Tarixdan xikoyalar
Download 1,55 Mb.
|
Umumiy tarix
O'n ikki nafar xavoriylari (apostollar) bilan Falastin bo'ylab sayoxat qilib, Xudo oyatlari xaqida xikoya qilib beradi, va ularni amalga ko'rsatadi o'liklarni tiriltiradi, yashashdan umidini uzgan, tuzalmas xastalarni sog'aytiradi. Yaxudiy ruxoniylari Iso payg'ambarni mavjud diniy xaqiqatlarni buzib talqin etishda ayblab, uni o'lim jazosiga maxkum etadilar. Rim noibi Pontiy Pilat bu xukmni tasdiqlashi shart edi. Avvaliga Pontiy Pilat bu ishni qilishdan bosh tortgan, ammo ruxoniylar tazyiqi ostida rozilik beradi. Isoni yer yuzidagi ilk inson-Odam ato dafn etilgan Golgof tog'ida xochga tortganlar. Iso payg'ambar 3 kunda, daxshatli azoblar girdobida jon beradi. Vafotidan kevin murdasini bir g'orga qo'yishadi. Uchinchi kuni dafn etish uchun kelishganda Iso Masix jasadi qo'yilgan joyida yo'qligini ko'rishadi. Iso payg'ambar qayta tirilgan va meьrojga ko'tarilgan, vafot etgan va yashayotgan odamlarning ishlarini baxolash uchun Yer yuziga qaytib kelishga vaьda bergan. Iso Masix xaqidagi rivoyatlar Yevangeliya (Injil) nomini olgan, yunonchadan tarjima qilganda bu so'z "Xushxabar" maьnosini anglatadi. Iso payg'ambar taьlimoti izdoshlari xristianlardir. SHogirdlari apostollar (xovariylar)dir. Xristianlar jamoalariga yepiskoplar peshvolik qiladi. Milodiy 1 asr xristianlik vujudga kelgan sana xisoblanadi. Rim xukmdorlari xristianlarni taьqib etadilar, yirtqich xayvonlar changaliga tashlaydilar, turli qiynoqlarga soladilar. Milodiy 313 yilda imperator Konstantin xristianlik boshqa dinlar bilan teng bir din deb eьlon qilingan farmon chiqardi. Farmon xristianlarga ibodatxonalar qurish va oshkora ibodat qilish imkonini berdi. 54-§. Maьnaviyat manbalarida Siz yil davomida ibtidoiy jamoa tuzumidan boshlangan qadimgi dunyo tarixi bilan tanishdingiz. Mexnat qurollari takomillashgandan va unumdorlik oshgandan so'ng, dexqonchilik, xunarmandchlxk va savdo-sotiq rivojlanishi natijasida ilk davlatlar shakllandi. Yozuv paydo bo'lgach odamlar o'zlari yashayotgan Jamiyat bo'yicha qonunlar yoza boshladi. Odamlar qadimdan yaratilgan bebaxo Ixtiro va kashfiyotlardan foydalanib keladi. Bular ziroatchilik usullari, g'ildirak, suv quvurlari, alifbo, taqvim, sonlar, meьmorchilik va shu kabi yutuqlardir.Biz xanuz qadimgi dunyo xalqlari yaratgan madaniy yodgorliklardan xayratlanamiz. Xozirda qadlmgi mualliflarning ko'plab asarlari bizni mardlikka, mexnat-sevarlikka, vatanga muxabbatga undaydi. Yaratuvchanlik doim qadrlanib kelingan. Xatto qadim davrda, uzoq ajdodlarimiz xayoti xavf-xatar, tashvishlarga to'la bo'lganda, odamlarning asosiy maqsadi oziq topish bo'lganda xam insoniyat olamni anglashga xarakat qilib kelgan. Bu esa maьnaviy madamyat rivojlanishi uchun poydevor bo'lib xizmat qildi. Insoniyatning maьnaviy takomillashuv jarayoni shunday boshlangan edi. ... Ko'xitog'ning tik qoyalarida, xozirda Zarautkamar yoki Oltin Olov deb yuritiladigan daralariga qadlmgi mo'yqalam soxiblari qizil bo'yoqda yovvoyi xo'kizlarni ovlash tasvirini chizishgan. Ular dramatik xolatlarga boy. Bu suratlarda ovning g'alaba bilan tugashi ovchilarning tantanasi va inson aqlining yuksakligi tasvirlangan. Misr, yunon va rimliklarning SHarq madaniyati bilan o'zaro aloqasi fan va sanьat yuksalishining tezlashuyiga, dunyo madaniyatining taraqqiyotiga olib keldi. Endi siz qadimgi dunyo tanxi va O'zbekiston tanxi necha ming yillarga borib taqalishini yaxshi bilasiz. Aynan uzoq o'tmishda bizning yurtimizda boy madamy meros rivojlanishi uchun asos solingan edi. Bu yerda qadim shaxarlar va davlatlar tashkil topgan. Ziroatchilar, xunarmandlar va quruvchilar o'zining yaratuvchanlik mexnati bilan o'ka dovrug'ini olamga yoydi. Vatanga muxabbat ko'p sonli bosqinchilarga qarshi kurashgan xalq qaxramonlari jasoratida nomoyon bo'lgan. Toimaris, SHiroq, Spitamen va boshqa ko'plab jasur qaxramonlar yurt ozodligini o'z xayotidan ustun qo'yganlar. Ilk qo'lyozma manba-"Avesto"da zardushtiylarning, ulug' va donishmand oliy xudosi Axuramazda tomonidan yaratilgan eng yaxshi mamlakat sifatida O'zbekistonning qadimgi dexqonchilik xududlari taьkidlab o'tiladi. Amudaryo etaklarida, qadimgi Xorazm yerianda, Surxon, Qashqadaryo va Zarafshon tog'lari va voxalarida zardusht dini targ'ibotchilari yovuzlik va ezgulik o'rtasidagi mangu kurash xaqidagi muqaddas qasidani kuylashgan. Ular kishilarni tinchlikka, adolat va ezgulikka chorlagan. Odamlar oilaga, uyga, suv va yerga nisbatan xurmat bilan qarashgan, farzandlariga ь. insonning jamiyatdagi yuksak o'rni xaqida tasavvurni singdirishgan. Zardushtiylik g'oyasi qadimgi jamiyat rivojlanishini belgilab berdi. Xar qanday jamiyat taraqqiyoti yaratuvchilik g'oyasining mavjudligi bilan belgilanadi. Ajdodlarimizning tarixdagi qaxramonliklari, jasorati vitanparvarlik xissini tarbiyalaydi, o'z Vatani manfaatini ximoya qilishga o'rgatadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov milliy istiqlol g'oyasining moxiyatini ochib bera turib, mamlakatimiz rivojlanishini millati, tili va dinidan qatьi nazar butun O'zbekiston fuqarolarini tashkil etgan jamiyatning maьnaviy gullab-yashnashi va komil insonni tarbiyalash bilan chambarchas bog'laydi. Xalqimiz ezgulikka, tinchlik va bunyodkorlikka intiladi. Bu intilish boy maьnaviyatga asoslangan va mamlakatimizning buguni va kelajakdagi rivojlanishi, gullab-yashnashi bilan bog'liq. Biz Vatantmizning moddiy va maьnaviy madaniyatini asrab-avaylab ko'paytirgan xolda ajdodlarimizning ezgu ishlarini davom ettirishimiz lozim. Prezidentimiz Islom Karimov o'zining "Yuksak maьnaviyat-engilmas kuch" kitobida, "Biz xalqimizning dunyoda xech kimdan kam bo'lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko'ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo'lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada maьnaviy tarbiya masalasi, xech shubxasiz, beqiyos axamiyat kasb etadi", deb taьkidlagan. Maьnaviyatimizni yuksaltirish borasidagi maqsad va vazifalarni am alga oshirish uchun xar bir inson o'zini o'z mamlakatining xaqiqiy fuqarosi deb xis qilishi, tarixni, buyuk ajdodlarimizning boy merosini va madaniyatini chuqur o'rganishi, bugungi kundagi olamshumul o'zgarishlarga boy voqelikni ongli ravishda idrok qila bilishi, jamiyatimiz va davlatimiz taraqqiyotiga o'zining xam daxldor ekanligini anglab yetishi lozim. Tarixiy atamalar Agora-Qadimgi Yunoniston shaxarlarida xalq yig'ilishi joyi, markaziy maydon. Akveduk-ustida shaxarga suv keladigan anxori bo'lgan baland ko'prik. Altamir-Ispaniyadagi so'nggi paleolitga oid qoya rasmlari topilgan g'or. Amfiteatr-saxna atrofida tomoshabinlar o'tirishiga mo'ljallangan qurilmalar bilan qurshalgan tomsiz katta inshoot. Amfora-suyuq maxsulotlarni tashish va saqlash uchun mo'jjallangan bo'g'zi ingichka va qo'shaloq dastali katta ko'za. Amulet-misrliklar fikricha, mabodo inson o'zi bilan birga olib yursa, yovuz ruxlar va balo-ofatlardan ximoya qiluvchi kichik buyumlar; tumor. Animizm-insonni qurshab turgan muxitda jonlar va ruxlarning mavjudligiga eьtiqod. Antik tarix-Qadimgi Yunoniston va Qadimgi Rim tarixi. Argonavtlar-oltin mo'ynani (sexrli qo'chqor terisini) izlab "Argo" degan ko'p eshkakli kemada daryoga chiqqan ellada qaxramonlari. Ariylar-qadimgi xalqlar; tarjimasi "sodiqlar", "erkinlar" maьnosini anglatadi; oriylar. Arxeologiya-ashyoviy manbalarni o'rganuvchi va ular bo'yicha tarixiy o'tmishni qayta tiklovchi fan; qadimshunoslik. Arxiv-davlatga oid xujjatlar saqlanadigan joy. Arxitektura-binolar va boshqa inshootlarni barpo etish sanьati. Avstralopitek-eng qadimgi odam turi. Budda-Siddxartxa Gautamaning ikkinchi ismi, laqabi; "Maьrifatlangan" tarzida tarjima qilinadi. Buddaviylik-miloddan avvalgi 6 asrda Xindistonda Siddxartxa Gautama tomonidan asos solingan diniy taьlimot. Danaylar-Gomer "Iliada"da yunonlarni shunday atagan. Delta-Nil daryosi O'rtaer dengiziga quyilayotganda uchburchaksimon yalpi manzarani yuzaga keltiruvchi makon. Demokratiya-xar bir fuqaro o'z mamlakatini boshqarish masalasi bo'yicha o'z fikrini bayon etadigan, shuningdek, davlat boshqaruvida ishtirok etadigan ijtimoiy tuzum. Diadoxlar (vorislar)-Makedoniyalik Aleksandr vafotidan keyin turli xududlar ustidan xokimiyatni egallab olgan xarbiy sarkardalar. Diktator-favqulodda vaziyatlar ro'y bergan taqdirda tayinlanuvchi yakkaboshchi xukmdor. Dinastiya (sulola)-birin-ketin xukmronlik qiluvchi podsholar urug'i; sulola vakillari ko'pincha bitta nom bilan aytilgan, masalan, axamoniylar. Ellada-Qadimgi Yunoniston. Ellinlar-qadimgi yunonlar; dastlab Yunonistonning barcha axolisi shunday atalgan. Falanga-og'ir qurollangan askarlarning bir necha, odatda 9 yoki 16 qator saf tortishi. Firьavn-Misr xukmdori; "ulug' xonadon" maьnosini anglatadi. Freska-selgimagan suvoqqa chizilgan rasm. Forum-yig'ilish joyi va bozor maydoni bo'lib xizmat qilgan shaxar markazi. Gilgamish-Mesopotamiyaning afsonaviy qaxramoni, tarixiy shaxs, Uruk shaxri podshosi. Goplit-Qadimgi Yunoniston va Yunoniston-Makedoniya armiyalarining og'ir qurollangan piyoda jangchisi. Ibodatxona-muqaddas deb eьlon qilingan, odamlar xudolarga sig'ingan bino yoki joy. "Iliada"-Gomerning Troya urushi xaqidagi dostoni. Imperiya-xukmdorning cheklanmagan xokimiyati joriy etilgan davlat. Italiklar-Apennin yarimorolida istiqomat qilgan qadimiy qabilalar. Ierogliflar-qadimgi yunonlar misrliklar yozuvini shunday atashgan; "muqaddas bitiklar" maьnosini anglatadi. Kapitoliy tepaligi-Rimdagi eng baland tepalik. Koxinlar-ibodatxona ruxoniylari. Koloniyalar-o'z yurtini tark etgan odamlar tomonidan yangi yerlarda asos solingan manzilgox va shaxarlar. Konsul-Respublika davrida Rimdagi oliy siyosiy lavozim. Xar yili saylangan ikki nafar konsul Senat va armiyaga raxbarlik qilgan. Ko'chmanchilar-doimiy istiqomat joyiga ega bo'lmagan kishilar. Legion-Rim armiyasida eng yirik jangovar birlik. Metek-Afinada yashovchi ajnabiy. Mixxat-shumerlar va forslarning qadimgi yozuvi. Moxenjodaro-Xindistondagi eng qadimgi sivilizatsiya. Mozaika-rangli sopol yoki shisha parchalaridan devorda yoki polda langan suvoqqa qadalgan manzarali rasm. Olimpiada o'yinlari-Pelopenos yarimorolidagi Olimpiya shaxrida to'rt yilda bir marta Olimpiyalik Zevs sharafiga bag'ishlab o'tkaziladigan umyunon sport musobaqalari. Oykumena-Yer yuzining odamlar yashaydigan qismi, chegarasi . Papirus-poyasining mag'zi yozuv yozishga material tayyorlash uchun ishlatiladigan qamish. Patritsiylar-senatorlarning avlodlari. Piramida-maxobatli tosh inshoot, firьavnlar maqbarasi. Plebeylar-oddiy xalq, shaxarliklar, kambag'allar. Qarzdorlik qulligi-qarzni vaqtida qaytarmagan erkin fuqarolarning Qullarga aylantirilishi jarayoni. Qul-o'zga bir kishining mulki bo'lgan va ishchi kuchi sifatida ishlatiladigan erksiz odam ("so'zlovchi mexnat quroli"); qulni sotib olish va Sotib yuborish mumkin bo'lgan. Qurbonlik bag'ishlash-mexr-shafqatini qozonish maqsadida xudolarga tortiq etiladigan xadyalar. Respublika-"umumiy ish" maьnosini anglatadi; tuzum nomi. Senat-"Oqsoqollar kengashi" maьnosini anglatadi. Strateg-Afinaning xarbiy boshlig'i. Sfinks-jasadi sherniki va boshi insonniki bo'igan, piramidalarni qo'riqlovchi afsonaviy mavjudot. Sivilizatsiya-jamiyat taraqqiyotining ancha yuksak darajasi. Termlar-Qadimgi Rim shaxridagi jamoat xammomlari. Mumiyolangan jasad-dafn etishga tayyorlangan, maxsus uzoq saqlanuvchi moddalar qo'shilmalari bilan ishlov berilgan jasad. Nekropol-qabriston; maqbara. "Nom"lar-Misrdagi ilk davlatlar. Tiran-mutlaq xokimiyatga ega bo'lgan xukmdor. Varvar-dastlab: yunon tilida so'zlashmaydigan xar qanday chet mamlakatlik kishi; keyinchalik bu so'z madaniylashmagan odamlarga nisbatan ishlatiladigan bo'ldi. Xronologiya asrlar, davrlar, vaqt o'lchovi xaqidagi fan, turli-tuman voqealar sanasi xronologiya yordamida aniqlanadi va aniqlashtiriladi. Zikkurat-tepasida ibodatxonasi bo'lgan zinapoyali yirik minora. SHaxar-davlat (polis)-tevaragidagi xududlarni tasarrutiga olgan o'zini o'zi boshqaruvchi shaxar; Muxim tarixiy sanalar. mil. avv. 1 million-100 mingyilliklar-O'rta Osiyoda ilk paleolit davri mil. avv. 100-40 mingyilliklar-o'rta paleolit davri mil. avv. 40-12-mipgyilliklar-so'nggi paleolit davri mil. avv. 12-7 mingyilliklar-mezolit davri mil. avv. 6-4 mingyilliklar-neolit davri mil. avv. 4-3 mingyillikning o'rtalari-eneolit davri mil. avv. 4 mingyillik Mesopotamiyada shumer va akkadlaming manzilgoxlari, Uruk, eridu, Lagash, Ur shaxarlarining vujudga kelishi mil. avv. 4 mingyillik-Nil qirg'oqlarida manzilgoxlaming vujudga kelishi mil. avv. 2600 yil-Misrda Xeops (Xufu) piramidasi qurilishi mil. avv. 3 mingyillik-elam davlatining vujudga kelishi mil. avv. 3-2 mingyilliklar-Xitoy sivilizatsiyasining vujudga kelishi mil. avv. 3 mingyillik-Moxenjadoro va Xarappa shaxarlarining vujudga kelishi mil. avv. 3 mingyillikning o'rtalari-2 mingyillik-bronza davri mil. avv. 3-2 mingyillik-"Laьl yo'li" rivojlanishi mil. avv. 2 mingyillik-Old Osiyo xududida ilk yirik davlatlaming Vujudga kelishi: Xett, Mitanni, Ossuriya mil. avv. 2 mingyillik-Bobil podsholigining tashkil topishi mil. avv. 2 mingyillik-Zamonbobo, Sopollitepa va Jarqo'ton kabi yirik dexqonchilik manzilgoxlariiling tashkil topishi mil. avv. 2 mingyillik-Miken va Krit clavlatlarining tashkil topishi mil. avv. 18 asr-Bobil xukmdori Xammurapi (mil.avv.1792-1750 yillar) Mesopotamiyani yagona davlatga birlashtirdi mil. avv.1500 yil-Firavn Tutmos II ning yirik bosqin,chilik yurishlari mil. avv. 13 asr-Ossuriya davlati podsho Salamanasar davrida o'z ravnaqining yuqori cho'qqisiga erishgan mil. avv. 13 asr-"dengiz xalqlari" Xattusani vayron qildilar mil. avv. 1200 yil-Miken davlatining doriylar tomonidan vayron qilinishi mil. avv. 12 asr-doriylar Lakonikani zabt etdilar va Sparta shaxriga asos soldilar mil. avv. 11 asr-Isroil davlatining tashkil topishi mil. avv. 9 asr-forslaming eron janubiga joylashuvi mil. avv. 9 - 8 asr boshlari-Urartu davlatining gullagan davri mil. avv. 8-6 asrlar-Buyuk Yunon kolonizatsiyalashi mil. avv. 8-6 asrlar-Xersones, Pantikapey, Tanais, Fasis, Trapezund koloniyalarining vujudga kelishi mil. avv. 1 mingyillik-zardushtiylikning O'rta Osiyo xududida tarqalishi mil. avv. 9-8 asrlar-O'rta Osiyoda temir asriga o'tish davri mil. avv. 8 asr-Italiyada 12 shaxar-ittifoqining vujudga kelishi mil. avv. 776 yil-Olimpiya o'yinlarining birinchi bor o'tkizilishi mil. avv. 753 yil-Rimning tashkil topishi mil. avv. 7 asr-Misming yana yagona davlatga birlashishi mil. avv. 7 asr-Qadimgi Baqtriya podsholigining tashkil topishi mil. avv. 7 asr-Xorazmda Ko'zaliqir shaxarining vujudga kelishi mil. avv. 7-4 asrlar-Qiziltepa, Afrosiyob, Uzunqir, Yerqo'rg'on, Ko'zaliqir shaxarlarining rivojlanishi mil. avv. 7-6 asrlar-Xindistonda Magadxa, Koshala, MalIa davlatlarining vujudga kelishi mil. avv. 7-5 asrlar-Xitoyda "ko'p podsholik" davri mil. avv. 621 yil-Drakont qonunlaririing qabul qilinishi mil. avv. 605 yil-Ossuriya podsholigining qulashi mil. avv. 594 yil-Afinada Solon isloxotlarining o'tkazilishi. mil. avv. 558 yil-Fors podsholigining tashkil topishi (Kir 2) mil. avv. 545-540 yillar Parfiya, Marg'iyona va Baqtriyani Kir 2 tomonidan bosib olinishi mil. avv. 539 yil-Bobilning rorslar tomonidan bosib olinishi mil. avv. 530 yil-Kir 2ning O'rta Osiyoda xalok bo'lishi (To'maris) mil. avv. 525 yil-Mismi qadimgi fors shoxi Kambiz tomonidan zabt etilishi mil. avv. 522 yil-Doro1-saltanatni satrapliklarga bo'linishi mil. avv. 522 yil-Doro 1 ga qarshi Frada qo'zg'oloni mil. avv. 519 yil-Sak qabilalariga qarshi Doro 1ning bosqinchilik yurishlari (SHiroq jasorati). mli. avv. 509 yil-Rimda Respublika eьlonqilinishi mil. avv. 5-4 asrlar-O'rta Osiyo xududida ilk tangalaming tarqalishi mil. avv. 490-449 yillar-Yunon-fors urushlari mil. avv. 490 yil-Marafon tekisligidagi jang mil. avv. 480 yil-Fennopiljangi (300 spartalik jasorati). mil. avv. 480 yil-Salamin jangi mil. avv. 479 yil-Plateya shaxri yaqinidagi jang-yunonlar g' alabasi. mil. avv. 443-429 yillar-Afinada strateg Perikl xukmronligi mil. avv. 4 asr-xorazmiylar, saklar va massagetlaming Axamoniylar zulmidan ozod bo'lishi mil. avv. 338 yil-Xeronya yaqinidagi jang-makedoniyaliklar tomonidan yunonlarning tor-mor qilinishi mil.avv. 337 yil-yunon shaxarlarining shaxar-davlatlar Ittifoqiga birlashishi mil. avv. 334 yil-Makedoniyalik Aleksandming SHarqqa yurishi mil. avv. 330 yil-Makedoniyalik Aleksandr tomonidan Axamoniylar saltanatining zabt etilishishi avv. 329 yil-Makedoniyalik Aleksandr boshchiligidagi yunon-makedonlar tomonidan Maroqandani bosib olinishi mil. avv. 329 yil-Zarafshon daryosi qirg'oqlaridagijangda yunon makedon qo'shinlarining tor-morь qilinishi (Spitamen) mil. avv. 328 yil-Makedoniyalik Aleksandr armiyasi bilan jangda Spitamenning mag'lubiyati mil: avv. 327 yil-Makedoniyalik Aleksandrning Xindistonga bostirib kirishi mil. avv. 323 yil-Makedoniyalik Aleksandming vafoti mil. avv. 318 yil-CHandragupta tomonidan yunon-makedonlaming Xindistondan quvib chiqarilishi mil. avv. 312 yil-Sa1avka xukmronligining boshlanishi-Salavkiylar davlafining asoschisi mil. avv. 280 yil-Salavkiylar dav1atining xukmdori Antiox mil. avv. 3 asr-Yagona Sin davlatining tashkil topishi mil. avv. 250 yil-Yunon-Baqtriya podsholigining tashkil topishi mil. avv. 250 yil-Partiya davlatiIiing tashkil topishi mil. avv. 3 asr-Zardusht taьlimotining barcha matnlari 21 ta kitobga jamlangan mil. avv. 3 asr-Qang' davlatining tashkil topishi mil. avv. 3 asr-Dovon davlatining tashkil topishi mil. avv. 3 asr-Xorazmdagi Jonbosqalьa va Qo'yqirilganqalьa shaxarlari mil. avv. 246-210 yillar-Xitoyda Sin SHixuandi xukmronligi mil. avv. 216 yil-Kann yaqinida Rim armiyasining tor-mor qilinishi mil. avv. 206 yil-Xitoyda Sin sulolasiga qarshi.qo'zg'olon mil. avv. 202 yil-Zama shaxri yaqinida rimliklar tomonidan Karfagen armiyasining tor-mor qilinishi mil. avv. 140-87 yillar-Xitoyda U-Di xukmronligi mil. avv. 2 asr-Buyuk Ipak yo'lining shakllanishi mil. avv. 146 yil-rimliklar tomonidan Karfagenning vayron qilinishi mil. avv. 140-yoki 130 yil-Yunon-Baqtriya davlatining yuechji (kushon)lar tomonidan bosib olinishi mil. avv. 1 asr-Partiya davlatining gullashi mil. avv. 1 asr-Xitoyda qog'ozning kashf qilinishi mil. avv. 74 yil-Spartak qo'zg'oloni mil. avv. 71 yil-Spartak armiyasining tor-mor qilinishi mil. avv. 49 yil-Yuliy Sezar-Rim imperatori mil. avv. 29 yil-Oktavianga Senat tomonidan imperator unvoni vaAvgust laqabining berilishi milodiy 98 yil-Rim imperatori Trayan davrida mamlakatning inqirozdan chiqishi milodiy 1-2 asrlar-Kusbon podsholigining gullagan davri milodiy 2 asr-Xitoydagi"sariq ro'mollilar" qo'zg'oloni milodiy 2-3 asrlar-Xorazmdagi Tuproqqalьa shaxarining qurilishi milodiy 3 asr-Kushon davlatining inqirozga yuz tutishi milodiy 330 yil-Rim imperiyasining poytaxti-Vizantiy (Konstantinipol) milodiy 394 yil-Olimpiya o'yinlari o'tkazilishining to'xtatilishi milodiy 395 yil-Rim iperiyasining bo'linishi: G'arbiy va SHarqiy milodiy 410-yii-Alarix boshcqiligidagi gotlar tomonidan Rimning yakson qilinishi milodiy 452 yil-Italiyaga xunlarning bostirib kirishi-Attila milodiy 455 yil-Rimning vandallar (german qabilalari) tomonidan zabt etilishi milodiy 476 yil-G'arbiy Rim imperiyasining qulashi Java Books Maker A.Muhammadjonov O'zbekiston tarixi 7-sinf
"SHarq" Toshkent-2009 yil Tarix xalq ma'naviyatining asosidir. Islom KARIMOV KIRISH
Aziz o'quvchi! Vatanimiz O'zbekiston va o'zbek xalqi olamshumul voqealarga, boy qadimiy tarixga ega. Turon, Turkiston va Movarounnaxr nomlari bilan shuxrat topgan bu mamlakatning va o'z mexnati bilan uni obod etgan o'zbek xalqining o'tmishi g'oyat qiziqarli va saboqlidir. Siz uchun darslik sifatida tavsiya etilayotgan ushbu kitob O'zbekiston tarixiga bag'ishlanib, unda 4-16 asrlar davomida kechgan voqealar bayon etiladi. O'n ikki asrlik davrni qamragan bu tarixiy bosqichda avvalo umumturk qavmlari safida "o'zbiy" va "o'zbek" atamalari bilan ulug'langan dono daxolar yo'lboshchiligida soxibkor va erksevar o'zbek xalqi shakllandi. Ajdodlarimiz kanallar qazib, dashtu biyobonlarga suv chiqardilar, qo'riq yerlarai bog'u bo'stonga aylantirdilar. Dexqonchilik, chorvachilik va xunarmandchilik rivojlandi. O'tloq voxalar o'rnida qishloq va shaxarlar qad ko'tardi. Ular ilmu ma'rifat va kasb-xunarlarning markaziga aylandi. Tasviriy san'at, musiqa, me'morchilik rivoj topib, o'ziga xos benazir madaniyat barpo bo'ldi. Dexqonchilik voxalarida dastavval voxa xokimlari, so'ngra esa eftallar, Turk xoqonligi, Somoniy, Qoraxon, Xorazmshoxlar, Amir Temur davlati kabi yirik podsholiklar xukm surdi. Ilk o'rta asrlarda xvabu, xudot, afshin, ixshid, tudun, yabg'u, so'ngra esa xon, xoqon, sulton va qoraxoniylar tomonidan boshqarilgan davlatlar mamlakat axolisining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy xayoti rivojiga ta'sir ko'rsatdi. Bu davrda "Qishloq xokimi" deb atalgan katta yer egasi - "dexqon"lar va ularning ekinzorlarida ishlovchi yersiz "kadivar"lar, ya'ni korandalar shakllandi. Yerga, suvga bo'lgan munosabat tubdan o'zgardi. Turli shakllardagi yer egalari qaror topdi. Yerda ishlash va unda qo'shchilarni ishlatish tartiblari o'zgardi. Ijtimoiy xayotda tabaqalanish yanada keskinlashdi. Mexnatkashlar ustidan zulm kuchaydi, tabaqalar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar esa tobora ziddiyatlashib bordi. Mazkur davrda mamlakatimiz Arab xalifaligi tomonidan fatx etildi. Qayta savod chiqarib ma'rifatli bo'lish uchun bir nechta avlodlarning umri sarf bo'ldi. Islom dini va musulmonchilik mafkurasi qaror topib, maxalliy din va e'tiqodlarga barxam berildi. Elga yot bo'lgan arabiy imlo joriy etildi. Xalifalik xukmronligidan keyingi asrlarda ilm-ma'rifatning rivoji uchun sharoit yuzaga keldi. O'rta asrlarda yurtimizda Abu Rayxon Beruniy, Muxammad ibn Muso al-Xorazmiy, Axmad al-Farg'oniy, Ibn Sino, Ulug'bek va Alisher Navoiy kabi buyuk mutafakkirlar qatorida islom dini va ta'limoti rivojiga salmoqli xissa qo'shgan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Axmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Baxouddin Naqshband va Xoja Axror singari mashxur ulamolar yetishib chiqdi. Yurt boshiga tushgan og'ir va musibatli damlarda erksevar xalqimiz jasoratini ona Vatan mudofaasi yo'lida o'zini fido qilgan Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik va mashxur shayx Najmiddin Kubro kabi vatanparvarlar timsolida bilib olasiz. Mustaqillik xalqimizning asriy orzusi va kurashlarining sharofatli natijasi ekanligiga guvox bo'lasiz. Ma'lumki, Amudaryo va Sirdaryodek yirik suv xavzalari atrofida joylashgan qadimgi Turon xududlarida azaldan o'troq o'zbeklar bilan yonma-yon qardosh tojik, qirg'iz, qozoq, qoraqalpoq va turkmanlarning xam ota-bobolari yashab kelgan. SHu boisdan o'zbek xalqining o'tmishi etnik jixatdan yaqin bo'lgan qardosh xalqlarning tarixi bilan chambarchas bog'lanib uyg'unlashgan. Ayniqsa, chet ellik bosqinchilarga, adolatsiz mustabid xukmdorlarga, shafqatsiz mulkdor zodagonlarga qarshi olib borilgan kurashlar qardosh xalqlarni birlashtirdi. SHu tufayli ular ko'p xollarda yagona davlatning umumiy fuqarosi bo'lib yashadilar, el-yurtni obod etishda faol ishtirok etdilar. Download 1,55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling