarga ega bo'ldi. Xindistonning bir qismi bu davlatga qo'shib olingan edi. Parfiyada xokimiyat Mitridat 1 qo'liga o'tishi bilan u Baqtriyaga xarbiy tazyiqni kuchaytiradi. Yunon Baqtriya davlati tinimsiz urushlar olib borishga majbur ediki, bu xol uning kuchsizlanishiga sabab bo'ldi. Bundan foydalangan ko'chmanchi yuechji qabilalari miloddan avvalgi 140-130 yillarda Yunon-Baqtriya davlatini bosib oadilar. Yunon-Baqtriya davlati 120 yil yashadi. SHu davr mobaynida uning iqtisodiyoti va madaniyati yuksaldi. Xunarmandchilik va savdo-sotiq rivojlandi, ko'plab shaxarlar barpo etildi. Baqtriya, So'g'diyona .ь Marg'iyona xunarmandlari yasagan, buyumlar ko'pgina qo'shni shaxarlar va davlatlarga xam tarqaldi. Yunon-Baqtriya davlatida tangalar xukmdor tasviri bilan zarb etilgan. Dajla daryosi bo'yi-Salavkiyadan Baqtriyagacha karvon yo'li qurib bitkazilgach, jaxondagi ko'pgina davlatlar bilan xalqaro savdo-sotiq madaniy aloqalar jonlandi. Baqtriya orqali Xitoydan Xindistonga boradigan karvon yo'li, shuningdek, Buyuk Ipak yo'lining janubiy tarmoqlari o'tgan edi. 41-§. Qadimgi Xorazm, Qang' va Dovon davlati Miloddan avvalgi 4 asrda Xoarazm axamoniylar davlatidan mustaqil davlatga aylandi. Makedoniyalik Aleksandr va Salavkiylar xukmronligi davrida xam Xorazm davlati mustaqil edi. Bu o'lka axolisi xo'jaligining asosini dexqonchilik tashkil etgan. Xorazmda shaxarsozlik boshlanishi miloddan avvalgi 7 asrga borib taqaladi (Ko'zaliqir shaxri xarobalari). Mil. avv. 5-4 asrlarda bu yerda maxalliy xukmdorning qarorgoxi bo'lgan ulkan qalьa bunyod etilgan edi (Qalьaliqir shaxri xarobalari). Miloddan avvalgi 3-2 asrlarda Xorazmda qadimgi shaxarlar-Jonbosqalьa va Qo'yqirilganqalьa bo'lgan. Qo'yqirilganqalьa xarobalari ostidan aylana shaklda qurilgan mustaxkam ibodatxona qoldiqlari topilgan. Milodiy 2-3 asrlarda Tuproqqalьa shaxrida bundan xam ulug'vor va muxtasham qurilish ishlari amalga oshirilgan edi. SHaxar qudratli mudofaa devorlari bilan o'ralgan, devor burchaklarida burjlar qurilgan. Markazdan o'tgan ko'cha shaxarni ikki qismga bo'lgan, undan esa yon-atrofga ko'chalar ketgan, maxallalar bir-biridan ajralib turgan. Markaziy maydonda muxtasham saroy va ibodatxonalar joylashgan. Qasrdagi saroy devorlari tasvirlar bilan bezatilgan bo'lib, shoxlar, lashkarlar, mug'anniylar, xayvonlar rasmlari chizilgan Zallardan birida devor bo'ylab baland taglikka 20 dan ko'proq xaykallar o'rnatilgan edi. Xorazmda ayniqsa xunarmandchilik yuksak darajada rivoj topgan. Kulolchilik, temir, mis asboblar, qurollar, zargarlik buyumlariga talab katta bo'lgan. Xorazm axolisi So'g'diyona, Marg'iyona, Baqtriya saxro ko'chmanchilari bilan yaqindan savdo munosabatlarini o'rnatgan. Bu o'lkadan muxim karvon yo'llari o'tgan. Mil. avv. 1 asrda va dastlabki milodiy asrlarda Xorazmda kumush va mis tangalar zarb qilingan. Xorazm xududidan O'rta Osiyo bo'yicha eng qadimgi yozuvlar topilgan. Bular Oybo'yirqalьa (miloddan avvalgi 5-4 asrlar) yodgorligidan xum sirtiga ekilgan yozuv va Qo'yqirilganqalьadan (miloddan avvalgi 4-3 asrlar) topilgan ayrim maxalliy yozuvlardir. Milodiy 1 asrda Xorazmda ish lab chiqilgan maxalliy taqvimdan xorazmliklar 8 asrga qadar foydalainshgan. Xitoy manbalaridan bu davlat Qang'yuy deb atalgani maьlum. Miloddan avvalgi 3 asrda unga saklar asos solishgan. Qadimshunoslarning aniqlashicha, Toshkent viloyatining Oqqo'rg'on timanidagi Qang'xa shaxar xarobasi saklarning o'sha kezlardagi poytaxti Qang'dez bo'lib, unga miloddan avvalgi 3 asrda asos solingan. Xitoy tarixchilari bu shaxarni Bityan deb atashgan. Qang' davlatining asosiy shaxarlari Sirdaryo soxilari bo'ylab joylashgan edi. Miloddan avvalgi 2 asr oxirida Qang' qabilalarining eng qudratli davlat birlashmasiga aylanadi. Uning xukmdorlari xatto o'z nomidan tanga zarb qiladi. Qang' davlatida ulkan istexkomlar, qalьa, shaxar ibodatxonalari, savdo va xunarmandchilik maxallalari barpo etiladi. Davlat markazlaridan biri Toshkent voxasi edi. Ayni shu xududda o'troq ziroatchi va savdo-xunarmandchilik madaniyati vujudga keldi. Mamlakat iqtisodiyotining gullab-yashnashiga uning xududidan Buyuk ipak yo'lining shimoliy tarmog'i o'tganligi imkon yaratdi. Lekin, ayni shu xol Xitoy bilan urushlarning kelib chiqishiga sabab bo'ldi. Bu urushlarda qang'arlar (Qang' davlati axolisini shunday atashgan) ko'pincha g'olib chiqar edilar. Masalan, Qang' davlatiga yurishlardan birida jo'natilgan 60000 nafar xitoylik jangchidan 10000 ga yaqini Xitoyga qaytib kelgan, xolos. Milodiy 3 asrga kelib Qang' davlati parchalanib ketdi. Davlatchiligimiz tarixi bo'yicha xali kashf qilinmagan masalalar anchagina. Dovon tarixida (Xitoy manbalarida bu o'lka shu nom bilan tilga olinadi, boshqa manbalarda Parkana deyilgan) tarixchilar uchun muxim bo'lgan uning tashkil topgan va inqirozga yuz tutish yillari aniqlanmagan. Bu davlat, taxminan, miloddan avvalgi 3 asrdan to milodiy 2 asrgacha mavjud bo'lib, Farg'onada joylashgan. Dovon davlati tarixi xaqidagi batafsil maьlumot Xitoy yilnomalarida uchraydi va ular milodiy 1-2 asrlarga doirdir. Xitoy tarixchisining yozishicha, bu davlat axolisi 70 dan ortiq shaxarlarda istiqomat qilgan. Masalan, Dovonda bo'lgan xitoy sayyoxi CHjan Syan unday deb yozadi: "Dovon diyorida 70 tacha katta kichik shaxar bor; axolisining soni bir necha yuz minga yetadi. O'q-yoy va nayzalar bilan qurollanishgan. Xalqi ot choptirib o'q otishga moxir". Boshqa bir xitoy salnomasida: "Anьsi (Eron) shaxarlari Dovondagiga ьoxshashdir", deb yozilgan. Xitoy tarixchilarining guvoxlik berishicha, Dovon davlati xududlari xozirgi Toshkent voxasigacha borgan: "Xon sulolasi zamonida SHi muiklari Dovon davlating shimoliy tumanlarini tashkil etardi va shimolda Qang' davlatigacha,janubda esa yuechjilar dav1atigacha borardi". Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling