Tarixdan xikoyalar


Download 1.55 Mb.
bet9/167
Sana20.08.2020
Hajmi1.55 Mb.
#127040
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   167
Bog'liq
Umumiy tarix

Bu paytda Sitsiliya orolining g'arbiy qismini bosqinchilik yo'li bilan o'z xududlarini kengaytirib borayotgan boshqa bir qudratli davlat-Karfagen quldorlari egallab olgan edilar. Aynan Sitsiliya masalasi Rim va Karfagen o'rtasidagi urushlar sababiga aylandi.

Xarbiy jixatdan Karfagenning katta va kuchli floti bo'lgani bois Rimga qaraganda ustunlikka ega edi. Ammo Karfagen qo'shinlarining zaif tomoni unda yollanma askarlar xizmat qilishi edi. Yollanma askarlarning birdan bir maqsadi xarbiy o'lja bo'lib, o'zlari uchun qulay bo'lgan istalgan paytda dushman tarafiga o'tib ketar edilar.

Rimliklar Karfagen bilan uch marotaba urushdilar. Bu urushlar tarixga Puni urushlari nomi bilan kirgan, negaki rimliklar Karfagenni Puna deb atashardi. Birinchi urushda rimliklar g'alaba qozondilar, Sitsiliyani .bosib olib, karfagenliklarni o'zlariga xiroj to'lashga majbur qildilar. Ikki yildan keyin rimliklar Korsika va Sardiniya orollarini bosib oldilar. Rim O'rtaer dengizi mintaqasida eng kuchli davlatga aylandi. Biroq Karfagen O'rtaer dengizidagi orollar ustidagi taqdirlash va qanoatlantirish uchun Karfagen urushda Rimning xavfli raqibi bo'lib qolaverdi. Sitsiyaliyadagi yo'qotishlar uchun o'zlarini quldorlari Ispaniyaning katta ismini bosib oldilar. Karfagen armiyasiga tajribali sarkarda Gannibal boshchilik qilardi. Ispaniyada yolnma qo'shinlarga qo'mondonlik qilganida Gannibal biror marta xam mag'lubiyatga uchramadi.

G'arbiy O'rtaer dengizida yagona xo'jayinga aylanish uchun rimliklar Karfagen bilan janglarga:tayyorgarlik ko'ra boshladilar. Rimliklar karfagenlikga ikki tomondan zarba berishga qaror qilishdi. Bitta armiya Ispaniyada Gannibal armiyasini tor-mor etishi, boshqasi esa Karfagenni bosib olishi kerak edi. Biroq Gannibal barcha rejalarni chalkashtirib yubordi. O'tib bo'lmasdek tuyulgan tog'lardan oshgan Gannibal Itlya. xududiga bostirib kirdi va miloddan avvalgi 216 yilda Kann yaqinidagi jangda rimliklar armiyasini tor mor etdi. Bu jangda 70 ming rimlik legioner xalok bo'ldi.

Mag'lubiyatdan keyin rimliklar xal qiluvchi janglardan o'zini tiya boshladi. Italiya axolisi Gannibalni qo'llab-quvvatlamadi, chunki Karfagan yollanma qo'shinlari mamlakatni talon-taroj qilib tashlagan edi. Rimlik sarkarda Ssipion kutilmaganda qo'shinlari bilan Afrika qirg'og'iga kelib tushganda Gannibal Karfagenni ximoya qilishga oshiqdi, ammo mil. avv. 202 yilda uning lashkari Zama shaxri yaqinida rimliklar tomonidan tor-mor etildi. Mil. avv. 183 yili Gannibal surgunda yurganida uni rimliklarga topshirish uchun qo'lga olishga urinishganida zaxar ichadi. Rim G'arbiy O'rtaer dengizida mutlaq xokimga aylanadi. Suriya va Makedoniyani bosib olgandan keyin rimliklar Karfagenni xam bosib olishga qaror qiladilar. Miloddan avvalgi 2 asr o'rtalarida uchinchi Puni urushi bo'ldi. Rimliklar Karfagenni qamal qildilar, ammo axoli uning ximoyasiga qo'zg'aldi. Karfagen shaxri axolisi ikki yil o'z shaxrini mudofaa qildi, shaxarda ochlik boshlandi. Rimlik legionerlar uylarga xujum qilib, ularni birma-bir bosib olishar, yo'lda uchragan narsani talashar va o't qo'yishar edi.

Karfagen o'n yetti kun o't-olov girdobida qoldi. Xalq tajribalati va donishmandligini asrab kelgan xonadonlar va kutubxonalar kuli ko'kka sovurildi. Karfagen bunyod etilgan joy esa Senat qaroriga ko'ra qarg'ish tekkan maskan deb eьlon qilindi. Bu yerda uy-joy qurish va dexqonchilik bilan shug'ullanish taqiqlangan edi. SHunday qilib, mil. avv. 146 yilda Karfagen butunlay vayronaga aylantirildi. Rim qo'shinlari g'alaba sururi, talangan o'lja va minglab qullar bilan Italiyaga qaytib keldi.

Puni urushlaridan keyin Italiya sarxadidan ancha uzoqda bo'lgan katta-katta xududlar xam Rim xokimiyati tasarrufiga o'tdi Bosib olingan yerlarni rimliklar provinsiya deyish Sitsiliya, Korsika, Sardiniya, Ispaniya, Yunoniston, Kichik va Old Osiyo, Misr va boshqa xududlar xam shular sirasiga kirar edi. Provinsiyalarni boshqarishga noiblar-prokonsullar tayinlanar edi.

Ular cheklanmagan xokimiyatga ega bo'lishgan prokonsullar odatda bir yilga saylanar va ular qo'l ostidagi mamlakatni ayovsiz talar edi. Provinsiya Rimga qarshi kurashga birlashmasliklari uchun rimliklar "Bo'lib tashlab, xukmronlik qil" tamoytliga "asoslanib ish ko'rishgan. Rimliklar ayrim shaxarlarga boshqalari ularga xasad qilishi va ular bir-birlari bilan janjallashishi uchun atayin imtiyozlar berishar edi. Biroq provinsiyalarda qo'zg'olonlar doimo bo'lib turar rimliklar ularda dushman qamalida qolgan shaxarda,yashagandek kun kechirar edilar

49-§ Qullar va gladiatorlar

Zafarli yurishlar natijasida Rimda qullar soni nixoyatda ko'payib ketdi. Misrda xam, Yunonistonda xam, qullarning soni Rimdagichalik ko'p emasdi.

Erkin rimliklar tasavvuricha, qul butunlay quldorning ixtiyorida bo'lgan bir buyumdek edi. Qullarning Qadri bo'lmagan, negaki ular judayam arzon turardi.

Urushlar, bosib olingan mamlakatlardagi qullar xisobiga Rimda qullar shu qadar ko'p bo'lganki, rimliklarda xar doim xam ulardan xo'jalik ishlarida foydalanish imkoniyati bo'lmagan. Badavlat rimliklarning bo'sh vaqti ko'p bo'lgan, chunki xamma ishlarni qullar bajarar edi.

Rim davlatidagi qullarda mexnatdan manfaatdorlik xissi mutlaqo bo'lmagan. Savalash va qattiqqo'l muomala bilan ularni durust ishlashga, xo'jalik mollari va mexnat maxsulotlarini asrashga undashning xam iloji yo'q edi.

Milodiy 1-2 asrlarda qullar mexnati quldorlar uchun foydali emasligi maьlum bo'ldi. Ko'plab quldorlar qullarni yer ijarachilariga aylantira boshlashadi. Qullar qo'zg'olonidan qo'rqqan, xosildorlikni oshirishga intilgan zamindorlar o'z yerlarini kichik-kichik mulklarga bo'lib tashladilar va erkin kambag'allarga ijaraga tarqatib bera boshladilar. Ana shu yerlarda ijarachilar dexqonchilik bilan shug'ullandilar. Ular yerga qancha yaxshi ishlov bersalar, xosilning shuncha ko'p ulushi o'zlariga nasib etardi.

Mayda yer ijarachilari kolonlar deb atalgan. Yerdan . foydalanganlik uchun ular yer egasiga o'zlari yetishtirtgan maxsulotlar bilan to'lov berishardi.

Bora-bora mutlaq qaram qullarning soni kamaydi. Ayrim yer egalari xo'jaliklarni yuritish uchun qullarga kichik yerlarni mustaqil yuritishga mexnat qurollari, urug'lik va oilasi bilan birga yashashga ruxsat berishardi. Bunday qullar "kulbali qullar", yaьni uy-joyli qullar deb nomlangan. Ular xam yerdan foydalanganlik uchun xaq to'lashardi, ammo o'zlarining taqdiri xo'jayinlarning qo'lida bo'lgan .

Qullar va kolonlar Rim imperiyasining eng mazlum axolisi bo'lib qolaverishdi, ular birgalikda quldorlarga arshi kurash boshladilar.

Rimliklarning sevimli tomoshalaridan biri gladiatorlar jangi bo'lgan. Aksarlyat gladlatorlar yoki jinoyatchilar bo'lishgan. Ularga maxsus yopiq maktablarda taьlim berishar, so'ngra bir-birlari bilan olishishga, tomoshabinlar ko'nglini xushlashga majbur qilishar edi.

Xar bir gladiatorning xayot-mamoti tomoshabinlar xoxish-istagiga bog'liq edi. Jang so'ngida tomoshabinlar engilgan gladiator tirik qolish-qolmasligini xal qilishardi. Agar tomoshabinlarning ko'pchiligi o'ng o'lining bosh barmog'ini yuqoriga ko'tarsa-engilgan gladiator tirik qolgan, aksincha, pastga qaratishsa-uni tomoshabinlar ko'z o'ngida o'ldirishardi. Janglar ulkan tosh stadionlar, amfiteatrlarda bo'lib o'tardi. 50ming tomoshabin sig'adigan Kolizey eng katta amfiteatr bo'lgan

Baьzida gladiatorlar katta-katta guruxlarda jang qilishgan, shunda saxna jang maydoniga o'xshab qolar edi: o'ldirilgan, yaralangan va jon berayotgan gladiatorlar xammayoqda ag'anab yotardi. Yanada qiziqarliroq bo'lishi uchun gladiatorlar janglari kuchi teng raqiblar o'rtasida o'tkazilgan. Birovida faqat qilich va qalqon bo'lsa, boshqasida to'r va changak (uch ayrili nayza) bo'lgan. To'r va changak bilan qurollangan gladiator o'zini xech narsa bilan ximoya qila olmasa xam, u raqibini to'r bilan o'rab tashlashi va changak bilan o'ldirishi mumkin edi. Gladiatorlarning yovvoyi arslonlar, qoplonlar, darg'azab xo'kizlar bilan janglari xam o'tkazilgan. Kolizey Mazlum qullar o'z zolim ezuvchilaridan nafratlanar bexudaga "Qullar qancha bo'lsa, dushmanlar shunchadir", deyishmagan.

Mil. avv. 74 yilda boshlangan Spartak boshchiligidagi qullar qo'zg'aloni qadimgi dunyoda eng ornmaviy va uyushgan qo'zg'alonlardan biri bo'lgan.

Rim armiyasida xizmat qilishdan bosh tortganligi uchun Kapuya shaxridagi gladiatorlik maktabiga sotib yuborilgan frakiyalik qul Spartak qullarni qo'zg'alon ko'tarishga undadi. Ammo kimdir bu xaqda rimliklarga xabar yetkazadi. SHunda Spartak va uning 200 ga yaqin tarafdorlari qorovullarga xujum qiladilar va qochib chiqib ketadilar. SHaxarda yashirinish imkoniyati bo'lmagani sababli ular Vezuviy tog'idagi qoyaga chiqib oladilar. Asta-sekin boshqa qullar ularga kelib qo'shila boshladi va qo'zg'alon ko'targanlar safi kengaya bordi. Ko'p o'tmay ularning soni 10 ming kishiga ,etdi.

Qo'zg'alon ko'targan qullarni tor-mar etishga o'natilgan uch ming kishilik qo'shin Vezuviy tog'lari yaqinida xarbiy lager tikladi.

Qamal boshlandi. Ammo Spartak kutilmagan va dadil rejani amalga oshirdi. Qullar uzum novdalaridan iflarvon to'qib, ko'rinmaydigan tarafdan cho'qqidan pastga tushib oldilar. Rimliklar guruxining orqasidan zarba bergan Spartak ularni tor-mor etdi. Qo'zg'alon ko'targanlar orasida ixtilof paydo bo'ldi. qullarning "ьbir qismi Rimni tark etib, o'z yurtlariga qaytishni afzal topdilar. Ko'pgina qullar esa mamlakatdan chiqib ketmaslikka, Rimni tor-mor etishga va quldorlardan qasos olishga axd qilishdi.

Spartakka qarshi tajribali sarkarda Mark Krass boshchiligida ko'p ming sonli qo'shin jo'natildi. Miloddan avvalgi 71 yilning baxorida ro'y bergan xal iqiluvchi jangda Spartak lashkari tor-mor etildi, uning o'zi esa ana shu jangda xalok bo'ldi. 6 mingdan ziyod asirlar Rim-Kapuya oralig'idagi yo'l bo'ylaridagi xochlarga mixlab tashlandi. Qo'zg'alon ko'targanlarning aloxida to'dalari esa tag'in 10 yil kurashni davom ettirdilar.

50-§. Rim respublikasining qulashi

Qullar qo'zg'alonlari quldorlarni qattiq qo'rquvga solib qo'yadi. Quldorlar qarshisida kuchli xokimiyat bo'lmish xarbiy diktatura o'rnatilishi zarurligi to'g'risidagi masala ko'ndalang turar edi. Senatorlar va kam sonli mansabdor shaxslar ulkan davlatni risoladagidek boshqarishni taьminlay olmas edilar.

Miloddan avvalgi 1 asrda muntazam yollanma qo'shinlarga tayanuvchi xarbiy boshliqlar real kuchga aylandilar. Yollanma askarlarni Rimning xarbiy kuch qudrati va davlatning kuchayishi emas, faqat o'lja qiziqtirardi. Yollanma askarlar uchun kimlar bilan jang qilish yoki kimlarni talashning farqi bo'lmagan.

Rimda esa davlat boshlig'i bo'lishni xoxlovchi bir qancha sarkardalar bor edi.

Spartak qo'zg'aloni bostirilib,tor-mor etilganidan keyin Krass va Pompey xokimiyat uchun ancha vaqt kurash olib bordilar, ammo Rim imperiyasi olib borayotgan urushlardan birida Krass xalok bo'ladi. endi Pompey uchun Sezar birdan bir xavfli raqib bo'lib qoldi. Galliya ufushlaridagi g'alabalar tufayli Sezarning nufuzi va obro'yi ancha ortdi. Yollanma askarlar uning ajoyib sarkardalik isteьdodiga ishonar, Sezarning ortidan istalgan tomonga borishga shay edilar. Bundan tashqari, mabodo, Senat majlisida qatnashsa, bizga yer ajratib beradi va qarzlarimizni bekor qiladi deb umid qilgan kambag'allar xam Sezarni qo'llab ьquvvatlar edi.

Yuliy Sezar miloddan avvalgi 49 yilda Galliyadagi muzaffar urushdan keyin Rimga boruvchi yo'ldagi Rubikon daryosidan kechib o'tar ekan, yakkaxokimlik uchun oshkora kurashni boshlab yubordi. Sezar o'shanda shunday degan: "Qurьa tashlandi!"

Rim axolisi qo'llab-quvatlashi xal qiluvchi axamiyat kasb etdi. Pompeyning qo'shinlari Ispaniyada edi. Sezar g'alaba qozondi. U Rim imperatoriga aylandi. Sezarning xoxish-irodasi Rim uchun qonun kuchiga ega edi. U xech qanday saylovlarsiz mansabdor shaxslarni tayinladi, Senat va Xalq majlisiga xisobot bermasdan qo'ydi.Bu xol uzoq davom etmadi. Sezarning cheklanmagan xokimiyatidan norozi bo'lgan senatorlar fitna ushtirdilar. Ular Sezarni o'ldirishga va Senatga burungi mavqeyini qaytarishga axd qildilar. Fitnaga Sezarning yaqin do'stlaridan bo'lmish Brut boshchik qiladi. Senatdagi majlis paytida fitnachilar Sezarni ьqurshab oldilar va unga xanjarlar bilan zarba berishladilar.Miloddan avvalgi 44 yilda Yuliy Sezar xukmronligi tugadi. Ammo uning o'ldirilishi respublikaning qayta tiklanishiga olib kelmadi. Sarkardalar o'rtasida fuqarolar urushi boshlanib ketdi, bu kurashda g'olib chiqqan Oktavian Avgust Sezarning vorisi bo'ldi. U Rim imperiyasi asoschisiga aylandi.

Sezar o'ldirilganidan keyin Brut respublikani qayta tiklashga urinib ko'radi. Biroq senatorlar avvalgi tartibotlarga qaytishni istamasdilar. Ularning ko'pchiligi o'z boyligini Sezar xukmronligi davrida qo'lga kiritgan edi. Brut va uning tarafdorlari Yunonistonga qochib ketishga majbur bo'ladilar.

Ayni maxalda Rimda Sezarning nevarasi bo'lmish, imperator uni asrab olganida Gay Yuliy Sezar Oktavian deb nom bergan Oktaviy paydo bo'ladi. Oktavian mamlakat xukmdoriga aylandi. Sezarning yaqin yordamchisi Mark Antoniy bunga qarshi chiqadi. Buning uchun Senat Mark Antoniyni Respublikaning dushmani deb eьlon qiladi.

Yunonistonda esa Rim respublikasi tarafdorlarini qo'llab quvvatlash kuchayib boradi. Oktavian Mark Antoniy bilan ittifoq tuzadi va respublikachilarni tor-mor etadi. SHundan keyin Oktavian Rim davlatining G'arbiy qismini, Antoniy esa SHarqiy qismini boshqarishni o'z qo'liga oladi.

Misrga kelgan Antoniy Misr malikasi Kleotpatraga uylanadi. Nikox sovg'asi tariqasida Antoniy Kleopatraga Rimning sharqiy provinsiyalarini (viloyatlari) beradi. Bu Oktavianning noroziligiga sabab bo'ldi, miloddan avvalgi 31 yilda Yunoniston qirg'oqlarida Antoniy va Oktavian f1otlari o'rtasida jang bo'ldi. Jang qizigan bir maxalada Kleopatra va Antoniy Aleksandriya shaxriga qochadilar. Armiya va floti Oktavianga taslim bo'ladi.Keyingi yili Oktavian qo'shinlar bilan Misrga yetib keladi. Antoniy va Kleopatra o'z-o'zini o'ldiradi, Misr esa imimperiyasi provinsiyasiga aylanadi. SHu tariqa, Oktavian butun Rim imperiyasining yakka xukmdori bo'lib oladi. Miloddan avvalgi 29 yilda Oktavian Senatdan imperator unvoni va Avgust laqabini oldi. Oktavian bir qator isloxotlar o'tkazdi. Oktavian Rim imperiyasiing asoschisi edi. Oktavian Avgust senatorlar va Rim rmiyasi legionlari sonini qisqartirdi. Jangchilarning xizmat muddati 20 yil etib belgilandi. Oktavian Avgust amonida Rim imperiyasi armiyasining umumiy soni 300 mingga yetdi. Imperator keng ko'lamda qurilish lari olib bordi. Uning davrida Rimda ko'plab saroyr va ibodatxonalar bunyod etildi.

Oktavian Avgust milodiy 14 yilda vafot etdi. ning vorislari bo'lmish Kaligula va Neron xukmronligi davrida imperiya inqirozi boshlandi. Faqat milodiy 2 asrning o'rtalarida Rimning kuch-qudrati qayta landi. Bu davr Rim imperiyasining "oltin asri" deb nom olgan.". Milodiy 98 yilda Trayan imperator taxtini egalladi. Trayan zamonida Dunay daryosi bo'ylarida yashovchi daklar bilan urushlar olib borildi. 40 metrlik Trayan kolonnasi-ustunini bezab turgan daklar bilan urush manzaralari tasvirlangan bo'rtma rasmlar bu xaqda xikoya qiladi. Ossuriya va Mesopotamiya xududlari Rim imperiyasi tarkibiga kirdi. Trayan Parfiya bilan urushlarda muvaffaqiyatga erishdi. Uning xukmronligilida yolg'onchi chaqimchilikka asoslanib qatl etish bekor qilindi

51-Rim imperiyasining yemirilishi.

Imperator Konstantin zamonida, milodiy 330 yili Rim imperiyasining poytaxti deb Bosfor bo'g'ozidagi Vizantiy shaxri eьlon qilindi. Imperatorning buyrug'i bilan shaxardagi barcha eski binolar buzib tashlandi va yangi shaxar qurildi, Rim, Afina va Korinfdan keltirilgan xaykallar va kollonnalar o'rnatildi. SHaxar imperator sharafiga Konstantinopol deb atala boshlandi.

Ulkan imperiyani Konstantinopoldan turib boshqarish mushkul edi. Imperator Feodesiy o'limidan so'ng milodiy 395 yili Rim imperiyasi uning ikki o'g'li o'rtasida G'arbiy va SHarqiy qismlarga taqsimlandi. SHarqiy Rim imperiyasida imperatorning yagona xokimiyati saqlandi, G'arbiy Rim imperiyasi aloxida davlatlarga , parchalana boshladi.

Milodiy 3 asrda Rim imperiyasining kuch-qudrati zaiflasha boshladi. Imperatorni endilikda armiya saylar, armiyaning o'zida xam turli guruxlar o'rtasida kurash borar edi. Imperator Trayan davridan boshlab rimliklar bosqinchilik urushlari olib bormadi

Ayni maxalda imperiya chegaralarining shimoli g'arb tarafidan ko'chmanchi qabilalar paydo bo'ldilar. Rimliklar ularga "varvarlar" degan laqab berishgan va chegarada katta armiya saqlab turishga majbur qilishgan .

Avval yunonlar tillari o'zlari uchun tushunarli bo'lmagan barcha qabilalar va xalqlarni "varvarlar," deb atashgan. Rimliklar esa, ularning fikricha, madaniy taraqqiyotning ancha quyi pog'onasida tuvchi xalqlarni shunday nomlashgan.

Milodiy 4-5 asrlarda butun Rim imperiyasini qullar va kolonlar qo'zg'alonlari qamrab . Yerlarni va mo'l-ko'l o'ljalarni qo'lga kiritish maqsadini ko'zlagan "varvarlar"ning imperiyaga xujumlari xam kuchayib bordi. Bu davr 150 yildan ko'proq davom etdi.

Milodiy 410 yilda Alarix boshchiligidagi gotlar Rimni qurshab oldilar. Rimliklar ular bilan muzokara boshladilar, ammo tunda qullar darvozalarni ochib berdilar, bosqinchilar shaxarga yopirilib kirdilar. Gotlar xaykallarni yo'q qilib, bebaxo kitoblarni yondirgancha roppa-rosa uch kun Rimni taladilar. Talon-taroj qilingan Rim shaxri xuvillab qoldi.

Germanlar savodsiz bo'lib, teatrlar, kutubxonalarni ko'rishmagan edi. Rim imperiyasi sarxadiga kirganlaridan keyin Rim imoratlari, arxitekturasi va xaykallari go'zalligi va ulug'vorligini munosib baxolay olishmasdi. Bularning barini shafqatsizlarcha yo'q qilib tashladilar. Germanlar qo'rg'onchalarini o'rab turgan devorlarni mustaxkamlash uchun Rim ibodatxonalari va kutubxonalari binolaridan tosh taxtalarni ko'chirib olib ketadilar. Kitoblar, xaykallar va boshqa sanьat asarlari xam nobud bo'ldi.

Gotlarning Rimni ishg'ol etishi G'arbiy Rim imperiya axolisini larzaga soldi. Yuz yillar davomida rimliklar o'zlarining barcha raqiblari ustidan g'alaba qozonishgan, O'rtaer dengizi bo'ylaridagi barcha mamlakatlarni.zabt etishgan, o'zlarini esa jaxon xukmdori xisoblar edilar. Rimni esa "boqiy shaxar" deya taьriflashgan. Go'yo rimliklar qudratining so'ngi yo'qdek tuyulardi. Qarangki, butun jaxondan keltirilgan durdonalar xazinasi dag'al va qo'pol qabilalar o'ljasiga aylandi. Rim qulashi xaqida o'sha zamon tarixchisi nadomat bilan shunday yozgan edi: "Butun Yer yuzini bo'ysundirgan jaxon shamchirog'i xam so'ndi". Rim axolisining ko'pchiligi Rim zavolga yuz tutishi bilan butun jaxon nes-nobud bo'lib ketishiga ishonar edi. Ammo dunyo xalok bo'lmadi. Alarix xam o'ldi, biroq Rimning undan daxshatliroq dushmani-Attila boshchiligida xunn qabilalari paydo bo'ldi. Atlila SHarqiy Rim imperiyasiga xujum uyushtira boshladi. Milodiy 452 yilda xunnlar Italiyaga bostirib kirdilar.

Milodiy 455 yilda Rimga germanlarning vandal qabilalari xujum qildi, ular ikki xafta davomida shaxarni taladilar. Vandallar o'zlari bilan olib ketolmaydigan xamma narsani nobud qildilar. Milodiy 476 yilda imerator saroyi qo'riqchilari qo'mondoni so'nggi imerator Romulni saroydan xaydab yubordi, xukmdor tojini Konstantinopolga jo'natdi. Sobiq G'arbiy Rim imperiyasi sarxadlarini german qabilalari egallab oldilar. SHu tariqa, milodiy 476 yil G'arbiy Rim imperiyasiing qulashi va Qadimgi dunyo tarixi yakunlanishi sanasi sifatida tarixga kirdi. Mazkur sanadan O'rta asrlar ьarixi boshlanadi.

52-53-Qadimgi Rim madanyati.

Qadim zamonlarda rimlailar turmushi o'ta oddiyligi bilan aloxida ajirali turgan. Rinlik zodogonlar bo'lmish partiyisylar bir qavatli oddiy uylarda yashardilar, xo'jalikda qullar xam uncha ko'p emasdi.

Milodiy1 asrga kelib rimliklar turmishida keskin o'zgarishlar ro'y bsrdi. Badavlar kishilar tepaliklar bag'rida tomosabo'lar va chorbog'lark o'p, xavo esa tep-tekkis joylardagiga qaraganda so'lamroq va tozaroq bo'lgan. Imperatorning yaqin kishilari mixtasham koshonalarga egalik qilar edilar.

Badavlat bo'lmagan rimliklar tepalik o'rtasida yashar edilar. Bu yerlarda kochalar tor va iflos bo'lgan: axlatni xam to'g'ri ko'chaga tashlaganlar.Ustiga ustak rim axolisi muntazam ravishda ko'payib brogan, chunki Italyaning to'rt tomonidan xonavayron bo'lgan dexqonlar poytaxtga ko'chib kelardilar. Ishi yurishgan kishi bir xoa yoki burchakni ijaraga olardi, sayoqlar va gadoylar zinopoyalar tagida zax nimqorong'i yerto'lalarda yoki ochiqdan ochiq shaxar ko'calarida turar edilar.

Rimlik qashshoqlar mexrini qozonishga intilga imperatorlar poytaxt axolisi uchun "termlar" deb atalgan muxtasham xammomlar qurdirgan edilar ( yunoncha "issiq" so'zidan, "termos" xan shundan kelib chiqqan).Arzimas to'lov evaziga xar bir rimlik termlarga tushish imkonyatiga ega bo'lganlar. Bu yerda suzish uchun basseynlar, sport zallari mavjud edi.Termlar qoshida taьlim olish va fanlar bilan shug'illanish uchun kutubxonalar bo'lgan.

Bolalarning maktabda taьlim olishi ota-onalarining taxsil uchun xaq to'lash imkonyatlariga bog'liq bo'lgan. Kambag'al rimlirlarning farzandlari xo'jalik ishlarida ota-onalariga yordam berganliklari sababli maktabda o'qimas edilar. Badavlat xonodon farzandlari esa 6 yoshdan maktabga qatnar edi. Yozuvni o'rganayotgan bolalar stil degan metal ruchka bilan mum surkalgan taxtachalarga qitirlatib o'yib yozardilar.

O'qish, yozish va o'rganganidan keyin ko'pchilik taьlim olishni yakunlar edi. Ayrinlar grammatikada(o'rta maktabda) taxsilni davom ettirgan. Tarix, Geografiya, Geomertiya, Musiqa va Astonomiya o'qitilardi. Yunon tilini o'rganishga aloxida eьtibor qaratilgan, chunki fanning turli tarmoqlariga oid kitoblarning aksaryati yunon tilida edi. Siyosi arbob bo'lishni istagan xar bir kishi notiqlik va ritorokani-chiroyli so'zlashni o'zlashtirishgan.

Rim imperyasida qurilish ishlari syniqsa taraqqiy etgandi. Amfiteatrlar, sirklar, teatrlar, ibodatxonalar saroylar truimfal arklar va ko'p qavatli uylar barpoo etildi. SHaxarni baland devorlar o'rab turgan

Rim meьmorchiligi yunon meьmorchiligidan imoratlari rang-barangligi va muxtashamligi bilan ajralib turgan. Milodiy 1 asrda eng yirik axolisi kop shaxar edi. O'sa kezlarda xatto xatto shunday maqol to'qilgandi: "Barcha yo'llar rimga boradi". Minglar qullar o'rmonlar, tog'lar va botqoqlar orqali yo'llar o'tkazdilar. Yo'llar bilan bir qqatorda Rim vovoporodli - suv quvirlari qoldiqlari xam xozirga qadar saqlanib qolgan. Quvurlar nishablik asosida qurilgan bo'lib, tog'dagi buloqlardan suvining o'zi oqib kelar edi. Suv quvurlarini jarlar, daralar va vodiylardan o'tkazish uchun akveduklar-yuqori qismidan anxorlar o'tkazilgan ko'priklar qurilgan.

Ulkan ko'priklarni butunlay toshdan qurish qimmatga tushar va uzoq davom etar edi. Rimliklar yangi qurilish materiali bo'lmish betonni ixtiro qilishadi. Quruvchilar g'ishtdan ikkita ingichka devor tiklashgan, ular o'rtasidagi bo'shliqni esa beton bilan to'ldirishgan. Qotganidan keyin u toshdan xam mustaxkam bo'lib qolgan. Beton ishlatilishi rimliklarga tez va pishiq inshootlar qurishga imkon berdi.

O'n minglab tomoshabinlarni sig'diradigan Amfiteatr Rimdagi eng katta inshoot bo'lgan. Bu yerda gladiatorlar olishuvi va xarbiy kemalar jangi uyushtirilardi. Yer ostida chuqur bir joyda saxnani suvga to'idirish imkonini beruvchi moslama qurilgan. Rimning eng katta amfiteatri bo'lmish Kolizey o'tmishdagi ulug'vorlik guvoxi sifatida xozirgacha saqlangan.

Beton ixtiro etilganidan keyin shiftlar gumbaz shaklida ustunlarsiz quriladigan bo'ldi. Rimdagi Panteon shu taxlitda qurilgan (yunonchadan "barcha xudolar ibodatxonasi" maьnosini anglatadi). Rim imperiyasida yashayotgan xar bir kishi Panteonga kelib o'zi eьtiqod qilgan xudoga sig'inish imkoniga ega bo'lgan: misrlik-Osirisga, yunon-Zevsga, rimlik-Yupiterga ibodat qilar edi.

Buyuk g'alabalarni nishonlash uchun muxtasham triumfal arklar barpo etilgan. Ikki ming yil muqaddam Rim xokimiyati ostida bo'lgan Kichik Osiyo va Falastin yerlanda Nazaret shaxrida duradgor losif va uning rafiqasi Mariya xonadonida "Xudoning o'g'li" nomini olmish Iso tug'ilgani xaqida rivoyatlar tarqala boshladi. 30 yoshida Iso saxroda yashovchi voiz CHo'qintiruvchi Ioann qo'lida lordan daryosida cho'qintiriladi. Yovuzlikni sodir etganlar loannga tavba qilish uchun kelishardi. Iso begunox bo'lsa-da, Yaratganga yo'l poklovchi tavba tazarrudan boshlanishini ko'rsatib berish uchun cho'qinadi.


Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling