Tarixdan xikoyalar
Download 1.55 Mb.
|
Umumiy tarix
6 asrda CHirchiq, Zarafshon, Qashqadaryo va Amudaryo xavzalarida o'ndan ortiq voxa xokimliklar mavjud edi. Ularning iqtisodiy va siyosiy boshqaruvi maxalliy sulola xukmdorlari qo'lida qoldirilib, turklar ulardan faqat boj va yasoq undirib olish bilan cheklanadilar. Xoqonlikning bo'linishi. Katta-katta qabilalar yoki qabilalar ittifoqi markaziy xokimiyatga bo'ysunmaslikka intilganlar. Turk xoqonligi tasarrufida bo'lgan xududlardagi xokimlar mustaqil bo'lishni istar edilar. Bu omillar xoqonlikning mustaxkam markazlashgan davlatga aylanishiga imkon bermagan. Bo'ysundirilgan xududlarni maxalliy xokimlar orqali boshqaruv tartibi xoqonlikni tobora zaiflashtira borgan. Buning ustiga, Vizantiya, Xitoy va Eron bilan doimiy raqobat xoqonlik axvolini yanada og'irlashtirgan. Oqibatda, Turk xoqonligi 6 asrning oxirlarida ikkiga: SHarqiy turk xoqonligi va G'arbiy turk xoqonligiga bo'linib ketadi. Buyuk turk xoqonligi barpo etilgan el-yurt Oloy tog'lari sharqidan to Uzoq SHarqgacha bo'lgan xudud, ya'ni Janubiy Sibirь, O'rxun xavzasi (Mo'g'uliston), SHimoliy Xitoy SHarqiy xoqonlik tasarrufida bo'lgan. Mazkur xoqonlikning poytaxti O'tukan vodiysi (Mo'g'uliston)da qaror topgan. Oloy tog'larining g'arbida joylashgan o'lkalar Yettisuv, SHarqiy Turkiston, Sirdaryo va Amudaryo xavzalari xamda ularga tutashgan xudud G'arbiy xoqonlik tomonidan idora etilgan, qarorgoxi Yettisuvda joylashgan. G'arbiy xoqonlik o'troq voxa va viloyatlarni boshqarishda, garchi qator mavjud maxalliy sulolalarni saqlab qolgan bo'lsada, ammo strategik jixatdan muxim axamiyatga molik ayrim o'lkalarda turkiy xokimiyatni tashkil etish maqsadida xoqon xonadoniga tegishli mansabdorlar tayinlangan. Masalan, Farg'onada ixshid, Ustrushonada afshin, So'g'dda ixshid, Buxoroda buxorxudot, Dabusiyada dabusshox, Xorazmda afrig'iylar xokimiyatlari mavjud bo'lgan xolda CHoch viloyati tudunlar, Toxariston esa yabg'ular tomonidan boshqarilgan. Mustaxkam markazlashgan davlat - bu barcha xududlari yagona xukmdor tomonidan idora qilinuvchi davlatdir. Budun - chorvador axoli. Xoqon - buyuk xukmdor, podshoh, imperator. Yabg'u xoqon - xoqon urug'idan bo'lgan yurt xokimi. SHod - o'n ming qo'shin qo'mondoni. Yasoq - dehqonlar va chorvadorlardan olinadigan soliq. Turkiy chorvador qabilalarning siljishi vaqtida Yoyiq va Itil daryolari xavzasiga kimaklar o'rnashgan. CHag'oniyonning jez tangasida qo'sh tasviri mavjud. 5-§ G'arbiy turk xoqonligi Xoqonlik xududlari va boshqaruv. G'arbiy turk xoqonligi tasarrufiga O'rta Osiyo va SHarqiy Turkistonning bir qismi kirardi. Uning markazi Yettisuv edi. G'arbiy xoqonlik ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jixatdan SHarqiy xoqonlikdan mutlaqo ajralib turardi. SHarqiy xoqonlik axolisining asosiy qismi chorvador ko'chmanchilar edi. G'arbiy xoqonlik axolisining kattagina qismi esa o'troq dexqonchilik, xunarmandchilik va savdo-sotiq bilan mashg'ul edi. 7 asr birinchi choragida G'arbiy xoqonlik nixoyatda kuchayadi. Uning sharqiy chegarasi Oltoyga, janubda esa Sind (Xind) daryosi bo'ylariga borib taqaladi. Xoqon To'ngyabg'u (618-630) xukmronlik qilgan davrda boshqaruv tartiblari islox qilinadi. Viloyat xokimlarini xoqonlik ma'muriyati bilan bevosita bog'lash va ularning ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida maxalliy xukmdorlarga xoqonlikning "yabg'u" unvoni beriladi. Natijada ular xoqonning noibiga (vakiliga) aylanadilar. SHu bilan birga O'rta Osiyo, SHarqiy Turkiston va Toxaristonning deyarli mustaqil xokimliklari ustidan siyosiy nazorat kuchaytiriladi. Ular xuzuriga xoqonlikning noiblari tudunlar yuboriladi. Biroq ichki kurash oqibatida G'arbiy turk xoqonligi zaiflashib boradi. Ijtimoiy hayot. Turk xoqonligiga birlashgan axolining xayoti xam, xo'jaligi xam turlicha edi. Ko'chmanchilarning asosiy mashg'uloti chorvachilik bo'lgan. Xoqonlikda shaxarlar va qishloqlar ko'p bo'lgan. Axolisi dexqonchilik, xunarmandchilik va savdo-sotiq ishlari bilan shug'ullanardi. Turk xunarmandlari yasagan zeb-ziynatlar va qurol-yarog'lar xilma-xilligi va nixoyatda puxtaligi bilan ayniqsa ajralib turardi. Farg'ona va So'g'dda oltin, mis, temir va simob, Eloqda qo'rg'oshin, kumush va oltin qazib olinardi. Ichki va tashqi savdo-sotiq ishlari xam shaxar axolisining asosiy mashg'ulotlaridan biri edi. Bu davrda ayniqsa So'g'd savdogarlarining mavqeyi baland edi. 7 asrning birinchi yarmida G'arbiy turk xoqonligi bilan Xitoy o'rtasida ayniqsa iqtisodiy aloqalar faollashdi. Bu davrda Xitoyga to'qqiz marotaba savdo elchiligi yuboriladi. Birgina 627 yilning o'zida Buxoro, Samarqand, Ishtixon va Ustrushona (Jizzax va O'ratepa viloyatlari) dan birlashgan juda katta savdo karvoni Xitoyga yetib boradi. SHunday qilib, G'arbiy turk xoqonligiga birlashgan axolining dexqonchilik, xunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shug'ullangan o'troq qismi madaniy jixatdan ilg'or bo'lib xoqonlikning ijtimoiy turmushida yetakchi rolni o'ynaydi. Xalq qo'zg'olonlari. 6-7 asrlarda O'rta Osiyoda dexqonlar tomonidan yerlarni egallash jarayoni tobora avj olib, zulm kuchayadi. Yer va suvdan ajralib qashshoqlashib borayotgan ozod ziroatkor kashovarzlar mulkdor dexqonlar asoratiga tushib, qaram kadivarlarga aylanadi. Qashshoqlik, jabr-zulm va dexqonlar asoratiga qarshi axoli bosh ko'tarishga majbur bo'ladi. SHunday xalq qo'zg'olonlaridan biri 585-586 yillarda Buxoroda yuz beradi. Qo'zg'olonga xoqon xonadoniga mansub Abruy boshchilik qiladi. Qo'zg'olondan vaximaga tushgan mulkdor dexqonlar va boy savdogarlar Buxoro viloyatini tark etib, Turkiston va Taroz atrofiga borib o'rnashadilar. Ular turk xoqoniga murojaat qilib, qo'zg'olonchilarga qarshi kurashda yordam berishni so'raganlar. Turk xoqoni Qoracho'rin o'g'li SHeri Kishvar (El Arslon) boshliq qo'shin yuboradi. Abruy o'ldirilib, qo'zg'olon bostiriladi. Kadivar va xizmatkorlar o'z xo'jayinlari dexqonlarga qaytariladi. Yabg'u - el-yurt xokimi. Tudun - viloyat hokimi. Sarrojlik - egar-jabduq yasovchi. Turk xoqonligi davrida: Xarkon dengizi - Kaspiy dengiz. O'kuz ko'li - Orol dengiz. Ko'xcha dengiz - Balxash ko'li. Sirdaryo - Xasart. Amudaryo - O'kuz. Xazar xoqonligi poytaxti - Itil shaxri. Turk xoqonligi shimolida - boshqirdlar, ugor - fin qabilalari yashagan. Ural daryosi - Yayla. 7 asrning 2-yarmida - Oqsu Xitoy ta'sirida bo'lgan. 6-§. Maxalliy xokimliklarning tashkil topishi Maxalliy xokimliklar. 5-7 asrlarda mamlakat bir qancha xokimliklarga bo'linib ketadi. Viloyat va xokimliklar uning yirik shaxarlariga tayangan 15 dan ortiq mustaqil xokimliklar tashkil topadi. Bu viloyat xokimliklari avval eftallar, so'ngra Turk xoqonligiga bo'ysundirilgan bo'lsada, ammo eftallar xam, turk xoqonlari xam ularning ichki xayotiga deyarli aralashmaydilar. Markaziy xokimiyatga boj to'lab turish bilan ular o'z mustaqilliklarini ma'lum darajada saqlab qoladilar. So'g'd. Mustaqil xokimliklar orasida eng yirigi So'g'd ixshidlari voxa xukmdori edi. O'rta asr davlatlari birlashmasi ittifoqida So'g'd ixshidlari katta siyosiy nufuzga ega edi. Mazkur ittifoqda Zarafshon va Qashqadaryo vodiylarida joylashgan Samarqand, Buxoro, Kesh voxalarining o'n bitta yirik mulklari birlashgan edi. Ularning xar biri o'z xokimi, xarbiy chokarlari va mis puli birligiga ega edi. Samarqand ixshidi saroyida ajdodlar ruxi xotirasi ibodatxonasi bino qilingan edi. Xar yili unda o'tqaziladigan xotira marosimida viloyat xukmdorlarining barchasi ishtirok etardi. So'g'dda axoli gavjum yashardi. So'g'diylar dexqonchilik va bog'dorchilik, ayniqsa uzumchilikda nixoyatda omilkor edilar. CHorvachilikda qoramol va qo'y yechkilar bilan bir qator ot, xachir, eshak va tuyalar boqilardi. Ayniqsa, So'g'dning xisori qo'ylari va tulporlari juda mashxur edi. So'g'd shaxarlari bu davrda xunarmandchilikning markaziga aylanadi. Ularda to'qimachilik, kulolchilik, ko'nchilik, chilangarlik, taqachilik, najjorlik, qurolsozlik va zargarlik yuqori darajada rivojlangan edi. Temirdan xo'jalik asboblari va ro'zg'or buyumlari, qurol-yarog'lar: shamshir, xanjar, tabar, gurzi, sovut, qalqon va dubulg'alar yasalgan. Xatto 718 yilda xadya tariqasida Samarqanddan yuborilgan dubulg'adan nusxa olib, Xitoy qurolsozlari qo'shinni temir qalpoq (dubulg'a) lar bilan ta'min etganlar. So'g'd tog'laridan oltin, jez, novshadil va yalama tuzlar kovlab olinardi. Toxariston. Nisbatan mustaqil xokimliklarning bir nechtasi Toxaristonda joylashgan edi. Ular 27 tog' va tog'oldi viloyatlaridan iborat edi. Balx shaxri Toxariston poytaxti bo'lgan. Toxariston avval eftallar, so'ngra Turk xoqonligi tomonidan bo'ysundiriladi. Manbalarda ta'rif etilishicha, Toxariston axolisi budda diniga e'tiqod qilgan. Toxariston 25 xarfli yozuviga ega bo'lgan. Toxariston axolisining asosiy qismi o'troq dexqonchilik bilan shug'ullangan. Toxaristonda ayniqsa qurolsozlik yuksalgan. Xozirgi Janubiy O'zbekiston va Tojikiston, SHimoliy Afg'onistonni o'z ichiga olgan bu tarixiy viloyat shimolda Xisor tog'lari, janubda Xindikush, g'arbda Murg'ob va Xerirud vodiysi, sharqda Pomir bilan chegaralangan. Toxariston nomi mil.avv. 2 asrda Yunon-Baqtriya davlatini qulatgan chorvador qabila toxarlar nomidan olingan. Toxariston Xindiston, Yaqin va Uzoq SHarq mamlakatlari bilan savdo-madaniy aloqalar o'rnatgan, o'z chaqa-tangalari ichki savdo muomalasida yurgan. Toxariston Markaziy Osiyoda budda va moniylik dinlarini tarqalishi va rivojida muxim rol o'ynagan. Farg'ona. Farg'ona xukmdorlari "ixshid" deb atalgan. Farg'ona yerlari juda xosildor, axolisi dexqonchilik bilan kun kechirgan, paxta va sholi ekkan. Koson, Axsikat (Xushkat) va Quva (Qubo) kabi yirik markaziy shaxarlarida xunarmandchilikning turli soxalari rivoj topib, uning maxsulotlari ichki va tashqi bozorlarda juda xaridorgir bo'lgan. Qo'shni mamlakatlarga bo'yoq, rangli shisha buyumlar va dori-darmonlar chiqarilgan. Farg'ona vodiysida o'troq axoli bilan bir qatorda chorvadorlar xam yashagan. Qurama va Qoramozor tog'lari yonbag'irlarida qadimdan yilqichilik bilan shug'ullanilgan. Bu diyorda ko'paytirilgan tulpor otlarning dong'i jaxonga taralgan. CHoch va Eloq. CHirchiq va Oxangaron vodiylarida ikkita xokimlik mavjud bo'lgan. Manbalarda ulardan biri CHoch, ikkinchisi Eloq mulki nomlari ostida tilga olinadi. CHochning markazi CHoch shaxri bo'lib, xukmdori "tudun" deb yuritilardi. Eloqning markazi Tunkat, xokimlari "dexqon" deb atalardi. 5 asrda ular eftallar davlatiga, 6 asrda esa G'arbiy turk xoqonligiga bo'ysundiriladi. 7 asrning dastlabki choragida esa G'arbiy turk xoqonligi xukmdorlik qarorgoxini CHoch viloyatiga ko'chiradi. Xukmdor va malika uchun Yabg'ukat va Xotunkat kabi o'ziga xos qarorgoxlar bino qilindi. CHoch tuduni (tudun chachinak) va CHoch tegini (tegin chachinak) yozuvlari chekilgan tangalar zarb etiladi. Tangalarning old betida xukmdor surati, teskari tomonida ot, gajak dumli bars yoki qoplon tasviri, ba'zan sulolaviy ayri tamg'a tushirilgan. Ayrim tangalarda esa, xatto xukmronga yonma-yon malika tasviri xam chekilgan. Bunday qo'shaloq tasvir, shubxasiz, qadimgi turkiy davlatchiligida, xukmdorning malikasi xvatun (xotun), ya'ni vazirlik darajasiga ega bo'lib, davlat boshqaruvida faol ishtirok etganligidan dalolat beradi. Saroyda u xoqondan keyingi o'rinni egallagan. Keltirilgan numizmatik manbalardan ayon bo'lishicha, G'arbiy turk xoqonligi, shuningdek uning yirik o'troq viloyatlaridan xisoblangangan CHoch o'lkasi ilk o'rta asrlardayoq o'sha davrning tarixiy saltanatliklari Sosoniylar Eroni, Vizantiya, Xitoy kabi o'z tanga pullari tizimiga ega bo'lgan. CHoch va Eloq sertarmoq xo'jalikka ega bo'lib, sug'orma dexqonchilik, chorvachilik, xunarmandchilik, konchilik, ichki va tashqi savdo yuksak darajada edi. CHoch va Eloq tog'lari oltin, kumush, rangli ma'danlar, temir va jilvador chaqmoqtoshlarga boy edi. Karvon yo'lining o'lka orqali o'tishi CHoch va eloqqa ichki va tashqi savdo-sotiqning kengayib, shaxarlarining gavjumlashuviga imkon beradi. Boqsharuv ma'muriyati. Ilk o'rta asrlarda O'rta Osiyo xokimliklarida ma'lum tartibdagi boshqaruv ma'muriyati tashkil topgan edi. Boshqaruv ma'muriyatining asosiy vazifasi fuqarolardan boj, soliq va yasoqlarni o'z vaqtida yig'ib olish, jamoat ishlariga ularni safarbar etishdan iborat bo'lgan. Kirim-chiqimlar aniq va ravshan qayd etilib, xujjatlashtirilgan. Ularga barmoq bosilib, xatto muxr bilan tasdiqlab qo'yilgan. SHahar me'morchiligi. 5-7 asrlarda O'rta Osiyoda, bir tomondan, yerga egalik qilish munosabatlarining o'rnatilishi va mustaxkamlanib borishi, ikkinchi tomondan, ko'chmanchi chorvadorlarning beto'xtov shiddat bilan kirib kelishi va o'troqlashuvi shaxar va qishloqlarning qiyofasi va axolisining turmush tarzi-yu axvoliga jiddiy ta'sir ko'rsatadi. Ziroatkor yerlar kengayib, dexqonchilik voxalarining suv ta'minoti tubdan yaxshilandi. Tog'oldi maydonlariga suv chiqarilib, yangi yerlar o'zlashtirildi. SHaxarlar gavjumlashdi. Qishloqlarda "ko'shk", "qasr", "qo'rg'on" va "qo'rg'oncha" nom olgan shuxrat topgan istexkomli turar joylar qad ko'tardi. Istexkomli qasr, qo'rg'on va ko'shklar asosan tashqi dushman xujumiga qarshi mudofaa inshooti, chokarlar to'planadigan joy, ma'muriy markaz xamda oziq-ovqat va qurol-yarog' saqlanadigan ombor vazifasini o'tagan. O'rta asrlarda shaxarlar uch qismdan iborat bo'lgan. Ular "kuxandiz", "shaxriston", "rabod" deb yuritilgan. SHaxarlarning uchala (ko'xandiz) qismi xam aloxida-aloxida devorlar bilan o'rab olingan. Ularning bir nechta darvozalari bo'lgan. SHaxar devorlari bo'ylab oqib o'tgan anxor xandaq vazifasini bajargan. O'rta asrlarda yashagan arab mualiflari (Ibn Xavqal va Ishtaxriy) qayd etishicha, birgina Binkat (Toshkent) arkining ikki, SHaxristonning uch, ichki rabodining o'nta va tashqi rabodining yettita, jami shaxarning yigirma ikkita darvozasi bo'lgan. Ko'xandiz (ark) - shaharning xokim qasri joylashgan qismi. Rabod - shaharning tashqi mavzesi. Ixshid - viloyat xokimi. SHaxriston - shaharning ichki qismi. Qoplonning Filga chang solayotganligi tasviri - Varaxshadan topilgan. Ganchkor xumo tasviri - Varaxshadan topilgan. 7-§. 6-7 asrlarda madaniy xayot Yozuv. Bu davrda So'g'd, Xorazm va Toxariston axolisining aloxida-aloxida yozuvlari bo'lib, So'g'd va Xorazm yozuvlari qadimgi oromiy yozuvi asosida maydonga kelgan edi. Toxar yozuvi baqtriya yozuvi asosida shakllangan edi. Xat, xujjat va ayrim axborotlar kabi maktubotlar asosan charm, yog'och, sopolga va kamdan kam xollarda qog'ozga bitilardi. CHunki qog'ozning baxosi nixoyatda baland edi. Ayrim bitiklar esa xatto podsho saroylari va ibodatxona devorlariga xam yozilardi. Ular orasida elchilik maktublari, xo'jalik kirim va chiqimlari, yuridik shartnomalar, astronomik xujjat, tarixiy yodnomalar xamda diniy aqidalar bitilgan nodir qo'lyozma topilmalar bor. Bizning zamonimizgacha saqlanib qolgan So'g'd yozuvlari Panjikent yaqinidagi Mug' qal'asida, SHarqiy Turkistondagi Turfan shaxri yaqinida, Samarqandning qadimiy xarobasi Afrosiyobda qayd etib o'rganilgan. Ularda So'g'dning siyosiy tarixi, xuquq va qonunlari, iqtisodiy va diniy e'tiqodlari xususida muxim ma'lumotlar keltirilgan. So'g'dda o'g'il bolalar besh yoshga to'lgach, yozuv va xisobga o'rgatilar, so'ngra ular 20 yoshga kirganlarida savdo ishlarini o'rganish uchun o'zga mamlakatlarga jo'natilar edi. SHuningdek, bu davrda turkiy run (ko'kturk) xati xam keng qo'llanilgan. Turklarning bu yozuvi biri ikkinchisiga tutashib ketadigan 38-40 xarflardan iborat edi. U tosh va yog'ochlarga o'yib yozishga nixoyatda qulay edi. Qadimgi ko'k turk bitiklari (Kultegin va Bilga xoqon bitiklari) Oltoy va SHarqiy Turkistondan tashqari, Yettisuv, Farg'ona va Zarafshon vodiylaridan topilib, o'rganilgan. Ular qabrtoshlari, sopol va metall buyumlar, yog'och xamda tanga pullarga bitilgan. Diniy e'tiqodlar. 6-7 asrlarda O'rta Osiyoda zardushtiylik, buddaviylik, nasroniylik, moniylik, qam (shomoniylik) kabi bir nechta maxalliy va boshqa o'lkalardan kirib kelgan dinlar mavjud bo'lgan. Axolining ko'pchiligi zardushtiylik diniga e'tiqod qilgan. Samarqand viloyatining Urgut tumani So'g'ddagina emas, balki butun O'rta Osiyoda nasroniylik markazlaridan xisoblanardi. Ilk o'rta asrlarda O'rta Osiyo xalqlarining mafkuraviy xayotida moniy dini xam ancha chuqur ildiz otgan edi. Moniy dini ta'limoti bo'yicha olamning ibtidosi ikki qarama-qarshi yaratuvchi yorug'lik va ezgulik xamda zulmat va yovuzlikdan iboratdir. Ibodat, ro'za, sadaqa moniy dinining arkoni xisoblangan. Ilk o'rta asrlarda yurtimizda so'g'd, xorazm, toxar va turkiy run (ko'kturk) yozuvlari mavjud bo'lgan. Turk xoqonligining chorvador axolisi qadimdan shomoniylik diniga sig'inib kelgan. Bu din jon va ruxlarga, otabobolar ruxiga sig'inish e'tiqodini tarbiyalagan. Qadimgi turklar o'z dinini "qam" deb yuritganlar. CHunki ularda "shomon" degan so'z bo'lmagan. Bu din koinotni yo'qlikdan bor qilgan Ko'k Tangriga e'tiqod qiluvchi yakka xudolik dini xisoblanadi. CHorvador ko'chmanchi axoli Tangriga bag'ishlangan marosimlar o'tkazib, qurbonliklar qilishgan. Masalan, Ko'k Tangri sharafiga qurbonlik uchun qora qashqa ot so'yilgan. San'at. Tasviriy san'atning rassomlik va xaykaltaroshlik kabi bir qator tarmoqlari ravnaq topadi. Ular o'z davrida sodir bo'lgan o'zgarishlardan dalolat beradi. Surxon voxasida Bolaliktepa va Zarafshon vodiysida Panjikent, Varaxsha va Afrosiyob, Farg'ona vodiysida Quva xarobalarida xamda boshqa yodgorliklardan topib o'rganilgan devoriy suratlar, xaykallar va ganchkori naqshlar o'sha davrning yuksak san'at asarlaridan xisoblanadi. Devoriy tasvirlar zamonasining o'ta murakkab xayoti, dinu e'tiqodi va tashqi mamlakatlar bilan olib borilgan aloqalardan xikoya qiluvchi manba xamdir. Xaykaltaroshlik rivojiga ayniqsa buddaviylik dini kuchli ta'sir ko'rsatgan. Farg'ona vodiysida Quvadan xamda Qo'rg'ontepa yaqinidagi Ajinatepadan buddaning baxaybat xaykallari topilib, o'rganildi. Ajinatepa buddasi xaykalining bo'yi 12 metrga boradi. Bu davrda badiiy yog'och o'ymakorligi san'ati xam yuqori darajada turgan. Ilk o'rta asr ganchkorligi san'atining nodir yodgorligi namunalari Varaxsha topilmalari orqali tadqiq etildi. Turli xil geometrik shakllar, mevali daraxt va o'simliklarning o'ymakor naqshlari, ov manzarasi Buxoro xukmdorlari Varaxshadagi qarorgoxining xashamatli saroy devorlarini bezab turgan. Musiqa san'ati. O'rta Osiyoda musiqa, raqs, qo'shiqchilik, qiziqchilik va dorbozlik kabi san'atning turli soxalari xam rivojlangan edi. Bu davrda san'at soxasida Buxoro qiziqchilari, Samarqand naychilari, Toshkent raqqos yigit va raqqosa qizlari bilan shuxrat topgan edi. CHoch raqqoslari ijro etgan mashxur "CHoch raqsi" yoki doira chertmasiga imo bilan yelka uchirib tushadigan o'ynoqi "Doira raqsi" Xitoy a'yonlarini maftun etib, ularni xayratga solgan edi. Birgina Buxoro shaxrida usta xunarmandlar tomonidan o'n turdagi cholg'u asboblari yasalgan. Arkon - dindagi eng muxim vazifa. Qam-shomon - Ko'k Tangriga sig'inuvchi yakka xudolik dini. Poykand. Rabod plani (rejasi). 7 asr. Buxorxudodlar dirxami - 8 asr. 8-§. Islom dini va arab xalifaligi Qadimdan Arabiston yarimorolidagi arablar tarqoq xolda yashardilar. 7 asr boshlarida Arabistonda yagona e'tiqod asosida mamlakatni birlashtirish xarakati boshlanadi. Bu buyuk e'tiqod yakka xudolikka asoslangan Islom dini edi. Islom "bo'ysunish", "itoat etish", "o'zini Allox irodasiga topshirish" degan ma'nolarni anglatadi. Alloxning rasuli (elchisi) Makka shaxrida dunyoga kelgan Muxammad (s.a.v. sollalloxu alayxi vasallam) binni Abdullox (570-632) bu xarakatga raxnamolik qiladi. Islomni qabul qilib, rasululloxga ergashgan uning izdoshlari "muslim" (musulmonlar) deb atalgan. Ular insonlarning Xudo oldida teng ekani, rizq-ro'zini barchaga Yaratguvchining o'zi yetkazib berishi xamda jamiyatdagi adolatsizlik barxam topishi uchun xaq dinga kirish kerakligini targ'ib etadilar. Islom bayrog'i ostida Makka shaxrida boshlangan targ'ibot Madinaga ko'chadi. Muxammad (s.a.v.) 630 yilda arablarni yagona davlatga birlashtiradi. Muxammad (s.a.v.) vafot etgach, uning eng yaqin safdoshi Abu Bakr (632-634) xalifa (o'rinbosar) deb e'lon qilinadi. Arab qabilalarining islomni qabul qilib, siyosiy jixatdan yagona xokimiyatga birlashuvida, shuningdek, jaxon dinlaridan biriga aylanishida islom aqidalari, xuquqiy va axloqiy me'yorlarini o'z ichiga qamrab olgan Qur'oni karimning axamiyati buyuk bo'ldi. Misr, Suriya, Falastin, Iroq, Eron kabi ko'p mamlakatlar bo'ysundirilib, bexisob o'ljalarga ega bo'lgan Arab xalifaligi xarbiy yurishlarni bizning o'lkamizga qaratdi. 651 yili arablar jangsiz Marv shaxrini egallaydilar. So'ngra xozirgi Afg'onistonning shimoli, Eronning shimoli sharqiy qismi xamda Janubiy Turkmanistondan to Amudaryogacha bo'lgan xududlar istilo qilinadi. Arablar bu xududlarni Xuroson deb ataganlar. Uning markazi Marv shaxri edi. Bu viloyatni boshqarish uchun maxsus noib tayinlanib, u Marvda turar edi. Arablar bu yerda o'rnashib olgach, Amudaryodan shimolda joylashgan boy viloyatlarni zabt etishga tayyorgarlik ko'radilar. Bu yerlarni arablar Movarounnaxr, ya'ni "daryoning narigi tomoni" deb atardilar. "Movarounnaxr" so'zi arabcha "daryoning narigi tomoni" degan ma'noni anglatadi. Movarounnaxr tomon yurishlar. Arablar Movarounnaxrga dastlab uni bosib olish uchun emas, balki xarbiy jixatdan tayyorgarlik ko'rish, maxalliy xukmdorlarni sinash maqsadida yurish qiladi. Movarounnaxrga ilk bor xujumlar 654 yilda Maymurg' va 667 yilda CHag'oniyondan boshlanadi. Manbalarda qayd etilishicha, bu davrda Xorazm Salim ibn Ziyod va Umayya ibn Abdullox nomli lashkarboshilar tomonidan ikki marotaba talon-taroj etilgan. Narshaxiyning yozishicha, 673 yilning kuzida xalifa Muoviya 1 (661-680) farmoni bilan Ubaydullox ibn Ziyod Amudaryodan kechib o'tib, Buxoro muzofotiga bostirib kiradi. Poykand va Romitonni egallab, Buxoro xukmdori qo'shinlarini engadi va o'z foydasiga sulx tuzib, bir lak (yuz ming) dirxam xajmida boj undiradi. Bojdan tashqari arablar to'rt ming asir, qurol, kiyim-kechak, oltin va kumush buyumlardan iborat ko'p o'ljalar bilan Marvga qaytadilar. Yo'l-yo'lakay arablar Termiz shaxrini egallaydilar. Movarounnaxrning zabt etilish. 8 asr boshlarida arablar Movarounnaxr xududini to'liq bosib olishga kirishadilar. 704 yilda Qutayba ibn Muslim Xurosonga noib qilib tayinlanadi. Qutayba xarbiy yurishni 705 yilda Balx viloyati atroflarini zabt etishdan boshlaydi. Tez orada CHag'oniyon xokimi jangsiz taslim bo'ladi. 707 yilda Qutayba katta qo'shin bilan Poykandni qamalga oladi. 50 kunlik qamal natijasida Poykand egallanib, qo'lida qurol tutishga qodir bo'lgan barcha erkak zoti qirib tashlanadi, shaxar esa vayron etiladi. So'ngra Qutayba qo'shini Buxoro tomonga yo'l olgan. Narshaxiyning yozishicha, Buxorxudotlar xokimiyati xududi 12 ta yirik qo'rg'on va ayrim shaxarlar: Karmana, Nur, Arqud, Zandana, Afshona, Romtin (Romitan), Rajfandun (Varaxsha), SHarg', Vardona, Barkad, Iskijkat va Faroblardan iborat edi. Bu davrda voxada xukmdor xoqonining tojdor tasviri, ostida "Buxorxudot" degan yozuv zarb etilgan kumush dirxam muomalada bo'lgan. Davlatni Tug'shoda (692-724) boshqargan. Buxoroliklar xar yili xalifalikka boj to'lash, uylarining yarmini arablarga bo'shatib berishga majbur etiladi. Qutayba Buxoro shaxrining markazida joylashgan zardushtiylar ibodatxonasini jome masjidiga aylantirdi. So'g'diy yozuvda bitilgan asarlarni yo'qotdi. Maxalliy axolini islom diniga kiritishga xarakat qildi. SHu maqsadda masjidga kelib ibodat qiluvchilar uchun xatto 2 dirxamdan pul xadya etishni joriy etdi. 710 yilda Qutayba Naxshab va Keshni bosib olib, Samarqandga xujum boshlash uchun tayyorgarlik ko'radi. Biroq, Xorazmda boshlangan ichki ziddiyatlar oqibatida yuzaga kelgan qulay fursat Qutaybani So'g'd yurishini kechktirib, Xorazmga qo'shin tortishga jalb etadi. Negaki, Xorazm shoxi CHag'on ukasi Xurzod boshliq xalq qo'zg'olonidan qo'rqib, 711 yilda yordam so'rab Qutaybaga murojaat qiladi. Xurzod garchi dushman qo'li bilan tor-mor qilinib, o'ldirilsada, Xorazmshox bundan xech narsa yutmaydi. Aksincha, u o'z mustaqilligini yo'qotib, arablarga boj to'lashga majbur bo'ldi. Uning qo'shini esa Qutaybaning xarbiy yurishlarida ishtirok etishga majbur etiladi. Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling